Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
41.2K photos
5.65K videos
48 files
22.3K links
Download Telegram
#Rasmiy

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sessiyasi haqida axborot

Bugun Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq, beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya kun tartibiga oʻn ikkita masala kiritildi. Xususan, majlisda deputatlar qurilish, kommunal soha, budjet, ekin yerlaridan unumli foydalanish doir dolzarb masalalarni muhokama qildilar va mutasaddilarning axboroti eshitildi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalarga aloqadar tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Kengash qarorining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Sessiya ishini Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayziyeva olib bordi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Официально

Toshkent viloyati delegatsiyasi Malayziyada manfaatli muzokaralar
oʻtkazmoqda
________

Делегация Ташкентской области
проводит в Малайзии успешные переговоры

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

“Eltuz” telegram kanalida Ohangaron tumanida 20 gektar giloszordagi daraxtlar kesib tashlangani haqida tanqidiy material chop etildi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Postda yozilganidek, Ohangaron tumanidagi 20 gektar giloszor deyilayotgan bogʻ, aslida, “Buviniso Olima” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan bodomzor boʻlib, ushbu bodomzor 2020-yilda tashkil etilgan. Yangi ekilgan bodomlar erta gullaydigan navidan boʻlganligi sababli, oʻtgan yili qishda koʻchatlarni sovuq urgan. Fermer xoʻjaligi rahbari Iskandar Sarimsaqov 2024-yilning 16-fevral kuni oʻz fermer xoʻjaligiga qarashli 592, 593, 594, 595, 596 va 597-konturdagi jami 16 gektar yer maydonidagi bodomzorning hosildorligi va rentabelligi yoʻqligi sababli, ushbu bogʻni buzib, oʻrniga boshqa daraxt koʻchatlarni oʻtqazishni soʻrab, tuman hokimiga murojaat etgan. 

Uning ushbu murojaati yuzasidan tuman Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari Kengashi rahbari Abdumannob Xoʻjayorov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, fermerning arizasida koʻrsatilgan holat oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida mazkur yer maydoniga 2019-2020-yil bahor-kuz oylarida bodomning “Qilich”, “Бумажный” navlari ekilgan va ushbu bogʻga tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan. Biroq jami 16 gektar yer maydonidagi bodomzor 2023-yil qish oylaridagi anomal sovuq tufayli hamda tuproq iqlim sharoitining sovuqligi, shuningdek, bodomlar erta gullaganligi bois, uning gullari, kurtaklari va tana qismini sovuq urganligi aniqlangan. Koʻchatlar yaroqsiz holga kelganligi uchun, ushbu bodomzor iqtisodiy jihatdan samarasiz, deb topilgan. Fermerga esa ushbu bogʻni buzib, iqlim sharoitidan kelib chiqib, eksportbop, intensiv, serhosil va iqtisodiy samarador boʻlgan mevali daraxt koʻchatlarini ekish tavsiya etilgan.

Shundan kelib chiqib, “Buviniso Olima” fermer xoʻjaligi rahbari oʻz xohishi bilan ushbu bogʻni 2024-yilning dekabr oyida buzgan. Ushbu yerga fermer xoʻjaligi tomonidan shu yilning bahor oylarida boshqa turdagi mevali daraxt koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan.

Bu joy kommunikatsiya tarmoqlari va aholi yashash manzilidan uzoqligi bois, koʻp qavatli uylar qurilishi toʻgʻrisidagi gaplar mutlaqo asossizligini bildiramiz.

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Официально

Kun tartibidagi muhim masalalar muhokama
qilindi
________

Important issues on the agenda are
discussed
________

Были обсуждены вынесенные в повестку дня важные вопросы

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Toshkent viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safariga doir axborot

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida boʼlib turibdi. Bu yerda savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish borasida bir qator manfaatli uchrashuvlar oʼtkazilmoqda.

Muzokara va muloqotlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki xalq oʼrtasidagi doʼst-birodarlikni mustahkamlashga qaratilgan oqilona siyosati yuksak ijobiy samara berayotgani qayd etildi. Bugun birgina Toshkent viloyatida 700 dan ortiq Xitoy kapitali ishtirokidagi qoʼshma korxona faoliyat yuritmoqda, ularda oʼn minglab vatandoshimiz mehnat qilmoqda.   

Oʼzbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasida Zoyir Mirzayev Shandun provintsiyasi tadbirkorlari bilan muloqot qildi. Muzokaralarda sanoat, qurilish, maishiy xizmat koʼrsatish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari xususida soʼz bordi. Shuningdek, aholi dam olish maskanlari, xiyobon va istirohat bogʼlarini qayta tiklanuvchi energiyaga oʼtkazish, "Xitoy tajribasi" asosida qayta jihozlash borasida tomonlar fikr almashdilar.

Muzokaralarda Shandun provintsiyasi ilmiy-ommabop tadqiqotlar assotsiatsiyasining bosh kotibi Su Chjitszyun, «Sky Success International Investment Co.» i «Sky Asia International Investment Limited» kompaniyasi direktori Sun Xayfen, «Zhongru Ke Xinda Construction Group Co.» qurilish kompaniyasi bosh direktori Gao Szyunxay singari 10 dan ortiq taniqli tadbirkor ishtirok etdi. 

Toshkent viloyati hokimligi va «Beijing China sciences runyu environmental technology co ltd» kompaniyasi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʼra, Yangiyoʼl shahrida qiymati 120 million АQSh dollari boʼlgan chiqindini qayta ishlash zavodi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushsa, kuniga 800 tonna chiqindi yoqish orqali ishlaydigan elektr stantsiyasi aholiga xizmat koʼrsatishni boshlaydi.

Mazkur loyihani kelgusida yanada kengaytirib, kunlik quvvatini 4 ming tonna chiqindini zararsiz yoqish, elektr energiyasi ishlab chiqarish koʼzda tutilmoqda. Yaratilayotgan ish oʼrni 150 nafardan ortiq. Stantsiya toʼliq quvvat bilan ishga tushganida, sarmoyaviy miqdori 400 million АQSh dollariga yetishi kutilmoqda.

Vakillarimiz bugun kunning ikkinchi yarmida Аnxoy provintsiyasi Xefey shahriga joʼnab ketishdi. U yerda ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishuv, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy muzokaralar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Mirzayev Azamat Egamberdiyevich Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

A.Mirzayev tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

═══════════

В соответствии с приказом Генерального прокурора старший советник юстиции Мирзаев Азамат Эгамбердиевич назначен прокурором Ташкентской области.

А.Мирзаев ранее занимал должность прокурора Навоийской области.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Oфициально

Azamat Mirzayev Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi

Toshkent viloyati hokimligida faollar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Majlisda viloyatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi mavjud holat tahlil qilindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Mirzayev Azamat Egamberdiyevichni Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlash haqidagi qarori o‘qib eshittirildi. Azamat Mirzayev tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
________

Азамат Мирзаев назначен прокурором Ташкентской области

В хокимияте Ташкентской области состоялось видеоселекторное совещание с участием актива области. На совещании рассматривалось положение дел в столичном регионе относительно обеспечения верховенства закона.

Также на видеоселекторном совещании был рассмотрен организационный вопрос. Присутствующим было зачитано решение Генерального прокурора Республики Узбекистан о назначении Азамата Эгамбердыевича Мирзаева прокурором Ташкентской области. Азамат Мирзаев до этого назначения работал на должности прокурора Навоийской области.

В работе совещания принял участие и выступил с речью Генеральный прокурор Республики Узбекистан Нигматилла Юлдашев.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Oфициально

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi haqida
rasmiy axborot
________

Official information on the next session of the Tashkent regional Council of People's deputies
________
Официальная информация об очередной сессии Ташкентского областного Кенгаша народных депутатов

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Официально

«Yashil makon» umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi uchun reja va vazifalar muhokama
qilindi
________

Plans and tasks for the spring season of the nationwide project "Yashil Makon(Green Space)" are
discussed
________

Обсуждены планы и задачи по весеннему сезону общенационального проекта «Yashil makon»

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Chigit yerga tushdi – kuzgi mo‘l xirmon uchun tamal qo‘yildi

Bugun Bekobod tumanidagi "Avangard" hududida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida tuman hokimlari, soha mas’ul tashkilotlari, paxta klasterlari korxonalarining rahbarlari ishtirokida joriy yilning hosili uchun chigit ekish tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Unda Zoyir Mirzayev joriy yilda jami 45,5 ming gektar maydonga urug‘ qadash reja qilinayotganligini ta’kidladi. Shuningdek, Xitoy texnologiyasi asosida 22 ming gektarga yaqin hududga chigit ekiladi. O‘tgan yilgiga nisbatan hosildorlik rejasi 7 sentnerga oshiriladi.

Seminarda 90 sm sxemada chigit ekilmasligi qat’iy belgilandi. O‘tgan mavsumda Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on tumanlarining ayrim hududlarida chigit kechikib ekilgani, Quyichirchiq tumanida agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazilmagani hosildorlikning keskin pasayishiga olib kelgani to‘g‘risidagi xato va kamchiliklarga ham to‘xtaldi.

Chigit ekishni 1-aprel kuniga qadar yakunlash maqsadida barcha tumanlarda ekishni uyushqoqlik bilan sifatli qilib o‘tkazish va ko‘chatni to‘liq undirib olish bo‘yicha bugundan boshlab har bir tuman va hududlarda yalpi safarbarlik e’lon qilinib, chigit ekish ommaviy ravishda boshlandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham so‘zga chiqib, g‘ozani plyonka ostida intensiv texnologiyalar asosida yetishtirishda yerni sifatli ekishga tayyorlashning samaradorligi, chigit ekiladigan maydonlarga suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash to‘g‘risida yig‘ilganlarga keng tushuntirishlar berdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Официально

“Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni
topshirildi
________

Awarded the "Mahalla Iftikhori" badge
________

Вручены нагрудные знаки “Маҳалла ифтихори”

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Официально

Qishloq xo‘jaligi: ustuvor vazifalar ijrosi tanqidiy
tahlil qilindi
________

Agriculture: the implementation of priority tasks is critically
analyzed
________

В Бекабадском районе прошло совещание по вопросам
посева хлопчатника

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Официально

Bo'ka va Piskent tumanida qishloq xo'jaligi masalalari tanqidiy tahlil
qilindi
________

Вопросы сельского хозяйства Букинского и Пскентского районов были
проанализированы в критическом ключе

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi haqida axborot

Ayni paytda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritildi. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan nutq so‘zladi.

Viloyat hokimi o‘z so‘zida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir va kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalarga to‘xtaldi. Jumladan, xizmatlar, investitsiya, byudjet tushumlarini ta’minlash borasida hudud bugun viloyatda eng oxirgi o‘rinlarda ekanligi qayd etildi.

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Do‘stbekov Shuhrat Begimqulovich yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Nizomiddinov Zaynilobiddin Shahobiddinovich nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashida Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi sayyor tarzda Oqqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tmoqda

Sessiyada Vazirlar Mahkamasining 2024-yili qabul qilingan Oqqo‘rg‘on tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan Qarori doirasida bajarilgan ishlar muhokama qilinadi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani hokimi T.Bobolovning hisoboti eshitilishi rejalashtirilgan.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev videokonferensaloqa orqali ishtirok etmoqda.

▶️ Sessiyani onlayn ko‘rish: Facebook

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining XII-sessiyasi sayyor tartibda Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oqqo‘rg‘on tumanini 2024-2025-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qarorining joriy yil birinchi chorakdagi ijrosi muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan mas’ullarning hisoboti eshitildi va tanqidiy, tahliliy muhokama qilindi.

Sessiya ishini ayni paytda viloyatimizda o‘zaro tajriba almashish maqsadida bo‘lib turgan Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining bir guruh deputatlari ham kuzatib bordi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev videokonferensiya orqali ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Bugun, 6 - iyul kuni soat 16:38 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Qoranko‘l” MFY qir-adirligida quruq o‘t (shox-shabba) yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:00 da yetib borgan va soat 18:50 da qurshab olingan.

Shuningdek, yong‘in hududi kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun “Burchmulla” o‘rmon xo‘jaligidan ham yong‘in o‘chirish ishlariga xodimlar jalb qilingan.

Hodisa oqibatida aholi punktlariga xavf yetmagan va tan jarohati olish holatlari yo‘q, yong‘in soat 19:16 da o‘chirilganini ma’lum qilamiz.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Rasmiy

Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 16-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda viloyat hokimining oʻrinbosarlari, masalaga aloqador kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, deputatlar va faollar qatnashmoqda. Shuningdek, shahar va tumanlar uchun videokonferensaloqa tarzida ulangan.

Sessiya kun tartibiga 8 ta masala kiritilgan.

Sessiya ishini Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva olib bormoqda. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot beruvchi masʼullar nutq so‘zlamoqda.

Xususan, birinchi masala yuzasidan oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida viloyat Adliya boshqarmasi masʼul xodimi Baxovuddin Salayev axborot bermoqda.

Sessiya ishi davom etmoqda..

Sessiyani hokimlikning rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin

⭕️ Facebook

⭕️ You Tube

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Bugun, 23-iyul soat 10:50 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qibray tumani, "G‘.G‘ulom" MFY,  A.Navoiy ko‘chasida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Yong‘inni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:57 da voqea joyiga yetib borib, 11:17 da maydon o‘rab olingan va yong‘in soat 11:50 da to‘liq o‘chirilgan.

Tan jarohati olganlar toʻgʻrisida murojaat kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Bo‘stonliq tumani Xo‘jakent o‘rmon xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in boʻyicha bayonot

Bugun, 24-iyul kuni soat 11:16 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Boʻstonliq tumani "Xo'jakent" MFY tog‘li hududida taxminan 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

FVVning yong‘in-qutqaruv ekipaji qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga 11:30 da yetib borgan va hudud qurshab olingan.

Ayni vaqtda yong‘in bartaraf qilinmoqda. Ushbu yong‘inni bartaraf etish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan.

Yong‘inni keltirib chiqargan sabablar va boshqa tafsilotlar haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

Behzod Kabulov,
Toshkent viloyati hokimining
matbuot kotibi


Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM