Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
41.2K photos
5.65K videos
48 files
22.3K links
Download Telegram
#LIVE

Soʻgʻd delegatsiyasi Toshkent viloyatida

Ayni damda Tojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiyani Bekobod shahar “Oybek” chegara postida kutib olindi.

Ikki davlat hududlari oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, savdo masalalarida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsad qilingan uchrashuvda, mehmonlar Oʻrta Chirchiq, Zangiota, Yangiyoʻl, Toshkent hamda Boʻstonliq tumanlarida boʻlishadi. Hududlardagi ixtisoslashgan yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlarining qishloq xoʻjaligi, sanoat va yangi zamonaviy-innovatsion ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishadi.

Shuningdek, Soʻgʻd viloyatidan import qilinadigan mahsulotlarni oʻzlashtirishda hamkorlik qilish yuzasidan shartnomalar tuzish reja qilingan. Hududiy va tarmoq korxonalar oʻrtasida butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish boʻyicha manfaatli kelishuvlarga erishish imkoniyatlari ham yaratilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 25-28-fevral kunlari Toshkent viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyat sektor rahbarlari, vazirlik va tashkilot rahbarlari tomonidan ommaviy sayyor qabullari tashkil etilmoqda.

Ayni damda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida Yangiyo‘l tumani Barkamol avlod bolalar maktabi binosida mas’ullar ishtirokida aholi muammolari o‘rganilmoqda.

Bunda Yangiyo‘l shahar, tuman, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Zangiota tumanlari aholisining murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Jarayonni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali jonli kuzatib borishingiz mumkin.

📹 👉 📹 YouTube
📹 👉 Facebook

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LiVE

Respublika Ishchi guruhining sayyor qabullari davom etmoqda

Ayni damda Olmaliq shahar "Metallurg" madaniyat saroyi binosida Angren, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon shaharlari hamda Ohangaron tumani fuqarolari uchun respublika sektor hamda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari tomonidan murojaatlar va aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabuli o‘tkazilmoqda.

Jarayonlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri viloyat hokimligining rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.

📹 Facebook
📹 📹YouTube

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Ayni damda Chirchiq shahar "Kimyogarlar" madaniyat saroyida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Chirchiq shahar, Parkent, Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, Qibray, Toshkent tumanlari aholisi uchun o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabulda respublika, viloyat, tuman-shaharlarga tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Qabulda fuqarolarning muammo va takliflari eshitilib, masalalarning yechimi yuzasidan mas’ullar nazoratiga yo‘naltirilmoqda.

Jarayonlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri viloyat hokimligining rasmiy sahifalarida kuzatib borish imkoniga egasiz.

📱YouTube
📱Facebook

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh
#LIVE

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan, ayni damda Olmaliq shahar "Metallurg" madaniyat saroyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, barchani bugungi ayyom bilan tabriklab, jamiyatimizda xotin-qizlarning har sohada faolligi, fidokoronalik bilan mehnat qilishayotganini ta’kidladi hamda ularning kelgusi ishlariga muvafaqqiyat tiladi.

Bugungi kunda viloyatda faol, tashabbuskor bo‘lgan bir guruh xotin-qizlar sektor rahbarlari tomonidan Faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir avvalida 25 nafar ayolga "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishonlari topshirildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Ayni damda Toshkent viloyatida 2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z! ” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayili shaklida tashkil etilgan bayram tantanalari boshlandi.

Bugun Nurafshon shahridagi “Nurafshon Business City” dagi amfiteatrda boshlangan sayil barchaga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

Tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar, aholi vakillari mehmon bo‘lmoqdalar.

Bayram tantanalari davomida viloyat teatri  jamoasi tomonidan Navro‘zga bag‘ishlangan kompozitsiya va teatrlashtirilgan tomosha namoyish etilmoqda.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladi. Hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlarni e’tirof etdi.

Jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

📱Facebook

📱You Tube

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt |Parkent tumani "Qirgʻizovul"  mahallasi

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Bekobod tumanidagi "Yoshlik-2" mahalla fuqarolar yig‘inida ham “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt!"tadbiri bo‘lib o‘tyapti.

Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, qo‘shni Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va Gruziya davlatlaridan faxriy mehmonlar,  davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hudud faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik, aholi qatnashyapti.

Dastlab, bayram oldidan barcha birgalikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Do‘stlik bog‘i" ham barpo etilib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekdi.

Shundan so‘ng markaziy ko‘cha bo‘ylab mehmonlar mahalla guzaridagi mo‘jaz xiyobon tomon yurib, obodonlashtirish ishlarini ko‘rdi. Aholining ahil-inoq, totuv-hamjihat hayotini aks ettirgan to‘kin dasturxon yozildi.

Bayram davom etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
#LIVE

Ayni damda Toshkent viloyati hokimligi va "Toshkent viloyati suvtaʼminoti" AJ hamkorlikda OAV vakillari uchun press tur o`tkazilmoqda

Toshkent tumanida tashkil etilgan ushbu press turda turli OAV lardan 30 ga yaqin jurnalist va blogerlar ishtirok etishmoqda. Ishtirokchilar so‘ngi paytlarda hududdagi ijobiy o‘zgarishlar va ichimlik suvi bo‘yicha barcha yangilanishlarga o‘z obyektivlaridan nazar tashlamoqdalar.

T
adbir jarayonida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Osiyo taraqqiyot bankining loyihalari bilan ham tanishilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Ayni damda "Nurafshon Business City" hududida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Ikkinchi jahon urushi yillaridagi matonat va mustaqillik yillarida jonajon vatanimiz tinchligiga qilingan tahdidlar va qurolli hujumlarni bartaraf qilishda ko‘rsatilgan mardlik   namunalarini o‘zida aks ettirgan o‘ziga xos majmua bo‘lmish “Vatanparvar” bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda viloyat faollari, harbiylar, boshqarma-tashkilot rahbarlari, deputatlar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur bog‘ 1,5 gektar yer maydonida qisqa fursatlarda barpo etilgan bo‘lib, quruvchi va muhandislar, loyihachi va me’morlar, ziyolilar,  ma’naviyatchilar, tarixchilar, qadimshunos va arxiv xodimlariga munosib zahmati mujassam.

Bog‘ va muzey yana bir qutlug‘ ziyoratgohga aylanib, barchamizga, ayniqsa, yosh avlodga ibrat va vatanparvarlik maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilar Vatandoshimiz Zulfiya aya Zokirova va uning oilasi sharafiga yodgorlik majmuasiga gul qo‘yish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Ayni paytda Olmaliq shahar OKMK sport majmuasida "Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni" munosabati bilan gala konsert bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanovlar ham ishtirok etib, barchani ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, bir guruh faol ishchi-xodimlar turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonlari bilan mukofotlandi.

Bayram konserti davom etmoqda.

Mazkur bayram tadbiri to‘g‘ridan to‘g‘ri “Nurafshon” telekanali orqali efirga uzatilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Viloyatda tibbiyot sohasida 90 kunlik o‘zgarishlar davri boshlandi

Ayni damda Zoyir Mirzayev boshchiligida Yangiyo‘l shahrida viloyat tibbiyot muassasalari, shahar va tuman Tibbiyot birlashmasi rahbarlari, mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda joriy yilning 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘rib chiqilmoqda.


Xabaringiz bor, 2025-yil 1-iyuldan respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida tajriba-sinov tariqasida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini joriy etish hamda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulayliklar yaratish va tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiluvchi “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturini samarali tashkil etish yo‘lga qo‘yilmoqda. Viloyatda Yangiyo‘l shahri namuna bo‘ladi.

Bugungi muloqotda mazkur masalalar muhokama etilmoqda.

Yig‘ilish doirasida  kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ishtirokchilarning taklif-tashabbuslari ham tinglanmoqda.


Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Ayni damda "Nurafshon arena" markaziy oʻyingohida Toshkent viloyatidagi OAV vakillari va blogerlar oʻrtasida spartakiada boʻlib oʻtmoqda.

Viloyat hokimligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat bo‘limi, AOKA, Sport boshqarmasi va Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqalarda tuman-shahar ijodkorlaridan tuzilgan jamoalar sportning stol tennisi, shaxmat, shashka, futbol va voleybol turlari boʻyicha oʻzaro bellashishmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
#LIVE

Ayni damda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda viloyat hududlaridagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, Angren shahrida yangi avtobuslar yo‘nalishini tashkil etish, shuningdek, Yangiyo‘l, Chinoz, O‘rta Chirchiq tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan ishlar muhokama etilmoqda.

Jarayonlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri quyidagi havolalar orqali kuzatishingiz mumkin.

▶️🔵Facebook 🎬YouTube

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Minglab muxlislar O‘zbekiston jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘ildi

Ayni vaqtda poytaxtdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘layotgan O‘zbekiston — Qatar muhim futbol bahsi viloyatimiz bo‘ylab minglab muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.

Viloyat ma’muriy markazi Nurafshondagi Olim Ashirov nomidagi stadionda ham haqiqiy futbol muhiti hukm surmoqda. Joylashtirilgan katta ekran orqali futbol uchrashuvi jonli namoyish etilmoqda. Yig‘ilganlar bayramona ruhda jamoamizga muxlislik qilmoqdalar.

Bizni kuzatishda davom eting

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Nurafshonda «Yangi O‘zbekiston yoshlar birlashaylik!» festivali o‘tmoqda

Ayni paytda Nurafshon shahrining markaziy o‘yingohida yoshlar uchun unutilmas tadbir — «Yangi O‘zbekiston yoshlar birlashaylik!» shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festivalga viloyatning barcha shahar va tumanlaridan minglab faol va tashabbuskor yoshlar yig‘ilgan.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yoshlarga o‘z tabrigini yo‘lladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Yoshlar festivali ko‘tarinki ruhda davom etmoqda

Ayni paytda viloyatimizning ma’muriy markazi – Nurafshon shahrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida festival o‘tkazilmoqda.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Viloyatimiz hokimi Zoyir Mirzayev yoshlarga tabrik so‘zida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy mazmun-mohiyati bu – katta hayotga dadil kirib kelayotgan navqiron avlodga munosib turmush tarzini barpo etish, ularning orzu intilishlarini ro‘yobga chiqarish ekanligini alohida ta’kidladi. 

Tadbirda bir guruh faol yoshlar, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida ulkan marralarni zabt etgan yigit-qizlar Toshkent viloyati hokimligi tomonidan taqdirlandi.

30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Nurafshonda bayram konserti davom etmoqda

Ayni vaqtda 30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tantanali marosim davom etmoqda.

Bayramda viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan san’at ustalari ishtirokidagi badiiy dastur namoyish etilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Rasmiy

Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 16-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda viloyat hokimining oʻrinbosarlari, masalaga aloqador kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, deputatlar va faollar qatnashmoqda. Shuningdek, shahar va tumanlar uchun videokonferensaloqa tarzida ulangan.

Sessiya kun tartibiga 8 ta masala kiritilgan.

Sessiya ishini Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva olib bormoqda. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot beruvchi masʼullar nutq so‘zlamoqda.

Xususan, birinchi masala yuzasidan oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida viloyat Adliya boshqarmasi masʼul xodimi Baxovuddin Salayev axborot bermoqda.

Sessiya ishi davom etmoqda..

Sessiyani hokimlikning rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin

⭕️ Facebook

⭕️ You Tube

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Mehnat yarmarkasi: 4000dan ortiq ish o‘rinlari taklif etildi

Ayni damda viloyatda ishsizlar, yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur tadbir Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Ishga marhamat” kasbiy ko‘nikmalar markazida bo‘lib o‘tmoqda.

Yarmarka viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlar, ayollar, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari, shuningdek, ishsiz fuqarolar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Yarmarkada 200ga yaqin korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 4042 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etmoqda.

Yarmarka doirasida mehnat munosabatlari, mehnat qonunchiligi va kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlar ham taqdim etilmoqda. “Ishga marhamat” markazida kasbiy tayyorgarlik kurslari hamda korxonalarga turlar ham tashkil etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM