Xushnudbek.uz
694K subscribers
11.1K photos
2.83K videos
250 files
9.3K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga, soat 12:00 da “Lolazor” podkastida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov bilan suhbatni tomosha qilishingiz mumkin.

Unda qabul jarayonlari, ta’limdagi muammolar va ularning yechimlari, oliygohlarning ahvoli, ta’limdagi korrupsiya va tanish-bilishchilik, davlat grantining yangi tizimi, kontraktlar oshishi, super-kontraktlar yo’qolishi kabi mavzularda suhbat qildik.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun soat 12:00 da. “Lolazor”da.


👉 @xushnudbek 👈
#Euro2024

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya 🇨🇭Shveytsariyaga qarshi oʻyinda birinchi boʻlib gol oʻtkazib yuborgan boʻlsa-da, oʻyin yakunida hisobni tenglashtirib, penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi va yarim finalga yoʻl oldi.

Turkiya prezidenti Erdo’g’an bevosita stadiondan kuzatgan 🇹🇷Turkiya va 🇳🇱Niderlandiya oʻrtasidagi bahs esa kunning birinchi chorak final oʻyinidan farqli oʻlaroq keskin kurashlar ostida oʻtdi. Turkiya birinchi boʻlib hisobni ochdi. Ammo Niderlandiya ajoyib kambekni amalga oshirib, gʻalabani ilib ketdi va keyingi bosqichga chiqdi.

🇪🇺 6-iyul kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya 1:1🇨🇭Shveytsariya
(Penaltilar seriyasi: 5:3)

Gollar: Emboli 75’, Saka 80’.

🇳🇱Niderlandiya 2:1 🇹🇷Turkiya

Gollar: Akaydin 35’, De Vrey 70’, Gakpo 76’.



Yarim final juftliklari:

9-iyul
23:59 🇪🇸Ispaniya — 🇫🇷Fransiya

10-iyul
23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#24 TA’LIMDAGI KORRUPSIYANI YO‘QOTISH UCHUN HAMMA BIR-BIRINI SOTISHI KERAKMI? — Lolazor podkast

📹 https://youtu.be/nkfD9_oxy3c

Ushbu sonda biz qabul haqidagi yangiliklar, kvota kabi muhim yangiliklarning nega kech e’lon qilinishi, oliygohlarning ahvoli, ta’limdagi korrupsiya va tanish-bilishchilik, davlat granti berishning yangi tizimi, kontraktlar oshishi, super-kontraktlar yo’qolishi, akademik mobillik, kadrlar muammosi, xususiy universitetlarga litsenziya berilmayotgani va boshqa mavzular xususida suhbatlashdik.

Bu galgi mehmonimiz – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov.

📹 https://youtu.be/nkfD9_oxy3c


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar pul tushayotgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabariga ko’ra, bu texnik nosozlik ekan. Hisobga pul tashlansa, iste’molchi hisobida 2 barobar ko’p ko’rinyapti, lekin billing tizimida to’g’ri ko’rinyapti.

Xatolik tez orada bartaraf etilar ekan.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari:

farzandlarimizga e’tibor bermasak, bizni dunyoi oxiratda qiyinchilik kutmoqda, chunki bola-chaqa bizga omonat berilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 18 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhor. Dumli odamlar (hikoya)

Izoh
: Xorijdan kelgan sayyohlarni odatda nimalar qiziqtiradi? Qadimiy binolar, osori-atiqalar, mahalliy xalq hayoti, milliy taomlar, urf-odatlar va hokazo. Lekin bu galgisi boshqacha, bu safar turist dumli odamlarni izlab kelgan. Qiziq, topa olarmikin?

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/abdulla-qahhor-dumli-odamlar

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/E-R5FWxAVRM

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod

Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.

1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/20258

‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati:
https://t.iss.one/xushnudbek/20258

2023-yilgi super-kontrakt narxlari:
https://t.iss.one/xushnudbek/21116

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish

Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.

8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish

Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.

***

Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;

➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.

☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).


👉 @xushnudbek 👈
“Ekologik stiker” berish muddati 2025-yil 1-martiga uzaytirildi

Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, barcha toifalardagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha «Ekologik transport» tizimini joriy qilish muddati uzaytiriladi.

Tizim 2024-yil 1-iyunidan ishlashi kerak edi. Endi, hujjatga ko‘ra, bu kelgusi yilning 1-martidan hayotga tatbiq etiladi.

Boshqacha aytganda, transport vositalariga ekologik stikerlar berish 2025-yilning 1 martidan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Texnikum bitiruvchilari OTMlarga 2-kursdan qabul qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda

Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish 5-iyuldan my.edu.uz portali orqali amalga oshirilmoqda.

Qabul 25-iyulga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi.

Eslatma, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
“Mening bog‘im” loyihasida g‘oliblar aniqlandi

2024-yil 23-iyundan 7-iyulga qadar davom etgan jarayonda 53 mingtadan ortiq ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, 215 ta loyiha g‘olib deb topildi. G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 48,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

G‘oliblar ro‘yxati
bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?

JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi.

Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi.

Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi.

Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi.

Nega qalam talabi qo‘yilgan?

Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak.

Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
Yandex Toshkentda o‘z ofisini ochmoqchi

Yandex Uzbekistan kompaniyasi mamlakatdagi biznesini rivojlantirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda ekan.

Aytilishicha, ofis ochilganidan keyin Yandex yosh IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliyot dasturlarini yo’lga qo’ymoqchi. Bunda yuqori sinf o‘quvchilari uchun yangi Dasturlash maktablarini ochish rejalashtirilgan.

👩‍💻Yandex, shuningdek, qizlarni IT-tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha Technovation Girls dasturini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqchi.


👉 @xushnudbek 👈
Akademik litseylarga qabul tugashiga 2 kun qoldi

Bugun, 8-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 40 ming 749 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

☝️Eslatma: hujjatlar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey
hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga eda hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn topshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi!

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈