Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
13.9K subscribers
15.8K photos
1.15K videos
65 files
5.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
💠 O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yashil foydali qazilmalar sohasidagi hamkorlik forumi haqida

2025-yil 21-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yashil foydali qazilmalar sohasidagi hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi. Tadbirni vazir o‘rinbosari Ural Yusupov ochib berdi. U o‘z nutqida sanoatning barqaror rivojlanishi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va investitsiyalarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xitoy tadbirkorlarining O‘zbekistondagi assotsiatsiyasi raisi Liu Yu ham so‘zga chiqib, ushbu forumni tashkil etish tashabbusini yuqori baholadi.

Forumning birinchi kuni davomida Vazirlik, Geologiya fanlari universiteti hamda Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, Goldpro New Materials kompaniyasi tomonidan yillik quvvati 100 000 tonnani tashkil etuvchi ishlab chiqarish liniyasini barpo etish bo‘yicha loyihasi taqdim etildi. Kunshan Hong Fu Tai kompaniyasi esa sanoat chiqindilaridan qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasini joriy etish taklifini bildirdi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalari tomonidan ekologik toza texnologiyalar, kon uskunalari va geologik qidiruv sohalariga oid ilg‘or yechimlar namoyish etildi.

Forum dasturiga ko‘ra, ishtirokchilar yurtimizning yirik sanoat korxonalariga — Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari, Samarqand metallurgiya zavodi hamda “O‘zTMK” AJga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.

Forum 28-iyul kuni yakunlanadi. Ushbu tadbir O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

🔹 🔹 🔹

💠 О Форуме сотрудничества Узбекистана и Китая в сфере зелёных полезных ископаемых

21 июля 2025 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии начал свою работу Форум сотрудничества Узбекистана и Китая в области зелёных полезных ископаемых. Мероприятие открыл заместитель министра Урал Юсупов, который в своём выступлении подчеркнул актуальность устойчивого развития отрасли, расширения международного взаимодействия и привлечения инвестиций. Со словами приветствия также выступил председатель Ассоциации китайских предпринимателей в Узбекистане Лю Ю.

В рамках первого дня форума были заслушаны выступления представителей Министерства, Университета геологических наук, а также руководителей и специалистов ведущих китайских компаний. В числе представленных инициатив — проект строительства производственной линии мощностью 100 000 тонн от компании Goldpro New Materials, а также предложение от Kunshan Hong Fu Tai по внедрению технологий извлечения драгоценных металлов из промышленных отходов. Компании из Китая представили также решения в сфере экологически чистых технологий, горного оборудования и геологоразведки.

Программа форума предусматривает выездные визиты на крупнейшие объекты отрасли — Алмалыкский и Навоийский горно-металлургические комбинаты, Самаркандский металлургический завод и АО «УзТМК».

Завершение форума запланировано на 28 июля. Проведение данного мероприятия стало ещё одним важным шагом в укреплении партнёрства между Узбекистаном и Китаем в сфере горнодобывающей промышленности и геологии.

#kongeologiya #mingeo #Xitoy #yashil_foydali_qazilmalar #hamkorlik #forum #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #tadbirlar #OKMK #NKMK #GFU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 O‘zbekiston–Xitoy hamkorligi: e’tibor – yashil texnologiyalar va investitsiyalar

28-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev rahbarligida Xitoy tadbirkorlarining O‘zbekistondagi Assotsiatsiyasi qoshidagi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Toshkentda o‘tgan Yashil foydali qazilmalar bo‘yicha forum natijalari muhokama qilindi. Xitoy tomoni tadbirni yuqori saviyada tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirib, uning ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida xitoylik hamkorlar 500 million dollarlik investitsiya fondi tashkil etish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, ekspert guruhlarini shakllantirish, ekologik standartlarni uyg‘unlashtirish, kadrlar tayyorlash va yashil moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish kabi takliflarni bildirishdi. O‘zbekiston tomoni ushbu tashabbuslarga qiziqish bildirdi.

🔹 🔹 🔹

💠 Узбекско-китайский диалог: акцент на зеленые технологии и инвестиции

28 июля под руководством первого заместителя министра горнодобывающей промышленности и геологии О.Насритдинходжаева состоялась встреча с представителями китайских компаний при Ассоциации китайских предпринимателей в Узбекистане.

В центре внимания — итоги прошедшего в Ташкенте форума по зеленым полезным ископаемым. Китайская сторона выразила благодарность за организацию мероприятия и подчеркнула его значимость для расширения двустороннего сотрудничества.

Во время встречи китайские партнеры предложили создать инвестиционный фонд объемом $500 млн, наладить совместные исследования, сформировать экспертные группы, гармонизировать экологические стандарты и развивать подготовку кадров и зеленое финансирование. Узбекская сторона выразила заинтересованность в озвученных инициативах.

#kongeologiya #mingeo #Xitoy #yashil_foydali_qazilmalar #hamkorlik #forum

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM