Ogahiy ijod maktabi
1.16K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.48K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#7_kun

Baxtsiz yoxud eng baxtli odam

Tongni tundan farqlab boʻlmaydi. Dafn marosimiga yigʻilganlarning egnidagi motam kiyimi tabiatni qora rangga boʻyadi. Rafiqasining oʻlimi Mardonni juda qattiq iztirobga solib qoʻydi. Uyda odamlarning hamdardlik tovushi quloqqa chalinadi.
Quyosh bugun yuzini ham koʻrsatmadi, aybdor insondek bulutlar orqasiga berkinib olgan: xuddiki u Nozimaning oʻlimiga sababchidek. Asta-sekin ta'ziyaga kelgan odamlar tarqaldi. Mardon vaqtni ham bilmay, huvillab qolgan uyida yolgʻiz oʻzi qoldi. Kirayotib fortepianoga koʻzi tushdi. Buni koʻrib koʻnglidagi xafagarchilik yana ham ortdi. Axir Nozima bu fortepianoda uning qalbiga orom bagʻishlovchi kuylarni chalgandi...
Mardon uxlamoqchi boʻlib, karavotga choʻzildi. Qanchalik harakat qilmasin, baribir uxlay olmadi.
Oy deraza ortidan koʻrinish berdi. Vaqt ham yarim tunni keltirdi. Mardonning koʻz oldidan butun hayoti oʻtayotgan bir paytda "Mardon aka" degan Nozimaning ovozi qulogʻi ostida jaranglagandek boʻldi.
- Mardon aka...
Qop-qora sochlar, tundan-da qora koʻzlar gavdalandi. Va oppoq libosda oʻzidan nur taratgancha Nozima Mardonga tikilib turardi. Mardon hali oʻgirilib qaramadi. U xayolidan shunday ovoz oʻtayotganiga oʻzini ishontirardi.
Nozima oʻsha fortepiano oldiga bordi. Nozik qoʻllarning takrorlanmas harakati ila oy shuʼlasiga hamohang bir kuy yangradi. Mardon ortiga qaradi. Katta koʻzlar hayratdan yana ham kattalashgandek boʻldi. Qiz tinmasdan kuy chalar, yigit esa bu kuy ogʻushida soʻnmas xotiralarga gʻarq boʻlgandi. Yigitning quvonchi cheksiz edi.
Qiz toʻxtab qoldi. U Mardonga tikilib turdi-da, derazaga qaradi: tong otayotgandi. Nozima ortiq bu yerda qololmasdi.
- Ketma...
Mardonning ovozi zoʻrgʻa chiqardi.
Nozima unga goʻzal tabassumni hadya etgancha koʻzdan gʻoyib boʻldi...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#NASR


Xayr...
(Hikoya)


Osmonni qop-qora bulutlar qoplagan, shamolning esishi yurakni muzlatib qo'yardi go'yo. Chang-to'zonli havo edi. Birdan yomg'ir yog'di. Yomg'irning ovozi mayin shitirlab emas, juda qo'rqinchli, bomba ovozlariga jo'r bo'lib yog'ayotgandek edi. Yomg'ir tomchilarining qattiq zarb bilan tushishi yer bag'rini ilma teshik qilar va borgan sari kuchayardi. Uylar bombardimon qilingan, hamma joydan o'q ovozlar eshitilardi. Har o'q otilganida yomg'ir ham yanada tezlashar, o'sha otilgan o'qlar senga tegmasada, ovozi yurakni yulib olib ketgandek bo'lardi. Bu galgi bomba tomi mustahkam yog'ochdan yasalgan katta uy ustiga tushdi. Uyni ostida dushmanni otishga payt boylab, bir uyum tuproq ortida Yusuf o'tirardi. Bu portlash unga juda yaqin bo'lgan joyda ro'y berdi. Bombaning portlashi uni tanasidan ruhini chiqarib yuborgandek bo'ldi. O'zini jonsiz odamdek his qilib, hushidan ketdi. Sal paytdan so'ng ko'zini ochdi. Qarasa bir chekkada yotibdi, tepasida odamlar nimadandir qo'rqib bir tomonga qochardilar. Chalajon Yusuf o'rnidan turolmas, hamma yoqlari qaqshab og'rirdi. Yuzlaridagi yaralar tuproqqa yotganida juda azoblab, achishardi. Uni rangi-raftoridan hech kim taniyolmas edi. Bir qo'li portlashdan so'ng sinib, bir oyoqi juda qattiq yaralangandi. O'zi zo'rg'a nafas olar va har nafas olganida kipriklarini pirpiratib qo'yardi. Yuragi sekin urardi. Shu payt bir chetda o'tib ketayotgan katta nemis mashinasi ichidan ayollarning yig'i aralash dod-u faryodi eshitildi. Ularni kuzatib turib, gapira boshladi:
- Onajon, -dedi lablaridagi qoni titrab, -Onajon meni kechiring, men sizga "Albatta qaytib kelaman, tishlab ketgan rizqimni yeyman" deb va'da bergandim. Yo'q borolmayman -dedi qonga to'la ko'zlarini bazo'r ochib. Ko'zi mashina ichidagi sochlari uzun va malla rangli qizga tushdi. U juda qattiq yig'lar va qo'llari bilan sochlarini to'zg'itardi. Yusuf uni orqasidan tikilib qolarkan:
- Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda... -jilmayib qo'ydi va uzoq sukutdan so'ng:
- Nozi esingdami, sen bilan qishlog'imizdagi katta chinor ostida yurganlarimiz. O'sha payti senga Nozi desam, erkalanib turib, qizargan yuzlaring bilan " Meni ismim Nozima" deya xafa bo'lib qochib ketarding. Uzun sochlaring yuzimni mayin silab o'tib ketardi. Noziyim, yana imkoniyat bo'lsaydi, seni Nozima deb chaqirgan bo'lardim. Baxtli bo'lgin...
- Xayr Vatan, xayr ona, xayr sevgi...
O'zida kuch topib o'rnidan turdi. Shu yerda turgan granatani qo'liga olib, u tomon bostirib kelayotgan dushman tankiga tik boqib turardi.
- Xayr hayot...
Bomba portlab ketdi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Oʻquvchilar_ijodidan
#Nasr

Xazonsiz kuz


Tabiatning ko'ziga xira parda tortilganday, atrofni quyuq tuman qopladi. Ikki qadam narini ko'rish amrimahol bo'lgan bir paytda Intizor olis-olislarga termulib, o'zining baxtiyor kunlarini axtarardi. Uning hayotini ko'ziga ham xira parda tortilgandi. Hozir qayerdaligini, bir qadam oldinlasa uni nima kutayotganini bilmasdi. Xayollar girdobida o'tirib, o'z olamiga sho'ng'ib ketgandi.
...Kuz elchilari ohistalik bilan derazani cherta boshlashdi. Intizorni o'ylari tarqab ketdi. Derazadan atrofga qarasa, yomg'ir asta-sekinlik bilan yer bag'riga singib ketayotgandi. O'zini shu yomg'ir o'rnida bo'lib qolishini juda xohlardi:
- Agar yomg'ir bo'lganimda, otamning diydoriga to'yib olardim. Diydor Qiyomatga qolmasdi.
... Yomg'irga o'xshayman. Undan farqim shuki, yer bag'riga emas , dardlarim ichiga sho'ng'ib ketyabman.
Xayolga berilgancha derazaga ishtiyoq bilan kulgan yuzni chizib qo'ydi.
Xayollari bilan bo'lib, onasi xonaga kirib kelganini ham sezmay qoldi. Onasi qizini bu yerda ko'rib , ajablangan ohangda :
- Bu yerda nima qilyapsann?!
Intizor javob o'rniga ko'zidagi yoshlarni artishga tushib ketdi.
Onasi qizini ko'zidagi yoshlarni ko'rib, ko'rmaganlikka oldi. Beparvolik bilan javondan nimalarnidir olishga harakat qilayotgandi. Intizor nima bo'layotganini bilmay, gandiraklab qoldi:
- Onajon, nima qilpaysiz?
Onasi qo'lidagi kiyimlarni qo'yib , o'ylanib qoldi.
- Bularni nima qilmoqchisiz?
Onasi biroz o'ylanib javob qildi:
- Dadang kiyimlarini g'ijim bo'lib turishini yoqtirmasdilar.
- Axir, ona...
Onasi javondan yaqinda dazmollangan kiyimlarni qo'liga olib, eshik oldida to'xtab qoldi:
- Qizim, soat singani bilan vaqt tugamaydi. Sening ko'zyoshing, sening dardlaring bilan hech kimni ishi yo'q. Tun-u kun yig'laganing bilan ketgan inson qaytib kelmaydi...
Onasi ko'zidagi yoshlarni ko'rsatmaslik uchun orqasiga qayrilmasdan xonani tark etdi.
Intizorning lablari ko'z ariqlaridan allaqachon suv ichayotgandi. Derazadan asta ko'chaga nazar soldi. Shamol ming yillardan beri qilib yurgan ishini davom ettirib, xazonlar bilan birga xotiralarni ham ko'z ilg'amas olis-olislarga olib ketayotgandi. Intizor ham derazani ochib ular bilan birga uzoqlarga ketishni xohlardi. Derazaga mehr bilan chizilgan kulgan yuzlar, endi yig'layotgandi...

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A"sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Toʻgarak_jarayoni
#Nasr

🔰 Joriy yilning 9-oktabr kuni Ogahiy ijod maktabida ijodiy to‘garak rahbari Jumanazar Yo‘ldosh boshchiligida "Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi" mavzusida to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

🔸 Sh.Xolmirzayev hayoti va ijodi, adibning o‘zbek adabiyotida ahamiyati, hikoyanavislik rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritildi.

🔹To‘garak davomida adib qalamiga mansub "Bukri tol", "O‘n sakkizga kirmagan kim bor", "Hayot abadiy" kabi asarlari tahlil qilindi.

📄 To‘garak yakunida o‘quvchilarga mavzu asosida hikoya yozish topshirildi, yozilgan hikoyalarning yutuq-kamchiliklari aytib o‘tildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#ona_tilim_faxrim
#nasr

Saboq
(Hikoya)


Shovqinli sinfxona ayrim bolalar sinfining u burchagidan bu burchagida oʻtib yurishlar, boshqalar guruh-guruh boʻlib ularning muammolari haqida, turli xil yangiliklar boʻlib oʻtgan voqealar haqida suhbat qurishardi. Yaxshi darajada shovqin solishadiki hatto ularning aytgan gaplarni ham eshita  olmasdilar. Yoʻlakda taq-taq etgan ovoz eshitilardi.
"Ustoz kelyapti",  - deb qichqirdi bolalardan bittasi. Sinfxona xuddi suv quygandek jimjit boʻlib qoldi. Ustoz xonaga kirdi. Bolalar bilan koʻrishib boʼlgandan soʼng birinchi navbatda bayramiga tayyorgarlik qanday ketayotganini soʼradi. Oʻquvchlardan biri oʻrnidan turib javob berdi:
— Yaxshi, ammo sahna koʻrinish biroz chala, ayrim oʻquvchilar gaplarini toʻliq yodlashmadi.
— Nega, axir ertaga bayram boʻlsa, nima uchun gaplaringizni yodlamadingizlar?
Norozi ohangda gapirdi oʻqtuvchi.
— Ustoz, aytishlaricha, bu ularga kerak emas ekan, ular oʻzbek tilini yoqtirishmasmish.
— Xoʻsh, kim ekan ular, javob beringlar-chi.
Hech kim gapirmadi, oʻqtuvchi battar jahl bilan yana soʻradi.
— Xoʻsh, kim deyapman?..
Oʻrta qatordan qora uzun sochlari taqimigacha tushib  yarmigacha yoyib qoʻyilgan, binafsha rang kofta va kalta yubka kiygan Ra'no oʻrnidan turdi.
— Menman. Xoʻsh, nima qipti, yodlamagan boʻsam, shunga shunchami? Oddiy narsadan  parablema yasash shartmi nima balo...
— Hali shunaqa degin. Bu oddiy narsami? — Jahl aralash gapiradi oʻqtuvchi
— Ha-da, nime  kere shuncha mashmasha, bosh orunu bizi tilimizi hechkim tanimasa, bilmasa, naprimer, boshqa davlatlaragayam bizi tilimiz qizumas, sechas odamlaga oʻzbe tildan boshqa tillada gapirish quley, luboy odamdamdan soʻrasezam oʻzbe  tilini hich kim sevmidi na vashe rasmatreni hurmatli ustoz.
Uning aytgan bu gaplari oʻqtuvchining figʻonini falakka chiqardi. Ikkala qoʻlini stolni ustiga qattiq urib, gʻazab bilan gapira boshladi.
— Birinchidan, Qodirova tilga bu daraja past nazarda qarashga haqqimiz yoʻq, ikkinchidan, oʻzbek tilini oldin yaxshi oʻrganib ol, undan soʻng gapir. Undan keyin esa shuni unutma: sendaylar koʻpligi uchun ham oʻzbek tilini jahon tanimaydi!

Raʼno yuzini burishtirgancha "hmm" deb qoʻydi.
— "Hm" ingni yigʻishtir, menga farqi yoʻq, nima qilib boʻlsa ham ertagacha  hikoyani boshidan oxirigacha oʻqib chiq, oʻzingga berilgan gaplarni yaxshilab yod ol. Ertaga butun maktab oldida sharmanda boʻlish niyatimiz yoʻq.
— Barbi , nima qilsezam man bulani yodlamiman.
— Unday boʻlsa indinga maktabdan ota-onang bilan birga direktorning xonasini sayohat qilib, maktab eshiklaridan qaytib kelmaydigan boʻlib chiqib  ketsan. Tushungandirsan nima deyotganimni.Qat'iylik bilan gapirdi ustoz.
Raʼnoning yuzlari  oʻzgarib ketdi, biroz boʻlsa-da qoʻrqayotgani  sezilib turardi...
Ustozi stoli ustida turgan kitobni qoʻliga oldi. Kitob hoshiyasiga Alfons Dode "Soʻnggi saboq" deb yozilgandi.
— Mana bu kitobni ol, ertagacha yaxshilab tayyorgargalikingni koʻr.
— Ladno...
— Gapirishingni ham toʻgirla.
— Yaxshi, — dedi u norozi ohangda.
Hash-pash deguncha tanaffus ham boʻldi. Hamma oʻquvchilar narsalarini yigʻib uyga qarab yoʻl olishdi. Raʼno uyga borguncha asablari adoyi tamom boʻldi. Uyga kelishi,xonasiga kirishi bilan sumkasi bir chetga uloqtirdi. Haligacha oʻqtuvchisining gaplari oʻylab oʻtirardi. Shu payt birdan kitob esiga tushib ketdi. "Voy Xudo" deb sumkasi oldiga yugurib borib ochib koʻrdi . Hayriyat, kitobni olib ketgan ekan. Darhol deraza tokchasiga borib  oʻtirdi, qilayotgan ishini sevmasa ham majburlikdan kitob oʻqishga tushdi.  Bir amallab kitobni oʻqib boʻlgach , yarim tungacha oʻtirib gaplarini yodladi. Koʻzlari borgan sayin oʻgirlashib borardi va shu yerning oʻzida uyquga ketdi.  Biroz vaqt oʻtdi, oyisi xonasiga kelib uni uygʻotdi.
— Raʼno, Raʼno, tur, qizim. Maktabingga kechga qolasan. — Boʻlaqol, qizim,  15 ta kam 9 boʻldi, bunaqada oʻqishingga ulgurmaysan.
#Yangi_yil_shukuhi
#Nasr

SHUKUH
(Hikoya)
Yangi yilga bag'ishlov🥳


Qish kirib keldi. Borliq oppoq ranga kirdi. Daraxtlar charchagan, qishloq ustiga un elagandek go'yo. Bitta qora narsa ham ko'rinmaydi. Qishloq qalbi pok, quvnoq insonlarga o'xshaydi. Osmondan kumush kabi yaltillagancha zarrachalar tushmoqda. Unga qarasang ko'zing qamashadi, shunday go'zal manzara.
Bu qishloq tog' yon bag'rlarida joylashgani sabab havo sovuq ammo toza bo'ladi. Bolalar ko'chada qorbo'ron o'ynaydi, qorbola yasaydi, chanada uchishadi. Bugun esa barchasi bir bo'lib katta archani bezashmoqda. Hammalar shod-u xurram, qiy-chuv ila o'ynashmoqda. Ularning o'ynayotganini bitta bobo derazadan kuzatib o'tiribdi. U bolajonlarga havas bilan boqib o'zining yoshlik davrini qumsayapti. Bu yangi yil uning yetmish ikkinchi qarshilayotgan bayrami ekan. Shuni hisobladi-yu jilmayib qo'ydi.
– Eh... – dedi va chuqur nafas olib chiqardi.
– Bolaligim, xuddi qordek tezda yog'di-yu o'tdi ketdi. Yangi yil kelsa xursand bo'lardim. Endi bilsam, U o'g'ri ekan. O'ziyam uddaburon o'g'ri ekan. Insonni xursand qilarkan-u ko'z yumib ochguncha bir yoshingni olib katarkan. Keyin uni topolmas ekansan, – dedi va juda qattiq o'ksindi.
– Sening o'rningni yangi qor parchalar bosar ekan. Osmonda yulduz bo'lib eslanar ekansan. Avvallari qor parchasidek qalbim o'ynoqi, sho'x bola edim. Hozir bo'lsa sochlarim qor rangidek oppoq bo'lgan boboga aylandim. Eh yangi yillar, yangi yillar...
U shu tarzda xayolga cho'mib turardi. Shu payt uning oldiga nevaralari yugurib keldi. Uning quvnoq qor parchalari. Oilasi jam bo'lib bugun yangi yilni qarshilashdi. Boboning ma'yus qayg'usi nurli quvonchga aylandi va endi yangi yilning shodiyona shukuhidan beixtiyor jilmayib qo‘ydi.

: Nurmamatov Oygul,
Ogahiy ijod maktabining 8- "B" sinf o'quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#1_kun
#Nasr

Jannatdan maktub

     Charx uyalibgina togʻlar ortidan bosh chiqarar ekan uning iliq nurlari oppoq bulutlarga tushib toʻqpushti rangli ufq hosil qildi. Bu goʻzal ufq oʻzining jilokorligi bilan falakning nozik boʻyniga yarashgan tumor boʻlib turardi. Undagi bulutlar esa xuddi yosh qizning yuziga surtilgan momiq upa kabi edi. Ammo upalar orasida faqat oq emas, balki, qoralari ham bor. Yaʼni ular osmonni qora qoshining oʻsmasiday edi. Shunday rangdor boʻlib turardi.
  Mana bugun xoʻrozning qichqirigʻidan oldin Shirin erta tongni qarshiladi. Qishloqning chekka joyida joylashgan hovlida yashardi u. Tagʻin bu uyda yangi birinchi kunlari hali. Uch kunlik oydek kelin. U 4 yil deganda shaharda oʻqishdan qaytdi. Bir oy oʻtar-oʻtmas "Oila" nomli darvozaning ilk eshiklaridan oʻtdi. Hozir esa hovlilarni supurmoqchi shekilli sariq rangli, zarlar bilan bezalgan kiyimlarini kiyib, bir qoʻliga supurgi, bir qoʻliga chelak koʻtarib tashqariga chiqdi. Sal salqin havo qaynoq, yaqinda uyqudan chiqqan tanini junjiktirib yubordi. Lekin tezda hovlidan oqib oʻtayotgan shildir suvli ariqdan chelagini toʻldirib olarkan yarim bilagi suvga botdi. Shu payt darvoza eshigi "taq-taq" qilib qoʻydi. Labida begʻubor tabassumi ila unga boqarkan, qisqa qadamlar ila eshik oldiga bordi. Eshikni ochishdan avval boshidagi quyoshdek yorqin doʻppisini toʻgʻirlab oʻng qoʻlini koʻksiga qoʻydi, keyin esa uni temir qulfiga asta iligini olib borib uni ochdi. Eshikni ortida hech zot yoʻq edi. Soʻng hayron boʻlib tashqari tomon chiqdi. U yon bu yonga qaradi. Shu on avzoyi buzuq osmon yigʻlay boshladi. Qoʻlini boshiga qoʻyib panalarkan ortiga qaytayotib oyogʻi tagida nimadir borligini bildi va oyoq ostiga qaradi. Kalishini tagidagi narsa bir qalin konvert ekaniga amin boʻldi. U ostonaning tagida turar, binafsha marka yopishgan, sariq rangli konvert...
   Uni asta qoʻliga olib hovlisidagi pana bir joyga oʻtdi. Konvertni u yon bu yoniga qarab hayron boʻlarkan uni ochdi. Konvert ichida uch varaq qogʻoz va ularda qandaydir xatlar yozilgʻi turardi. Sekinlik bilan uni oʻqiy boshladi. Xat boshida "Jannatdan maktub" deya yozilgandi. Sirli nigohlarini xatga tikar ekan unda shunday soʻzlar yozilgandi:
                      Xat
           Jannatdan maktub
   Assalomu alaykum mening qalbi ipak tolasi kabi mayin boʻlgan onajonim. Yaxshi yuribsizmi,  ahvolingiz yaxshimi, ismingiz kabi shirin soʻzlar gapirib yuribsizmi?! Yaxshi-yaxshi ovqatlar yeb  qorningizni toʻq tutayapsizmi? Onajonim har kuni, har safar sizga xat yozaman deyman-u xat yuborish navbatim kelmagan edi. Ha "Nega" deysizmi? Bu yerda menga oʻxshagan bolalar koʻp-da ular ham onalarini sogʻingan, xat yozadilar. Xullas, navbat yetmay qoldi.
   Mendan soʻrasangiz shu men yuribman yoki boshidan aytaman, chunki yana qachon yozish navbatim keladi. Mehribonim zeriktirib qoʻymayman degan umiddaman.
    Boshidan boshlasam oʻsha kuni yuragim urmay qolgan edi. Qalbim ila ruhim sira ajralgisi kelmas endi yarala boshlagan, yumshoq boʻgʻzimga achchiq bir narsalar tiqilardi. Bu ogʻriqli boʻldi. Ammo jonsiz tanam oq kiyimli bir ayolni qoʻlida turar ekan, ruhim tanamdan chiqib toʻgʻri osmonga uchdi. Oʻshanda oppoq bulutlari bor, sariq rangli nurlar yogʻilib turadigan, barcha oq rangli kiyimlarda yuradigan joyga keldim.
Bu joydagi odamlarning bari baxtli edi. Mana ancha paytdan buyon sizni sogʻinaman, sizni iliq bagʻringizga bosh qoʻygim, siz bilan birga vaqt oʻtkazgim, "Onajon" deb bor kuchim ila dunyolarga jar solgim keladi. Bu qanday ogʻir, lekin shunda ham sizni olis-olisdan kuzatib turaman. Oʻzi bu xatni yozishimdan asl maqsad sizga bir muhim gapni aytishimdir. Yaqinda xabarchi farishtalar sizni "Olovli joyga keladi" deb aytishdi. U biz yashaydigan joydagi uzun koʻprikning qoq ostida joylashgan.
Oʻsha joy juda qoʻrqinchli u yerda bahaybat ilonlar, olovli joylar bor, insonlar jazolanadi, biroq oʻsha yerga yomon insonlar tushadi.
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Nasr

QALB VA RUH
(hikoya)


Boshi egilib turgan ruh birdan ola ko'zlari bilan qalbga notabiiy nigohlar bilan boqdi.
- Nega bunday qaraysan, -dedi qalb, -ayt dedingmi? Endi eshit
!

Batafsil
👇👇👇👇👇
https://telegra.ph/QALB-VA-RUH-01-04

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor
#3_kun
#Nasr

Kunduzi yongan chiroq

O'zining zar, uzun etakli koʻylagi va olovli yopinchig'ini kiyib shaharga oltin kuz kirib keldi. Barglar qarib asta-sekinlik bilan yaproqqa aylanmoqda. Daraxtlar esa bellari ogʻrib, sochlari oqarib qolgan hassasi bilan zo'rg'a oyogʻida tura oladigan keksalarga o'xshab qolgandi. Havo deyarli har kuni bir xil - kunduzi quyosh iliq nurlarini sochib turar, kechasi bo'lsa salqin shabada va onda-sonda yomg'ir yog'ib olardi. Kechasi bilan ko'p qavatli binolarda yashovchi odamlar oʻzlarining uylarida zerikkach yo'l chetidagi xiyobonchalarda sayr qilishar, shu joyga oʻrnatilgan yog'och oʻrindiqlarga kuchukchasini yetaklab, qoʻllarida oʻzlari yoqtirgan bir badiiy kitobni olib kelishar va yarim tungacha soyabon ostida yomg'irni tomosha qilib, tungi chiroqlarning mayin og'ushida mutolaa qilar edilar. Ammo ertalab, bu joylarda yomg'irdan qolgan ko'lmaklar-u uchib yuradigan xazonlardan bo'lak hech nima qolmasdi. Chunki hamma o'z ishlari bilan band. Ayniqsa, bu shaharda kunduzi bilan harakat sira to'xtamaydi xoh mashinada bo'lsin, xoh piyoda...
Xullas, hayotda bir qadam oldinda bo'lishni istashadi.
Mana bugun erta tongdan mayin shabada esdi, quyoshning yuzini esa avzoyi buzuq bulutlar to'sib qo'ygandi. Xazonlar xuddi pianinoda chaladigan simfoniya kuylarining notalari kabi u yoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u yoqqa shiv-shiv uchar edilar. Shu odamlar sayr qiladigan xiyobon oldidagi o'rindiqlar tepasida turgan chiroqlar kunduzi rosa zerikar edilar. Axir ular oldiga hech kimsa kelmas, quyosh esa o'zining yorugʻligi bilan butun shaharni ta'minlab turardi-da. Shunday zerikarli kunduzlarning yana biri bugun. Ammo bitta tungi chiroq zerikib ketganini bildirdi va:
- E doʻstlar, -dedi boshqa chiroqlarga yuzlanarkan, -kelinglar kunduz kuni ham nur tarqatamiz, -tag'in quyosh ham ko'rinmayapti. Balki odamlarga yordamimiz kerak boʻlib qolar.
Shunda javob qildi boshqa bir tungi chiroq:
- Yo'q, -dedi qo'rquv aralash tovushi bilan pichirlab, -biz nur tarqatadigan bo'lsak hech kim payqamaydi, buni ustiga bizga faqat kechqurun yonishimiz kerak ekanligi haqida aytilgan.
Shundan so'ng u boshidagi shlyapaga o'xshash, qalpoqchasimon kabelini silkitib, doʻstining gapi to'g'riligini bildirdi. Lekin u bundan juda norozi edi.
Biroz paytdan so'ng shu xiyobon oldida ko'zoynakli bir keksa kishi qoʻlida qandaydir hujjatlarni titkilab, ko'rolmasdan kelayotgandi. Shunda boyagi chiroq:
- E, nima bo'lsa boʻldi, -deya oʻzidan nur tarqata boshladi.
U o'sha odamga juda yordam bergisi, uning mushkulini oson qilgisi kelgan edi.
Buni ko'rgan odam ham chiroq ostida to'xtab masalaga oydinlik kiritarkan, hayron boʻldi.
"Qiziq nega tungi chiroq kunduz kuni ham yonayapti ekan" deb xayolidan o'tkazdi.
Biroq shunday bo'lsa ham tungi chiroq juda xursand edi. Bugun bekorchilik qilmaganiga, aqalli bir kimsaga yordami tekkaniga bo'lsa kerak.
O'sha kuni nafaqat ko'plab odamlar va yana boshqa jonzotlarga ham yordami tegdi kunduzi yongan chiroqning.
Nihoyat kunni quva-quva falak sathiga tun kirib keldi. Chiroqlarning bari o'z nurlarini sochishga kirishishdi. Kunduzi yongan chiroq esa bag'oyatda xursand, hatto bir pas dam olgani yo'q edi. Yomg'ir yog'ib havo salqinlay boshlagan mahal, mohi tobonning yog'dusi yerga tushgan bir pallada xiyobon odamlar bilan liq to'lib ketdi. Ular har xil rangdagi soyabonlar ushlagancha, ba'zilari kuchukchalarini yetaklab kirib kelmoqda edilar. Shunda kuni bilan yongan chiroq mag'rurona ko'rinishda odamlarni qarshi olmoqchi bo'ldi. Ammo-lekin hech qaysi odam uni oldiga kelmasdi. So'ngra ma'yus chehrasi bilan hamma joyiga nazar tashlar ekan, nur taratmayotganiga guvoh bo'ldi. Uning bitta simi kuyib qolgan edi.
Qancha chiranmasin yonmasdi, o'sha kuni kechasi bilan u biron marta yona olmadi.
#7_ta_iqtidor
#4_kun
#Nasr

Baxt muzeyi

Hammadan ham go'zal moh tun qo'yniga asta chiqib kelar ekan, dunyo yuziga uning mayin nurlari taraldi. Uni ortidan esa birin-ketinlik bilan mitti yaltiroq toshlar ko'rina boshlandi. Ular go'yoki bir katta orkestrga o'xshar edilar, chunki oy boshlovchi bo'lsa, huddiki yulduzlar kuylovchi bo'lib, go'zal qo'shiqlarni ijro qilishardi. Yana shunday kechaning birisi bitta shaharlik yigit osmonga qarab faryod chekmoqda edi. U ko'p qavatli uyning ikkinchi qavatida yashardi. Har kuni derazasining oldiga kelib olib, oyga termular va goho o'zining taqdiridan juda nolinar, gaplarini eshitgan odamlar esa unga achinar edilar. Hozir ham u huddi shunday xonasining derazasidan turib gapirayapti:
- Ey osmon, hatto seni ham menga rahming kelmaydi-ya?..
...Nega men shunchalar baxtsizman? Har kunim bu gaplarimga isbot bo'la oladi. Masalan, bugun bir dunyo vazifa berilgan. O'zi o'qish yomon, umrimning eng go'zal damlarini qayerdagi imtihonlarga tayyorgarlikda qiyinchilik bilan o'tkazayapman. Yeydigan narsalarimni ham na tayini bor va na mazasi. Do'stlarim ham juda ko'p, onam yuborgan narsalarni men bilan teng yeydilar. Talaba deyishadi, lekin bechorani o'ziman, qo'limda oddiy telefon, oyog'imda almisoqdan qolgan tufli va eng yomoni kiyadigan ko'ylaklarim - atigi oltitagina oq kuylagim bor. Boshqalarda aksincha, ular baxtli insonlar. Baxtsizlik mening peshonamga bitilgan ekan...
Shunday deya dard-alam chekardi. Uning bu holi ko'pchilikka ayon, shundayligi sabab darslarini ham vaqtida bajarib kelolmasdi, tunda kafeda ishlar, kunduzi o'qishdaligi uchun ko'pincha past baho olardi. Ana shu oqib o'tayotgan kunlarning birida u bir oqsoqolning oldiga borib barcha hasratlarini to'kib sochdi, keyin esa undan yordam so'radi. Oqsoqol ham astagina jilmayib qo'ydi-da:
- Talaba bolam, -dedi u o'sha yigitga yuzlanarkan, -ko'rdim ko'p jabr chekibsan, senga bitta maslahat beraman - sen "Qirq soy"" qishlog'iga borib ko'r, chunki ular yaqinda "Baxt muzeyi" nomli shinamgina, kichkina qilib bitta muzey qurishibdi. O'sha qishloqqa borib odamlari bilan tanish, ammo u muzeyni o'zing qidirib top, odamlardan so'rasang baxtga erisholmaysan.
Talaba yigit boboning gapiga ko'nib, "Qirq soy" qishlog'iga, "Baxt muzey" ini izlashga jo'nabdi. O'zi shahardan uncha uzoq emas, bor yo'g'i besh chaqirim narida joylashgan edi o'sha kichik qishloq. Yigit ikkita avtobusda qishloqqa yetib oldi. Chang ko'chalar-u tog'-adirlarga bir chetdan nazar tashlab chiqibdi, toza havodan o'pkasini to'ldirib nafas olarkan, tezda muzeyni qidira boshlabdi. Qishloqning u tomonidan kirib, bu tomonidan chiqibdi-yu lekin o'sha muzeyni topolmabdi. Keyin esa charchab shu soy bo'yidagi, bitta daraxt tungisida dam olib o'tirsa ko'zi yog'och eshikli, siniq derazali, kichkina uychaga tushibdi. O'shani eshigi ustiga "Baxt muzeyi" deya yozilgan edi. Yigit hayron bo'libdi xayolida "Nahot shu muzey bobojon aytgan "Baxt muzeyi" bo'lsa" deb qo'yibdi. So'ngra uni oldiga boribdi. Eshigidan engashibgina o'tibdi. Ichkarida bir dunyo chizilgan rasmlar turardi. O'rtada esa "Baxt bu..." deb katta qilib yozilgan, devorlarga esa hamma o'zi baxt deb sanagan narsasini tasvirlab ketgan edi. Talaba barcha rasmni kuzatib chiqdi. Ularda quyidagilar bor edi: bir rasmda o'qishga kirish - katta oliygoh oldida formalarda turgan yigit rasmi, ikkinchi rasmda - ko'p do'stli bo'lish - bir bolaning yonida qo'lini ushlab do'stlari turgani, uchinchi rasmda esa vazifalar tayyorlash shekilli - ko'p kitob va yozayotgan bolaning rasmi turardi. Bularning barchasiga ko'zida quvonchi ila qaragan yigit juda quvonib ketdi va:
- Bu haqiqatdan ham "Baxt muzeyi" ekan, -dedi baqirib, -men baxtsizlik deganim aslida baxtim ekan-u men ahmoq hayotimdan nolinib yuribman. Bo'ldi bugundan boshlab hech ham nolimayman va baxtli hayotimdan zavqlanib yashayman eh-eh-eh-eyyyy
U shunday deya baxtini topdi.

✍️: Oygul Nurmamatova,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#5_kun
#Nasr

Savol


Deyarli har yetti soniyadan bir kimsaning joni uziladi va Allohdan olgan omonati - ruhini ajalning qo'liga topshiradi. Issiq tanasiga esa ohiratning sovug'i yetib qora tuproqqa qo'yiladi. Keyin tuproq bilan bir bo'lib unga qorishib ketadi. Xuddi ana shunday odamlardan biri bugun olamga tun o'z yog'dularini solgan bir paytda jon berdi. O'lim uning ruhini tanasidan olish maqsadida yerga tusharkan, ana shu bilan birga o'zini ancha paytdan beri qiynab yurgan savolga javob topmoqchi bo'ldi. Mayitning go'sht tanasidan bo'lak hech nimasi qolmagan edi. O'z qo'llariga uning ruhini olib cho'ntagiga solarkan o'lim ortiga qaytmasdan oldin, bir tirik odamning oldiga borib - hayotdan so'radi:
- Hayot, -dedi u uyalibgina qararkan, -bilasanmi meni qanchadan buyon bir savol qiynaydi?! Agar ijozat bersang shuni sendan so'rasam.
Uni jimgina tinglayotgan hayot esa bosh siltab "So'rayver" deb rozilik bildiradi.
- Bilasanki, men yer yuzida qanday jonzot bo'lsa Yaratganning amri bilan ularning jonini olaman. U rozi yoki norozi bo'lsa ham bu meni qo'limda emas. Lekin men shu ishimdan juda uyalaman, oxirgi paytlarda odamlarning jonini qo'limga olgim ham kelmay qolgan, -dedi ko'z yoshlari yuzini yuvarkan o'lim.
Shunda hayot hayron bo'lib, qiziqib so'radi:
- Nega bunday deyapsan?, -dedi yelka qisib tushunmayotganini bildirarkan.
- Ular mendan qochaverishadi. Afsus hozirgi jonzotlarning bari meni yomon ko'radi, alamli ko'zlari bilan qaraydi menga. Ammo ular seni juda-juda yaxshi ko'rishadi. Oldilariga kelganimda senga shunchalar yopishib olishadiki, jonini olishga ham achinaman. Ular seni sevib, bor mehrini berishgan, seni maqtab gapirishadi - hayot go'zal, hayot yaxshi, hayotni bor kuchim ila sevaman...
Ularni gapidan hech sendan ayirgim kelmaydi. Nega ular seni shunchalik sevadi-yu meni haddan ziyod yomon ko'rishadi.
Jilmayib qo'ydi va:
- Eh, nimayam deyay do'stim, -dedi uh tortarkan hayot, -men eng shirin yolg'onman, sen esa eng achchiq haqiqatsan. Men huddi cho'l-u sahrolarda uchraydigan sarobman, uyquda ko'riladigan shirin-shirin tushman va odamlar sinaladigan bir o'tkinchi narsaman xolos. Talaba imtihonni sevmaydi, chunki yiqilsa o'qishdan haydaladi-da. Lekin men ham imtihonman, menda faqat aksincha, mendan o'tmasa ham haydaladi, faqat o'qishdan emas Jannatdan...
Ular esa buni tushunishmaydi. Mendek bir sarobga juda ishonishadi, umrboqiy deb o'ylashadi. Menda eng yaxshi inson ham oltmish uch yil umr ko'rgan bo'lsa(Muhammad s.a.v), qanday qilib umrboqiy bo'lay. O'lim hech bir qo'rqmay ularni olib ketaver, bu ishing uyatli emas. Ular seni sevishi va mendek shirin ne'matni berganiga shukur qilishi kerak - xoh u kam bo'lsin, xoh u ko'p.
O'lim shu tariqa o'z savoliga javob topdi va bu ishini g'urur ila davom ettirdi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8- "B" sinf o'quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#6_kun
#Nasr

Mushukning ko'zyoshi

Sodiq aka hash-pashga qaramay mushukni bo'ynidan tortqilab tashqariga olib chiqdi. Uning yunglari shamolda chiroyli bo'lib uchar, ko'zlari ma'yus bir dardli edi. Sodiq aka bo'lsa uni urib-tepib haydab soldi.
- Bor ket, -deya mushukning  ortidan baqira ketdi.
   Sodiq akaning farzandlari baravariga so'rashdi:
- Nega bunday qildingiz?, -dedilar mushukning ortidan yig'lab qolisharkan....

Batafsil
👇👇👇👇
https://telegra.ph/MUSHUKNING-KOZ-YOSHI-01-08

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#7_kun
#Nasr

O'tinch

(Falastindagi begunoh qoni to'kilayotgan mitti jonlarga bag'ishlanadi)


Osmon yana o'sha daxshatli ko'rinishidan hali-hanuz chiqqani yo'q. Bu atroflarda na daraxt qoldi va na biron-bir ko'klamzor...
Hammasini yahudiy tankining bahaybat, zalvorli g'ildiraklari yakson qilib ketgan. Agar tepadan boqsang faqat cho'l-u biyobondek odamlari har tarafga sochilib yotgan yerni ko'rasan. Yaqinlashib boqgudek bo'lsang vahshiylarcha sodir qilingan qotillikni va gunohkorlarni borligiga amin bo'lasan. Bu qotillik to'xtagani yo'q, chunki yo begunohlarni xalos qilgani bir kuch, yoki gunohkorlarni to'xtatgani bir aql insoni topilmayapti. Shu atrofdagi deyarli barcha uylar bombardimon qilingach, dushmanlar qo'shini tirik jonlarga ham o'zining zaharli nayzalarini birma-bir sanchib chiqdi. Aholining ko'pchiligi hali yosh bolalar bo'lsa-da, dushmanlar juda bir "Insoniylik" bilan qo'llarini norasidalarning qoni bilan bulg'ashdi. Ularni qo'lidan hech zot omon qolmadi-yu biroq o'zidan sal nariroqda portlagan bombaning zarbida uyib qo'yilgan jasadlarning ortida ko'rinmay qolgan bir mitti jon hali-hanuz nafas olardi. Yuzlariga qora kuyalar tekkan, sochlari tuproqdan to'lgan, ko'zlari qizarib, qoshlari qonayotgan va bir qo'li lat yeganidan, og'rib unga azob bermoqda edi. O'sha jasadlar orasida uning onasi ham bor, uni oldiga borib boshqa odamlar oldidan tortqilab chiqardi.
- Onajon, -dedi oyisining boshini tizzasiga qo'yib sochlarini silarkan, -ko'zingizni oching, iltimos meni qo'rqitmang. Bo'lmasa ukam qo'rqib qolishi mumkin.
Mitti jon yig'lay boshladi, har yig'laganida ora-ora o'kinib qo'yar va ko'z yoshlarini artib "Yig'lamayapman" der edi.
- Turing, siz menga "O'g'lim senga uka tug'ib beraman, birga o'ynaysizlar" deb va'da bergandingizku. Nega bunday qilayapsiz.
Shu so'zlarni ayta tugmalari tushgan, oppoq, bir yengi yirtilgan kuylagini yechib onasining ochiq qolgan ko'zlarini berkitib qo'ydi. Va xuddi namozga, sajdaga bormoqchidek o'tirib olib "Allohimga o'tinchim" deya so'z boshladi:
O'tinch
Karami keng Allohim, hammadan ham o'zing yaxshisan, iltimos sendan, ahli musulmonlarni o'zing saqla. Endi hech kim o'lmasin, bizga qayerdandir mo'jizalar yubor. Axir insonlar, chaqaloqlar, tug'ilmagan go'daklar shunchaki nobud bo'laveradimi?!..
...Parvardigorim, seni qo'lingdan kelmaydigan ish yo'q, bir bora amr qilib, bizni Vatanga farishtalaringni yuborsang yaxshi bo'lardi. Men o'qish yoki yozishni bilmayman, bilsam senga kabutar bilan xat yozib yuborardim. Bilasanmi, seni huzuringga borish ham men uchun eng oliy baxt. Lekin Vatanimning islomiy tuproqlari, yahudiylar qo'liga o'tishini istamayman. Bor o'tinchim shu, bajarasan degan umiddaman.
Bolakay shu so'zlarni pichirlab aytarkan qo'lini duoga ochdi va "Ilohim Vatanim go'zalliklarga to'lsin, ahli insonlarning qalbini ezgulikka to'ldirgin Allahu akbar" deb fotiha o'qidi.
Mayin ko'zyoshlari oqib, yuzining qora dog'larini artib toza qilib ketdi. Charchab ketgan ko'zlarini yumishga ham qo'rqar, lekin na iloj uyqu o'z domiga tortaverarkan, ko'zlarini yumdi. Shundan keyin, qora uzumdek bo'lib turgan chiroyli ko'zlarini faqat nurlar yog'ilib turadigan, oppoq qanotli farishtalari bor go'zal joy - Ravzada ochdi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8- "B" sinf o'quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#1_kun
#Nasr

Qahramon ona

Bahor edi. Maktabdan uyga kelsam onam hovlimizdagi supada boshini ushlagancha oʻtiribdi. Avvallari onamni hech bunay ahvolda koʻrmagan edim. Qoʻrqib ketdim va beixtiyor "Oyi sizga nima boʻldi" deb yuborganimni oʻzib bilmay qolibman. Oyim sekin boshini koʻtarib, birdan seskanib ketdilar. Bildimki, mening kelganimni ham sezmagan. Oʻsha payt ichkaridan qoʻlida qandaydir hujjatga oʻxshagan qogʻozlar bilan akam chiqib keldi. "Oyijon, iltimos, men harbiy boʻlishim uchun qancha harakat qildim, oʻqidim. Nega qarshilik qilyapsiz? " deb yalina boshladi. Men gap nimadaligini tushungandek boʻldim va etim jimirlab ketdi.
Onam meni va akamni dadam vafotidan soʻng yolgʻiz oʻzi yer-u koʻkka ishonmay oʻzi katta qildi. Otam vafot etganlarida men endigina maktabda harflarni oʻrganayotgan edim. Otam polkovnik boʻlgan. Dadam aytilishi ham qiyin boʻlgan, oʻzi ham jirkanch, xullas men tushunmaydigan allaqanday jinoyatchilarni ushlash paytida ogʻir jarohat olib , kasalxonada men maktabga bormaydigan kun 4 marta kelguncha yotib keyin osmonga uchib ketibdilar. Onam shunday deb aytganlar.
Mana akam ham harbiy bilim yurtini tamomladi. Endi chegara qoʻshinga ishga ketmoqchi ekan. Onam esa yolgʻiz oʻgʻlim yonimda bo'lsin deb jon kuydirar edi.
Vaqt ham shamoldek uchib oʻtib ketdi. Mana oradan 1 yil oʻtdi. Akam harbiy qoʻshinda chegarachi boʻlib xizmat qiladi. Har kuni oyim bilan xabarlashib ularning duolarini oladilar. Shu qoʻngʻiroqlar bilan onam ovunib yurardilar.
Kuz payti edi. Hovliga chiqsam onam yana gʻamgin holda oʻtiribdi. Men buning sababini bilardim. Yaʼni akamdan mana 4 kundirki xat-xabar yoʻq.
- Oyi qoʻying, balki ishlari koʻpayib ketgandir - dedim ovutmoqchi boʻlib.
Oyim indamadi. Aslida bunday hollarda onamdan javob emas, balki uning bu gapni eshitgani katta gap edi. Shu tariqa kunlar oʻtaverdi. Hafta, oy oʻtdi. Onamning xavotiri meni ham tashvishga sola boshladi. Oxiri onamni bu xavotir yiqitdi, yotib qoldi. Onamning kechalari uxlamasdan yigʻlab chiqishlarini bilardim. Bechora oyimning ahvolini koʻrib yurak-bagʻrim ezilardi.
Bir kuni eshik taqillab qoldi. Onam
- Eshikka oʻzim qarayman, sen ishingni qilaver - dedi-da, sekingina oʻrnidan turdi. Zoʻrgʻa eshik oldiga borib eshikni ochdi. Darvoza oldida mahallamizning "rais buva"si (mahalladagi hamma uni rais buva derdi) qoʻlida xat bilan turardi. Xatni onamga tutqazdi. Onam xatni ochib u yogʻini koʻrdi, bu yogʻini koʻrdi, keyin rais buvaga horgʻin koʻz tashladi:
-Buni oʻzing oʻqib beraqol. Menda buni oʻqishga na savod bor, na koʻz nurim yetadi. Rais buva xatni allanimalar deb oʻqib berdi. Lekin xatni eshita olmadim. Rais buva ketgach onam uyga kirdi. Shunda oyimning yuziga qarab na quvonchini, na qaygʻusini anglab boʻlardi, faqat yigʻlardi.
- Oyi tinchlikmi -deb qoʻlidagi xatni olmoqchi bo'ldim. Onam esa xatga tikilgancha jim o'tirib qoldi. Oradan bir soatlarcha vaqt o'tdi. Oyim birdaniga shaxdam qadamlar tashlab oshxonaga kirib ketdi. Men oʻzimcha " Tovba, onam tuzalib qolibdimi" deb hayron qoldim. Sekin orqasidan borib moʻralasam bir nimalar pishirishning harakatiga tushgan. Yugurib borib xatni oldim. Xatda shunday soʻzlar bor edi:
Assalomu alaykum ona.
Avvalo sizga shuni maʼlum qilamizki, Oʻgʻlingiz oʻzining vatanparvarligi , mardligi bilan vatanimizni, sizni , tinchligimizni saqlab qoldi. Vatanga Amir Temur, Manguberdidek mard oʻgʻlon tarbiyalab bergan sizdek ona oldida bosh egamiz. Oʻgʻlingiz sog-omon, tez kunlarda oldiningizga boradi. Rahmat sizga qahramon ona!!!

Botirova Goʻzal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi

Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#2_kun
#Nasr

Dunyo tayanchi
( Yozilishi 2 yil kutilgan asar)


Shom payti edi. Koʻchada bir necha bolalarning gʻala-gʻovuridan boshqa deyarli hech narsa tinchlikni buzmasdi. Faqatgina ahyon-ahyonda dam-badam etni jimirlatadigan chaqaloqlarning va qaysidir yaqinidan ayrilgan insonlarning alamli yigʻisi eshitilib yurakka gʻulgʻula solardi. Baʼzi - baʼzida esa koʻz yoqlardan shaqollarning chaqaloqdek yigʻlashiga oʻxshagan uvullashlari ham eshitilib ketardi. Bu esa xuddi oʻsha yigʻlayotgan odamlarning ustidan kulib ularga taqlid qilgandek boʻlardi. Bu hamma uchun mollarning moʻlashiga oʻxshagan oddiy holatga aylangandi. Chunki u yerlarda hamma joy ovloq paxtazor boʻlgandan keyin bu yerlar shaqollarga nafaqat oʻzlari uchun, balki avlod-u ajdodlari uchun ham doimiy boshpana edi. Bu yerliklar ularni "1847-yildan beri bor" deyishadi.
Faqirgina bir kulba oldidagi bir nechta yogʻochdan eplama qilib yasab qoʻyilgan "skameyka" da ana shu uvullash-u , yigʻi ovozlarini eshitib xayolning cheksiz ummoniga gʻarq boʻlgan Gulchehrani birdan bu ummondan onasining pichirlab oʻqiyotgan shom namozining ovozi olib chiqdi. Endi Gulchehrani oʻsha voy-dod ovozlari emas, balki Ollohning borligini eslatuvchi kuy eʼtiborini oʻgʻirladi. Ayniqsa onasining "Hammasi uchun shukur senga Robbim" degan soʻzlarining maʼnosini tushunmasa-da, bu soʻzlar uning jajji yurakchasiga boshqacha taʼsir qildi. Oʻzi ham uni bir necha marotaba pichirlab takrorladi. Endi u yana oʻsha ummonga choʻkdi. Lekin uni endi umuman boshqa narsa oʻylantirgan edi. Shunda uni bu ummondan yana onasining "Gulchehra ovqatga" degan mayin ovozi olib chiqdi.
Gulchehra xira shamning yogʻdusida ovqatlanar ekan, birdan uning koʻzlari onasining momotaloq boʻlgan yuziga tushdi. Gulchehra beixtiyor:
-Dadam sizni yana urdimi- deb yubordi.
- Voy oʻlay , unaqa demagin qizim. Dadangning qoʻli yuzimga tegib ketdi. Qachon koʻrgansan dadangning urganini?
- Har doim. Dadam har kuni, ishi yurishmaganida sizni uradilar, oʻzim koʻrganman. Kecha ham koʻrdim.
- Qoʻysangchi unaqa gaplarni, ovqatingni tez yeginda joyingga bor. Joyingni ayvonga solib qoʻydim.
- Siz-chi yemaysizmi - deb soʻradi Gulchehra unga tikilib oʻtirgan onasiga
-Dadang kelsin, keyin yeyman.
Gulchehra indamadi-da, ayvonga, joyiga borib yotdi-da, zum oʻtmay uxlab qoldi.
Yarim tunga qarab uyda shovqin eshitila boshladi. Gulchehra bu ovozdan uygʻonib ketdi-da " Dadam keldi, shekilli" dedi va yana uxlab qoldi.
Ertalab tursa onasi stol yonida burni va qulogʻi qonab yotardi. Qoʻshnilar esa koʻz yosh qilardi. Gulchehra nima boʻlganini tushundi shekilli, qotib qoldi... Goʻyo u uchun dunyo ostun-ustun boʻlib ketgandek boʻldi.
Onasini peshin namoziga chiqarishdi. Agarda hozir onasi tirik boʻlganda peshin namozini oʻqib yana oʻsha "Hammasi uchun shukur senga Robbim" deb pichirlab aytayotgan boʻlardi. Onasini yerga qoʻyib boʻlishgani bilanoq hozirgina chaqnab turgan havoning birdan avzoyi buzilib yomgʻir quya boshladi. Odamlar tarqalishar ekan ular orasida " Urushga bizlardan ham chaqirib boshlashibdi" degan gaplar tarqaldi.

: Botirova Goʻzal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi


🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#3_kun
#Nasr

Eng baxtli odam

Shaharda men ish so'rab bormagan joy qolmadi.
-Bas qiling yolg'onni sizdaylarning ko'pini ko'rganman -dedi rahbar stolni mushtlab
-yana ishonmayman deydi-ya, bo'ldi xohish o'zingizda , lekin bu haqiqat mayli xayr -dedida rahbarning "shoshmang " deyishiga qaramay eshikni qattiq yopib chiqib ketdi. Bechora eshik shunchalik zarb kuch bilan yopilganidan yana qayta ochilib ketdi...

Batafsil
👇👇👇👇👇
https://telegra.ph/ENG-BAXTLI-ODAM-01-12

: Botirova Go'zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
9-"A" sinf o'quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#4_kun
#Nasr

Moviy va  sariq yoxud hayot qonuni
    
            Koʻk
Atrof hali jim-jit, tinchlik, quyoshning hali bir- ikkita nurlari chiqib osmonga moviylik baxshida qilgan, xolos. Lekin osmondagi hukmronlik hali hamon oy va yulduzlar qoʻlida,  hamma gʻam-u tashvishlarini unutib qalbini Ollohga berib hamd-u sanolar aytmoqda. Koʻpchilik buni zulmat, qorongʻulik deyishadi. Yo'q, unday emas, chunki atrofda quyoshning xira bo'lsa ham nurlari bor, oy esa quyoshdan olib bo'lsa ham bor kuchi bilan nur sochishni davom etmoqda. Oydan hali umid so'ngani yo'q. U hali chekinmadi, lekin biz insonlar esa oyning  oʻrnida boʻlganimizda allaqachon bor nurimizni ham ishlatmay quyoshning jonsarak nurlarini koʻrib berkinib olgan bo'lardik...
Bu manzaralar inson hayotini tasvirlab turibdi, go'yo. Inson hayotda tugʻilganida hech  qanday gʻam-tashvish va  hech qanday gunohi yo'q holati- bu. Biz umrimizning shunday pallalarini sogʻinamiz, yohud orzu qilamiz, lekin hamma yoqni moviylik qoplaganda  umrning bo'lmasa ham, kunning boshi bizning kunimizdagi chaqaloqlik pallamiz ekanligini ba'zilar anglamaydilar. Kunimizni esa ana shu moviylik bilan boshlasak har birimiz ana shu orzularga erisha olamiz. Biz buni uddalaganimizda  koʻpchilik hayratlanishadi, lekin qanday narsalarni yengib oʻtganimiz esa faqat o'zimizga ayon boʻladi.
                Sariq
Bu moviylikdan keyin esa asta-sekin quyosh nurlari har tomonga yoyila boshlaydi. Yaʼni inson ham ulg'ayib g'am-tashvishlari ham koʻpaya boshlaydi.  Nihoyat, kunning qoq o'rtasiga kelganda esa quyosh umuman hamma yoqni jazirama qilib tashlab o'zimizni qo'yarga joy topa olmay qolamiz. Bundan qutulish uchun esa nima qoʻlimizdan kelsa barini qilib ko'ramiz, ba'zida ular orasida xatolari ham bo'ladi. Chunki hech bir inson nuqsonsiz emas. Keyin esa nolina boshlaymiz. lekin  o'zimiz qish kunlarida yozni  intiqlik bilan kutganimizni  va uning orqasidan albatta xayri borligini anglamaymiz. Ba'zan boshqa ishlar bilan bo'lib issiqqa e'tibor bermay qolinadi, ammo bo'sh qoldi deguncha yana quyoshni "haqorat qila" boshlanadi.
Shu paytlarda oʻylab qolaman, qadimda quyoshga alohida ehtirom ko'rsatishgan, donishmand sifatida bilishgan. Lekin  nega inson undan noliydi,   balki qadimda ajdodlarimiz bizlar bilmagan nimanidir bilishgandir?
Shu tariqa kunning umri ham tugaydi, shu bilan birga  insonning ham. Quyoshning o'rnini oy va  yulduzlar egallay boshlaydi, yana sokinlik boshlanadi. Sen yana uyquga ketasan, lekin endi sening uyquga ketishingga boshqalar achinishadi,  lekin sen uchun esa bu rohat. Bularning bari  asrlar, yillar o'tsa ham  vaqtdan qo'rqmaydigan, o'zgarmas hayot qonunlaridir, shu bilan birga tabiat qonuni ham.

: Botirova Goʻzal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Nasr

UMID

Zuhra Mahbubani ozgina bo'lsa ham chalgʻitish uchun "bu yerlarni tozalash, obod qilish har kimning ham qo'lidan kelmaydi" degan edi. "Agarda men yura olganimda edi" qilardim deb battar xoʻrsindi...

Batafsil
👇👇👇👇👇
https://telegra.ph/UMID-01-14

Botirova Go‘zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#6_kun
#Nasr

Ilinj
(hikoya)


Qahraton qish. Havo ancha sovuq, keng dalalarga tushgan oppoq qirovlar bugun Faridaning boshiga tushganday bo'ladi. Mashina ichida dalalarni kuzatib kelar ekan har zamonda dadasi Ahmad akaga ko'z tashlab qo'yardi. Kasalxonadan uyiga yetay deb ham qoldiki, lekin Ahmad aka qiziga biron bir soʻz demadi. Farida dadasiga gapirmasa-da, uning tushkun va gʻamgin  holatini sezib yurardi. Shu tarzda Faridaga yo'l uzoq tuyuldimi yo yaqinmi sezmay qoldi. Ahmad aka Faridani mashinadan ko'tarib uyga olib kirdi. Yarim tun, Farida birdan uygʻonib ketdi. Sezdiki, narigi xonadan onasining yig'lagan ovoziga uygʻonibdi. "Qizim endi o'ladimi, men bunga qanday chidayman?  Qizim gulday hayoti endi qanday kechadi" degan gaplarni eshitdi. Endigina 18 yoshni qarshilagan Faridaga bu  gaplar hayotini batamom to'xtatib qo'yganday tuyildi. Endi u uchun boshlangan umidsiz kunlar o'taverardi. Bora-bora uning qoʻllari ham ishlamay qoldi. Toʻshakga mixlanib qolgan Farida ana bir yildirki, ko'chaga ham chiqmaydi, hech kim bilan gaplashmaydi. Faqatgina oxirgi paytlarda, hovlisi orqasida urushda qatnashib kelganlar bir bo'lib tinchligimiz nishonasi deb barpo qilishgan kattagina bogʻga chiqib xazon barglarni o'zining hayotiga o'xshatardi. Bog'ni yaratgan insonlarning koʻpchiligi mayib-majruh bo'lishiga qaramay, hech biri mehnat qilishdan toʻxtashmaydi.
Shu tariqa kunlar o'tar, har bir kun Farida uchun zulmat edi. Derazadan o'qishga ketayotgan dugonalarini kuzatib shunaqangi qayg'uga botdiki, hatto  yashagisi ham kelmay qoldi. Nima qilarini bilmay yana bogʻ tomon ketdi. Bahor kirib kelishi bilan yam-yashil daraxtlar, shunaqangi chiroyli gullagan ediki, Farida bu manzarani ko'rib kechasi negadir toʻyib-toʻyib  yig'ladi. Keyin sekin yonidagi kundaligini oldida boshidan kechirganlarini, bog'ni tasvirlab yozdi. Endi Farida hech narsani oʻylamay, faqatgina rangsiz o'tgan kunlarini qogʻozga tushirardi. Uning bu yozganlaridan shunday chiroyli bir asar yaraldiki, go'yo bu dunyoni tark etayotgan insonning  yashash qanchalik go'zal ekanligini tasvirlagandek.
Bir kuni uning uyiga Farida o'qiydigan institutdagi talabalar va dugonalari kelishdi. Ular Faridaning bunday ahvolga tushib qolganiga achinishib, uning necha haftadan beri tozalanmay, chang bosib ketgan xonasini yig'ishtirishga yordam berganday bo`lishib, ketishdi. Oradan bir oycha vaqt o'tib uning  uyini jurnalistlar bosib ketdi va Faridani so'zga tuta boshlashdi.
-Aytingchi, siz "Ilinj" nomli kitobingizni qanday yozgansiz?
- Siz buni qayerdan bilasiz? - dedi Farida qoʻllari ishlamasligidan  noqulay ahvolga tushib.
- Voy, bu nima deganingiz, xabaringiz yoʻqmi? Sizning kitobingizni institut talabalari nashr qildirish uchun berishibdi. Hozir sizning kitobingizni oʻqimagan inson qolmadi. Hatto tarjimonlarimiz ham kitobni tarjima qilish taraddudiga tushib qolishgan. Siz buni aslida kimga bagʻishlab yozgansiz?
- Oʻzimga va yana oʻzimga  - dedi Farida va jurnalistning qoʻlidagi kitobnga koʻzi tushdi. U kitobning muqovasiga " Farida Odilova", "Ilinj" deb katta harflar bilan yozilgandi.
  Farida bu kitobni jurnalist qoʻlidan olishga intilib, uni OʻZ QOʻLLARI BILAN olganini oʻzi ham bilmay qoldi.
Bu moʻjiza edi....

Botirova Go‘zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#7_kun
#Nasr

Parchalangan yurak
(hikoya)

Yaxshisi, bolani ham ikkiga bo'ling, bir nimtasi otaga bir nimtasi onaga....

O'tir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar " asaridan...

Endigina beshinchi sinfga qadam tashlagan Solihaning ota-onasi nima bo'ldiki, soʻnggi paytlarda hecham kelisholmay qoldi. Oilasida avvalgidek quvnoqlik, hazillar, Solihani erkalashlar yoʻq edi. Yoshgina qizchaning shular tufayli qalbi yarim boʻlib qolgan, sal tegsangiz parcha - parcha boʻlib ketardi.
Faqatgina uyda televizor ovozi, onda sondagina gapirishlar boʻlardi. Dam olish kunlarni onasi uy ishlari bilan, dadasi esa ko'chada kunini oʻtkazardi. Bu kunlar Solihaning hayotini ham rangsizlantirib qoʻydi. U oʻzini yolgʻiz his qila boshladi. Mana ta'til kunlari ham boshlandi, o'zining do'stlari bilan ovunib yurgan Soliha endi uyga yolg'iz o'zi qolar, kech kirib ota-onasini ochiq chehra bilan kirib kelishini kutardi.
Mana eshik ham ochilib dadasi kirib keldi:
- Dadajon - dadasi oldiga yugurib chiqdi
-Qizim - deb bir bag'riga bosdi-da qo'liga bitta konfet berib xonasiga kirib ketdi.
Biroz oʻtgach onasi kirib keldi. Onasi ham bir quchib qo'ydi-da, ovqatga urinib ketdi. Bir ozdan so'ng oshxonada yana baqir-chaqirlar boshlandi, qo'rqib ketgan qizcha xonasiga kirib, yostiqqa yuzini bosgancha yum- yum yig'ladi.
Oradan ikki kun oʻtgach dadasidan "men bilan qolasanmi yo oying bilan ketasanmi? degan yuragiga gʻulgʻula soluvchi gapni eshitdi. Soliha bu gaplarni eshitdi-yu dadasining yonidan uzoqlashib onasiga qaradi.
Ikki oʻtda qolgan Soliha uchun bu tanlov yarim boʻlgan qalbinigina emas, tanasini ham ikkiga boʻlib yuborganday edi. Ota-onasi kelisholmay qolgan kundan boshlab oʻzini yolg'iz his qilgan Soliha nima deyishini bilmay, turgan joyida turaverdi. Endigina katta hayotga boshqacha nazar bilan qadam tashlashlayotgan qizning barcha orzulari sindi.
- Hech kim bilan qolmayman - deb baqirib, o'zini ko'chaga otdi. Orqasidan toʻxta qizim degan gapga eʼtibor ham bermadi. Izgʻirinli sovuq, yaqinda qor yogʻgan va sovuq boʻlgani uchunmi, yoki oldin yomgʻir yogʻib keyin qorga aylangani uchunmi yoʻllar juda sirpanchiq edi. Shunday havoda yalangoyoq yigʻlab borayotgan qizchaning xayolidan ota-onasi bilan baxtli o'tgan kunlari bir-bir o'tardi. Shu paytda Soliha zarb bilan bir narsaga urildi va birdan sirpanib ketdi va orqasidan dadasi bilan onasining yugurib kelayotganligini koʻrgancha koʻzi yumildi.
Shu tariqa 3 kun deganda kasalxonada koʻzi ochildi. Koʻzini ochganda esa bir tomonda dadasi, bir tomonida onasi turardi.

Botirova Go‘zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram