Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.84K subscribers
4.98K photos
422 videos
25 files
1.17K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Dolzarb_90_kun

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bir qator maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bu tadbirlar davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida tashkil etilgan.

Maktabda o‘quvchilarga bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish uchun bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda:

O‘quvchilar uchun matematika, ingliz tili va biologiya fanlaridan to'garaklar o'tilmoqda.

“Zukko bilimdon” kabi bilimga asoslangan o‘yinlar o‘tkazilib, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati oshirilmoqda.

Jismoniy faoliyatni rag‘batlantirish uchun sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Loyihaning maqsadi o‘quvchilarning maʼnaviy, intellektual va jismoniy rivojlanishini taʼminlashdan iborat.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
11🔥11🕊2👍1
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.

⏱️ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet yoki https://ruxsatnoma.piima.uz/ruxsatnoma

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13🕊5🔥2
#imtihon_2025

📆 9–12-iyul kunlari quyidagi maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

Ixtisoslashtirilgan maktablar (aniq fanlar);
Jasorat maktabi;
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktab va Filiallari;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktab;
Ibn Sino nomidagi Tayanch maktabi va Filiali;
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat;
Ijod maktablari
.

🗓 Imtihonlar 9-, 10-, 11- va 12-iyul kunlari, 3 smenada (soat 08:00, 12:00 va 17:00) o‘tkaziladi.

📥 Ruxsatnomalar: ariza.piima.uz orqali yuklab olinadi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

🟢 O‘qish, o‘sish va yuksalish — hammasi shu yerdan boshlanadi!


👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
7👍3
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍223🕊2
#imtihon_2025

KIRISH IMTIHONI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinishi belgilangan.

🟢 O‘qish, o‘sish va yuksalish — hammasi shu yerdan boshlanadi!


🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
7👌5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAJOT_TA’LIMDA
NAJOT_TARBIYADA_NAJOT_BILIMDA


Najot ta’limda – Bir oilaning orzulariga qanot bergan yo‘l

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bitta oilaning uch nafar farzandi o‘z bilimi, tirishqoqligi va ota-onasining sabrli, matonatli sa’y-harakatlari, ustozlarining bergan bilimi shuningdek yartilgan imkoniyatlar evaziga ushbu nufuzli maskanda ta'lim olmoqda.

Bu — shunchaki yutuq emas. Bu — ta’limga bo‘lgan ishonch, mehr va qat’iyatning yorqin namunasi.

Farzandlarining har bir orzusiga qanot bo‘lishni niyat qilgan ota-ona, ularni bolaligidan ilmga oshno etgan, har bir saharda saboq, har bir tun oxirida duo bilan kuzatgan. Ular yaxshi bilishardi: bugunning mehnati — ertaning yorqin nuridir.


📖Chunki ilm — oila barakasi, jamiyat tayanchi, kelajak kafolatidir.

🌐Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍207🔥2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янги Ўзбекистон бунёдкори — мамлакат 8 йилда

Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 68 ёшни қаршилади.

Kun.uz расмий канали
10👌2
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash
👍117🕊2
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

O‘Z SOHASIDA YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN PEDAGOG KADRLAR DIQQATIGA!


🔔Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi bo‘sh ish(vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI:

Tarbiya fani o'qituvchisi;
Texnologiya, informatika va axborot texnologiyalari(Robototexnika va sun'iy intellekt) fani o'qituvchisi.

Hurmatli pedagog kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂Talab etiladigan hujjatlar:
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

👨‍🏫 Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📆 Hujjat qabul qilish 30-iyulga qadar davom etadi.
(shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
9🔥3
#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar

2025-yilda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining natijalari quyidagi tartibda baholanadi

🤩Kirish imtihonlarini baholash jarayonida savollarning murakkabligi va yechish bosqichlari hisobga olinib, 1,1 va 2,1 ballik tizimda baholanadi.

🔎 Masalan, 5-sinfga kirish imtihonlari quyidagicha baholanadi:
📘 Matematika — 30 ta savol:
▪️ 12 ta savol — 1,1 ball
▪️ 18 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 51 ball

📗 Ingliz tili — 15 ta savol:
▪️ 6 ta savol — 1,1 ball
▪️ 9 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 25,5 ball

✔️ Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Barcha sinflar kesimida maksimal ball 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍6
#imtihon_natijalari_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 7-, 8-, 9-, 10-, 11-IYUL kunlari Tayanch va hududiy
ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:


🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
7👍6
#apellatsiya_2025

APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 31-IYUL, 1-, 2-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

📝 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin:

➡️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Ijod maktablari uchun

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74
#Dolzarb_90_kun

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bir qator to'garaklar faoliyat yuritmoqda.

Ushbu to'garaklar davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida amalga tashkil etilgan.

Maktab-internatida o'quvchi-yoshlar uchun IELTS (International English Language Testing System) hamda SAT (Scholastic Assessment Test) imtihonlariga tayyorlash bo'yicha to'garaklar tashkil etilgan.

Ushbu to‘garaklar o‘quvchilarga xalqaro darajada tan olingan IELTS va SAT sertifikatlariga chuqur tayyorlanib bilim va ko‘nikmalarini tizimli ravishda oshirishda yordam bermoqda.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
👍97