Xushnudbek.uz
617K subscribers
11.7K photos
2.96K videos
258 files
9.73K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Xo‘jayev Ma’rufxon Maqsudovich “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

U bunga qadar Andijon viloyati prokurori edi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Ostona shahrida ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Davlat rahbari sammit ishtirokchilarini qutlar ekan, Qozog‘istonning ShHTga raisligi natijalarini yuqori baholadi, shuningdek, Belarusni tashkilotga a’zo bo‘lgani bilan tabrikladi.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇰🇬 O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan O‘sh viloyati aholisi uchun 95 tonnali insonparvarlik yordamini yubordi.

3-iyul kuni O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sanjarbek Zuparov boshchiligidagi delegatsiya hamrohligida yuk mashinalaridagi mahsulotlar qo‘shni mamlakatga yetkazib berilgan.

Mahsulotlar orasida un, o‘simlik moyi, shakar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.


👉 @xushnudbek 👈
“Lukoil”ga nisbatan narx manipulyatsiyasi boʻyicha ish qoʻzgʻatildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.

Natijada birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlari o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha sun’iy oshishiga sabab bo‘lgan.

Hozirda “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Nataniel Hotorn. Soyabon ostida (hikoya)

Izoh
: Uzoq vaqt adashgan qismatim kaftida aldangan yosh boladek giryon aylanaman, har devorga bosh urib oʼzimni topib olgim, soʼqqabosh va darveshona hayotimga tezroq xotima yasagim keladi. Yo Tangrim, noshukrlik qilmay, oʼzing kechir! Shubha yoʼqki, menga oʼxshash daydilar yer yuzida anchagina boʼlsa kerak, axir odamlar bir-birlariga benihoya oʼxshaydilarku!

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/nataniel-hotorn-soyabon-ostida

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/Lr87-sowLXA

💬Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabinaxon Tursunova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun 5-6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Adliya katta maslahatchisi Ibroximov Baxtiyor Toyirjonovich Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i edi.


👉 @xushnudbek 👈
Raqobat qo‘mitasi elektr energiyasi ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni o‘rganadi

Ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotganligi va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan iste’molchilar tomonidan murojaatlar tarqalib, bu keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etildi.

Iste’molchilar yuqoridagi kabi muammoli holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga yoki Telegram messenjerida @rquzBot orqali murojaat qilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Yana bir bolajon mashina tagida qolib o‘ldi: ko‘z yoshlarning og‘irligi yo‘q

Navoiydagi voqeani ijtimoiy tarmoqlarda o‘qigan/ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. 8 yoshli qizaloq piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotganda tezlikda o‘zaro poygalashgan 2 ta mashina urib yuboribdi, bittasi ustidan bosib ketganga ham o‘xshadi. Dilingizni xira qilmaslik uchun videosini joylab o‘tirmayman.

Afsuski, bunaqa holatlarni keskin kamaytira olmayapmiz, chunki buni chin dildan xohlab, harakat qiladigan mardlar topilmayapti.

Yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilashga oid jiddiy choralar ko‘rish paytida shu soha tepasidagi mas’ullar ham, Hukumat vakillari ham ijtimoiy tarmoqdagi “avtoterrorist”larning oh-vohidan xavotir oladi va qo‘rqqanidan ular bilan hisoblashadi.

Aslida esa Hukumat shahar ichida 170 tezlikda yuradigan “avtoterrorist”lar bilan emas, aksincha qoidabuzarlar tufayli farzandini, ota-onasini va boshqa jigarlarini yo‘qotgan fuqarolar bilan hisoblashishi kerak edi. Ularning dardini eshitishi va boshqa qaytarilmasligi uchun keskin choralar ko‘rishi shart edi.

Afsuski bizda unday emas. Ming afsus.

O‘zi tinimsiz radarga tushib, keyin videoda “voy-dod, oyligim kam, endi bu jarimani qanday to‘layman” deb yig‘laydigan ahmoqlar, qancha ko‘p qoida buzganini ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘z-ko‘z qilib, maqtanadigan mashhur kaltafahm san’atkor va blogerlar, qonunlarga qanchalik tupurib qo‘yganini ko‘rsatishga urinadigan kattakonlarning betayin arzandalari O‘zbekistonda tarozi pallasini ko‘proq bosib yubormoqda. Ularning toshi og‘ir, bolasini yo‘qotganlarning ko‘z yoshlari esa yengil kelmoqda.

Afsus, ming afsus…


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Yana bir bolajon mashina tagida qolib o‘ldi: ko‘z yoshlarning og‘irligi yo‘q Navoiydagi voqeani ijtimoiy tarmoqlarda o‘qigan/ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. 8 yoshli qizaloq piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotganda tezlikda o‘zaro poygalashgan 2 ta mashina urib…
Senatda chang bosib yotgan kerakli, ammo xato qonun haqida

Eng qizig‘i, biz bor narsani ham eplab oxiriga yetkaza olmaymiz. Butun boshli Konstitutsiyaga qarshi ish qilayotgan bo‘lsak ham, tomoshabin bo‘lib turaveramiz.

Masalan, o‘tgan yili haydovchilar uchun jarima ballari tizimini joriy etishga oid qonun loyihasi ishlab chiqilgan edi. Aslida bu tizim 2022-yil 1-dekabrda ishga tushishi kerak edi, bu haqda Prezident qarorida aytilgandi. Lekin 1 yarim yildan buyon qaror talabini bajarishmayapti. 2023-yil noyabr oyiga kelib, bu haqdagi qonun Parlamentda ko‘rib chiqilishni boshladi.

Ming afsuski, mana shu yaxshi qonunni ham boshiga yetishdi. Eng avvalo ayrim mansabdorlar qonunning ichiga umuman mazmunan mos kelmaydigan Konstitutsiyaga zid bitta moddani qo‘shib yuborishgan. Ya’ni organ xodimini video va fototasvirga olib, Internetga joylash mumkin emas, degan qoidani tiqishgan. Vaholanki, bu qoida Konstitutsiyadagi axborot olish va tarqatish hamda so‘z erkinligiga zid. Ichki ishlar vazirligi qilganmi buni yoki boshqa tashkilotning buyurtmasi bo‘lganmi, ma’lum qilinmadi.

Eng qizig‘i ushbu qonun uchun namuna olindi deb aytilgan Fransiyadagi qonunni Fransiya Konstitutsiyaviy sudi bekor qilish haqida qaror chiqargan, chunki bu fransuzlarda ham Konstitutsiyaga zid deb topilgan.

Ming afsuski, Parlamentimizdagi deputatlar ushbu yaxshi maqsaddagi qonunni mana shu rasvo moddasi bilan birga qo‘shib qabul qilishdi. Bu haqiqiy sharmandalik bo‘ldi. Birorta deputat savol ham bermagan, ichiga kirib o‘rganmagan bo‘lsa ham kerak.

Va bu qonun Senatga kelganda, xayriyatki, to‘xtab qoldi. Senatorlarda vijdon uyg‘onib ketdimi yoki jamoatchilik bosimidan keyin to‘xtatish haqida topshiriq bo‘ldimi, Xudo biladi. Ham quvonarli, ham qayg‘uli xabar shuki, mazkur qonun haligacha Senatda turibdi.

Quvonarlisi — organ xodimini tasvirga olib tarqatish mumkinmasligi haqidagi ahmoqona modda kuchga kirib ketmadi. Hali umid bor, demak, tushunadigan va aqlli insonlar bu qonunni o‘tkazdirmay turishibdi.

Qayg‘ulisi — to‘xtab qolgan qonun tufayli suv va havodek kerak bo‘lgan jarima ballari tizimi ham kuchga kirmayapti. Qonunni rad qilib, orqaga qaytarish uchun senatorlarda jur’at va kuch yetishmayapti. Mana shu joyiga kelganda qo‘rqoqlik qilishmoqda. Va eng qizig‘i, bu jur’atsizlik Konstitutsiyaga zid kelmoqda. Sababi Konstitutsiya bo‘yicha Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senat tomonidan 60 kun ichida yoki ma’qullanishi, yoki rad etilishi kerak edi. Bu muddat fevral oyining boshidayoq tugab bo‘lgan. Oradan 5 oy vaqt o‘tdi, lekin haligacha yangilik yo‘q.

Konstitutsiyaning buzilayotganini hamma ko‘rib turibdi, lekin hech kim indamayapti.

Ochig‘i men bu qonun bo‘yicha ko‘p ham bosim qilishni xohlamayotgan edim, chunki bizda shunaqa bosim bo‘lsa, "tezda tasdiqlavoraylik" deb qolishlari mumkin va haligi ahmoqona modda ham kuchga kirib ketishi hech gap emas.

Lekin ko‘p kuta olmaymiz ham. Har kuni yo‘llarimizda bolalar o‘lyapti axir.


👉 @xushnudbek 👈
Abituriyentlar soni 90 mingga kamaydi. 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berildi
#abituriyent

Joriy yilda jami 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Lekin taxminan 90 ming abituriyent to’lovlarni amalga oshirmagan. Shu sababli ularga testga kirishga ruxsat berilmadi.

Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 ming 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar edi).

📍Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 ming 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 ming 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 ming 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.


👉 @xushnudbek 👈
#Euro2024

🇪🇸 Ispaniya 🇩🇪 Germaniyaga qarshi kechgan ogʻir oʻyinda qoʻshimcha vaqtlarda gʻalabani ilib ketdi va yarim finalga yoʻl oldi. 🇫🇷 Fransiya esa penaltilar seriyasida 🇵🇹 Portugaliyani magʻlub etdi.

🇪🇺 5-iyul kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇪🇸 Ispaniya 2:1 🇩🇪 Germaniya

Gollar: Dani Olmo 51’, Florian Virts 89’, Mikel Merino 119’.

🇫🇷 Fransiya 0:0 (p.s. 5:3) 🇵🇹 Portugaliya



Bugun boʻlib oʻtadigan oʻyinlar:

21:00 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya — 🇨🇭Shveytsariya
23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🇹🇷Turkiya


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Unda Savdo-sanoat palatasi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Biznes-ombudsman, Soliq qo’mitasi rahbarlari ishtirok etyapti.

Ayni paytda Oʻzbekistonda 2 ming 591 ta xususiy bogʻchada 166 ming 257 nafar tarbiyalanuvchi tahsil olmoqda. Xususiy bogʻchalar soni 2017-yilga nisbatan 13,3 baravarga oʻsdi.

Shuningdek, 488 ta xususiy maktabda 82 ming 889 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Xususiy maktablar 7 yil ichida 16,2 baravarga koʻpaygan.

Bundan tashqari, mamlakatimizda 1 ming 755 ta oʻquv markazi faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuv YouTube orqali tog‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Ayni damda xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda. Unda Savdo-sanoat palatasi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Biznes-ombudsman, Soliq qo’mitasi…
🙈🙉🙊

Xususiy ta’limga oid uchrashuvda shuncha kattakon yig‘ilgan ekan, unda 1 yarim yildan buyon xususiy universitetlarga litsenziya berish og‘zaki topshiriq bilan noqonuniy to‘xtatib qo‘yilganiga oid masalani ham ko‘rib chiqishsa yomon bo‘lmasdi.

Sun’iy o‘rnatilgan moratoriy sabab qancha tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani, universitet uchun bino qurib, uni jihozlab, xodimlarni ishga olib, millionlab dollar sarflab, lekin 1 yarim yildan buyon noqonuniy topshiriq tufayli sarson bo‘lib yurgani kimnidir qiziqtiradimi o‘zi?

Biznes ombudsman tirikmi? Prokuratura ishlayaptimi? Savdo-sanoat palatasiga qiziqmi bu? Shuncha tadbirkorlik subyekti ochilmasdan, boy berilayotgan soliqlar Soliq qo‘mitasini o‘ylantirmasa kerak-a?

Yoki hamma ko‘r, hamma kar, hamma soqovmi? Tepadan buyruq tushgan, o‘shanchun o‘raga sichqon tushdi guldur-gupmi buyog‘i?

Qoyiley sizlarga, janob mas’ullar. Shunchaki qoyil.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni 🇮🇷Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida  mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX: Prokuratura va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi

Toshkent shahar prokuraturasining ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi katta prokurori hamda uning vositachisi bo‘lgan, Toshkent shahridagi sug‘urta markazi rahbari protsessual tartibda ushlangan. Ular 150 ming AQSh dollari evaziga qayta ekspertiza tayinlatish bo‘yicha tergovchining qarorini chiqartirish, ekspertiza xulosasini pul beruvchi shaxsning foydasiga ijobiy hal qilib berishga oid ishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Boshqa bir holatda Surxondaryo viloyati prokuraturasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori o‘tkazilgan tezkor tadbirda talab qilgan 28 ming AQSh dollaridan 10 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yong‘inga qarshi profilaktikasi katta inspektori boshqa hamkasbi orqali ishni hal qilishni aytib, 12 ming AQSh dollari talab qilib, avvalroq 3 ming dollar oladi.

Tezkor tadbirda, u 2900 dollarni o‘zining hamkasbiga bergan vaqtida ushlandi.

Hozirda katta inspektorga nisbatan JK 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, garov ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


👉 @xushnudbek 👈