UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.94K subscribers
19.1K photos
1.52K videos
260 files
8.62K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#futzal #jahon_chempionati

⚽️Futzal bo‘yicha jahon chempionatiga oz qoldi!

📆Ertaga, 14-sentyabr kuni yurtimizda futzal bo‘yicha Jahon chempionati start oladi.

🇺🇿🇳🇱Chempionat O‘zbekiston milliy terma jamoasining Niderlandiyaga qarshi o‘yini bilan boshlanadi. Mazkur uchrashuvda futzalchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qiladi.

📍Eslatib o‘tamiz, o‘yin ertaga, 14-sentyabr kuni soat 20:00da “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#futzal
#jahon_chempionati

⚽️Futzal: O‘zbekiston Paragvayga qarshi to‘p suradi!

📆Bugun O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi o‘zining ikkinchi tur uchrashuvini oʻtkazadi.

Hamyurtlarimiz mazkur turda Paragvay bilan bahs olib borishadi. O‘yin soat 20:00 da start oladi.

👍Bellashuvda yigitlarimizga omad tilaymiz!

🇺🇿 Oʻzbekiston – Paragvay 🇵🇾
🗓 17-sentyabr | 20:00
🏟 "Humo arena" majmuasi


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#futzal #jahon_chempionati

⚽️Futzal: Ukraina jahon chempionatining bronza medali sohibi!

🇺🇿Toshkentdagi “Humo arena“ sport saroyida futzal boʻyicha jahon chempionatining bronza medali uchun bahs Ukraina va Fransiya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

🇺🇦🇫🇷Shiddatli kechgan oʻyinda Ukraina terma jamoasi Fransiya futzal jamoasini 7:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatining 🥉bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#futzal #Jahon_chempionati

⚽️Futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi

🇺🇿Yurtimiz ilk bor mezbonlik qilgan futzal boʻyicha tarixiy jahon chempionati yakunlandi. Jahon futzal ishqibozlarining eʼtibor markazida bo‘lgan mazkur chemopionatning har bir o‘yini shiddatli va murosasiz kechdi.

🇧🇷🇦🇷Ayniqsa, dunyoning eng kuchli futzalchilari ishtirokida kechgan turnir finallarida birinchi bor Braziliya va Argentina oʻzaro bahs olib bordi.

🏆Hayajonli oʻyin yakunida Braziliya 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 6-bor chempionlikka erishdi.

👇Shunday qilib jahon chempionatining yakuniy natijlari quyidagicha bo'ldi:

🥇Braziliya terma jamoasi
🥈Argentina terma jamoasi
🥉Ukraina terma jamoasi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#futzal
#Rektor_kubogi

📣Diqqat E’lon‼️

👨‍💼🤵‍♂️Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari!

Sizlar uchun joriy yilning 14-15 fevral kunlari universitetning Yoshar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Sport klubi, Futbol hamda Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedralari tomonidan sportning ⚽️futzal turi bo‘yicha oliygoh professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etilayotganini ma’lum qilamiz.

🗞📅Qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchi jamoalar o‘z talabnomalarini 11-fevral kuni soat 18:00 ga qadar musobaqa tashkilotchilariga topshirishlari lozim. Qura tashlash jarayonlari esa 13-fevral sanasida bo‘lib o‘tadi.

📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +99893 939-53-53.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook