Sevara Urinbayeva
2.59K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.4K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Mutaxassis_sharhi

▪️Fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaning oldini olishdagi o‘rni qanday?

▪️Nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV va fuqarolar korrupsiyaga qarshi kurashishda qanday usullar va vositalar orqali ishtirok etishi mumkin?

▪️Adliya vazirligi tizimida korrupsiyani yo‘q qilish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

▪️Korrupsiyani oldini olish borasida fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining salohiyatini qanday qilib kuchaytirsa bo'ladi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti (17—22-yanvar kunlari)

17-yanvar
▪️Adliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati bo‘yicha shartnoma namunalari ishlab chiqildi.

18-yanvar
▪️
Taraqqiyot strategiyasi takliflar asosida takomillashtirilmoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ma'lum qildi.

▪️ Adliya vazirligi tashabbusi bilan fermer xo‘jaliklari hamda tuman hokimlari o‘rtasida yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomalari to‘liq tuzilishini ta’minlash maqsadida tuman hokimliklari hamda kadastr organlari bilan birgalikda tegishli tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

#Mutaxassis_sharhi
▪️Advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish belgilanmoqda.

19-yanvar
▪️
Adliya vaziri va Ruminiyaning Oʻzbekistondagi elchisi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

▪️Adliya vazirligi xodimlari navbatdagi vaksinani qabul qildi.

21-yanvar
▪️
Rost24 sayti tomonidan tashkillashtirilgan “Yil tanlovi-2021” yakunlariga ko‘ra jurnalist va blogerlar tomonidan Adliya vazirligi “Yilning eng namunali vazirligi”, vazirlik huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi esa “Eng namunali davlat tashkiloti” nominasiyalarida ketma-ket uchinchi marta yuksak e'tirofga loyiq ko‘rildi.

22-yanvar
#Adliya_munosabat
▪️Ijtimoiy tarmoqlarda Yangibozor tuman hokimining 2022-yil yanvar oyidagi “E-qaror” elektron tizimi orqali ayrim qarorlari e'lon qilinmaganligi yuzasidan munosabat.

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Xaydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘quv darsliklari, dars o‘tish mexanizmlari yoki sharoitlari (mavjudlari ham oddiy aholi uchun qimmat) zamon talabiga mos emas.

Bundan tashqari, amaliy mashg‘ulotlar uchun mas'ul bo‘lgan ayrim xaydovchi o‘qituvchilar esa yetarli malaka yoki stajga ega emas.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

51 xil sud ekspertizasi turlarini o‘z ichiga olgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxati tasdiqlandi hamda tadqiqot natijalari yuzasidan mutaxassis fikri beriladi. Mazkur huquq kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini sud va tergov organlarida himoya qilishga xizmat qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

O‘tgan 2021-yil davomida vazirlik tomonidan 95 000 dan ortiq topshiriqlar ijrosi natijalari ko‘rib chiqilib, 40 071 ta topshiriq ijrosi bajarilganligi sababli nazoratdan olinishi kelishildi hamda 39 398 ta topshiriq ijrosi to‘liq ta'minlanmaganligi sababli qayta ishlashga yuborildi.

Topshiriq va ko‘rsatmalar sonini maqbullashtirish hamda ijro natijadorligini ta'minlash maqsadida respublika bo‘yicha 100 dan ortiq doimiy nazoratdagi topshiriq va ko‘rsatmalar respublika – viloyat – tuman kesimida tahlil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Joriy yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon bilan tasdiqlangan Davlat dasturi 7 ta yo‘nalish, 100 ta maqsad va 398 ta banddan iborat bo‘lib, 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda 200 dan ortiq boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Xususan, Davlat dasturida xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini yanada kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta'minlash vazifasi yuklatilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

7-fevral
▪️Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning jamoatchilikka an'anaviy yillik hisoboti bo‘lib o‘tdi.
Hisobotni quyidagi 👉havoladan ko‘rishingiz mumkin.

▪️Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2021-yil davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

8- fevral
▪️ “Хотин-қизлар ҳуқуқлари бўйича долзарб икки ой" доирасида Юнусобод туманида 2 мингдан ортиқ хотин-қизлар тиббий кўрикдан ўтказилиб, ҳуқуқий маслаҳатлар олишди.

▪️Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

▪️ Aholi va tadbirkorlar huquqlarini himoya qiladigan “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi yangi Qonun deputatlar tomonidan maqullandi.

9-fevral
▪️ Adliya vazirligi tomonidan respublika boʻyicha jami 11 000 dan ortiq hududiy davlat organlari xodimlarini “E-qaror” elektron tizimiga ulanishi taʼminlandi.

10-fevral
▪️ Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligini keng nishonlash, ularning boy adabiy merosinini targ‘ib qilish maqsadida Adliya vazirligi xodimlari tomonidan Adiblar xiyobonida madaniy-marifiy tadbir o‘tkazildi.

▪️ "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyihada qarzdorlik muddatini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinmoqda.

▪️ Adliya vazirligida vazirlik vakillari hamda “Dentons” kompaniyasining Yevropa bo‘yicha suveren maslahat guruhi rahbari Devid Seyd o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

11-fevral
▪️ Andijon, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi ayrim notariuslarning litsenziyalari vaqtincha toʻxtatildi.

▪️ 2021-yil davomida bevosta Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan jami 1 817 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan. Shundan 626 nafari bevosita adliya vaziri tomonidan, 1 191 nafari vazir oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilingan.

▪️ Yuristlar malakasini oshirish markazida yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari bo‘yicha Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

▪️"Aholi bandligini ta'minlashdagi huquqiy masalalar" mavzusida ovozli chat bo‘lib o‘tdi.

_______

#Mutaxassis_sharhi

▫️ O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimi yanada takomillashtirilmoqda.

▫️ Prezident qarorlari ijrosi: amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar.

▫️Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi: yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar so‘zsiz ta'minlanadi.

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

📹"Asoslimi... ?"

‼️ Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikdagi yangi loyiha...

Uning ilk soni "Yo'llarimiz va yo'l infrastrukturasi insonlar uchunmi yoki...?" mavzusiga bag'ishlanadi.

Batafsil👉🏻https://www.youtube.com/watch?v=0w9h6ldoqcM
#Mutaxassis_sharhi

Qonunlar hech bir shaxsga boshqalarni o‘z bilganicha jazolashiga, ya'ni xalq tilida “samosud” qilishiga, turli ko‘rinishdagi ta'sir o‘tkazishiga ruxsat bermaydi.

Quyida ayni shu mavzuga aloqador bir qator savollarga javob berib o‘tamiz.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

“Qurol to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, qurol fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar qurol turlariga bo‘linadi.

Elektroshok qurilmalari (elektroshoker) o‘zini o‘zi himoya qilish quroli sifatida fuqaroviy qurol turiga kiradi.

Elektroshok qurilmalar uchun qanday me'yorlar belgilangan?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

25-mart
▪️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va sud tizimi xodimlari uchun “Sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot obyektlarini yigʻish, saqlash va taqdim etish usullari hamda sud ekspertizaning imkoniyatlari haqida” vebinar tashkil etildi.

▪️ Adliya vazirligining masʼul xodimlari “Boshqaruv va funksional tahlil” mavzusida London Learning Training Centre (Turkiya) markazida funksional tahlil boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan murabbiylarni tayyorlash maqsadida oʻquv seminarda ishtirok etdi.

▪️ “Eng yaxshi yuridik xizmat – 2022” respublika tanlovining finalchilari aniqlandi.

▪️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Qirgʻiziston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Zarilbek Oʻgʻli bilan uchrashdi.

27-mart
▪️ Toshkent shahrida Adliya vazirligi O‘zbekiston yengil atletika federatsiya bilan hamkorlikda “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida “Cheksiz imkoniyatlar marafoni”ni o‘tkazdi.
__________

#Adliya_munosabat

▫️ Shaxsga doir ma'lumotlarning OAV (shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar) orqali erkin foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

▫️ Siyosiy partiyalar davlat roʻyxatidan qanday oʻtkaziladi?
________

#Mutaxassis_sharhi

▫️ Qonunlar hech bir shaxsga boshqalarni o‘z bilganicha jazolashiga, ya'ni xalq tilida “samosud” qilishiga, turli ko‘rinishdagi ta'sir o‘tkazishiga ruxsat bermaydi.

▫️ Elektroshok qurilmalar uchun qanday me'yorlar belgilangan?

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

4-aprel
▪️ Adliya vaziri tizimni ixchamlashtirish bo‘yicha Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xo‘jayev Kamoliddin Ulug‘bek o‘g‘li Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

▪️ Adliya vazirligi: 934,8 mln so‘m mablag‘lar (ish haqi, ustama boshqa to‘lovlar) soha xodimlariga undirib berildi.

6-aprel
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov AQSh Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi bilan uchrashdi.

▪️ Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bunyod etilgan va zamonaviy IT-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazining 700 kvadrat metr maydonga ega yangi binosi o‘z faoliyatini boshladi.

▪️ Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNNTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Raqamli texnologiyalar sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

▪️ “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyo bo‘icha vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

▪️Yuridik texnikumlar faoliyati yuzasidan seminar tashkil etildi.

7-aprel
▪️ Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasasi yana bir davlat grantini qoʻlga kiritdi.

▪️ Adliya vaziri davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan Prezident Farmoni loyihasi bo‘yicha davlat rahbariga axborot berdi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

9-aprel
▪️ Adliya vazirligi: 2022-yilda 1 860 ta amaldagi qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi.
____________

#Mutaxassis_sharhi

▫️ Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta'minlash borasida yangicha tartib.

▫️ It va mushuklarni saqlash qoidalarini bilasizmi?

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Туғилганлик ва ўлим ҳолатларини расмийлаштиришда “композит хизмат” нима учун қулай?

Ҳозирда айрим хизматларнинг “комплекс тарзда” кўрсатилиши йўлга қўйилганлиги натижасида аҳолининг ортиқча оворагарчилиги олди олинмоқда.

ФҲДЁ бўлими томонидан туғилганликни қайд этиш жараёнида:

поликлиникага ҳисобга қўйиш;
бир марталик нафақа пулини олиш учун ариза юбориш;

болани ота-онаси доимий рўйхатда турган манзил бўйича рўйхатга қўйиш;

болани давлат мактабгача таълим ташкилотига навбатга қўйиш хизматлари бир вақтда амалга оширилади.

Бу билан, 15 дан ортиқ ҳужжатлар қисқартирилди ва 2021 йилда Тошкент шаҳрида қарийб 69 минг туғилиш қайд этилганлиги инобатга олинса, ушбу хизматнинг композит усулида кўрсатилиши натижасида аҳолининг яна 4 та идорага 276 минг маротаба овора бўлиб боришига зарурат қолмади.

Жорий йилнинг I-чораги давомида 17 014 та (2021й. I-чорак 13 947та ) туғилганлик ҳақидаги далолатнома ёзувлари қайд этилиб, ўтган йилга нисбатан бу кўрсаткич 3067 тага ошганлигини кўриш мумкин.

Бундан ташқари, ўлимни қайд қилиш билан боғлиқ композит давлат хизматларини кўрсатиш дастлаб жорий йилнинг февраль ойидан бошлаб Тошкент шаҳрида тажриба тариқасида йўлга қўйилганлиги фуқароларга ҳамда ФҲДЁ ходимларига яратилган қулайлик дейиш мумкин.

Тиббиёт муассасасидан ўлим ҳақидаги тиббий маълумотнома келиб тушиши билан “ФҲДЁнинг ягона электрон архиви” ахборот тизими орқали ўлим ҳақида далолатнома ёзувини автоматик равишда қайд этади ва ўлим ҳақидаги маълумотномани тиббиёт муассасасига ҳамда Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ҳузуридаги бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасининг ахборот тизимига электрон шаклда юборади.

Вафот этган шахснинг яқин қариндошлари ва меросхўрларининг исталган вақтдаги талабига асосан уларга ўлим ҳақидаги маълумотномани гербли гувоҳномада экстерриториал тамойил асосида расмийлаштириб беради.

Ўлим ҳақидаги далолатнома ёзуви расмийлаштиришда:

Пенсия жамғармаси “ФҲДЁнинг ягона электрон архиви” ахборот тизими орқали келиб тушган маълумот асосида вафот этган шахсга тайинланган пенсия ва/ёки нафақа тўловини ахборот тизимида автоматик равишда тўхтатади;
тижорат банкининг электрон маълумотига асосан ахборот тизимида дафн этиш учун тўланган нафақалар рўйхатини шакллантиради ва ҳисобини юритади.
Тижорат банки дафн этиш учун нафақа тўловини олиш мақсадида мурожаат қилган фуқаронинг нафақага бўлган ҳуқуқини Пенсия жамғармасига электрон сўров юбориш орқали тасдиқлайди ҳамда олдиндан молиялаштирилган маблағлар ҳисобидан нафақа тўловини амалга оширади.

Юқоридагиларга асосан, ўлим ҳолати фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органларида қайд қилинганлиги ҳақида тиббиёт муассасалари томонидан берилган QR-код (матрик штрихли код) тасвири туширилган маълумотнома ўлим ҳақидаги гербли гувоҳномага тенглаштирилиб, турли хил оворагарчиликларни олди олинади.

Жорий йилнинг 1-чораги давомида 4250 та ўлим ҳолати қайд этилган бўлиб, бу эса ФҲДЁ органларида ортиқча навбатлар сонининг ҳамда фуқароларнинг эътирози камайишига сабаб бўлди.
#Mutaxassis_sharhi

Ўлим жазоси жиноятчиликнинг камайишига қанчалик таъсир кўрсатади?

Хабарингиз бор, бир неча кун муқаддам “Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Қонун лойиҳаси эълон қилинди.
Лойиҳада асосий қонуннинг 64 та моддасига 200 дан ортиқ ўзгартишлар киритиш ҳамда 16 та нормани ўз ичига олган 6 та янги модда (прим-моддалар) қўшиш таклиф этилмоқда.

Лойиҳа жамотчилик томонидан муҳокамаси 25 июнь – 15 июль кунлари муҳокама қилиниши учун “Халқ сўзи” ва “Народное слово” газеталари ҳамда “Менинг конституциям” порталига жойлаштирилди. Қайд этиб ўтиш керакки, фуқаролар томонидан Конституциявий комиссияга жами 62 мингдан ортиқ таклифлар келиб тушган.

Давлат раҳбарининг 20 июндаги маърузаси ҳамда “Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Қонун лойиҳаси эълон қилингач, ижтимоий тармоқлар орқали муҳокамалар янада кучайди. Қизғин муҳокамаларга сабаб бўлаётган мазулардан бири бу – Конституциянинг 24-моддасига “Ўзбекистон Республикасида ўлим жазоси тақиқланади” деган қоида киритилаётганлиги бўлди.
Кимдир “бу шундоқ ҳам жиноят қонунчилигидан чиқариб ташланган жазо тури, у амалда мавжуд эмас, бинобарин, уни Конституцияга киритишнинг кераги ҳам йўқ” деса, тармоқнинг бошқа фойдаланувчилари “ўлим жазосини Конституциясида таъқиқлашга шошилмаслик керак. Ўша “инсонпарвар” Ғарб давлатларида ҳам ўлим жазоси амалда кам қўлланилсада ҳали ҳам бекор қилингани йўқ,. Ўлим жазосининг асосий мақсади бу яшаш ҳуқуқидан маҳрум қилиш эмас, балки қўрқитиш, тийиб туриш, оғир жиноятларни олдини олишда кўринади. Бу жазо турида жамиятпарварлик, мазлумга адолат бор, аслида” дея ўлим жазосининг тикланишига симпатиясини билдирмоқда.

Ҳўш, давлатлардаги ўлим жазоси ва жиноятчиликнинг паст даражаси ўзаро боғлиқми?

Батафсил
#Mutaxassis_sharhi

⚡️Болалар меҳнатидан фойдаланиш Конституция даражасида тақиқланади

Инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш бўйича амалдаги тизимнинг самарасини ошириш мақсадида Конституцияда болалар меҳнатига йўл қўймаслик масаласини алоҳида акс эттириш ушбу вазифалардан бири сифатида таклиф этилди.

Батафсил: https://minjust.uz/uz/press-center/news/104061/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi

📌Исмни ёки фамилияни ўзгартириш тартиби қандай?

🔅Яқинларингиз билан фойдали маълумотларни бўлишишни унутманг😉!
#Mutaxassis_sharhi

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish tartibi qanday?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Avtotransport vositalaridagi gaz balonlaridan xavfsiz foydalanish – salomatligimiz kafolati.

💡Gaz ballonlaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Davlat xaridlarini amalga oshirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Avtotransport vositalaridagi gaz balonlaridan xavfsiz foydalanish – salomatligimiz kafolati.

💡Gaz ballonlaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar

👉Batafsil

@adliyangiliklari