Yoshlar ishlari agentligi
71.1K subscribers
9.72K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
💰Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 mlrd so‘m grant ajratiladi

2022 yil 1 maydan yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi.

Bunda grant mablag‘lari:

▫️onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;

▫️grant mablag‘lari xorijdan O‘zbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

Batafsil

#huquqiy_yangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
#huquqiy_yangiliklar

“Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-136-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, mahalladagi yoshlar yetakchisiga yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashga qaratilgan bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/8167

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_yangiliklar

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi ta’minlanadi

“Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-153-son, 05.04.2023 y.) qabul qilindi

Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/9102

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_yangiliklar

Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda yangi imkoniyatlar

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil 25-oktabrda (O‘RQ-983-son) qonun imzolandi! Qonunga ko‘ra O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi Bitim (Dushanbe, 2023-yil 14-sentyabr) ratifikatsiya qilindi. Bu Bitim yoshlarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib, ularning o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shishini ta’minlaydi.

🇰🇬Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi ham Bitimni o‘z ichki tartib-qoidalari asosida ratifikatsiya qilgan. Bu hamkorlik mintaqadagi yoshlarning rivojlanishiga yanada mustahkam poydevor bo‘lishiga zamin yaratadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM