YourChance | Yoshlar hamjamiyati
2.45K subscribers
1.53K photos
97 videos
89 files
2.37K links
Download Telegram
#stipendiya

1 Muhammad Al-Xorazmiz nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2 TATU Farg`ona filiali
3 TATU Samarqand filiali
4 TATU Nukus filiali
5 TATU Urganch filiali
6 TATU Qarshi filiali
7 Toshkent shahridagi Inxa universiteti
8 TATU qoshidagi akademik litsey
9 TATU Qarshi filiali qoshidagi akademik litsey
10 TATU Nukus filiali qoshidagi akademik litsey
11 TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey
12 TATU Farg'ona filiali qoshidagi akademik litsey
13 TATU Urganch filiali qoshidagi akademik litseyda o'quvchi talabalarga havasim kelyapti!

Chunki, faqat ulargina fanlarni oʻzlashtirishdagi yuqori koʻrsatkichlari, olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tanlovlarda tashabbus koʻrsatganliklari hamda namunali xulqi va intizomi uchun joriy oʻquv yili hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasiga nomzod sifatida qatnashishlari mumkin. 

Buning uchun ushbu havolaga https://mitc.uz/uz/conference/grant-mitc o'tgan holda ro'yxatdan o'tishlari lozim bo'ladi.

Hali hech kim ariza topshirmaganligini hisobga olgan holda, aynan SIZ g'olib bo'lishingiz mumkin, deb ayta olaman!

#theeventman
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#stipendiya #tõliq_qoplanuvchi

​​Ijtimoiy faollar uchun yana bir ajoyib imkoniyat! Atlas Corps Fellowship (stipendiya) dasturi yosh (35 yoshgacha) tashabbuskor ijtimoiy faollarni AQShda 12-18 oy davomida mezbon tashkilotlarda tajriba oshirish imkoniyatini taklif qiladi. Stipendiya g’oliblari Atlas Global Leadership Labning professional rivojlanish kurslari va boshqa ijtimoiy faollar bilan tajriba almashish uchrashuvlari orqali zamonaviy yetakchilik ko’nikmalari va samarali amaliyot uslublarini o'zlashtiradilar.

Tibbiy sug'urta, yo’l va viza harajatlari, hamda asosiy xarajatlarni (ovqatlanish, mahalliy transport va umumiy turar joy) qoplanadi.

Topshirish muddati: 3- Noyabr, 2019.

Batafsil ma'lumot bu yerda !

#uchinchi_sektor
👉🏻 @yourchance_uz
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g
#stipendiya #milliy

VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI

Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining turli yoʼnalishlarida tahsil olishi davomida oʼz iqtidori va qobiliyatini namoyon eta oladigan hamda vatan ravnaqi va taraqqiyotiga oʼzining munosib hissasini qoʼsha oladigan yoshlarni izlab topish, ularning ijodini Respublika va xalqaro darajaga koʼtarish, yangi iqtidor va isteʼdod qirralarini ochish, yoshlar orasida sogʼlom raqobat muhitini vujudga keltirish maqsadida, Аndijon viloyati hokimligi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda Viloyat hokimi stipendiyasi tanlovini eʼlon qiladi.

Viloyat hokimi stipendiyasini tayinlash va toʼlash haqidagi farmoyishga asosan gʼoliblarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida bir martalik stipendiya tayinlanadi va viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma tantanali topshiriladi.

Hujjatlar 2020-yilning 10-yanvar kuni soat 18:00ga qadar taʼlim muassasalarining Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot bu yerda !

#tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#stipendiya #xalqaro

UZ: Xaynrix Byoll fondi xorijiy talabalar va doktorantlarga stipendiyalar dasturi ochiqligini e‘lon qiladi.

Hujjat topshirish muddati: 01.03.2020

Stipendiya haqidagi nemis va ingliz tillaridagi ma’lumotni batafsil quyidagi havoladan bilib oling: https://www.boell.de/de/stipendien-bewerbung

RU: Фонд имени Хайнриха Бёлля объявляет о стипендиальных программах для иностранных студентов и докторантов.

Срок подачи заявок: 01.03.2020

Флаеры на немецком и английском языках с самой основной информацией для подачи документов, а также о требованиях Вы найдете по ссылке: https://www.boell.de/de/stipendien-bewerbung

#deutschebotschafttaschkent
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#stipendiya #xalqaro

TSUKUBA UNIVERSITETIDA YAPONSHUNOSLIKNI O'RGANISH UCHUN STIPENDIYA

Grant quyidagilarni o'z ichiga oladi: Tsukuba universitetida (Yaponiya) o'qish to'lovlari, oylik stipendiya, yo'l xarajatlari (qaytish chiptasi stipendiya egalariga butun o'qish davrida bir marta beriladi).
Fuqaroligi: Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston yoki Ozarbayjon.

Ingliz tilini bilish shart

Qabul qilish muddati: 2020 yil 15 fevral

Qo'shimcha ma'lumotlar bu yerda !

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#stipendiya #xalqaro

🗓 до 6 марта 2020 года.
📍Бишкек, Киргизия.

Бесплатноe обучениe в лучшем университете Центральной Азии?

Да, это ВОЗМОЖНО с помощью стипендиальной программы U.S.-Central Asia Education Foundation (U.S.-CAEF), если вы гражданин Узбекистана, и хотите получить высшее образование в сфере делового администрирования, экономики, прикладной математики, информатики или программного обеспечения в Американском университете Центральной Азии (АУЦА), в Бишкеке. Подавайте анкеты на U.S.-CAEF! Крайний срок подачи заявок 6 марта 2020 года.

Программа U.S.-CAEF спонсируется Государственным департаментом США и администрируется Американскими советами по международному образованию.

Для подробной информации, посетите
сайт

🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​​​#stipendiya #xalqaro

AL-BUXORIY NOMIDAGI XALQARO UNIVERSITET (MALAYZIYA) YOSH TALABALARGA CHET ELDA O‘QISH UCHUN 50 TA STIPENDIYA TAKLIF ETADI

Al-Buxoriy nomidagi xalqaro universitet bu – xayriya ta’lim muassasasi, talabalarni o‘qitish va turar joy bilan ta’minlash xarajatlari Al-Buxoriy jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi. Bu haqida «El-yurt umidi» jamg’armasi xabar bermoqda.

Xalqaro ta’lim muassasasi sifatida Al-Buxoriy nomidagi xalqaro universitet dunyoning ko‘plab mamlakatlarida musulmonlar yashaydigan ko‘plab talabalarni qabul qiladi.

Al-Buxoriy xalqaro universitetining siyosati ilgari bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat.

Talablar:

– 18 yoshdan 22 yoshgacha;

– 12 yillik umumiy ma’lumotga ega bo‘lish;

– ingliz tilini IELTS 5.5 o‘rta darajasida bilishi kerak.

Malayziya tomoni quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

– o‘qish uchun to‘lov (shu jumladan, akademik xarajatlari);

– turar joy va ovqatlanish xarajatlari;

– oylik stipendiya (taxminan 110 AQSh dollari);

– xalqaro avialiniyani – nomzod o‘z hisobidan qoplaydi.

Diqqat! Grant olishni istagan har bir kishi quyidagi link orqali arizani to‘ldirishi kerak: https://apply.aiu.edu.my/index.php?page=home

Batafsil ma’lumot uchun: https://www.aiu.edu.my

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#stipendiya #xalqaro

KYUSHU UNIVERSITETINING TALABALAR ALMASHINUVI DASTURI, YAPONIYA

🗓 Muddat: 15-may, 2020-yil
📍 Kyushu University – Fukuoka, Japan

Kyushu universiteti (Kyushu University) — Kyushu orolidagi eng yirik universitet, Fukuoka shahrida joylashgan. QS World University Rankings 2020 ma’lumotlariga ko‘ra, Kyushu universiteti dunyoda 132 va Osiyoda 17 o‘rinni egallaydi. Kyushu universiteti Yaponiyada davlat universiteti va Yaponiyada to‘rtinchi eng qadimgi universitet hisoblanadi.

Kyushu universiteti o‘z mamlakatidagi nufuzli universitetlarda tahsil olayotgan, o‘z mamlakatining kelajagida muhim rol o‘ynaydigan talabalarni taklif etadi, deb xabar bermoqda eyuf.uz. Xalqaro bakalavr va magistratura talabalari stipendiya olishlari mumkin. Ushbu stipendiya dasturi tufayli xorijiy talabalar ta’lim olish va Kyushu universiteti bilan yaxshi aloqalar o‘rnatish imkoniga ega.

Stipendiya quyidagilarni qoplaydi:

1. Yo‘nalishlar. Tariflar uchun 100 000 YEN dan ortiq mablag‘ ajratilmaydi. Ikkitomonlama reys uchun ekonom-klassga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz to‘lanadi.

2. Oylik stipendiya. Talabalar uchun – 80,000 YEN, aspirantlar uchun – 100,000 YEN.

Universitet har yili 5 ta stipendiya beradi. Kyushu universitetida bo‘lish muddati: 2020 yil oktyabr – 2021 yil mart.

Talablar:

✔️ Yaponiyada bo‘lmagan universitetlardan birida o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy talabalar stipendiyalarni olishlari mumkin.

✔️ Talaba o‘z universitetida kamida 3 oy va 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘qishi kerak. Agar talaba «Ikki darajali diplom» dasturiga yozilgan bo‘lsa, u ariza topshirilgan vaqtda 12 oydan ko‘proq vaqt davomida o‘qishi mumkin.

✔️ Talaba Kyushu universitetidagi maktabda almashinuv talabasi sifatida qabul qilinishi kerak.

✔️ Ingliz tilini yaxshi bilishingiz
kerak.

Batafsil: bu yerda

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#stipendiya #milliy

MATEMATIKA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR VA TADQIQOTCHILAR UCHUN STIPENDIYA

Matematika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etildi.

Stipendiya respublika oliy ta’lim muassasalarida Matematika ta’lim yo‘nalishlarida 2-kursni tugatgan bakalavriat, 1-kursni tugatgan magistratura talabalari va 1-bosqichni tugatgan tayanch doktorantlarga tayinlanadi. 

2020-2021 o‘quv yili uchun Akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiya kvotasi:

✔️ 5 nafar bakalavriat talabasi uchun (10 oy muddatga har oyda 750 ming so‘mdan);

✔️ 5 nafar magistrant uchun (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan);

✔️ 5 nafar tayanch doktorant(2021 yil uchun 10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘mdan) uchun belgilandi. 


Stipendiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qarori asosida Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan ta’sis etildi. 

Batafsil ma'lumot bu yerda .

🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#stipendiya #xalqaro

СТИПЕНДИИ НА ОБУЧЕНИЕ В МАГИСТРАТУРЕ В ГЕРМАНИИ

🗓 Дедлайн: 31 июля, 2020

Программа DAAD Хельмута-Шмидта
поддерживает будущих лидеров из развивающихся стран, которые хотят продвигать демократию и социальную справедливость в своих странах.

Программа финансируется Федеральным министерством иностранных дел Германии и дает возможность получить степень магистра.

Выпускники получают образование в области политических наук, права, экономики и управления и готовятся к будущим руководящим должностям в своих странах.

Подробнее здесь .

🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook