Xushnudbek.uz
662K subscribers
12.1K photos
3.08K videos
282 files
10.1K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
❗️Endi dalasiga nima ekishni fermerning o‘zi hal qiladi

Bu haqda bugun, 31-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.

Unga ko‘ra, yer, subsidiya va agroxizmatlar bo‘yicha “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi ishga tushiriladi.

Dalasiga nima ekishni fermerlarning o‘zlari ushbu platformaga kiritadi. Natijada asosiy, takroriy va to‘qsonbosti ekinlar miqdori oldindan ko‘rinadi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha komissiya tuziladi. Yetishmayotgan mahsulotni ko‘paytirish uchun subsidiya va moliyaviy yordam beriladi.

Kuzda 100 dan ziyod zamonaviy dron olib kelinadi. Mutasaddilarga xususiy sektorni jalb etib, fermerlarga dronlar yordamida xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, somonpoyalarni yoqishga chek qo‘yishning qonuniy asoslarini yaratish zarurligi aytildi.


👉 @xushnudbek 👈
Karimova Eʻzozxon Gapirjanovna maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.

U bunga qadar maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori edi.


👉@xushnudbek👈
2
Xushnudbek.uz
Prezidentning tegishli farmonlari bilan: Muxiddinov Fatxiddin Fazliddinovich Prezident Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; Xashimov Xusniddin Kamalitdinovich…
Prezident Administratsiyasining farmoyishi bilan:

Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘li Prezident Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga;

Ubaydullayev Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Prezident Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈
1
⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

❗️Eslatma: O‘quvchi to‘plagan balli asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya berish huquqiga ega.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi xalqaro universiteti talabalarini ish topish uchun qanday tayyorlaydi?

Diplom olgan talabalarning aksariyati ish topish muammosidan shikoyat qiladi. Ammo KIU oʻz talabalarini bunga ham tayyorlaydi.

Chunki bizda:
— Nazariya amaliyot bilan birgalikda o‘tiladi, talabalar oʻqish davridayoq ishlashni boshlaydi;
— Soft skills — ish jarayonida zarur bo‘lgan muhim hayotiy ko‘nikmalar o’rgatiladi;
— Rezyumeni to‘g‘ri tuzish, ish beruvchiga o‘zingiz haqingizda barcha ma'lumotlarni chiroyli tarzda taqdim etish koʻnikmasi shakllantiriladi;
— Suhbat jarayonida ish beruvchiga o‘zingiz haqida gapira olish va xizmatlaringizni samarali taqdim qilish o‘rgatiladi.


Talabalar safiga siz ham qoʻshiling va yetuk mutaxassis boʻling!

📑Litsenziya (№327633, 29.07.2022-y.)

📞Murojaat uchun:
555009944 | @kiu_admin

Sayt| Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugun, 1-avgustdan talabalar yotoqxonasi uchun ariza yuborish boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Imtiyozli ro‘yxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvchi talabalar kiritiladi:

a) tegishli tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida:

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar;
bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;

b) oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i asosida:

xalqaro va Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talabalar;
Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual o‘yinlari respublika bosqichi g‘oliblari;
“Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari;
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari;
talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.


Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉 https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Bugun, 1-avgust soat 10:00 dan 1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlandi.

Yuqorida My.maktab.uz  platformasi orqali mikrohududdan tashqaridagi maktablarga ariza yuborish uchun videoqo‘llanma.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi “Kanada maktabi”da darslar qanday oʻtiladi? Keling, tanishing!

Taʼlim xalqaro standartlarga asoslangan boʻlib, darslar xorijlik mutaxassislar ishtirokida olib boriladi.

2-avgust, shanba kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha “Canadian school” binosida yangi oʻquv yiliga bagʻishlangan ochiq uchrashuv bo‘lib oʻtadi.

Litsenziya (№032144, 12.07.2022-y.)

Ro'yxatdan o'ting👉 @RegistrationCST_bot

Manzil: Mirobod tumani, CST

📞 +998 77 777 85 85 | 🌟Instagram

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek.uz
❗️KVOTA-2025 #abituriyent 📚 BAKALAVR: DAVLAT GRANTI — 35 ming 500 ta; KUNDUZGI — 148 ming 400 ta; KECHKI — 28 ming 732 ta; MASOFAVIY — 18 ming 195 ta. 🎓 MAGISTRATURA: DAVLAT GRANTI — 9 ming 922 ta; KUNDUZGI — 20 ming 210 ta; KECHKI —…
‼️BU MUHIM:
#abituriyent

Turli tavsiyanomalar orqali davlat granti uchun qo‘shimcha kvotaga da’vogarlik qiladigan imtiyozli abituriyentlar yodidan chiqarmasligi kerakki, ushbu imtiyoz faqatgina 68 balldan ko‘proq to‘plaganlarga hamda tanlangan birinchi yo’nalishga qo‘llanadi.

Agar tavsiyanomasi bor abituriyent, u xoh xotin-qizlar bo‘lsin, xoh harbiylarning farzandlari bo‘lsin, 68 dan kamroq ball to‘plagan bo‘lsa, unda mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. Lekin ular xuddi oddiy abituriyent singari umumiy tanlovda o’zlari tanlagan beshta yo’nalish bo’yicha bemalol qatnasha oladi.

Agar tavsiyanomasi kontrakt uchun ham imtiyozli qo‘shimcha kvota beradigan bo‘lsa, unda bu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 56,7 ball olishi kerak. Undan past ball olsa, imtiyozi kuyadi.

Istisnoli holatlar:

Ball bo’yicha nogironligi bor abituriyentlar uchun istisno bor. Ya’ni ushbu toifadagilar 56,7 balldan oshirgan bo’lsa, grant uchun da’vogarlik qila oladi.

Shuningdek, yo’nalish bo’yicha ham istisno bor. Nogironligi bor hamda ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan abituriyentlar toifasi uchun qo’shimcha kvota beshta yo’nalishning barchasiga o’tadi. Ya’ni boshqa toifadagilar faqat o’zlari tanlagan birinchi yo’nalish uchun imtiyoz olsa, mazkur ikkita toifadagi abituriyentlar beshta yo’nalishda ham imtiyozga ega bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
2
Aminov Shoxrux Azamatovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱Yashillikka hissa qo‘shadigan mutaxassis boʻlishni istasangiz, Green University'ga hujjat topshiring!

PF-81-son Farmonga asosan tashkil etilgan Green University davlat oliy ta’lim muassasasi boʻlib, bitiruvchilari Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi va 5 yillik stajdan soʻng mutaxassisligi boʻyicha rahbarlik lavozimlariga tavsiya etiladi.

Universitetda siz nafaqat zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega boʻlasiz, balki Oʻzbekistonda ham, xorijda ham talab yuqori bo‘lgan va yaxshi maosh to‘lanadigan mutaxassisga aylanasiz.

🎓 Bakalavriat yo‘nalishlari:
• Atrof-muhit va barqaror boshqaruv;
• Atrof-muhit va iqtisodiyot;
• Ekologiya va davlat boshqaruvi;
• Ekologik muhandislik va qayta tiklanuvchi energiya;
• Barqaror turizm va ekoturizm boshqaruvi.


🎓 Magistratura yo‘nalishlari:
• Barqaror rivojlanish;
• Barqaror moliya;
• Atrof-muhit huquqi;
• Atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiya;
• Tabiatni muhofaza qilish;
• Barqaror turizm;
• Sirkulyar iqtisodiyot;
• Gidrometeorologiya va suv xo‘jaligi;
• Barqaror shaharsozlik;
• Iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi.


💻 Ariza topshirish uchun.

📞 1157
👉🏻 www.greenuniversity.uz /

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi shifoxonalarning tungi faoliyatidan kichik bir parcha

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati yarim tunda poytaxtdagi tibbiyot muassasalari va ulardagi xodimlarning bir kechada amalga oshiradigan ishlaridan tasvirlarni e'lon qildi.

Avvalo, hech kim kasal bo‘lmasin. Tun-u kun bizning hayotimiz uchun kurashga tayyor bo‘lgan "jangchilar" — shifokorlar va tibbiyot xodimlarining o‘zi baxtimizga sog‘ bo‘lishsin.


👉 @xushnudbek 👈
3
Bilarmidingiz? Fuqarolar huquqiy sohada o‘zlarini qiynayotgan va qiziqtirgan savollarga malakali yuristlardan bepul maslahat olishlari mumkin.

Buning uchun https://advice.uz/uz/offices sahifasidan o‘zingizga qulay Huquqiy maslahat byurolarining manzilini ko‘rib olishingiz yoki “Huquqiy yordam kerakmi?” panelidan (tugmasidan) onlayn huquqiy maslahat olishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Prezidentga transport sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha axborot berildi

Jumladan:

Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilgan. Bugungi kunda xususiy sheriklik bo‘yicha xorijiy kompaniyalar takliflari ko‘rib chiqilmoqda;

Ma’lumot uchun: Toshkent shahriga avia yo‘lovchilar oqimi 2030-yilda 15 millionga yetishi kutilmoqda. Lekin bunga hozirgi aeroportning quvvati yetmaydi. Shahar ichida joylashgani sababli uni kengaytirish imkoni ham yo‘q.


Toshkent bilan Samarqand o‘rtasida muqobil tezyurar yo‘l qurish loyihasiga bir necha hamkor davlatlar kompaniyalari qiziqish bildirgan. Davlatimiz rahbari tezroq amaliy bosqichga o‘tish zarurligini ta’kidladi.


👉 @xushnudbek 👈
Magistraturada kontraktda o‘qiyotgan qizlar grant taqsimoti uchun ariza berib, o‘ta olmay qolsa, unda kontraktini byudjet qoplab bermaydimi?

Shu kabi savollar bilan murojaat qilishmoqda. Sababi telekanallardan birida ketgan efirda magistraturada kontraktda o‘qiydigan qizlar grant taqsimotidan o‘ta olmasa, kontraktini o‘zi to‘laydi, mazmunida lavha berilgan.

Bu haqida aniqlik kiritish uchun Oliy ta’lim vazirligi bilan bog‘landim. Ularning ma’lum qilishicha, mazkur lavhada biroz noto‘g‘ri talqin berilgan.

Demak:

magistraturada kontraktda o‘qiydigan qizlar grant taqsimotida bemalol ishtirok eta oladi, bu ularning huquqi. Faqat o‘zlashtirish ko‘rsatkichi GPA 3,5 dan baland bo‘lishi kerak;

agar mabodo taqsimot tanlovida grantga o‘ta olmasa, unda 15-sentyabrgacha to‘lov-kontrakt miqdorini davlat byudjetidan qoplab berish to‘g‘risida ariza berishlari mumkin bo‘ladi, bu ham ularning huquqi. Grant taqsimotidan o‘ta olmagani ularning bu huquqini bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Ya’ni davlat kontraktdagi qizlar uchun to‘lashda davom etaveradi, bu cheklanmaydi;

baribir kontraktdagi qizlarga davlat to‘lab berayotgan bo‘lsa, unda grant taqsimotida qatnashish nimaga kerak o‘zi, degan savol ham tug‘ilishi mumkin. Vazirlik mas’ullarining ma’lum qilishicha, asosiy farqi — stipendiya to‘lanish yoki to‘lanmaslikda. Ya’ni taqsimot tanlovi orqali grantga o‘tgan qizlarga stipendiya ham to‘lanadi, lekin davlat byudjetidan kontrakti qoplab berilayotgan qizlarga stipendiya to‘lanmaydi.

Bor gap shu. Vahimaga yoki xavotirga o‘rin yo‘q. Talaba qizlar davlat yaratib bergan barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Magistraturada kontraktda o‘qiyotgan qizlar grant taqsimoti uchun ariza berib, o‘ta olmay qolsa, unda kontraktini byudjet qoplab bermaydimi? Shu kabi savollar bilan murojaat qilishmoqda. Sababi telekanallardan birida ketgan efirda magistraturada kontraktda…
Qo‘shimcha ma’lumot: agar magistraturaning 1-bosqichiga davlat granti asosida qabul qilingan xotin-qizlar grant taqsimoti natijasida to‘lov-kontraktga tushib ketsa, unda ularning kontrakti ham davlat byudjetidan qoplab beriladi. Faqat buning uchun tegishli tartibda 15-sentyabrgacha ariza berish kerak bo‘ladi.

Ya’ni 1-bosqichni grantda, 2-bosqichni kontraktda o‘qiydigan xotin-qizlar uchun 2-bosqichdagi xarajati davlat byudjetidan qoplanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Magistratura uchun Yagona portal orqali ariza yuborgan talabgorlar taqdiri nima bo‘ladi?

Kelib tushgan murojaatlarda aytilishicha, joriy yilda magistratura bosqichi uchun my.gov.uz — Yagona portal orqali ariza qoldirgan barcha talabgorlarning arizasi rad etilgan. Shu sababli talabgorlar “endi nima qilamiz?” deb xavotirga tushib qolishgan.

Bu masalada vazirlik bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildim. Mas’ullarning ta’kidlashicha, allaqachon vaziyatdan ularning xabari bor, hozirda Elektron hukumat bilan birgalikda ishlanmoqda.

Asosiysi — ariza yuborgan bironta talabgorning arizasi shunchaki rad etilmaydi, bundan xavotir olishmasa ham bo‘ladi. Ularning arizalari qanday tartibda ko‘rib chiqilishi esa, shunchaki texnik masala, bu haqida tez orada rasman ma’lum qilishadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Magistratura uchun Yagona portal orqali ariza yuborgan talabgorlar taqdiri nima bo‘ladi? Kelib tushgan murojaatlarda aytilishicha, joriy yilda magistratura bosqichi uchun my.gov.uz — Yagona portal orqali ariza qoldirgan barcha talabgorlarning arizasi rad…
Oliy ta’lim vazirligining rasmiy izohi:
 

2025-yil 1-30-iyul kunlari magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.  

Ushbu toifadagi abituriyentlarga arizalarining holatini my.edu.uz platformasi orqali kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

❗️BU MUHIM: faqat bitta sharti my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetga OneID orqali kirish kerak bo’ladi. Telefon raqam orqali kirganda arizangiz ko’rinmaydi, shunda hayron bo’lib qolmang.


👉 @xushnudbek 👈
1
Prezident farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Hatamov Jahongir Jo‘rayevich Bosh prokuror o‘rinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Bosh prokuror o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈
3