YourChance | Yoshlar hamjamiyati
2.44K subscribers
1.53K photos
97 videos
89 files
2.37K links
Download Telegram
​​#seminar #xalqaro

MALAYZIYA TEXNIK HAMKORLIK DASTURI O‘ZBEKISTON VAKILLARI UCHUN 2020-YILGA MO‘LJALLANGAN O‘QUV SEMINARLARI AJRATDI

Malayziya texnik hamkorlik dasturi (Malaysian Technical Cooperation Program) doirasida O‘zbekiston vakillari o‘quv kurslarida ishtirok etish uchun taklif etiladi, – deb xabar bermoqda «El-yurt umidi»jamg’armasi.

Kuala-Lumpur shahrida:

2020-y. 13-apreldan – 17-aprelga qadar -«Strategic management of the anti-corruption programme.

2020-y. 14-iyundan – 25-iyunga qadar – «Water Resources Management System».

2020-y. 22-iyundan – 28-iyunga qadar  – «Revolution in Malaysia’s construction sector».

2020-y. 22-iyundan – 28-iyunga qadar  – «Islamic capital market as a catalyst for economic growth».

2020-y. 20-iyuldan – 26-iyulga qadar – «Physical infrastructure development».

2020-y. 6-sentyabrdan 12-sentyabrgacha – «Epidemiological research and management programme».

Melaka shahrida:

2020-y. 6-iyuldan – 12-iyulga qadar – «Simplification of Customs Trade Procedures»

2020-y. 3-avgustdan 9-avgustgacha – «Customs procedures in e-commerce»

Putradjaya shahrida:

2020-y. 17-sentyabrdan 3-oktyabrgacha – «Protection and Preservation of Cultural Heritage for Sustainable Tourism Development».

2020-y. 5-iyundan – 11-iyulga qadar – «Strategies in development and management of ecotourism directions and products».

Talablar:

-nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak (yaxshi darajada);

-kurslarni muddati alohida rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan;

Kurslar haqida batafsil ma’lumot olish va elektron so‘rovnomasi mavjud.

Barcha xarajatlar, xalqaro avia chiptalar, shu jumladan, turar joy va ovqat mezbon tomonidan qoplanadi.

Ma’lumot uchun:

Malayziya texnik hamkorlik dasturi – bu o‘quv dasturi bo‘lib, turli sohalarda qisqa va o‘rta muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va malaka oshirish shaklida, shu jumladan, O‘zbekistonga texnik yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan. MTHD kotibiyati ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar dastur bo‘yicha o‘zbekistonlik ishtirokchilarning umumiy soni 603 nafarni tashkil etgan.

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#trening #milliy

"Angry Birds" oʻyinini yaratgan inson bilan uchrashuv

🗓 26-fevral
18:30
📍 Toshkent shahridagi Inha universiteti

IT Park qoshida 2020-yil 26-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida olamshumul "Angry Birds" oʻyinining yarativchilaridan biri – Piter Vesterbak oʻtkazadigan trening boʻlib oʻtadi! 🤩

Treningda Piter Yevropadagi IT-sanoat va albatta "Angry Birds" oʻyinining yaratilish tarixi haqida soʻzlab beradi!

Ishtirokchilar undan oʻzlarini qiziqtirgan savollarni soʻrash, u bilan shaxsan suhbatlashish va, eng muhimi, afsonaviy oʻyin yaratuvchisi bilan vaqt oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladilar! 👏

Ro'yxatdan o'tish bu yerda !

#tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#dastur #xalqaro

DE VALBONNE XALQARO O'QUV MARKAZI UCHUN MUKOFOT

🗓 22-mart
📍 Valbonne, Fransiya

Fransiya elchixonasi Valbonne xalqaro markazi (Nitsa yaqinida) bilan hamkorlikda ikkita ilmiy yo'nalish: fizika va muhandislik (MPSI) va matematika, fizika, kimyo va muhandislik (PCSI) bo'yicha tanishuv tanlovini o'tkazmoqda. Bu 21 yoshgacha bo'lgan iqtidorli talabalar uchun o'quv dasturidir. Ikki yillik o'qish oxirida talabalar Fransiyadagi eng nufuzli ilmiy va texnikaviy universitetlarning uchinchi kursiga (masalan, Oliy Politexnika Maktabi, Telecom Paris, Parij Oliy Markaziy Maktabi) kirish huquqiga ega bo'ladilar

Qo'shimcha ma'lumot quyidagi hujjatda.

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​​​#stipendiya #xalqaro

AL-BUXORIY NOMIDAGI XALQARO UNIVERSITET (MALAYZIYA) YOSH TALABALARGA CHET ELDA O‘QISH UCHUN 50 TA STIPENDIYA TAKLIF ETADI

Al-Buxoriy nomidagi xalqaro universitet bu – xayriya ta’lim muassasasi, talabalarni o‘qitish va turar joy bilan ta’minlash xarajatlari Al-Buxoriy jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi. Bu haqida «El-yurt umidi» jamg’armasi xabar bermoqda.

Xalqaro ta’lim muassasasi sifatida Al-Buxoriy nomidagi xalqaro universitet dunyoning ko‘plab mamlakatlarida musulmonlar yashaydigan ko‘plab talabalarni qabul qiladi.

Al-Buxoriy xalqaro universitetining siyosati ilgari bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat.

Talablar:

– 18 yoshdan 22 yoshgacha;

– 12 yillik umumiy ma’lumotga ega bo‘lish;

– ingliz tilini IELTS 5.5 o‘rta darajasida bilishi kerak.

Malayziya tomoni quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

– o‘qish uchun to‘lov (shu jumladan, akademik xarajatlari);

– turar joy va ovqatlanish xarajatlari;

– oylik stipendiya (taxminan 110 AQSh dollari);

– xalqaro avialiniyani – nomzod o‘z hisobidan qoplaydi.

Diqqat! Grant olishni istagan har bir kishi quyidagi link orqali arizani to‘ldirishi kerak: https://apply.aiu.edu.my/index.php?page=home

Batafsil ma’lumot uchun: https://www.aiu.edu.my

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​​​​​​​​​#konferensiya #milliy

"FUTURE MEDICINE CONFERENCE"

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 7 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’grisida”gi PF-5590 sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talaba yoshlari tomonidan "Future Medicine Conference" konferensiyasi tashkil etiladi.

Ushbu konferensiyaning oldiga qo'yilgan maqsadlar:

- tibbiyot va tibbiy ta'limga bo'lgan e'tiborni yanada oshirish;
- yurtimiz yoshlarini bir maqsad asnosida birlashtirish;
- kreativ loyihalarini rivojlantirish;
- loyihalarni hayotga tadbiq etish;
- yurtimizdagi tibbiyot sohasiga befarq bo'lmagan barcha yoshlarni bilimlarini oshirish;
- tibbiyot sohasiga oid loyihalarni qo'llab-quvvatlash;
- aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo'yicha turli xil treninglar va semenarlar o'tkazish.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarni tashkil etadi. Demak, yurtimiz kelajagi yoshlarning bugungi harakatiga bog'liq. Tibbiyot sohasidagi bilimlaringizni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talaba yoshlari bilan birga rivojlantiring, imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Yurtimiz yoshlarini bir maskanda birlashtirgan, tibbiyot sohasida ilk bora o’tkaziladigan keng ko'lamli "Future Medicine Conference" da ro'yhatdan o'tish 10 martdan boshlanadi!

Hamkorlar: Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi. Homiylar: “Hayat medical” klinikasi.

t.iss.one/FUTMED

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#tanlov #milliy

🌏Global muammolardan biri iqlim o'zgarishi va ekologiyaning buzilishiga bee'tibor bo'lmagan yoshlar uchun umumiy miqdori 7 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi 🏆 tanlovni e'lon qilamiz.

👉 https://bit.ly/2TtB6Mk

"Yoshlar iqlim o'zgarishiga qarshi" loyihasining tanlovi to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni
@uzyacc telegram kanalida kuzatib boring.

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#foydalimanba

Garvard, Stenford, Yel: Dunyodagi 100 yetakchi universitetlar onlayn taʼlim uchun resurslar bilan oʻrtoqlashdi (+roʻyxat)

Karantin dunyoga juda koʻp qiziqarli masofaviy taʼlim uchun resurslarni ochdi va edtechʼni rivojlantirishda sezilarli darajadagi hamkorlikka yordam berdi.

Batafsil bu yerda .

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#tanlov #xalqaro

YOSH YER CHEMPIONLARI

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Аtrof-muhit boʼyicha dasturi dunyo miqyosidagi ekologik muammolarni hal qilish uchun Ona zamin chempionlarini qidirmoqda.

"Yosh Yer Chempionlari" - bu mukofot, yosh ekologlarni yanada ilhomlantirish va gʼayratini oshirishga yoʼnaltirilgan. Sovrinni katta salohiyatga ega va atrof-muhitga ijobiy taʼsir koʼrsatadigan yoshlar olishi mumkin.

🗓Dedlayn: 2020 yil 10 aprel

2020 yilda har bir mintaqadan 7 nafar yoshlar tanlanadi.

Tanlangan yoshlar "Yosh Yer Chempionlari" unvoniga ega boʼladilar, moliyaviy yordam oladilar, oʼzlarining ekologik gʼoyalarini hayotga tatbiq etishlari uchun oʼqitish va individual murabbiylik qilishadi.

Аgar siz atrof-muhitni himoya qilish, tiklash, gʼoyat barqaror kelajak haqida tasavvurga ega boʼlsangiz, yorqin kelajakka ishonsangiz - arizalarni topshirishingiz mumkin.

Sovrinlar:

✔️$ 15,000

✔️BMTning yuqori darajadagi uchrashuvida qatnashish;
✔️“Yosh Yer Chempionlari” mukofotini topshirish marosimi qatnashchilariga taqdimot qilish;
✔️elektron va global ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishi va tan olinishi;
✔️oʼzlarining maslahatlari va murabbiyliklarini taklif qilishga tayyor boʼlgan Covestro mutaxassislari jamoasiga kirish;
✔️“The DO School” platformasida tashkil etilgan tadbirkorlik koʼnikmalarini rivojlantirish dasturida ishtirok etish.


Talablar:

✔️butun dunyodan murojaat etuvchilar murojaat qilishlari mumkin;
✔️nomzodlar yosh toifasi 18-30 yoshdan oshmasligi;
✔️nomzodlar atrof-muhitning ijobiy oʼzgarishi uchun salohiyatga ega boʼlishi kerak;
✔️har bir nomzod ekologik loyihada kamida 6 oy ish tajribasiga ega boʼlishi kerak.

Аriza onlayn tarzda topshirilishi mumkin.

Toʼliq tafsilotlar rasmiy veb-saytda.

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
Cinema Futurismo, arch-comp..pdf
4 MB
#tanlov #xalqaro

"Kelajak kinotetri" (Cinema Futurismo) nomli xalqaro arxitektorlar tanlovi

Royhatdan otish vaqti: 28.07.2020 gacha
Qabul qilish vaqti: 11.08.2020 gacha
Umumiy yutuq fondi: 20 0000 USD

Ushbu tanlovda professionla arxitektorlar va talabalar qatnashishi mumkin. O
z qobilyatingiz va loyihangizni dunyoga korsatish uchun ajoyib imkoniyat. Dunyo arxitektura tanlovlarida ozbek arxitektorlarining lyoihalari bolsa qandoq yaxshi.
Tanlov shartlari bilan ushbu "PDF" file orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Tanlov haqida ko
proq ma`lumot bu yerda !

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#tanlov #milliy

Mukofoti 40 million so'mlik “Harakatlar strategiyasi, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini taʼminlash” mavzusida Davlat grantlari 2-tanlovi

🗓 Muddat: 18-may

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Harakatlar strategiyasi, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini taʼminlash” mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 2-tanlovni eʼlon qiladi. Hujjatlar 2020 yil 15 apreldan 18 maygacha qabul qilinadi.

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook