Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.81K subscribers
4.97K photos
420 videos
25 files
1.16K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Дубай шаҳрига амалий ташрифининг ишбилармонлик дастури доирасида “Tadweer” компанияси бош ижрочи ва бошқарувчи директори Али ал-Даҳерийни қабул қилди.

В рамках деловой программы рабочего визита в город Дубай Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял главного исполнительного и управляющего директора компании «Тadweer» Али аль-Дахери.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Tadweer #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍4
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Дубай шаҳрига ташрифи давомида Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаён билан учрашув ўтказди.

Учрашувда Амирликлар томонидан Вице-президент Шайх Мансур Ол Наҳаён, Бош вазир ўринбосари, ички ишлар вазири Шайх Сайф Ол Наҳаён, энергетика ва инфратузилма вазири Суҳайл ал-Мазруий, саноат ва илғор технологиялар вазири, COP28 саммити президенти Султон Аҳмад ал-Жобир ҳам қатнашди.

В ходе пребывания в городе Дубае Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Президентом Объединенных Арабских Эмиратов Шейхом Мухаммадом бин Заидом Аль Нахайяном.

На встрече с эмиратской стороны также присутствовали Вице-президент Шейх Мансур Аль Нахайян, заместитель Премьер-министра, министр внутренних дел Шейх Сейф Аль Нахайян, министр энергетики и инфраструктуры Сухейль аль-Мазруи, министр промышленности и передовых технологий, президент саммита COP28 Султан Ахмед аль-Джабер.

#Mirziyoyev #uchrashuv #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍4🔥2
#hamkorlik_memorandumi

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda "TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝Tomonlar memorandum doirasida quyidagi kelishuvga erishdilar:

✍️Iqtidorli o'quvchilarnining intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish va ular uchun shart-sharoitlar yaratish;

✍️O‘quvchi va talabalarning kimyo fanini chuqur o'rganish, axborot texnologiyalarini o'zlashtirishini tashkil qilish hamda ularning innovatsion g'oyalari rivojlantirish;

✍️O‘quvchilar o‘rtasida kimyo to‘garaklari faoliyatiga oid tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish;

✍️Ilm-fan sohalari bo‘yicha birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

✔️O‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish.

🌐Memorandum bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!

🌐Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥51
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этиш учун 7-8 октябрь кунлари амалий ташриф билан Москва шаҳрида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 7-8 октября посетит с рабочим визитом город Москву для участия в очередном заседании Совета глав государств Содружества Независимых Государств.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
#psixologik_trening
#dolzarb_10_kunlik
#hamkorlik

O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED To‘rtinchi mintaqaviy hudud 3-son jazoni ijro etish kolonyasida psixologik trening bo'lib o'tdi.

Ushbu psixologik trening To‘rtinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va Qarshi shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internat amaliyotchi psixologlari hamkorligida tashkil etildi.

Davra suhbati shaklida tashkil etilgan treningda Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat amaliyotchi psixologi O.Abadov xodimlarga “Shaxslararo munosabatda–kasbiy motivatsiya manbai” mavzusida hamda psixologik bilim saviyani oshirish, oila va kasbiy hayotida muvaffaqiyatga erishish yo'llari haqida ma'lumot berib o'tdi.

Seminar-trening davomida xodimlar o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi hamda mavzuga bogʻliq boʻlgan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
2👍2🔥2
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o‘quvchilari oliy ta'lim muassasasida bo‘lishdi.


Qarshi davlat universiteti bilan tuzilgan memorandumga asosan maktab-internat o'quvchilari oliy ta'lim muassasasiga borishdi:

O'quvchilarga universitet haqida maʼlumot berildi;
Oliygohdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilindi;
Talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtirildi;
Tibbiyot fakulteti bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, Inkubatsiya markazi, Tibbiyot fakulteti kutubxonasi, universitet tuzilmasining imkoniyatlari va qulayliklari bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, o‘quvchilar uchun oliy ta'lim muassasasi bo‘ylab kampus-tur tashkil etilib, tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar haqida ma’lumotlar berildi.

O‘quvchilar malakali pedagoglarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib javoblar olishdi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
👍13🔥3