Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.2K subscribers
15.8K photos
1.14K videos
65 files
5.68K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i tasdiqlandi.

Buyruq ilovasiga muvofiq, davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda quyidagi namunaviy shakllar asosida hujjatlar to‘ldiriladi va yuritiladi:

- Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma;

- Xodimning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi;

- Aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi;

Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri:


- Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimida manfaatlar to‘qnashuvi holati vujudga kelganda ushbu xodim tomonidan;

- Ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodim ishga qabul qilinayotganda, boshqa ishga o‘tkazilayotganda va yil yakuniga ko‘ra xodim tomonidan;

- Aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodimga aloqador shaxslar tomonidan to‘ldiriladi.

Mavjud va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestriga kiritiladi.

Ushbu namunaviy shakllar davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda manfaatlar to'qnashuviga oid yuqoridagi hujjatlarning to‘ldirilishi va yuritilishi bo‘yicha bir xil yondashuv va amaliyotni joriy etishni ko‘zda tutadi.


Mazkur buyruq joriy yilning 6-dekabr sanasidan eʼtiboran kuchga kiradi.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
💠 Oʻzbekiston texnologik metallar kombinatida aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir oʻtkazildi

Joriy yilning 15-noyabr kuni Oʻzbekiston texnologik metallar kombinatida “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Kombinat rahbariyati va xodimlari, Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh. Sagʻdullayev hamda Chiriq shahridagi huquq-taribot idoralarining masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida taqdimot materiallari yordamida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi, sohaga oid qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, davlat xizmatchisi tomonidan qonunchilik normalarining buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida batafsil tushuntirib oʻtildi.

🔹 🔹 🔹

💠 На АО «Узбекский комбинат технологический металлов» состоялось мероприятие в рамках месяца противодействия коррупции

15 ноября текущего года на АО «Узбекский комбинат технологический металлов» состоялось мероприятие в рамках антикоррупционного месяца, посвященного «9 декабря – Международному дню борьбы с коррупцией».

В мероприятии приняли участие руководство и сотрудники комбината, начальник отдела внутреннего антикоррупционного контроля Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Ш. Сагдуллаев и ответственные сотрудники правоохранительных органов города Чирчик.

С помощью презентационных материалов были подробно разъяснены понятие коррупции и конфликта интересов, принятые нормативные правовые акты, относящиеся к отрасли, ответственность за коррупционные правонарушения, нарушения норм законодательства государственным служащим, которые могут служить основанием для привлечения его к ответственности в установленном законодательством порядке.

#kongeologiya #mingeo #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar #aksilkorrupsiya_oyligi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 22-noyabr kuni Togʻkon sanoati va geologiya vazirligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasidagi tadbir oʻtkazildi.

Unda Kon-geologiya vazirligi ijro apparati va tizimosti korxonalarining xodimlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Kon-geologiya vazirining maslahatchisi M.Pirojkov tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi N.Samandarova Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va agentlikning shu sohadagi vakolatlari toʻgʻrisida taqdimot materiallari yordamida maʼruza qildi.

🔹 🔹 🔹

💠 В Мингеологии прошло мероприятие, посвященное Международному дню борьбы с коррупцией

22 ноября текущего года в Министерстве горной промышленности и геологии состоялось мероприятие в рамках антикоррупционного месяца, посвященное «9 декабря – Международному дню борьбы с коррупцией».

В нем приняли участие сотрудники исполнительного аппарата и подведомственных предприятий Мингеологии, а также ответственные лица Агентства по противодействию коррупции.

Советник М.Пирожков подробно проинформировал участников совещания о проводимой работе в сфере противодействия коррупции в министерстве.

После этого ответственный сотрудник Агентства по противодействию коррупции Н.Самандарова выступила с докладом и презентацией о проводимых в Республике Узбекистан реформах в сфере противодействия коррупции и полномочиях агентства.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #aksilkorrupsiya_oyligi #korrupsiyaga_qarshi_kurashish_agentligi #tadbir

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni oldini olish boʻyicha ko‘riladigan choralar haqida

🔹 🔹 🔹

💠 О мерах, принимаемых в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан по предотвращению ситуаций, связанных с конфликтом интересов

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #manfaatlar_toqnashuvini_oldini_olish #rolik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi va uning tizimosti korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Joriy yilning 5-dekabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligi hamda “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni“ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Kon-geologiya vaziri oʻrinbosari U.Yusupov va vazir maslahatchisi M.Pirojkov, vazirlik ijro apparati xodimlari, tizim korxonalarining rahbarlari hamda korupsiyaga qarshi komplaens xizmatlarining masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Vazir o‘rinbosari Konstitutsiyaning davlat va jamiyat rivojida tutgan o‘rni, Bosh qomusimizdagi asosiy tushunchalar, ularning ahamiyati, mamlakatda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi munosib mavqei uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, u O‘zbekistonda jamiyatning barcha sohalarida, jumladan, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani, uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni yo‘q qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Shuningdek, Kon-geologiya vaziriligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh.Sagʻdullayev qarshi kurashish sohasida vazirlik va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga maʼlumot berib oʻtdi.

Shundan soʻng, tizimda ISO 37001:2016 xalqaro korrupsiyaga qarshi muvofiqlik sertifikatlarini qoʻlga kiritgan eng samarli tuzilma sifatida “Navoiy kon-metallrugiya kombinati” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ va “Oʻzbekgeofizika” AJ hamda korrupsiogen omillarni oʻz vaqtida oldini olish hamda xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda natijalarga erishgan eng faol komplaens tuzilma sifatida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Geologiya fanlar universiteti” DMning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #aksilkorrupsiya_oyligi #ochiq_eshiklar_kuni #NKMK #OKMK #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #GFU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
💠 Kon-geologiya vazirligi va uning tizimosti korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi Joriy yilning 5-dekabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul…
💠 Подведены итоги в сфере противодействия коррупции в Мингеологии и его подведомственных предприятиях

5 декабря текущего года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялось мероприятие посвященного 32-й годовщине принятия Конституции Республики Узбекистан и «9 декабря – Международному дню борьбы с коррупцией» в рамках антикоррупционного месяца.

На мероприятии приняли участие заместитель министра У.Юсупов и советник министра М.Пирожков, сотрудники исполнительного аппарата министерства, руководители подведомственных предприятий и работники служб антикоррупционного комплаенса.

Заместитель министра подчеркнул, что роль Конституции в развитии государства и общества, ее значение, основные понятия, которые служат прочной основой для построения в стране демократического государства и гражданского общества, а также достойного положения Узбекистана на международной арене.

Кроме того, он отметил, что в Узбекистане проводятся системные реформы во всех сферах жизни общества, в том числе в профилактике и борьбе с коррупцией, особое внимание уделяется устранению факторов, способствующих ее возникновению.

Также начальник отдела внутреннего контроля по борьбе с коррупцией Мингеологии Ш.Сагдуллаев проинформировал участников о проделанной работе в сфере противодействия коррупции в министерстве и его подведомственных предприятиях.

После этого сотрудники АО «Навоийский горно-металлургический комбинат», АО «Узметкомбинат», АО «Узбекгеологоразведка» и АО «Узбекгеофизика» как наиболее эффективные структуры в системе, получившие международные сертификаты соответствия требованиям по противодействию коррупции ISO 37001:2016, а также руководители внутренних структур антикоррупционного контроля АО «Алмалыкский горно-металлургический комбинат», ГУ «Университет геологических наук» за своевременное предупреждение факторов коррупционного характера и формирование нетерпимого отношения к коррупции среди работников, повышение правового сознания и культуры работников награждены памятными подарками.

#kongeologiya #mingeo #Konstitutsiya_kuni #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #aksilkorrupsiya_oyligi #ochiq_eshiklar_kuni #NKMK #OKMK #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #GFU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

🔹 🔹 🔹

💠 9 декабря – «Международный день борьбы с коррупцией»

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Xalqaro_korrupsiyaga_qarshi_kurashish_kuni #aksilkorrupsiya_oyligi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Navoiy kon-metallrugiya kombinati” AJ: Aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir oʻtkazildi

Joriy yilning 12-dekabr kuni “Navoiy kon-metallrugiya kombinati” AJda “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni“ga bagʻishlangan navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda “Navoiy KMK” AJ ijro apparati va tashkiliy boʻlinmalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh.Sagʻdullayev korrupsiyaga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari, manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi va turlari, odob-axloq qoidalari, uning prinsiplari hamda Odob-axloq komissiyasi vakolatlari toʻgʻrisida taqdimot qildi.

🔹 🔹 🔹

💠 АО «Навоийский горно-металлургический комбинат»: проведено мероприятие в рамках месяца противодействия коррупции

12 декабря текущего года в АО «НГМК» состоялось очередное мероприятие, посвященное Международному дню борьбы с коррупцией.

В нем приняли участие сотрудники центрального аппарата и организационных подразделений АО «НГМК».

На мероприятии начальник отдела внутреннего антикоррупционного контроля Мингеологии Ш.Сагдуллаев выступил с докладом и презентацией о противодействии коррупции и ее правовых основах, понятии и видах конфликта интересов, правилах этикета, принципах и полномочиях комиссии по этике.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #NKMK #seminar #aksilkorrupsiya_oyligi #xalqaro_korrupsiyaga_qarshi_kurashish_kuni

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida brifing

Brifingda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh.Sagʻdullayev bu borada qilinayotgan ishlar, erishilgan natijalar haqida ma’lumot bergan.

🔹 🔹 🔹

💠 Брифинг о проделанной работе в сфере противодействия коррупции в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии

На брифинге начальник отдела внутреннего антикоррупционного контроля Ш.Сагдуллаев проинформировал о проделанной работе, достигнутых результатах.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #brifing

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar bartaraf etilmoqda

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Odob-axloq komissiyasi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar o‘rganib chiqildi.

Deklaratsiya to‘ldirgan 109 nafar boshqaruv xodimdan 11 nafarida ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holat qayd etildi.

Xodimlarga Komissiya tomonidan bu kabi holatlarni oldini olish va bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan ogohlantirishlar berildi.

Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish hamda unga chek qo‘yish maqsadida Kon-geologiya vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilindi va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔹 🔹 🔹

💠 Устранаются случаи, связанные с конфликтом интересов

Комиссией по этике Министерства горнодобывающей промышленности и геологии были изучены случаи, связанные с конфликтом интересов.

Из 109 представителей руководящего персонала, подавших декларации, у 11 сотрудников были зафиксированы потенциальные случаи конфликта интересов.

Сотрудникам даны предупреждения от имени Комиссии с требованием принять меры по предотвращению и устранению подобных ситуаций.

Принят соответствующий приказ министра и определены необходимые меры для предотвращения и устранения конфликта интересов.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #manfaatlar_toqnashuvi #odob_axloq_komissiyasi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

2025-yil 18-mart kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida markaziy арраrаt, tizimosti kоrхоnalar rahbarlari va komplayens xizmati mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Z.Hazratqulov ishtirok etdi.

Tadbirda korrupsiya holatlarining oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatlarni bartaraf qilish, vazirlik, uning tizimosti korxonalari hamda huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligini davom ettirish zarurligi, komplayens nazorat tuzilmalar xodimlarining xushyorligini oshirish davr talabi ekani ta’kidlandi.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялось мероприятие, направленное на укрепление принципов нетерпимости к коррупции

18 марта 2025 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялось мероприятие с участием центрального аппарата, руководителей подведомственных предприятий и ответственных сотрудников комплаенс-служб. Мероприятие было посвящено реализации задач, определённых на расширенном заседании под председательством Президента Республики Узбекистан по вопросам повышения эффективности антикоррупционной деятельности и определения приоритетных задач на будущее.

Заседание прошло под руководством заместителя министра горнодобывающей промышленности и геологии У. Юсупова. В нём принял участие начальник управления Генеральной прокуратуры З. Хазраткулов.

В ходе мероприятия было подчеркнуто, что важно предотвращать случаи коррупции, устранять ситуации, связанные с конфликтом интересов, продолжать сотрудничество между министерством, его подведомственными организациями и правоохранительными органами, а также повышать бдительность сотрудников комплаенс-контроля, что является требованием времени.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Bosh_prokuratura #yigilish

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida navbatdagi seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 6-may kuni vazirlik va tizimosti korxonalar xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida seminar tashkil qilindi.

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ijro apparati hamda 20 dan ortiq tizimosti korxonalari boshqarma va bo‘lim rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Kon-geologiya vaziri maslahatchisi M.Pirojkov yig‘ilish ishtirokchilariga vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi.

Xususan, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024 yil yakunlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting baholash natijalarini eʼlon qilingani, baholash natijalariga ko‘ra, Kon-geologiya vazirligi 102 davlat tashkilotlari orasida 95 ball to‘plab, ushbu reytingda 2-o‘rinni olganligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi prokurori, yuridik fanlari nomzodi (PhD) I.Achilov “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari va uning huquqiy asoslari” mavzusida maʼruza qildi.

Shu bilan birga Korrupsiyaga qarshi kurashshish sohasiga oid normativ hujjatlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi.

O‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

#kongeologiya #mingeo #seminar #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Bosh_Prokuratura

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida navbatdagi seminar o‘tkazildi Joriy yilning 6-may kuni vazirlik va tizimosti korxonalar xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib…
💠 В Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялся очередной семинар по борьбе с коррупцией

6 мая текущего года был организован семинар с участием сотрудников министерства и подведомственных предприятий, направленный на проведение разъяснительной работы в сфере борьбы с коррупцией, а также на формирование у них непримиримого отношения к коррупционным проявлениям.

В мероприятии приняли участие сотрудники аппарата Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, а также руководители управлений и отделов более чем 20 подведомственных организаций.

Советник министра М. Пирожков проинформировал участников мероприятия о проводимой в министерстве работе в этой сфере.

В частности, было отмечено, что в марте текущего года Агентство по борьбе с коррупцией Республики Узбекистан опубликовало результаты рейтинговой оценки эффективности деятельности государственных органов и организаций в борьбе с коррупцией по итогам 2024 года. По итогам оценки Министерство горнодобывающей промышленности и геологии, набрав 95 баллов, заняло 2-е место среди 102 государственных учреждений.

Кроме того, в рамках семинара прокурор Управления по координации антикоррупционных мероприятий Генеральной прокуратуры Республики Узбекистан, кандидат юридических наук (PhD) И.Ачилов выступил с лекцией на тему «Механизмы борьбы с коррупцией в Узбекистане и их правовые основы».

Также были разъяснены положения нормативных документов, касающихся сферы противодействия коррупции, в частности Указа Президента Республики Узбекистан № УП-71 от 21.04.2025 г. «О мерах эффективной организации исполнения приоритетных задач, определенных для дальнейшего совершенствования системы противодействия коррупции», а также Постановления № ПП-147 от 21 апреля 2025 года «О мерах по обеспечению независимости и повышению эффективности деятельности подразделений внутреннего антикоррупционного контроля государственных органов и организаций».

Была проведена сессия вопросов и ответов, в ходе которой участники получили развернутые ответы на интересующие их вопросы.

#kongeologiya #mingeo #seminar #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Bosh_Prokuratura

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yoʻnalishlari” mavzusida oʻquv seminari o‘tkazildi

“Togʻ-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” DM tomonidan Kon-geologiya vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun 28 – 30-may kunlari “Kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yoʻnalishlari” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda professor Toshev Boboqul Norqobilovich, dotsent To‘xtaboyev Xayrullo Nosirovich va boshqa mutaxassislar tomonidan maʼruzalar qilindi.

Seminar yakuni bo‘yicha kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.

🔹 🔹 🔹

💠 Проведен учебный семинар на тему «Соблюдение правил профессиональной этики, устранение конфликта интересов и другие направления противодействия коррупции»

С 28 по 30 мая текущего года Государственным учреждением «Институт повышения квалификации работников сферы горнодобывающей промышленности и геологии» организован семинар для сотрудников центрального аппарата Мингеологии на тему: «Соблюдение правил профессиональной этики, устранение конфликта интересов и другие направления противодействия коррупции».

На мероприятии выступили профессор Тошев Бобокул Норкобилович, доцент Тухтабоев Хайрулло Насирович и другие специалисты.

Участникам, успешно завершившим курс, будут вручены сертификаты.

#kongeologiya #mingeo #seminar #TKSGSXMOI #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DMda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 19 iyun kuni “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “GIDROINGEO instituti” DM ijro apparati va tashkiliy bo‘linmalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Sag‘dullayev korrupsiyaga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va turlari, odob-axloq qoidalari, uning prinsiplari hamda Odob-axloq komissiyasi vakolatlari to‘g‘risida taqdimot qildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar, izohlar va tushuntirishlar berdi.

🔹 🔹 🔹

💠 В ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» проведено мероприятие по противодействию коррупции

19 июня текущего года в ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» был проведен очередной семинар, посвященный разъяснительной работе в сфере противодействия коррупции, повышению правовой грамотности и культуры сотрудников, а также формированию нетерпимого отношения к коррупции.

В мероприятии приняли участие ответственные сотрудники исполнительного аппарата и организационных подразделений ГУ «Институт ГИДРОИНГЕО».

Начальник отдела внутреннего антикоррупционного контроля Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Ш. Сагдуллаев выступил с презентацией по вопросам борьбы с коррупцией и ее правовым основам, понятию и видам конфликта интересов, нормам этики, их принципам, а также полномочиям Комиссии по этике. В завершение он ответил на интересующие участников вопросы, дал пояснения и разъяснения.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar #GIDROINGEO_instituti #tadbirlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ustuvor vazifalar, vazirlik xodimlarining bu boradagi shaxsiy maʼsuliyatini oshirish yuzasidan “Iqtisodiy o‘qish” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo‘yicha amalga oshilishli lozim bo‘lgan ustivor vazifalar hamda vazirlik xodimlarining bu boradagi shaxsiy maʼsuliyati to‘g‘risida “Iqtisodiy o‘qish” tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori, polkovnik Sh.Qobilov, Toshkent davlat yuridik unversiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori S.Niyozova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarini malakasini oshirish markazi, “Bandlik va inson resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri siyosiy fanlar nomzodi, dotsent X.To‘xtaboyev ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar o‘z taqdimotlarida korrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillar, Oʻzbekiston Respublikasida mazkur sohada yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbirda spikerlar seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.

🔹 🔹 🔹

💠 Экономическое обучение по приоритетным задачам в борьбе с коррупцией и повышению личной ответственности сотрудников министерства

20 июня текущего года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии было проведено экономическое обучение, посвященное выполнению приоритетных задач по дальнейшему формированию среды, свободной от коррупции, а также повышению личной ответственности сотрудников министерства в данном направлении.

В мероприятии приняли участие профессор Академии МВД Республики Узбекистан, полковник Ш.Кобилов; профессор кафедры уголовного права, криминологии и борьбы с коррупцией Ташкентского государственного юридического университета, доктор юридических наук С. Ниязова; заведующий кафедрой «Занятость и управление человеческими ресурсами» Центра повышения квалификации сотрудников Министерства по сокращению бедности и занятости, кандидат политических наук, доцент Х. Тухтабаев.

В ходе своих выступлений спикеры осветили вопросы, связанные с коррупцией и причинами её возникновения, рассказали о новых нормативно-правовых актах, принятых в Узбекистане в данной сфере, а также ознакомили участников с реализуемыми реформами.

Кроме того, в ходе мероприятия докладчики ответили на вопросы, интересующие участников семинара.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar #Iqtisodiy_oqish #tadbirlar #Mehnat_vazirligi #TDYU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha OKMK faoliyati ijobiy baholandi

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga xalqaro ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro sertifikati shuningdek, Oʻz DSt ISO 37001:2019/ISO 37001:2016 mahalliy sertifikatlari topshirildi.

Mazkur sertifikatlar “Management Certification” xalqaro sertifikatsiya idorasi tomonidan kombinat faoliyatida o‘tkazilgan audit natijalari va berilgan ijobiy xulosa asosida taqdim etildi.

Sertifikatlar korxonada korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan samarali boshqaruv tizimi mavjudligini hamda komplayens-menejment sohasidagi jahon andozalariga muvofiq ravishda ish yuritilayotganini koʻrsatadi.

🔹 🔹 🔹

💠 АГМК получил международные и национальные сертификаты в сфере антикоррупционного менеджмента

Акционерному обществу «Алмалыкский горно-металлургический комбинат» были вручены международный сертификат ISO 37001:2016 по системе менеджмента противодействия коррупции, а также национальные сертификаты Oʻz DSt ISO 37001:2019/ISO 37001:2016.

Указанные сертификаты были выданы международным сертификационным органом «Management Certification» по результатам проведенного аудита деятельности комбината и на основании полученного положительного заключения.

Сертификаты подтверждают наличие на предприятии эффективной системы управления, направленной на выявление, предупреждение и устранение коррупционных рисков, а также соответствие деятельности международным стандартам в сфере комплаенс-менеджмента.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #ISO37001_2016 #ISO37001_2019 #OKMK

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi tizimidagi sanoat korxonalarida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni tartibga solish bo‘yicha yangi huquqiy asos yaratildi

2025-yil 30-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining VMQ-400-son qarori qabul qilinib, Kon-geologiya vazirligi tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish, konchilik va sanoat korxonalari “Istisnolar ro‘yxati”ga kiritildi. Bu orqali ushbu korxonalarda yaqin qarindoshlarning birga ishlashiga belgilangan tartibda ruxsat berilishi nazarda tutilmoqda.

Mazkur qaror orqali “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK AJ”, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zbekko‘mir” AJ kabi strategik ahamiyatga ega yirik sanoat korxonalarining xodimlari manfaatlarining qonuniy himoyasi ta'minlandi. Bu hujjat manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatlarni bartaraf etishda yagona va aniq huquqiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

Qarorning kuchga kirishi orqali tog‘-kon va metallurgiya sanoatidagi yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish, ularning o‘z joyida faoliyatini davom ettirishini ta'minlash, ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish hamda yirik investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur huquqiy asos yaratildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Создана новая правовая основа для урегулирования конфликтов интересов на промышленных предприятиях системы мингеологии

30 июня 2025 года постановлением Кабинета Министров № VMQ-400 в перечень исключений были включены производственные, горнодобывающие и промышленные предприятия, входящие в систему Министерства горнодобывающей промышленности и геологии. Это решение предусматривает разрешение на совместную работу близких родственников на указанных предприятиях в установленном порядке.

С помощью данного постановления обеспечена правовая защита интересов работников таких стратегически важных промышленных гигантов, как АО «Алмалыкский ГМК», АО «Навоийский ГМК», АО «Узметкомбинат» и АО «Узбекуголь». Документ служит формированию единого и четкого правового подхода к предотвращению и устранению ситуаций, связанных с конфликтом интересов.

Вступление постановления в силу создало необходимую правовую базу для привлечения в горно-металлургическую отрасль высококвалифицированных специалистов, обеспечения их продолжительной деятельности на местах, сохранения социальной стабильности, повышения производственных показателей и успешной реализации крупных инвестиционных проектов.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Hukumat_qarori

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 AOKAda Inspeksiya faoliyati bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi

2025-yil 3-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda inspeksiya tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda sohada halollik muhitini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida jamoatchilikka batafsil ma’lumot berildi.

Brifing davomida 2025-yil uchun tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi” doirasida ishlab chiqilgan 15 dan ortiq ichki idoraviy hujjatlar, jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq qoidalari”, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish nizomi” amaliyotga joriy etilgani qayd etildi. 102 nafar xodim tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyalar to‘ldirilib, 13 nafar holatda ehtimoliy to‘qnashuvlar aniqlanib, qonuniy asosda bartaraf etilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, Sharqiy (Farg‘ona, Andijon, Namangan) va Markaziy (Toshkent, Sirdaryo, Jizzax) hududiy boshqarmalarda o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari yakunlari ham e’lon qilindi. Ayrim inspektorlarning qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygani, xizmat vazifalarini suiiste’mol qilgani aniqlanib, 15 nafar xodimga intizomiy chora ko‘rilgani, hujjatlar Bosh prokuraturaga taqdim etilgani ma’lum qilindi.

Brifingda, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standarti asosida joriy etish, xodimlarni o‘qitish va sohada ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham taqdim etildi.

🔹 🔹 🔹

💠 В АОКА состоялся брифинг по деятельности Инспекции

3 июля 2025 года в Агентстве по информации и массовым коммуникациям состоялся брифинг, посвященный деятельности Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии. На мероприятии была представлена подробная информация о мерах, принимаемых Инспекцией по противодействию коррупции, ее профилактике и формированию атмосферы честности в отрасли.

В ходе брифинга было отмечено, что в рамках утвержденной на 2025 год «Программы по борьбе с коррупцией» в практику внедрены более 15 внутренних нормативных документов, в том числе «Политика по противодействию коррупции», «Этический кодекс», «Положение об управлении конфликтом интересов». Отмечено, что 102 сотрудника заполнили декларации о конфликте интересов, при этом в 13 случаях были выявлены возможные конфликты, которые были устранены в соответствии с законом.

Также были озвучены результаты служебных проверок в Восточном (Ферганская, Андижанская, Наманганская) и Центральном (Ташкентская, Сырдарьинская, Джизакская) территориальных управлениях. Установлены факты нарушений закона и злоупотреблений со стороны отдельных инспекторов, в результате чего к 15 сотрудникам были применены дисциплинарные меры, а материалы переданы в Генеральную прокуратуру.

В рамках брифинга была представлена также информация о внедрении системы антикоррупционного менеджмента на основе международного стандарта ISO 37001:2016, обучении сотрудников и мерах по укреплению принципов прозрачности в отрасли.

#kongeologiya #mingeo #brifing #AOKA #TKSGSNQI #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyati ijobiy baholandi

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi ISO 37001:2016 Pora olish-berish bilan kurashish menejmenti tizimi xalqaro sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Mazkur hujjat Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatida o‘tkazilgan audit natijalari va berilgan ijobiy xulosa asosida taqdim etildi.

Sertifikat Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan samarali boshqaruv tizimi mavjudligini hamda komplayens-menejment sohasidagi jahon andozalariga muvofiq ravishda ish yuritilayotganini koʻrsatadi.

🔹 🔹 🔹

💠 Деятельность Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии в области борьбы с коррупцией получила положительную оценку

Инспекция по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии получила международный сертификат соответствия системе менеджмента противодействия взяточничеству ISO 37001:2016.

Данный документ выдан по итогам проведенного аудита и на основании положительного заключения о деятельности Инспекции.

Сертификат подтверждает наличие эффективной системы управления, направленной на выявление, предупреждение и устранение коррупционных рисков, а также свидетельствует о ведении деятельности Инспекции в соответствии с международными стандартами в области комплаенс-менеджмента.

#kongeologiya #mingeo #TKSGSNQI #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #ISO37001_2016

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM