Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.46K subscribers
4.66K photos
405 videos
23 files
1.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o‘quvchilari oliy ta'lim muassasasida bo‘lishdi.


Qarshi davlat universiteti bilan tuzilgan memorandumga asosan maktab-internat o'quvchilari oliy ta'lim muassasasiga borishdi:

O'quvchilarga universitet haqida maʼlumot berildi;
Oliygohdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilindi;
Talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtirildi;
Tibbiyot fakulteti bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, Inkubatsiya markazi, Tibbiyot fakulteti kutubxonasi, universitet tuzilmasining imkoniyatlari va qulayliklari bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, o‘quvchilar uchun oliy ta'lim muassasasi bo‘ylab kampus-tur tashkil etilib, tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar haqida ma’lumotlar berildi.

O‘quvchilar malakali pedagoglarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib javoblar olishdi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
#qaror_ijrosi_amalda

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MChJ bilan imzolangan memorandum doirasida tashkilotda bo'lishdi.


Tashrif doirasida o‘quvchilar tashkilotning ishlab chiqarish sohasidagi uskunalari, sohalar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Bu kabi tashriflar yosh avlodni ilm-fan va sanoatga qiziqtirish, shuningdek, kelajakdagi kasb tanlovlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ahamiyatli bo'lib, ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishni orttirib, ularning texnologiyalar va sanoat jarayonlari haqidagi tasavvurlarini boyitadi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son