Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Дубай шаҳрига амалий ташрифининг ишбилармонлик дастури доирасида “Tadweer” компанияси бош ижрочи ва бошқарувчи директори Али ал-Даҳерийни қабул қилди.
—
В рамках деловой программы рабочего визита в город Дубай Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял главного исполнительного и управляющего директора компании «Тadweer» Али аль-Дахери.
#Mirziyoyev #uchrashuv #Tadweer #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

👍4
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Дубай шаҳрига ташрифи давомида Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаён билан учрашув ўтказди.
Учрашувда Амирликлар томонидан Вице-президент Шайх Мансур Ол Наҳаён, Бош вазир ўринбосари, ички ишлар вазири Шайх Сайф Ол Наҳаён, энергетика ва инфратузилма вазири Суҳайл ал-Мазруий, саноат ва илғор технологиялар вазири, COP28 саммити президенти Султон Аҳмад ал-Жобир ҳам қатнашди.
—
В ходе пребывания в городе Дубае Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Президентом Объединенных Арабских Эмиратов Шейхом Мухаммадом бин Заидом Аль Нахайяном.
На встрече с эмиратской стороны также присутствовали Вице-президент Шейх Мансур Аль Нахайян, заместитель Премьер-министра, министр внутренних дел Шейх Сейф Аль Нахайян, министр энергетики и инфраструктуры Сухейль аль-Мазруи, министр промышленности и передовых технологий, президент саммита COP28 Султан Ахмед аль-Джабер.
#Mirziyoyev #uchrashuv #BAA #hamkorlik

👍4🔥2
#uchrashuv
✅Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi O'tkir Roziqov bilan uchrashuv tashkil etildi.
▶️O‘tkir Roziqov – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. Shuningdek, 2018-yilda Butunjahon Fanlar akademiyasi (TWAS) akademikligiga saylangan.
♻️Uchrashuvda akademik O'.Roziqov, QarDU professori A.Hamrayev, maktab-internat o'qituvchilari hamda o'quvchilari ishtirok etib, jamiyatimizda ilmiy izlanishlarni, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi va iqtidorli yoshlarni bu borada to‘g‘ri yo‘naltirish, ularga ustoz-shogird an’analarini davom ettirish lozimligi haqida fikr bildirildi.
💫Suhbat ochiq muloqot tarzida o‘tib o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, ilm-fan sohosidagi yangiliklar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🏢 👉https://t.iss.one/Qarshi1son

👍18🔥6❤3🕊2👌1
#uchrashuv
✅Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Global education" o'quv markazi rahbari va maktab-internat o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
▶️Uchrashuv davomida o'quv markaz direktori Sardor Sodiqov o'quvchilarga hozirgi kunda chet tillarini mukammal o‘rganish, o‘zi o‘rganayotgan xorijiy tilda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash, chet tillarini o‘rganish orqali dunyo xalqlari madaniyatiga kirib borish, yurtimizdagi ta‘lim islohotining maqsad va vazifalaridan biri ekanligi haqida gapirib o'tdi.
💫Suhbat ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, o‘quvchilar fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
👉https://t.iss.one/Qarshi1son

👍17❤2🔥2🕊2
#uchrashuv
✅Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida AQShning Sirakuz universiteti professori Mirjahon Turdiyev bilan uchrashuv o'tkazildi
🌐Unda professor nufuzli xalqaro universitetlarga hujjat topshirish tartibi, grant yutish shartlari, hamda xorijdagi talabalar hayoti haqida o'quvchilarga ma'lumot berdi.
📍Muloqot soʻngida oʻquvchilarimiz oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son

Mirjahon Turdiyev ijtimoiy fanlar nomzodi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi va Oʻzbekistondagi bir qator global nodavlat notijorat tashkilotlarida rahbarlik va maslahatchi lavozimlarida ishlagan. U Markaziy Osiyo va Kavkaz talabalar ittifoqi prezidenti boʻlib, 2020-yilda Sirakuza universitetida xilma-xillik va inklyuzivlikni targʻib qilishga qoʻshgan hissasi uchun La Fuerza jamiyatini rivojlantirish mukofoti bilan taqdirlangan.
📍Muloqot soʻngida oʻquvchilarimiz oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
🔥10👍7❤3🕊2👌1
#uchrashuv
✅ Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida AQShning Princeton in Asia(PIA) xalqaro tashkiloti menejeri Robin Palmer hamda AQShning Sirakuz universiteti professori Mirjahon Turdiyev bilan uchrashuv o'tkazildi
🌐 Unda Robin Palmer Fellowship dasturi doirasida san'at va madaniyat, iqtisodiy rivojlanish, ta'lim, atrof-muhit muhofazasi, inson salomatligi, sport va STEM fanlarini o'qitish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar haqida o'quvchilarga ma'lumot berdi.
✅ Shuningdek, kelgusida PIA xalqaro tashkiloti va maktab-internat o'rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✔️ Unga ko'ra, kadrlar almashinuv dasturi asosida amerikalik o'qituvchilar maktabimizda 1-2 yil davomida dars o'tish amaliyotini joriy qilish bo'yicha takliflar ko'rib chiqilib, amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
✅ Muloqot soʻngida oʻquvchilarimiz oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
✔️ Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍5👌4❤2🕊2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Nozima Oripova 10-11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning kelajak rejalari, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va muvaffaqiyat sari intilishlari haqida suhbat o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv o‘quvchilar uchun nafaqat motivatsion, balki ularni kelajak hayotga yo‘naltiruvchi muhim tadbir bo‘ldi.
Suhbat davomida maktab-internat direktori har bir o‘quvchi oldida buyuk imkoniyatlar turgani, ulardan unumli foydalanish uchun mehnat va qat’iyat zarurligini ta’kidlab, har qanday sohada muvaffaqiyatga erishish uchun muntazam o‘qish, izlanish kerakligini tushuntirib o'tdi.
Shuningdek, yetakchilik, mustaqil qaror qabul qilish, kreativ fikrlash kabi ko‘nikmalar muvaffaqiyatga erishishda katta rol o‘ynashi ta’kidlandi.
Ushbu uchrashuv o‘quvchilarga kelajak sari ishonch bilan harakat qilishlari va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏢Maktabning rasmiy sahifasi👉https://t.iss.one/Qarshi1son

👍13🔥3❤2
#uchrashuv
YOSHLAR VA GENERAL UCHRASHUVI
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Janubi-g’arbiy harbiy maxsus okrugi qoʻmondoni general-mayor Farxodjon Shermatov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o'quvchilarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o'tkaziladigan Robototexnika, ART hamda O'zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan dasturlash to'garagi a'zolari bilan suhbatlashib, ularning loyihalari va texnologik ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shuningdek, general-mayor 10-11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvda o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish zarurligi va vatanga sadoqat bilan xizmat qilish muhimligini ta’kidladi.
Iliq va samimiy ruhda o‘tkazilgan ushbu uchrashuv, o‘quvchilar uchun katta motivatsiya bo‘lib ularning kelajak rejalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonamiz.

🔥10👍7🕊2