UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.95K subscribers
18.9K photos
1.51K videos
260 files
8.58K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#rektor_kubogi

Sportchilar oilasida tashkil etilgan sport musobaqasi o‘zga oliygoh talaba-yoshlarini ham chorladi!

📆Joriy yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport o‘yinlari fakulteti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida 💪armwrestling sport turi bo‘yicha universitetRektor kubogi” Ochiq chempionati o‘tkazildi.

Ahamiyatlisi, mazkur musobaqada nafaqat universitet talabalari, balki O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoalari ham ishtirok etib, g‘oliblik uchun kuch sinashishdi.

📌Qizg‘in jarayon va murosasiz bahslar ostida kechgan musobaqa yakuniga ko‘ra jamoaviy hisobda:

🥇1-o‘rin – O‘zDJTSU jamoasiga;
🥈2-o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi jamoasiga;
🥉3-o‘rin ChDPU jamoasi vakillariga nasib etdi.


Yakunda g‘olib va sovrindorlar diplom, musobaqani tashkillashtirishda jonbozlik ko‘rsatgan bir qator tashkilotchilar esa tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#REKTOR_KUBOGI
#armrestling

🏆O‘zDJTSU jamoasi armrestling bo‘yicha tengsiz bo‘ldi!

💪17-aprel kuni universitetda Tennis, badminton, stol tennisi kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida armrestling sport turi bo‘yicha "REKTOR KUBOGI" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda so‘zga chiqqanlar barcha jamoalarga omad tiladi va ishtirokchilar uchun universitet sportchi talabalari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

⚖️Bahslar 55 kg, 65 kg 70 kg, 80 va +80 kg vazn toifalarida o‘tkazilib, musobaqa o‘zida respublikamizdagi qator oliy ta’lim muassasalari talabalaridan iborat jamoalar hamda qo‘shni qozog‘istonlik sportchilarni ham qamrab oldi.

🌟Jamoalar o‘rtasida kechgan shiddatli o‘yinlar davomida universitetimiz talaba yigit-qizlariga teng keladigani topilmadi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rektor_kubogi

‼️Diqqat! Diqqat! Diqqat!

❄️Qishki sport turlariga qiziquvchi universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar!

Sizlarni Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan talabalar o'rtasida o‘tkaziladigan tog' chang'i sport turi bo'yicha "Sky Tech Sport" interaktiv simulyatorida “Rektor kubogi musobaqasini jonli kuzatishga taklif qilamiz!

🏢Manzil: O‘zDJTSU Qishki sport turlari bo‘yicha simulyatsiya markazi.

📆Vaqti: 2024-yil 25-aprel kuni soat 13:00 da.

🙋‍♀️Barchangizni “Rektor kubogi” musobaqasida kutib qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#REKTOR_KUBOGI

🤽‍♀️Badiiy gimnastika boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etildi

2024-yil 11-may kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari oʻrtasida 9-may “Xotira va qadrlash” kuniga bagʻishlab sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.

💥Yuqori tayyorgarlik hamda koʻtarinki ruhda oʻtgan musobaqada 60 dan ziyod talaba-qizlar jamoaviy va yakkalik bahslarida oʻz mahoratlarini namoyon qilishdi.

🥇🥈🥉🛍Yakunda gʻoliblar kafedra tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#tennis #rektor_kubogi

‼️EʼLON‼️

🏆Universitetimiz sportchi talabalari diqqatiga!

🎾Sizlarni joriy yilning 17-18 oktabr kunlari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tennis kortida boʻlib oʻtadigan tennis sport turi boʻyicha "Rektor kubogi" musobaqasiga taklif etamiz!

👩‍🎓👨🏻‍🎓Ahamiyatlisi, unda oliygohimizning barcha yoʻnalishdagi talabalari ishtirok etishlari mumkin. Musobaqaning gʻolib va sovrindorlari universitet Sport klubi va kafedra tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

📝Musobaqada ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar oʻz arizalarini 16-oktabr kuni soat 17:00 ga qadar topshirishlari lozim.

☎️Murojaat uchun telefon va telegram manzil.: +99890 334-49-00, @Azamatoff799.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#rektor_kubogi

🏆Universitetda tennis bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi start oldi!

🎾Bugun, 17-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Tennis, badminton stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan tennis sport turi boʻyicha "Rektor kubogi" musobaqasi boshlandi.

🎉Musobaqaning ochilish marosimida universitet prorektori Sh. Mirzanov, rektor maslahatchisi U.To‘raqulov, oliygoh Sport klubi mas’ullari, kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar qatnashdi.

🗣Marosim davomida talabalar o‘rtasida tashkil qilinayotgan mazkur musobaqalar har bir sport turi bo‘yicha universitet terma jamoasini iqtidorli sportchilar bilan shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlanib, ishtirokchilarga omad tilandi.

👩‍🎓100 ga yaqin talabalarni qamrab olgan ushbu musobaqada qatnashchilar juftlik va aralash juftlik dasturlarida bahslarga kirishishdi.

📍Eslatib o‘tamiz, “Rektor kubogi” musobaqasi eratga, 18-oktabr kuni ham davom etadi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#QVZ #REKTOR_KUBOGI

🏆O‘zDJTSU: “QVZ” tanlovining “REKTOR KUBOGI “Gradus” jamoasiga nasib etdi!

🎓👑2024-yil 28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#futzal
#Rektor_kubogi

📣Diqqat E’lon‼️

👨‍💼🤵‍♂️Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari!

Sizlar uchun joriy yilning 14-15 fevral kunlari universitetning Yoshar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Sport klubi, Futbol hamda Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedralari tomonidan sportning ⚽️futzal turi bo‘yicha oliygoh professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasidaRektor kubogi” musobaqasi tashkil etilayotganini ma’lum qilamiz.

🗞📅Qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchi jamoalar o‘z talabnomalarini 11-fevral kuni soat 18:00 ga qadar musobaqa tashkilotchilariga topshirishlari lozim. Qura tashlash jarayonlari esa 13-fevral sanasida bo‘lib o‘tadi.

📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +99893 939-53-53.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook