Xushnudbek.uz
690K subscribers
11.1K photos
2.83K videos
250 files
9.3K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Hokimlarning mahalliy kengashlarga raislik vakolati bekor qilinadi

Deputatlar tomonidan muhokama qilinayotgan qonun loyihasiga koʻra, mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari toʻgʻrisidagi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, qonun loyihasi bilan:

hokimlarning ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik hokimiyatini boshqarish vakolati bekor qilinmoqda;

hokimlarga mahalliy kengashlar sessiyasiga masala kiritish, zarur hollarda mahalliy kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida taklif kiritish, mahalliy kengashning qonunchilikka zid boʻlgan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida Senatga yoki sudga murojaat qilish kabi bir qator yangi vakolatlar berilmoqda;

mahalliy kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi va u oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;

hokimlarning mahalliy kengash deputatlari orasidan tayinlanishi va tasdiqlanishi haqidagi talab bekor qilinadi, ular deputat etib saylanishi mumkin.

mahalliy Kengash va hokim qabul qiladigan hujjatlar Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimida roʻyxatdan oʻtkazilishi zarur. Unda roʻyxatdan oʻtkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manba maqomini beriladi.

👉 @xushnudbek 👈
Magistratura uchun kvotalar qachon e’lon qilinadi?
#abituriyent

Magistratura uchun qabul boshlanganiga 9 kun bo‘ldi. Bugungacha 7 ming 300 dan ortiq abituriyent hujjat topshirdi. Lekin haligacha kvotalar ma’lum emas. Shuning uchun ham haligacha tizimda birorta ariza qabul qilinmay turibdi.

Bakalavriatda tarixda ilk marta kvotalarni e’lon qilmasdan, qabulni yakunladik. Hademay kvotasiz testlarni ham boshlasak kerak. Bu holatga "Joriy yilda faqat fan tanlandi" deb bahona ham qildik, mayli.

Ammo magistratura-chi? U yerda qabul tizimi o‘zgargani yo‘q-ku. Qanaqa qilib kvotani bilmasdan hujjat topshirish mumkin? Nahotki bu haqda o‘ylamaysizlar?

Bunaqasi avval bo‘lmagandi. Kechikish bo‘yicha yangi darajaga chiqildi. Yildan yilga ahvol yaxshilanish o‘rniga, faqat orqaga ketyapti. Keyingi yillar qanaqa bo‘larkin, odam o‘ylasa qo‘rqib ketadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jarimalar miqdorini qayta ko’rib chiqish taklif etilmoqda

Strategik islohotlar agentligi tomonidan ma’muriy choralar va ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligi o‘rganildi.

Bugungi kunda ma’muriy jarimalar miqdorini belgilash mexanizmlarining yo‘qligi sodir etilgan huquqbuzarlikka nomutanosib bo‘lgan jarima solinishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalish tartibga solinmaganligi bois manfaatdor davlat organlari tomonidan jarimalar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga doir qonun loyihalarini tashabbuskorlik bilan ishlab chiqish holatlari ko‘payib ketdi.

Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirganlik uchun nazarda tutilgan 8,5 mln so‘mlik jarima belgilanganda, ruxsatnomaning narxi 11-13 mln so‘m bo‘lgan. Bugungi kunda ruxsatnoma 2,7 mln so‘m etib belgilangan, ammo jarima miqdori esa o‘zgarishsiz qolmoqda.

Ma’lumot uchun: Qozog‘istonda avtomobil oynasini qoraytirganlik uchun o‘rnatilgan jarima 468 ming so‘mni, Rossiyada – 60 ming so‘mni, Belarusda – 138 ming so‘mni tashkil qiladi.

Ta’kidlash joizki, fuqarolarning sog’lig’i va hayoti xavfsizligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirish uchun belgilangan jarimalardan ustuvorlik jihatidan muhimroq hisoblanadi.

Shuningdek, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida inson hayoti va sog‘lig‘iga bevosita daxldor bo‘lgan YTHlar uchun belgilangan jarimalarni qayta ko‘rib chiqish va og‘irlashtirish zarur (piyodalar yo‘laklarida transport vositalarida harakatlanish (170 ming so‘m), piyodalar yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi (113 ming so‘m).

Ma’lumot uchun: Germaniyada piyodani o‘tkazib yubormaganlik uchun belgilangan jarima miqdori 1,1 mln so‘m, Buyuk Britaniyada – 1,6 mln so‘m, Fransiyada – 1,85 mln so‘m, BAAda – 1,7 mln so‘mni tashkil etadi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida bir qator mamlakatlarda (Belarus, Latviya, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya, Italiya) ma’muriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantirish” instituti joriy qilingan. “Ogohlantirish” jismoniy va yuridik shaxslarning sog’lig’i, hayoti va mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan huquqbuzarliklar uchun qo’llaniladi.

Shu munosabat bilan Strategik islohotlar agentligi tomonidan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

1) joriy ma’muriy jarimalar miqdorini ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligini tekshirish;
2) fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini oshirish masalasini ko‘rib chiqish;
3) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalarining korrupsiyaga qarshi kompleks ekspertizasini o‘tkazish;
4) Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga ma’muriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantirish” institutini kiritish.


👉 @xushnudbek 👈
🛣 2025-yil 1-yanvardan O‘zbekistondagi davlat va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar raqami o‘zgaradi

Bu Hukumatning 4-iyulda qabul qilingan qarorida nazarda turilgan.

🔸 Unga ko‘ra, davlat ahamiyatidagi 4R bilan boshlanuvchi avtomobil yo‘llari endilikda tartib bo‘yicha D001 bilan boshlanadi.

🔸 Mahalliy yo‘llarga esa hududning avtomobil raqamlaridan kelib chiqib raqam berilgan. Masalan: Buxoro — 80V001, Samarqand — 30V001 shaklida.

🔸 Mamlakatdagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarining raqami eski holicha qolgan.

Qarordagi ro‘yxat bilan 1800 tadan oshiq yo‘lning raqami almashtirilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
‼️15-iyuldan ayrim poyezdlar, jumladan “Afrosiyob” ham Janubiy vokzaldan yuradi

Joriy yilning 15-iyulidan 15-avgustigacha Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanib kelayotgan aksariyat poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari, “Sharq”, “Nasaf” hamda "Toshkent — Andijon — Toshkent", "Toshkent — Volgograd — Toshkent", "Dushanbe — Toshkent — Dushanbe" yo'lovchi poyezdlari Janubiy vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.


👉 @xushnudbek 👈
Shin Agrippina Vasilevna Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha ta’lim agentligi direktori edi. 2-iyuldagi Prezident farmoni bilan mazkur agentlik tugatilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.


👉 @xushnudbek 👈
🇪🇺Euro-2024 musobaqasida qaysi jamoalar finalga chiqadi, deb o’ylaysiz?
Final Results
44%
Ispaniya — Angliya
20%
Ispaniya — Niderlandiya
30%
Fransiya — Angliya
6%
Fransiya — Niderlandiya
#Euro2024

🇪🇸Ispaniya terma jamoasi dastlabki yarim finalda 🇫🇷Fransiya ustidan g’alaba qozondi va finalga yo’l oldi. Garchi fransuzlar birinchi bo’lib hisobni ochgan bo’lsa-da, lekin ispanlar Yamalning super goli va Olmoning goli evaziga kambekni amalga oshirishdi.

🇪🇸Ispaniya 2:1 🇫🇷Fransiya
Gollar: Kolo Muani 9’, Yamal 21’, Olmo 25’

🇪🇺 Bugungi yarim final bahsi:

23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya



Shuningdek, parallel o’tayotgan Copa America-2024 turnirida ham dastlabki finalchi nomi ma’lum bo’ldi. Messi sardorligidagi 🇦🇷Argentina terma jamoasi 🇨🇦Kanada ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozondi. Gollarga Alvarez va Messi mualliflik qildi.

Ikkinchi yarim finalda 🇺🇾Urugvay hamda 🇨🇴Kolumbiya kuch sinashadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bankdan 189 mlrd so‘mni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan kiberjinoyatchilar qo‘lga olindi

Bir guruh shaxslar bank hisob raqamlarida hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan jami 370 mlrd. so‘m mablag‘ni xaker jalb qilgan holda o‘g‘irlashni, keyin esa offshor hududlar orqali chet eldagi tanishlariga tegishli hisob raqamlarga o‘tkazishni reja qilishadi.

Ular 189 mlrd. so‘mni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishga va offshor hududlar orqali xorijdagi hisob raqamiga o‘tkazishga uringan vaqtlarida jinoyat ustida qo‘lga olindi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev kecha, 9-iyul kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qildi. Uchrashuvda 2026–2030  yillarga mo‘ljallangan yangi Mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

***

Shuningdek, davlatimiz rahbari Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Tadashi Maeda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda bank bilan uch yillik hamkorlik dasturini qabul qilishga kelishib olindi.


👉 @xushnudbek 👈
👍 Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi 22 nafar futbolchisi e’lon qilindi.

Yigitlarimiz Olimpiadadagi ilk tarixiy uchrashuvini 24-iyul kuni 🇪🇸Ispaniyaga qarshi oʻtkazadi.

Ma’lumot uchun, jamoamiz 11-iyul kuni Fransiyaga yo’l oladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizda ikkinchi bor o’tkazilgan Rustam Qosimjonov kubogi g’oliblari aniqlandi. Natijalar:

🥇🇺🇿Nodirbek Abdusattorov — 6.5 ochko ($12 000);
🥈🇺🇿Javohir Sindarov — 6 ochko ($8 000);
🥉🇮🇷Parham Maqsudlu — 5.5 ochko ($6 000).

4-o‘rin: 🇺🇿Rustam Qosimjonov (5.5 ochko);
5-o‘rin: 🇦🇿Shaxriyar Mamediyarov (5.5 ochko);
6-o'rin: 🇷🇺Aleksandr Grischuk (5 ochko);
7-o'rin: 🇭🇺Richard Rapport (4 ochko);
8-o‘rin: 🇺🇿Nodirbek Yoqubboyev (3.5 ochko);
9-o‘rin: 🇺🇿Shamsiddin Vohidov (2.5 ochko);
10-o‘rin: 🇺🇿Jahongir Vahidov (1 ochko).


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi

2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JShShIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.


👉 @xushnudbek 👈