Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
13.8K subscribers
15.8K photos
1.15K videos
65 files
5.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 Vazirlikning 2024-yildagi asosiy mediatadbirlari haqida

2024-yil davomida Kon-geologiya vazirligi hamda uning tizimosti tashkilot va korxonalari tomonidan jami 18 ta matbuot anjumani, 10 ta press tur, 32 ta brifing o‘tkazildi.

Shuningdek, televideniye, radio va bosma ommaviy axborot vositalarida yuzlab chiqishlar qilib, maxsus ko‘rsatuvlar, intervyular va roliklar efirga berildi.

Bosma va internet nashrlarida maqolalar hamda suhbatlar e’lon qilindi.

🔹 🔹 🔹

💠 О прошедших 2024 году медиа мероприятиях Министерства

В течение 2024 года Министерством горнодобывающей промышленности и геологии и его подведомственными организациями и предприятиями проведено 18 пресс-конференций, 10 пресс-туров, 32 брифинга.

Также, осуществлены сотни выступлений на телевидении, радио и в печатных СМИ, а также специальные телепередачи, интервью и социальные ролики.

Статьи и интервью публиковались в печатных и Интернет-изданиях.

#kongeologiya #mingeo #sarhisob_2024 #brifing #matbuot_anjumani #korsatuv #intervyu #press_tur #tadbirlar #uchrashuvlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi radikal g‘oyalar va ularning oldini olish yo‘llari” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2025-yil 1-may kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi markaziy apparati hamda tizimosti korxonalar rahbarlari ishtirokida “Jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi radikal g‘oyalar va ularning oldini olish yo‘llari” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Z.Sultonov ma’ruza qildi. Ma’ruzachi xavfli diniy oqimlar, ularning kelib chiqish tarixi va xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Globallashuv sharoitida hamda xalqaro va mintaqaviy mojarolar transformatsiyasi davom etayotgan bir paytda, ekstremizm va terrorizmga qarshi samarali kurashish masalasi kun tartibidagi dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolayotganligini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялась встреча на тему: «Радикальные идеи, угрожающие стабильности общества и пути их предотвращения»

1 мая 2025 года состоялась встреча на тему «Радикальные идеи, угрожающие стабильности общества и пути их предотвращения» с участием сотрудников центрального аппарата Министерства горнодобывающей промышленности и геологии и руководителей подведомственных предприятий.

На мероприятии с докладом принял участие ответственный сотрудник Комитета по делам религий З.Султанов и подробно рассказал об опасных религиозных течениях, их истории происхождения и особенностях.

Он подчеркнул, что в условиях глобализации и продолжающейся трансформации международных и региональных конфликтов вопрос эффективной борьбы с экстремизмом и терроризмом остается одной из актуальных тем повестки дня.

Также на мероприятии представитель комитета по делам религий ответил на интересующие участников вопросы.

#kongeologiya #mingeo #tadbirlar #Din_ishlari_boyicha_qomita

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari xodimlari “14-iyun - Butunjahon donorlar kuni” arafasida o‘tkazilayotgan “Qon topshir - hayot in’om et!” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishdi

🔹 🔹 🔹

💠 Сотрудники Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, подведомственных предприятий в канун «14 июня – Всемирного дня донора» приняли активное участие в благотворительной акции «Сдай кровь – подари жизнь!»

#kongeologiya #mingeo #Butunjahon_donorlar_kuni #Qon_topshir_hayot_inom_et #tadbirlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbekgidrogeologiya” DM Davlat geologik monitoring xizmati tomonidan 2025-yil 5-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1062-sonli Qonun mazmun-mohiyatini aholi va yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga yetkazish maqsadida jamoatchilik vakillari ishtirokida tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Tadbirlarda, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda, mahalliy boshqaruv organlari vakillari hamda sohaga aloqador boshqa tashkilotlar xodimlari ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilarga qonunchilikga kiritilgan o‘zgarishlar, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va ular monitoringini olib borishning samarali mexanizmlari haqida ma’lumotlar berilmoqda.

🔹 🔹 🔹

💠 Проводится информационно-разъяснительная работа по Закону «О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан»

Министерством горнодобывающей промышленности и геологии и Государственной службой геологического мониторинга ГУ «Узбекгидрогеология» организуются информационно-разъяснительные мероприятия с участием представителей общественности, направленные на доведение до населения и пользователей подземных вод сути и содержания Закона Республики Узбекистан № ЗРУз-1062 от 5 мая 2025 года «О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан».

В мероприятиях, во взаимодействии с соответствующими ведомствами и организациями, принимают участие представители органов местного самоуправления, а также сотрудники других организаций, имеющих отношение к отрасли.

Участникам предоставляется информация о внесенных изменениях в законодательство, рациональном использовании подземных вод, их охране, а также о эффективных механизмах ведения мониторинга подземных вод.

#kongeologiya #mingeo #matbuot_anjumani #yer_osti_suvlari #Qonunchilik #targibot #tadbirlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DMda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 19 iyun kuni “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “GIDROINGEO instituti” DM ijro apparati va tashkiliy bo‘linmalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Sag‘dullayev korrupsiyaga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va turlari, odob-axloq qoidalari, uning prinsiplari hamda Odob-axloq komissiyasi vakolatlari to‘g‘risida taqdimot qildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar, izohlar va tushuntirishlar berdi.

🔹 🔹 🔹

💠 В ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» проведено мероприятие по противодействию коррупции

19 июня текущего года в ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» был проведен очередной семинар, посвященный разъяснительной работе в сфере противодействия коррупции, повышению правовой грамотности и культуры сотрудников, а также формированию нетерпимого отношения к коррупции.

В мероприятии приняли участие ответственные сотрудники исполнительного аппарата и организационных подразделений ГУ «Институт ГИДРОИНГЕО».

Начальник отдела внутреннего антикоррупционного контроля Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Ш. Сагдуллаев выступил с презентацией по вопросам борьбы с коррупцией и ее правовым основам, понятию и видам конфликта интересов, нормам этики, их принципам, а также полномочиям Комиссии по этике. В завершение он ответил на интересующие участников вопросы, дал пояснения и разъяснения.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar #GIDROINGEO_instituti #tadbirlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ustuvor vazifalar, vazirlik xodimlarining bu boradagi shaxsiy maʼsuliyatini oshirish yuzasidan “Iqtisodiy o‘qish” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo‘yicha amalga oshilishli lozim bo‘lgan ustivor vazifalar hamda vazirlik xodimlarining bu boradagi shaxsiy maʼsuliyati to‘g‘risida “Iqtisodiy o‘qish” tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori, polkovnik Sh.Qobilov, Toshkent davlat yuridik unversiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori S.Niyozova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarini malakasini oshirish markazi, “Bandlik va inson resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri siyosiy fanlar nomzodi, dotsent X.To‘xtaboyev ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar o‘z taqdimotlarida korrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillar, Oʻzbekiston Respublikasida mazkur sohada yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbirda spikerlar seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.

🔹 🔹 🔹

💠 Экономическое обучение по приоритетным задачам в борьбе с коррупцией и повышению личной ответственности сотрудников министерства

20 июня текущего года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии было проведено экономическое обучение, посвященное выполнению приоритетных задач по дальнейшему формированию среды, свободной от коррупции, а также повышению личной ответственности сотрудников министерства в данном направлении.

В мероприятии приняли участие профессор Академии МВД Республики Узбекистан, полковник Ш.Кобилов; профессор кафедры уголовного права, криминологии и борьбы с коррупцией Ташкентского государственного юридического университета, доктор юридических наук С. Ниязова; заведующий кафедрой «Занятость и управление человеческими ресурсами» Центра повышения квалификации сотрудников Министерства по сокращению бедности и занятости, кандидат политических наук, доцент Х. Тухтабаев.

В ходе своих выступлений спикеры осветили вопросы, связанные с коррупцией и причинами её возникновения, рассказали о новых нормативно-правовых актах, принятых в Узбекистане в данной сфере, а также ознакомили участников с реализуемыми реформами.

Кроме того, в ходе мероприятия докладчики ответили на вопросы, интересующие участников семинара.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar #Iqtisodiy_oqish #tadbirlar #Mehnat_vazirligi #TDYU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Minex Central Asia 2025 xalqaro forumining birinchi kuni haqida

2025-yil 24-iyun kuni Tashkent City majmuasidagi Hilton mehmonxonasida Minex Central Asia 2025 xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida vazirning birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev ishtirokchilarni ulkan xalqaro tadbirda qatnashayotganlari bilan qutladi va nutqida O‘zbekistonda sohaga berilayotgan katta e’tibor, amalga oshirilayotgan tub islohotlar, istiqbolli loyihalarga investitsiyalar jalb qilinayotgani haqida ma’lumot berib o‘tdi.

“Muhim foydali qazilmalar ekotizimlarini shakllantirish maqsadida mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklik” mavzusidagi sessiyada vazir o‘rinbosari U.Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar haqidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, forumning birinchi kunida “O‘zbekistonning kritik minerallar bo‘yicha global ta’minot zanjirlaridagi yetakchiligini mustahkamlash”, “Strategik hamkorlik uchun sarmoyaviy jozibador tuzilmani yaratish”, “Barqaror metallar va minerallar qiymat zanjirlarini yaratish – yangi imkoniyatlar” kabi mavzulardagi panel sessiyalarida soha vakillari, ekspertlar, kompaniyalarning mutaxassislari va tadbirning boshqa ishtirokchilari o‘zaro fikr almashdilar.

Forum doirasidagi tadbirlarda “NKMK” AJ, “OKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “O‘zbekgeofizika” AJ, Geologiya fanlari universiteti, “O‘zTMK” AJ kabi Kon-geologiya vazirligi tizimosti korxonalari rahbariyati, mas’ullari taqdimotlar bilan qatnashib, panel-sessiyalardagi muhokamalarda ham faol bo‘lishdi.

🔹 🔹 🔹

💠 О первом дне международного форума Minex Central Asia 2025

24 июня 2025 года в комплексе Tashkent City, в отеле Hilton, начал свою работу международный форум Minex Central Asia 2025.

На торжественной церемонии открытия первый заместитель министра О. Насритдинходжаев поздравил участников с участием в столь крупном международном событии и в приветственной речи рассказал о большом внимании, уделяемом отрасли в Узбекистане, о проводимых масштабных реформах и привлечении инвестиций в перспективные проекты.

В сессии на тему «Региональное сотрудничество и стратегическое партнерство в интересах формирования экосистем критически важных полезных ископаемых» заместитель министра У. Юсупов выступил с презентацией о реализуемых в горнодобывающей промышленности и геологии проектах и проводимой работе.

Также в первый день форума представители отрасли, эксперты, специалисты компаний и другие участники обменялись мнениями на панельных сессиях по темам: «Укрепление лидерства Узбекистана в глобальных цепочках поставок критически важных минералов», «Построение инвестиционно-привлекательной структуры для стратегических партнерств», «Создание устойчивых производственно-сбытовых цепочек металлов и минералов - новые возможности».

В мероприятиях форума активное участие с докладами и выступлениями в панельных сессиях приняли руководители и ответственные лица таких подведомственных предприятий Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, как АО «НГМК», АО «АГМК», ГП «Навоийуран», АО «Узбекгеофизика», Университет геологических наук, АО «УзТМК» и других.

#kongeologiya #mingeo #MINEXTashkent #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #xalqaro_hamkorlik #tadbirlar #OKMK #NKMK #Navoiyuran #Ozbekgeofizika #GFU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Qozog‘iston qurilish va sanoat vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi

2025-yil 24-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir o‘rinbosari R.Yusupov, vazirlik mutasaddilari hamda Qozog‘iston qurilish va sanoat vaziri o‘rinbosari I.Sharxan boshchiligidagi delegatsiya vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, xorij tomoni Toshkentda o‘tayotgan Minex Central Asia 2025 forumining yuqori darajada tashkil qilingani, bu esa O‘zbekistonda geologiya va konchilik sohasiga katta e’tibor berilayotganidan darak berishini taʼkidladi. O‘z navbatida, R.Yusupov O‘zbekiston va Qozog‘iston do‘stona aloqalari rivojlanayotgani, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida ham hamkorlikni mustahkamlash, ushbu yo‘nalishda amaliy ishlarni jadallashtirish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuvdan keyin mehmonlar Geologiya fanlari universiteti va “Geologiya muzeyi” DM ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.

🔹 🔹 🔹

💠 Встреча с делегацией во главе с заместителем министра строительства и промышленности Казахстана

24 июня 2025 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялась встреча с участием заместителя министра Р. Юсупова, ответственных лиц министерства и представителей делегации во главе с заместителем министра строительства и промышленности Казахстана И. Шарханом.

В начале встречи представители казахстанской делегации отметили высокий уровень организации проходящего в Ташкенте форума Minex Central Asia 2025, что, по их словам, свидетельствует о значительном внимании, уделяемом в Узбекистане геологии и горнодобывающей отрасли. В свою очередь, Р. Юсупов подчеркнул развитие дружественных связей между Узбекистаном и Казахстаном, а также важность укрепления сотрудничества и ускорения практической работы в сфере горнодобывающей промышленности и геологии.

После встречи гости ознакомились с деятельностью Университета геологических наук и экспозицией Государственного музея геологии.

#kongeologiya #mingeo #MINEXTashkent #xalqaro_hamkorlik #tadbirlar #GFU #Geologiya_muzeyi #uchrashuv

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 MINEX Central Asia 2025 forumining ikkinchi va uchinchi kunlari haqida

Minex Central Asia 2025 forumining ikkinchi kuni 25-iyunda “Konchilik va kon maydonlarini o‘zlashtirgandan keyingi ekologik rekultivatsiya”, “Uran – kelajak energiyasi manbai”, “Ilmiy hamkorlik va inson kapitalini rivojlantirish”, “Konchilik ishlab chiqarishini optimallashtirish – eng yaxshi amaliyotlar va texnologiyalar” mavzularidagi 5 ta sessiya bilan davom etdi.

Xususan, Uran – kelajak energiyasi manbai” sessiyasida uran sanoatining ESG talablari, investitsiyaviy jozibadorligi, xavfsizlik siyosati va yadro texnologiyalarining kelajagi haqida fikr almashildi, ushbu jarayonda vazir o‘rinbosari U.Yusupov bevosita spiker sifatida ishtiroke etdi.

“Ilmiy hamkorlik va inson kapitalini rivojlantirish” sessiyasida Geologiya fanlari universiteti rektori A.Kadirxodjayev ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish va zamonaviy kadrlar tayyorlash yo‘lida universitetda olib borilayotgan tizimli islohotlar, xalqaro ilmiy loyihalardagi ishtirok, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida taqdimot qildi.

Shuningdek, 26-iyun kuni forumning uchinchi kunda ishtirokchilar uchun Davlat Geologiya muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi.

🔹 🔹 🔹

💠 О втором и третьем днях форума Minex Central Asia 2025

Второй день форума Minex Central Asia 2025 продолжился 25 июня 5 сессиями на темы «Горная добыча и экологическая реабилитация земель после разработки месторождений», «Уран: источник энергии для будущего», «Развитие научного сотрудничества и человеческого капитала», «Оптимизация горного производства – лучшие практики и технологии».

В частности, на сессии «Уран: источник энергии для будущего» состоялся обмен мнениями о требованиях ESG к урановой промышленности, инвестиционной привлекательности, политике безопасности и будущем ядерных технологий, в ходе которой заместитель министра У.Юсупов принимал участие в качестве спикера.

На сессии «Развитие научного сотрудничества и человеческого капитала» ректор Университета геологических наук А.Кадирходжаев выступил с презентацией о системных реформах, проводимых в университете на пути углубления научного сотрудничества и подготовки современных кадров, участии в международных научных проектах, программах поддержки молодых ученых.

Также 26 июня в третий день форума для участников была организована экскурсия в Государственный геологический музей.

#kongeologiya #mingeo #MINEXTashkent #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #xalqaro_hamkorlik #tadbirlar #Navoiyuran #GFU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Energiya samaradorligini oshirish, vazirlik xodimlarining bu boradagi shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan “Iqtisodiy o‘qish” bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 11-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida yurtimizda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar hamda vazirlik xodimlarining bu boradagi shaxsiy mas’uliyati yuzasidan “Iqtisodiy o‘qish” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda vazirlik mas’ul xodimi H. Maqsudov, “Energiya samaradorligi milliy agentligi” vakili S. To‘lashev, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti” xodimlari G‘. Kuldashov va D. Yusupovlar ma’ruza bilan ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar o‘z taqdimotlarida bino va inshootlarda energiya iste’molini tejash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, korxonalarda ISO 50001 xalqaro energiya menejmenti tizimini joriy etish masalalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar taqdim etdilar.

Shuningdek, tadbir davomida spikerlar seminar ishtirokchilarining savollariga batafsil javoblar berdilar.

🔹 🔹 🔹

💠 Проведено “Экономическое обучение” по вопросам повышения энергоэффективности и личной ответственности сотрудников министерства в данной сфере

11 июля текущего года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялось “Экономическое обучение”, посвященное приоритетным задачам по повышению энергоэффективности в нашей стране, а также вопросам личной ответственности сотрудников министерства в этом направлении.

В мероприятии приняли участие ответственный сотрудник министерства Х. Максудов, представитель Агентства по энергоэффективности С. Тулашев, а также сотрудники Национального научно-исследовательского института возобновляемых источников энергии Г. Кулдашев и Д. Юсупов, которые выступили с докладами.

В своих презентациях докладчики представили информацию о способах сокращения энергопотребления в зданиях и сооружениях, использовании возобновляемых источников энергии, а также внедрении международной системы энергетического менеджмента ISO 50001 на предприятиях.

Кроме того, спикеры подробно ответили на интересующие участников семинара вопросы.

#kongeologiya #mingeo #Energiya_samaradorligini_oshirish #seminar #Iqtisodiy_oqish #tadbirlar #Energiya_samaradorligi_milliy_agentligi #ISO_50001 #QaytaTiklanuvchiEnergiya

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yashil foydali qazilmalar sohasidagi hamkorlik forumi haqida

2025-yil 21-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yashil foydali qazilmalar sohasidagi hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi. Tadbirni vazir o‘rinbosari Ural Yusupov ochib berdi. U o‘z nutqida sanoatning barqaror rivojlanishi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va investitsiyalarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xitoy tadbirkorlarining O‘zbekistondagi assotsiatsiyasi raisi Liu Yu ham so‘zga chiqib, ushbu forumni tashkil etish tashabbusini yuqori baholadi.

Forumning birinchi kuni davomida Vazirlik, Geologiya fanlari universiteti hamda Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, Goldpro New Materials kompaniyasi tomonidan yillik quvvati 100 000 tonnani tashkil etuvchi ishlab chiqarish liniyasini barpo etish bo‘yicha loyihasi taqdim etildi. Kunshan Hong Fu Tai kompaniyasi esa sanoat chiqindilaridan qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasini joriy etish taklifini bildirdi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalari tomonidan ekologik toza texnologiyalar, kon uskunalari va geologik qidiruv sohalariga oid ilg‘or yechimlar namoyish etildi.

Forum dasturiga ko‘ra, ishtirokchilar yurtimizning yirik sanoat korxonalariga — Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari, Samarqand metallurgiya zavodi hamda “O‘zTMK” AJga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.

Forum 28-iyul kuni yakunlanadi. Ushbu tadbir O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

🔹 🔹 🔹

💠 О Форуме сотрудничества Узбекистана и Китая в сфере зелёных полезных ископаемых

21 июля 2025 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии начал свою работу Форум сотрудничества Узбекистана и Китая в области зелёных полезных ископаемых. Мероприятие открыл заместитель министра Урал Юсупов, который в своём выступлении подчеркнул актуальность устойчивого развития отрасли, расширения международного взаимодействия и привлечения инвестиций. Со словами приветствия также выступил председатель Ассоциации китайских предпринимателей в Узбекистане Лю Ю.

В рамках первого дня форума были заслушаны выступления представителей Министерства, Университета геологических наук, а также руководителей и специалистов ведущих китайских компаний. В числе представленных инициатив — проект строительства производственной линии мощностью 100 000 тонн от компании Goldpro New Materials, а также предложение от Kunshan Hong Fu Tai по внедрению технологий извлечения драгоценных металлов из промышленных отходов. Компании из Китая представили также решения в сфере экологически чистых технологий, горного оборудования и геологоразведки.

Программа форума предусматривает выездные визиты на крупнейшие объекты отрасли — Алмалыкский и Навоийский горно-металлургические комбинаты, Самаркандский металлургический завод и АО «УзТМК».

Завершение форума запланировано на 28 июля. Проведение данного мероприятия стало ещё одним важным шагом в укреплении партнёрства между Узбекистаном и Китаем в сфере горнодобывающей промышленности и геологии.

#kongeologiya #mingeo #Xitoy #yashil_foydali_qazilmalar #hamkorlik #forum #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #tadbirlar #OKMK #NKMK #GFU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM