Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
41.2K photos
5.65K videos
48 files
22.3K links
Download Telegram
#Obodlik

Hududlarda aholi turmush farovonligini oshirish, manzillar qiyofasini yaxshilash borasidagi bunyodkorlik, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari jadallik bilan olib borilmoqda.


Fotosur'atlarda Bekobod, Nurafshon shahri va Boʻka, Zangiota, Qibray, Yangiyoʻl tumanidagi jarayonlar aks etgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi mablag' va yer ajratish bilan bog'liq bir nechta qaror va farmoyishlarni imzoladi.


Jumladan,

Bekobod shahar hududidan street-workout hamda universal sport maydonchasi qurilishi uchun 489,15 kv metr yer maydoni ajratildi;

“Nurafshon biznes city” hududida test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan namunaviy tipdagi pavilion binosining shamollatish (ventilyatsiya, chiller) tizimini o‘rnatish xarajatlari uchun 2 milliard 800 million so'm miqdorda mablag' ajratildi;

Chirchiq shahridagi 3-sonli va Parkent tumanidagi 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktablarini moddiy texnik bazasini mustahkamlash va musiqa anjomlari bilan ta’minlash xarajatlari uchun 776 million so'mdan ziyod mablag' ajratildi;

Ohangaron tumani “Telov” MFY hududidan universal sport maydonchalari qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi asosida 0,05 gektar yer maydoni ajratilishi belgilandi;

Parkent tumani, “Kumushkon” MFY hududida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 0,12 gektar yer maydoni yong‘in qutqaruv qismi ma’muriy bino-inshootlari qurilishi uchun viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi;

Toshkent shahrida o‘tkazilgan (“CAEx Uzbekistan”) “INNOPROM. Markaziy Osiyo” 5-xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida Toshkent viloyatiga biriktirilgan Moskva viloyati hamda Boshqirdiston Respublikasi delegatsiya a’zolarini munosib kutib olish, tushlik va kechki ovqat xarajatlari uchun 125 million so‘m mablag‘ ajratildi;

Bo‘stonliq tumanidagi 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatda yakunlab, foydalanishga topshirish xarajatlari uchun 1 milliard 161 million 800 ming so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi;

Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” MFY hududidan 0,28 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi yer maydoni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasiga ichimlik suvi inshooti qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #уведомление

30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni

Sana munosabati bilan 25-31 iyul kunlari "Do‘stlik" festivali tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida viloyatimizning barcha hududlarida, madaniyat markazlari, tomosha maydonlari, so‘lim hiyobonlari hamda istirohat bog‘larida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Barchani mazkur tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
____

30 июля - Международный день дружбы

В связи с этим праздником 25-31 июля состоятся мероприятия фестиваля «Дўстлик» («Дружба»).

В рамках данного фестиваля во всех районах и городах столичной области, в Центрах культуры, на концертных площадках, тенистых аллеях, а также в парках культуры и отдыха организуются и проводятся различные духовно-образовательные мероприятия.

Приглашаем всех принять активное участие на этих мероприятиях!

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Bugun Oqqo'rg'on tumani tashkil topganiga 90 yil bo'ldi

Oqqo'rg'on tumani 1935-yilning 28-iyulida tashkil topgan bo'lib, tuman tarkibida jami 29 ta mahalla mavjud. Tuman Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq, O'rta Chirchiq, Piskent, Bo'ka tumanlari va Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani bilan chegaradosh.

Hududi: 0,40 km²

Aholisi: 114 750
nafar.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

"Dolzarb 90 kunlik": Hududlarda yozgi ta'til vaqtida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari jadallik bilan davom etmoqda

Angren shahri. 1-son politexnikumida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostidagi sport tadbiri bo‘lib o'tdi.

Bekobod shahri. 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ingliz tili fanidan to'garak mashg'ulotlari o'tkazildi.

Ohangaron shahri. Yoshlar o'rtasida ingliz tili, matematika fan to'garaklari hamda sportning voleybol va shaxmat turi bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.

Yangiyo'l shahri. Ijtimoiy soha obyektlarida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Olmaliq shahri. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida sport musobaqasi o'tkazildi.

Chirchiq shahri. Chirchiq davlat pedagogika universitetida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Nurafshon shahri. "Nurafshon" mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Bekobod tumani. Mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari hamda maktab jamoasi hamkorligida musobaqa o'tkazildi.

Bo'ka tumani. O'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida samarali ishlar yo'lga qo'yildi.

Bo'stonliq tumani. 15- va 44-sonli umumta’lim maktablarida turli to'garaklar tashkil qilingan.

Zangiota tumani. Yoshlar ishtirokida ko'ngilochar, madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Ohangaron tumani. 33-sonli umumta'lim maktabida to‘pni tezkor uloqtirish musobaqasi tashkil etildi.

Oqqo'rg'on tumani. Nuroniylar va yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri uyushtirildi.

Piskent tumani. Bolalar uchun mazmunli va maroqli dam olishni ta’minlash maqsadida amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Parkent tumani. Yoshlar yetakchilari ishtirokida milliylikni targ'ib qilishga qaratilgan tadbir bo'lib o'tdi.

Toshkent tumani. Yozgi reja asosida turli dars mashg‘ulotlari va to‘garaklar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. "Millatlar do'stligi" madaniyat saroyida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

O'rta Chirchiq tumani. 72-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida turli yo‘nalishlarda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Quyi Chirchiq tumani. 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Suv bayrami" tadbiri bo'lib o'tdi.

Qibray tumani. 14-umumta’lim maktabida basketbol musobaqasi, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, kitobxonlikni targ‘ib etuvchi loyihalar hamda fan to‘garaklari tashkil etildi.

Yangiyo'l tumani. 22-sonli umumta’lim maktabida sport musobaqalari o'tkazildi.

Chinoz tumani. 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog’lomlashtirish tadbirlari doirasida turli toʻgaraklar faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TASHABBUS

🤚"TURON" MAKTAB TЕATR TANLOVINING TOSHKЕNT VILOYAT HOKIMI TURNЕRI O‘TKAZILADI

🇺🇿Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi doirasida 2024-yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Turon" maktab teatri tanlovi tashkil etildi. Tanlov ikki yildan buyon respublika miqyosida keng ko‘lamda 4-bosqichda o‘tkazilib kelinmoqda.

🇺🇿 Joriy yil 23-iyul kuni Toshkent viloyati hokimligida o‘tkazilgan "Hokimlik soati"da Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev aynan marzur tanlov bilan bog‘liq yana bir tashabbusni ilgari so‘rdi.
➡️Unga ko‘ra, "Dolzarb 90 kun"lik doirasida 1-14-avgust kunlari viloyat umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman (shahar) hamda viloyat bosqichlari tashkil etiladi.


🟠Mazkur tanlov Nizomi asosida 3-bosqichda🟠:
🟠Tuman (shahar) bosqichlari 1-5-avgust kunlari;
🟠Tuman shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar mintaqa bosqichida 6-9-avgust kunlari ishtirok etadilar.
🟠Yakuniy viloyat bosqichi 12-avgust kuni o‘tkaziladi.

🔴Ma’lumot uchun🔴:
🟠1-mintaqa: 2025-yil 6-avgust
Angren, Ohangaron, Olmaliq shahar, Ohangaron, Piskent tumanlari (Angren shahar 17-maktab binosida)

🟠2-mintaqa: 2025-yil 7-avgust
Chirchiq shahar, Qibray, Toshkent, Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq tumanlari (Parketnt tumanida joylashgan "Chotqol" madaniyat saroyi )

🟠3-mintaqa: 2025-yil 8-avgust
Bekobod, Nurafshon shahar, Bo‘ka, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq tumanlari (Nurafshon shahar "TONG" madaniyat saroyida)

🟠4-mintaqa: 2025-yil 9-avgust
Yangiyo‘l shahar, Yangiyo‘l, Zangiota, Quyi Chirchiq, Chinoz tumanlari ( Yangiyo‘l shahar 57-sonli madaniyat markazi ).

🔴Tanlovda maktab jamoangiz bilan ishtirok eting.

🖊Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Zoyir Mirzayevning fuqarolar uchun qabuli bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning fuqarolar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan qabulga Piskent, O‘rta Chirchiq, Toshkent tumanidan murojaat qilgan fuqarolar taklif etildi.

Onlayn tartibda o‘tgan qabulda tegishli hudud hokimlari, boshqarma va tashkilot rahbarlari qatnashdi.

Muloqotda 50 dan ziyod fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xalq xo‘jaligining turli sohalariga doir yangi taklif va mulohazalari eshitildi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimining fuqarolar uchun qabuli uzluksiz, muntazam davom etmoqda. Ro‘yxatga yozilish uchun Xalq qabulxonasiga murojaat etish so‘raladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Zoyir Mirzayevning fuqarolar uchun qabuli bo‘lib o‘tdi

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dayjest_28_07_2025
Moʻminova. Sh
🟦🟦🟦

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.


⏺️Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi boshchiligida navbatdagi "Hokimlik soati" yig‘ilishi o‘tkazildi.

⏺️Bo'ka tumani. Mutasaddilar ishtirokida o'tgan yig'ilishda muhim masalalar muhokama qilindi.

⏺️Chinoz tumani. "Birlik" mahallasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil qilindi.

⏺️O‘rta Chirchiq tumani. "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turuvchi 150 nafar xotin-qiz ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

⏺️Zangiota tumani. Mas'ullar boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda qator masalalar muhokama qilinib, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar ko'rib chiqildi.

⏺️Bekobod shahri. "Bobur" mahallasi hududida bunyod etilayotgan yangi "Bobur bog‘i"da shahar hokimi rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

⏺️Angren shahri. Yosh oila vakillari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

⏺️Piskent tumani. Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ustuvor yo'nalishlar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM