Yoshlar ishlari agentligi
71.1K subscribers
9.72K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
​​Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalarining qo‘shimcha vakolatlari belgilandi

“Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-747-son, 25.01.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar Yoshlar ishlari agentligini va uning hududiy bo‘linmalarini voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qiladi.

• voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi;

• huquqbuzarliklar profilaktikasi;

• bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.

Qonun bilan Agentlik yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi ekanligi ko‘rsatildi.

#qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Haqiqiy kitobsevarlar bellashuviga aylangan “Yosh kitobxon” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyati bosqichi yakuniga yetdi

🏆 Tanlovning hududiy bosqichi g‘oliblari nafaqat respublika bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdilar balki esdalik sovg‘alar bilan ham taqdirlandilar.

G‘oliblar bilan tanishing!

🔰 Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
10-14 yosh - Gulboyev Sohibjon
15-19 yosh - Xoldurdiyeva O‘g‘uljeren
20-30 yosh - Eshmuratov Maxmud

🔰 Jizzax viloyati
10-14 yosh - Norqulova Madina
15-19 yosh - Abdurahmonova Farangiz
20-30 yosh - Aliqulov Sirojiddin

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarni tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgani bilan tabriklaymiz!

#yoshkitobxontanlovi

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
#Tavsiya

⚡️ Tanlov ishtirokchilari diqqatiga: test.argos.uz savollaridan namunalar eʼlon qilinmoqda!

🔷 Koʻpsonli tanlov ishtirokchilari — vakant lavozim uchun nomzodlar talabiga muvofiq, endilikda test.argos.uz — davlat xizmatchilarini sinovdan oʻtkazish modulidagi test savollaridan namunalar eʼlon qilib boriladi.

🔰 Bunda har kuni har bir yoʻnalishdan bittadan (jami 5 ta) savol viktorina shaklida berib boriladi. Siz savolga notoʻgʻri javob berganingizda ham toʻgʻri javobni bilish imkoniyatiga ega boʻlasiz!

❗️Eslatib oʻtamiz, eʼlon qilinadigan savollar namunalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan modulga qoʻshilgan boʻlib, umumiy savollar vaznining 50%ni tashkil etadi.

Oʻz bilimingizni sinovdan oʻtkazib boring!

Test savollari kanaliga o'tish

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
⚡️Ertaga davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati tashkil etiladi, unda qator muhim masalalar yuzasidan maʼlumot beriladi

Ushbu o‘quv vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari masʼul vakillariga mo‘ljallangan.

👇 Ertaga Spikerlar quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tishadi:

Mavzu: Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish masalalari

Maʼruzachilar:

• Saʼdullayev Alisher Zafar o‘g‘li,
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori

• Mingishov Laziz O‘tkirovich,
Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori

• Xaydarov Ulug‘bek Ulkanbayevich,
Xalq taʼlimi vazirligi O‘quvchi va yoshlar tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

• Akramov Abbos Ashrapovich,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar maʼmuriyatchiligi departamenti Davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Mavzu: Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)

Maʼruzachi:
• Rajaboyev Dilmurod Kuldash o‘g‘li,
Adliya vazirligi bosh maslahatchisi

Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumot beriladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘quv soati ertaga, 28 yanvar kuni 9:00da Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali beriladi.

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
​​⚡️ Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi

“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

2026-yilgacha ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinadi.

🏫 2022-yil 1-apreldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4-sinf o‘quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan taʼminlanadi.

➡️ 2023-yil 1 -yanvardan pensiyani hisob-kitob qilishda ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi.

#qonunchilikdagiyangiliklar

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
Assalomu alaykum, hurmatli respondent!

Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish bo'yicha so'rovnoma o'tkazilmoqda.

Barcha savollarni diqqat bilan o‘qib, o‘zingizga maʼqul kelgan javoblarni tanlashingizni so'raymiz.

P.S. Ishtirokingiz qaror qabul qilishimizda muhim ahamiyatga ega.


So'rovnomada ishtirok etish:
👇https://forms.gle/WZwkCQhpaJWgRTXj9
Bo'sh vaqtingizda nimalar bilan bandsiz? Dam olish uchun mahallangizda sharoit bormi? 📣

Fikringiz Yoshlar Ishlari Agentligiga yoshlar bo'sh vaqtlarini sifatli o'tkazishi uchun mahallalarda nimalar zarurligini aniqlashda kerak.

📲 U-Report orqali o'z fikringizni bildiring!
__

Что ты делаешь в свободное время? Есть ли в вашей махалле условия для отдыха? 📣

Ваше мнение необходимо Агентству по делам молодежи для создания условий в махаллях для качественного досуга молодежи.

📲 Выскажите свое мнение через U-Report!
Tayinlov

Abdikalikov Ikram Yerejepbayevich
- O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.

Ikram Yerejepbayevich shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Ikram Yerejepbayevichni yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar Press-klubining navbatdagi sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son Qarori ijrosiga bag‘ishlandi

Sessiyada qaror ijrosiga masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar, mahallarda faoliyatini boshlagan yetakchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

⁉️Mahallardagi yetakchining asosiy vazifasi nima?

⁉️Maktabdagi yetakchilarning taqdiri nima bo‘ldi?

⁉️Endilikda bu tizim qanday ishlaydi?

📺Bu savollarning barchasiga tez kunda “Yoshlar” telekanalida orqali efirga uzatiladigan Yoshlar press-klubi maxsus sessiyasida bilib olasiz.

Bizni kuzatib boring.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar, sport, sog‘liqni saqlash, elektr energiyasi sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mahalla markazlarini barpo etish, maktab taʼlimi qamrovini oshirish, onkologiya markazini qurish doirasida rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Elektr taʼminoti barqarorligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan qaror loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berildi.

#Mirziyoyev #taqdimot #mahalla

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi