Sevara Urinbayeva
2.54K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
• Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga qabul bo‘yicha natijalar e’lon qilindi

ℹ️ Batafsil...

——————————
• Объявлены результаты приема в юридические техникумы Министерства юстиции

ℹ️ Подробнее...

——————————
• The results of admission to the law colleges of the Ministry of Justice have been released

ℹ️ Read more...

@tsulofficial
#huquqiy_gap #onlayn_muloqot

BUGUN...O'tkazib yubormang...

⚡️Davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar bo‘yicha audio podkast tashkil etiladi!

🤵🏼Suhbat spikeri:

Ruslanbek Davletov – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri

Ovozli chat BUGUN 12-noyabr soat 19:00 da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi hamda Facebook va YouTube da onlayn uzatiladi:

Telegram: @huquqiy_gap
Facebook: Adliya bilan muloqot
YouTube: Adliya vazirligi

📥 Savollaringizni @huquqiy_gap telegram kanalidagi izohlarda qoldiring.

Podkastni albatta eshiting. Adliya vaziri ishtirokidagi barcha suhbatlar kabi bu galgisi ham qiziq bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_aralashgach

Fuqarolar manfaatida sudlarga kiritilgan da'vo arizalari natijasida esa 5,8 milliard so‘m undirildi.

Fuqaroga 1,9 million so‘mdan ortiq qarzdorlik haqida xabar keldi... Bunday holatga duch kelayotganlar uchrab turadi. Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning e'tiborsizligi tufayli yuz berayotgan bunday holatlar esa huquqiy bahosini olganda, aybdor shaxslar jazosini oladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_podkast

⚡️Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast boshlandi.

Unda Adliya vaziri davlat boshqaruv sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish choralari haqida so‘z yuritadi.

Shuningdek, Adliya vaziri muloqot davomida hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlayotgan holatlar boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirib oʻtadi hamda fuqarolardan kelgan savollarga onlayn javob beradi.

🎧 👉 Strimga ulahish

📹 Onlayn translyasiya

▫️Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией

▫️Adliya vazirligi Ministry of Justice

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri davlat boshqaruv sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish choralari haqida so‘z yuritadi. Xususan, Ruslanbek Davletov hukumat ihchamligi haqida o’z fikrini bildirdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov korrupsiyaga qarshi kurashishda kompleks yondashuv muhimligini ta’kidlab o’tdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov mehnat huquqlari himoyasi va kadrlar siyosati haqida savollarga javob berdi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

"Bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri bu davlat organlarining soni. Birgina qurilish sohasini nazorat qilishga 4 ta davlat organi mas`ul. Yoki mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga 8 ta alohida tashkilot mas`ul. Buni qaytadan ko`rib chiqish va optimallashtirish masalalari ko`ndalang turibdi".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ijtimoiy himoya tizimi borasida savollarga javob berdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat xizmatlari markazlaridagi navbatlar bo'yicha o'z munosabatini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

"Bitta masala — bitta idora" tamoyilini amalga oshirish kerak. Ya`ni fuqaro idoraga murojaat qilganida idora shunday funksiyalarga ega bo`lishi kerakki, toki bir o`zi fuqaroning masalasini to`liq hal qila olsin".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongini oshirish bo'yicha o'z munosabatini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_audiopodkast

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning @huquqiy_gap telegram kanalidagi podkastda aytgan asosiy fikrlari tezisi

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi sohasida qanday masalalarni hal etish lozim?

Birinchidan, davlat organlari ixcham bo‘lishi kerak dedik. Bu nima degani?

Har bir organ o‘ziga yuklatilgan vazifani qiladigan, funksiyalari takrorlanmaydigan, davlat organining har bir xodimi faqat o‘ziga yuklatilgan ishni bajaradigan va o‘shanga oylik oladigan tizim kerak. Organlar soni ham muhim.

Shveytsariya hukumati a’zolari surati ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p aylanadi. Unda 8 ta vazir suratga tushgan va bu Shveytsariya hukumatining ixchamligini ifodalaydi deb o‘ylashadi. Aslida, ularda 70 dan ortiq davlat organlari bor. Ya’ni vertikallashuv kuchaytirilgan. Masalan, atrof-muhit, transport va energetika vaziri bitta, mudofaa va sport vazirligi, iqtisodiyot, ilm va fan-ta’lim – bitta vazirlik. Har bir vazirlikka bir nechta sohalar biriktirilgan va u portfel vazirlar qo‘liga berilgan. Ya’ni suratda ko‘ringani darajada hukumat ixcham emas. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda surat bekorga aylanmayapti – bu signal! Ya’ni biz ixchamlashtirish borasida hali ko‘p ishlashimiz kerak.

Biz inspeksiyalar faoliyatini tahlil qildik. Ko‘pining faoliyati shaffof emas. Masalan, bitta qurilish sohasiga 4 ta davlat organi, mahsulotlar sifatiga 8 ta davlat organi mas’ul. Bu holda natija yaxshi bo‘lmaydi, aksincha, yomonlashadi. Har bir organ o‘zicha talablar qo‘yadi va o‘zicha natija ko‘zlaydi. Shu sababli ushbu organlarni optimallashtirish masalasini ko‘rib chiqish lozim.

Ikkinchidan, “bitta yo‘nalish uchun bitta davlat organi” tamoyili asosida ishlash kerak. Fuqaro ma’lum masala bo‘yicha davlat organiga murojaat qilganda, organ shu masalaning barcha jihatlarini ko‘rishi, qamrashi va hal qila olishi kerak.

Ma’muriy apparatning kattaligi hamma narsaga ta’sir qiladi. Bu yerda soliq to‘lovchining puli ishlatilyapti. Resurslarni oqilona sarflash bo‘lmasa, harakatlar samarasi pasayaveradi.

Uchinchidan, nomarkazlashtirish siyosatini yanada rivojlantirish. Ilgari eslasangiz, birgina dorixona yoki ta’lim markazini tashkil etish uchun ham hududlardan markazga kelib ruxsat olish kerak edi.

Hozir bu barham topdi. Lekin baribir hamon markazlashtirish kuchli. Mas’uliyatni hududlarning o‘ziga berish kerak. Ya’ni ma’lum hudud aholisining hayotiga taalluqli masalalar o‘sha joyning o‘zida hal qilinsin. Bizga to‘g‘ri nomarkazlashirish juda zarur.

To‘rtinchidan, davlat organlari va davlat xizmatchilarining o‘z funksional vazifalaridan boshqa ishlar bilan shug‘ullanishi. Ya’ni bir sohaning resurslarini boshqa sohaga safarbar qilish hech qachon o‘zini oqlamaydi. Qisqa muddatli natijani deb istiqbolni boy berishga olib keladi.

Misol sifatida qishloq xo‘jaligini keltirish mumkin: paxta terishga ta’lim, hokimiyatlar, davlat organlari xodimlarini jalb qilinganda, ularning o‘z ishlari qolib ketadi, natijada o‘sha sohaga doir muammolar ko‘payadi va ularni hal qilish qiyinroq hamda qimmatroq bo‘ladi.

Beshinchidan, mehnat unumdorligi masalasi. Ish vaqtidan samarali foydalanish dolzarb. Biz davlat xizmatchisi sifatida byudjetdan oylik olayapmiz, ya’ni xalq to‘lagan soliqlardan. Har bir soatimiz uchun ma’lum miqdorda maosh olamiz. Demak, ish vaqtidan unumli foydalanishimiz kerak. Bir olim aytgan: “Daqiqaning qadrini bilmagan, soatning ham, kunning ham, yilning ham qadriga yetmaydi”.

Xususiy sektorda biznes buni allaqachon qo‘llay boshlagan, chunki tadbirkor ish beruvchi xodimning soatiga pul to‘lar ekan, u soatni to‘liq ishga bag‘ishlashini istaydi va bu qonuniy talab.

Davlat rahbari tomonidan davlat tashkilotlarida majlislarni kamaytirish to‘g‘risida topshiriqlar bo‘ldi. Lekin ayrim tashkilotlarda majlislar ish qilayotganini ko‘rsatish vositasiga aylanib qolgan. Yoki ish vaqtida oshga borish, tug‘ilgan kunlarni nishonlash, turli tadbirlar uyushtirishga kamida 2 soat ketadi.

Bu soatlarga xalq pul to‘layapti. Bu asli xalq mulkiga xiyonat. Biz kamroq gapirib ko‘proq ishlashimiz kerak.

@adliyangiliklari