Yoshlar ishlari agentligi
71.3K subscribers
9.72K photos
1.68K videos
7 files
4.08K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
​​⚡️Dasturlashni bepul o‘rganish mumkin. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi — yoshlar uchun imkoniyat! (2-qism)

2019-yil O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash bo‘yicha «One Million Uzbek Coders» («Bir million o‘zbek dasturchilari») loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha 2017-yilda BAAda ishga tushirilgan «One Million Arab Coders» loyihaning analogi hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida https://uzbekcoders.uz/ onlayn platformasi orqali o‘zbek tilida global mehnat bozoridagi to‘rtta eng talabgir mutaxassislik — Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil qilingan. Batafsil ma’lumot.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil, 1-iyundan “Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 6 mln. 750 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Asosiy qarz esa kredit oluvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi. 6 mln. 750 ming so‘mni 24 oyda to‘lansa, bir oyga 281 250 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari, mazkur tizim ham elektronlashtirilgan. «Bir million o‘zbek dasturchilari»da dasturlashni bepul o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach, iste’mol krediti kompensatsiyasini olish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza yuborishingiz va o‘zingiz ham kuzatib borishingiz mumkin.

Juda ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishardi. Mana yoshlarga imkoniyat, ham dasturlashni bepul o‘rganish mumkin, ham noutbuk xarid qilish mumkin. Imkoniyatdan foydalanish esa doimgidek o‘zingizning qo‘lingizda!

#repost

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
💰Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 mlrd so‘m grant ajratiladi

2022 yil 1 maydan yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi.

Bunda grant mablag‘lari:

▫️onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;

▫️grant mablag‘lari xorijdan O‘zbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

Batafsil

#huquqiy_yangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🔥 Navbatdagi mehmonimiz Saida Rashidova

Qadrli qizlar, ma'lumki haftaning har chorshanba kuni eng qiziq va muhokamalarga boy mavzularda mutaxassislar bilan uchrashuv tashkillashtirish yo'lga qo'yildi.

Bugun soat 20:00 da "Qizlar ovozi"ning telegram sahifasida "Do'pka voqeasi" kitobi muallifi Saida Rashidova bilan "Bolalar adabiyoti va kitoblarning farzand tarbiyasidagi o‘rni" mavzusida suhbatlashamiz.

Ishtirok etish uchun havola:👉 https://t.iss.one/Qizlar_ovozi_rasmiy?livestream

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Tayinlov

Daniyarov Abatbay Saparbaevich - Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari etib tayinlandi.

Abatbay Daniyarov shu vaqtgacha O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Abatbay Saparbaevichni yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi

Prezidentning tegishli qaroriga binoan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

👉 Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

• xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).

👉 Yoshlar ishlari agentligiga Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi.

👉 Har chorakda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar 1 oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👉 Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (540 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.

👉 Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga uy-joy olish uchun subsidiya beriladi.

👉 Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.

👉 Ushbu yetakchilarning shtat birliklari umumiy o‘rta taʼlim maktablaridagi 10 ming nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.

👉 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan taʼminlanishi choralarini ko‘radi.

Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

#yoshlaryetakchilari #qaror

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

👁 YouTube orqali ko‘rish (HD)

#infografika #qaror

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

• Har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi jami 9 309 ta mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

• Yoshlar ishlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tuzilmalarida mahalla va taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari tashkil etildi.

#infografika #qaror #mahalla

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

👇 Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi:

“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;

• mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;

• yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;

• yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;

• huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​👇Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiradi:

• madaniyat va sanʼatni targ‘ib qilish borasida –
“sanʼat g‘unchalari” ko‘rik tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha “yoshlar ovozi”, “yosh musavvirlar” tanlovlari hamda “kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini o‘tkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etadi;

• sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida – mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazadi;

axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida – “bir million dasturchi” loyihasi, kibersport chempionati, “axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovi, “dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshiradi;

maʼnaviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida – “zakovat” musobaqasi, “quvnoqlar va zukkolar”, “zukko kitobxon”, “yosh kitobxon”, “yosh kitobxon oila”, “xorijiy tillar bilimdoni” va “yosh poliglot” tanlovlari hamda “munozara” intellektual va milliy xalq o‘yinlarini tashkil etadi;

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida – “yosh chegarachi”, “yosh qutqaruvchi”, “quvnoq startlar”, “Temurbeklar”, “To‘maris malikalari”, “shunqorlar”, “yosh huquqshunos”, “yosh saylovchi”, “yosh deputat” tanlovlari hamda “men ham askar bo‘laman” aksiyalari va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etadi;

• tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida – “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” va “mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “biznesga birinchi qadam” grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etadi.

Yetakchilar yuqorida qayd etilgan tadbirlarni mahalladagi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda har kuni o‘tkazilishini taʼminlab boradi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​👇Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

• xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).

#qaror #yoshlaryetakchilari #ishhaqqi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

• Yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;

• Yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Yetakchi kundaligi
Koʻplab mahalladagi nomzodlar, boʻlajak mahalladagi yoshlar yetakchilari takliflariga koʻra ushbu kanal ochildi. Bu yerda doimiy ravishda qoʻllanmalar, tushunchalar va qarorlar berib boriladi.

Shuningdek, kanal orqali mahalladagi yoshlar yetakchilarining yangi tizimdagi faoliyati, ularga berilayotgan imkoniyatlar, oʻqish va ishlash mexanizmi kabilarni muhokama qilib boramiz!

Doimiy ravishda yangiliklarni kuzatib borish uchun mahalladagi barcha nomzodlar va yetakchilarni ushbu kanalga obuna boʻlishlarini soʻragan boʻlardik.

Kuzatib boring: https://t.iss.one/mahallayetakchilari_rasmiy
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

• Har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan Yetakchilar “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Yetakchilar har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlanadi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

Ish faoliyati natijalariga ko‘ra Yetakchilarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi, bunda ushbu Yetakchilar tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori lavozimlarga o‘tkazilishi mumkin;

• ikki yillik mehnat faoliyati natijalariga ko‘ra Yetakchilarning lavozimini oshirish yuzasidan vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritiladi.

#qaror #yoshlaryetakchilari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Katta bo'lish biroz qiyin ekan...

Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish markazi va Najot Ta'lim markazi hamkorlikda nogironligi bor insonlarga bepul ta'lim berishni IMKON grant asosida yo'lga qo'ygan edi.

⚡️ "Mening hikoyam" ko'rsatuvi doirasida ushbu grant ishtirokchilaridan biri — Javohirning o'z hayot hikoyasi bilan yaqindan tanishdik.

Sizlarga ham bir o'rnak o'laroq ilinajagimiz video barchangizga birdek foydali bo'lishidan umidvormiz. Shunchaki ko'rib, xulosani o'zingiz chiqaring.

🔥 Javohir aytganidek, har bir nogiron aslida olimpiada chempionidan ustun. Chunki sog' inson siqilib yashayotgan bu hayotda, bir nogiron o'zining kamchiligi bilan baxtli yashayapti...

Javohirning hayot hikoyasi bilan tanishish uchun havola:
👉 https://youtu.be/penCwAZWadQ

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
❗️Rasman: 24-yanvardan boshlab, barcha oliy ta'lim muassasalari (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar (barcha ta’lim shakllari va turlari bo‘yicha) bir oy muddatga masofaviy (onlayn) ta'limga o'tkazildi — Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
❗️Rasman: 24-yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida onlayn faoliyat olib boradi — Xalq ta’limi vazirligi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Tayinlov

Ashurov Sarvar G‘aniyevich
- Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

Sarvar G‘aniyevich shu vaqtga qadar O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Sarvar G‘aniyevichni yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

👇Qarorga ko‘ra:

Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarni tizimli ravishda rivojlantirishga doir vazifalar yuklandi;

• 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi;

2022 yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy o‘rta, Prezident, o‘rta maxsus va professional hamda oliy taʼlim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual o‘yinlar jamoalari uchun alohida xonalar tashkil etiladi;

• 2022 yildan boshlab har yili talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan oliy taʼlim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshiriladi;

• intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari o‘quvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

• taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi;

• 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri o‘tkazib boriladi;

• yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida mashhur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etib boriladi;

• “Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlarining hududiy va respublika bosqichi g‘oliblarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

• Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da mavsumiy ishlaydigan “Intellektual maktab” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi;

• “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga tutash hududda “Zakovat intellektual o‘yinlari klubi” uchun alohida bino hamda “Intellektual o‘yinlar shaharchasi” barpo etiladi. Mazkur binolar Yoshlar ishlari agentligining balansida bo‘ladi;

• intellektual turnirlar tashkil qilish, bilimdon yoshlarni rag‘batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil o‘yinlarni yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish maqsadida 2022-yilda 50 mlrd so‘m miqdorida, keyingi yillarda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat byudjetidan mablag‘ ajratiladi.

#zakovat

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️«Yosh kitobxon» respublika tanlovining hududiy bosqichlariga start berilmoqda

Tanlovning hududiy bosqichi 25-26-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatida boshlanadi. Bugun tanlov hakamlari va tasvirga olish guruhi bu manzillar tomon yo‘l oldi.

Qayd etish lozim jarayonlar to‘liq televizion formatda suratga olinadi.

🗓 Tanlovning hududiy bosqichi o'tkazilish sanalari:
28-29-yanvar — Xorazm va Sirdaryo viloyati;
31-yanvar - 1-fevral — Buxoro va Toshkent viloyati;
3-4-fevral — Navoiy viloyati va Toshkent shahri;
6-7-fevral — Samarqand va Farg‘ona viloyati;
9-10-fevral — Surxondaryo va Andijon viloyati;
12-13-fevral — Qashqadaryo va Namangan viloyati.

#yoshkitobxon

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi