XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.39K photos
1.04K videos
9 files
4.72K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram

Gauss-Kryuger proyeksiyasi — Yer yuzasini olti burchakli meridional zonalarda ifodalovchi to‘g‘ri burchakli ko‘ndalang-silindrik kartografik proyeksiya. Bunda har bir zonaning o‘q meridianida tasvirlashning buzilishi nulga teng bo‘ladi. Gauss-Kryuger proyeksiyasida davlat koordinatalar tizimining yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalari hisoblab chiqilgan.

#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🟩🟩🟩🟩 #kadastr #kalendar_mart

Mart oyida⭐️Kadastr agentligi tizimidagi xodimlar necha kun dam olishadi?

📆Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

8-mart — chorshanba (Xalqaro xotin-qizlar kuni);

21-mart — seshanba (Navro'z bayrami);

🟢 Qo'shimcha dam olish kunlari:

20,22-mart —ish haftasidan qatʼiy nazar barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

⚠️ 11,25-mart kunlari 5 kunliklar uchun ko'chirilgan ish kunlari hisoblanadi.

🔍 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.12.2022 yildagi PF-270-son

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌏 OAV biz haqimizda

Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasida "Kadastr sohasi qonunchiligidagi yangiliklar, asosiy o'zgarishlar, yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Batafsil

#OAV_biz_haqimizda #Kadastr #Xorazm

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🔹Aholining kadastr xizmatlaridagi fuqarolik huquqlari davlat himoyasida🔹

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari
tashabbusi bilan Urganch shahar Yuqoribog' mahallasida "Aholining kadastr xizmatlaridagi fuqarolik huquqlari davlat himoyasida" shiori ostida mahalla fuqarolarining sohadagi huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati boshlig'i - boshliq maslahatchisi Navruzbek Allaberganov, Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati xodimi Sadulla Allaberganov ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda, mas'ullar tomonidan kadastr sohasiga oid huquqiy tushunchalar berildi hamda fuqarolarning savollariga tegishliligi bo'yicha javoblar va davlat xizmatini ko'rsatish uchun belgiliangan tartib bo'yicha yo'nalishlar berib o'tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Prezident raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

So‘nggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy eʼtibor natijasida maʼlum o‘zgarishlarga erishilgani taʼkidlandi.

Masalan, o‘tgan yilda IT Park rezidentlari 5 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatdi (2021-yilda 2,5 trillion so‘m), 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qildi (2021-yilda 50 million dollar).

Shu bilan birga, mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o‘tkazilib, bu xizmatlardan o‘tgan yili 12 million aholi foydalandi (2021-yilda 9 million bo‘lgan).

Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi maʼlumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🌏 OAV biz haqimizda

Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasida "Kadastr sohasi qonunchiligidagi yangiliklar, asosiy o'zgarishlar, yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari" mavzusida bo'lib o'tgan matbuot anjumani

Batafsil

#OAV_biz_haqimizda #Kadastr #Xorazm

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Prezident barcha biznes jarayonlarini hamda aholi uchun eng zarur xizmatlarni to‘liq raqamlashtirib, o‘zaro integratsiya qilish vazifasini qo‘ydi.

O‘tgan yilda maktablar, FHDYO, ichki ishlar idoralari va bog‘chalarning maʼlumot bazalari integratsiya qilingani hisobiga 350 milliard so‘m iqtisod qilindi.

Sog‘liqni saqlash, sport, kollej va oliygohlar, madaniyat sohalarining maʼlumotlar bazasini to‘liq ishga tushirish va bir-biriga integratsiya qilish orqali kamida 1 trillion so‘m mablag‘ni iqtisod qilish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bundan buyon raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi ITni rivojlantirish uchun vazirlik va hokimliklarga qaytarib berilishi belgilandi.

Taʼkidlanganidek, Raqamlashtirish vazirligining asosiy vazifasi loyihalarni boshida ko‘rib, maʼqullash emas, ularni ishga tushirishga yordam berish va foydalanishga qabul qilish, dasturlarning kelgusida samarali ishlatilishi va natijadorligini nazorat qilib, vazirliklar va hududlarning reytingini yuritish bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube

Mansublik yuzasi — Yerning tabiiy yuzasida bajarilgan geodezik o‘lchovlar reduksiyalanadigan yuza.

#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
▪️Aholi soniga qancha yer to'g'ri kelmoqda?▪️

📊 Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil 1-yanvar holatiga 1 km kvadratga oʻrtacha 80,2 kishi toʻgʻri kelmoqda. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga koʻpaygan.

Hududlar boʻyicha aholi zichligi tahlil etilganda eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahri (1 km kvadratga oʻrtacha 6 592,8 kishi), Andijon (772,3 kishi) hamda Fargʻona (588,3 kishi) viloyatlarida kuzatildi.

Hududlar kesimida 1 km kvadratga toʻgʻri keladigan aholi soni:

◾️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 11,9 kishi
◾️Andijon – 772,3 kishi
◾️ Buxoro – 50,0 kishi
◾️ Jizzax – 69,6 kishi
◾️ Qashqadaryo – 121,9 kishi
◾️ Navoiy – 9,5 kishi
◾️ Namangan – 402,8 kishi
◾️ Samarqand – 245,6 kishi
◾️ Surxondaryo – 139,7 kishi
◾️ Sirdaryo – 209,7 kishi
◾️ Toshkent – 197,7 kishi
◾️ Fargʻona – 588,3 kishi
◾️ Xorazm – 323,9 kishi
◾️ Toshkent sh. – 6592,8 kishi.

#DavKadastrPalata #aholi_soni #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishda “YERXUSUSIYLASHTIRISH” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasiga bugungi kun holatiga viloyat bo‘yicha jami 11 081 ta ariza kelib tushgan bo'lib, shundan 315 tasi jarayonda, 6 717 tasi ijobiy xulosa olgan va 4 049 tasi rad etilgan.

#Kadastr #Xorazm #Xususiylashtirish

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr #matbuot_anjuman

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

⚡️ 24-fevral KUNI O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 🌟Kadastr agentligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

Soat: 15:00 da,

🟢 Mavzu: “Georafik obyektlar nomalari hamda kartografiya sohasida 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023 yil rejalari”.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

⭕️ Ushbu matbuot anjumaniga jurnalistlarni, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Qishloq xo‘jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O'zbeksiton Respublikasi prezidenti qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, yerdan oqilona foydalanish va ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolarini qurishni hamda hududlarning sanoat salohiyatini kengaytirishni soliq yukini pasaytirish hisobiga rag‘batlantirish masalalari ko'zda tutilgan.

Batafsil

#Qaror #Yer

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube