UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.94K subscribers
19.1K photos
1.52K videos
260 files
8.62K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#REKTOR_KUBOGI
#armrestling

🏆O‘zDJTSU jamoasi armrestling bo‘yicha tengsiz bo‘ldi!

💪17-aprel kuni universitetda Tennis, badminton, stol tennisi kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida armrestling sport turi bo‘yicha "REKTOR KUBOGI" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda so‘zga chiqqanlar barcha jamoalarga omad tiladi va ishtirokchilar uchun universitet sportchi talabalari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

⚖️Bahslar 55 kg, 65 kg 70 kg, 80 va +80 kg vazn toifalarida o‘tkazilib, musobaqa o‘zida respublikamizdagi qator oliy ta’lim muassasalari talabalaridan iborat jamoalar hamda qo‘shni qozog‘istonlik sportchilarni ham qamrab oldi.

🌟Jamoalar o‘rtasida kechgan shiddatli o‘yinlar davomida universitetimiz talaba yigit-qizlariga teng keladigani topilmadi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#armrestling_va_para_armrestling

‼️EʼLON‼️

🏆Universitet jamoasi diqqatiga!

🏆 Sizlarga joriy yilning 26-oktabr kuni Universitet sport majmuasi (manej)da armrestling va para-armrestling sport turidan "O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Rektori sovrini" uchun Xalqaro turnir bo'lib o'tishini ma’lum qilamiz.

Unda II sport toifasi va undan yuqori toifadagi sportchilar qatnashishlari mumkin.

📝 Turnirda ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar 25-oktabrga qadar [email protected] platformasidan yoki +998(90)-906-32-08 raqami orqali ro'yxatdan o'tishlari lozim.

🥇Musobaqa gʻolib va sovrindorlari nizom asosida diplom, qimmatbaho sovg‘alar hamda Universitet rektori kubogi bilan taqdirlanadi.

🧾Shuningdek, musobaqa haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni universitet Sport klubi mas’ullari orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️Murojaat uchun: +99890 918-37-06, telegram: @UzDJTSU_Sport_klub

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook