Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.8K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
Audio 12.03.2024
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Bo’ka tumani. IIB boshlig'iga biriktirilgan yoshlarning muammolari o'rganildi.

🔘
Yangiyo’l tumani. Tumanda aholi bandligini taʼminlash va daromad olishi uchun amaliy ishlar davom etmoqda.

🔘
Nurafshon shahri. Yoshlarning muammolari tizimli tarzda oʻrganilmoqda.

🔘
O’rta Chirchiq tumani. "Ayollar daftari"da turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun gala-konsert uyushtirildi.

🔘Chinoz tumani. 10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabda bir nechta tashkilotlar hamkorligida ma’naviy-maʼrifiy tadbir o’tkazildi.

🔘
Ohangaron shahri. Shahar hokimi boshchiligida joriy haftadagi vazifalarni belgilab olish hamda muhim masalalar muhokamasiga bag'ishlangan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda "Hokim va yoshlar uchrashuvi" tashkil qilindi.

🔘Yangiyo’l shahri. Sport maktabida "Yosh qutqaruvchi" ko‘ngillilar musobaqasi oʻtkazildi.

🔘Angren shahri. “Obliq” mahallasida aholi muammolarini hal etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Angrenda ixtisoslashtirilgan taekvondo markazi barpo etiladi

Angren shahar, "Bobotogʻ" MFY hududida joylashgan 0,32 gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan davlat zaxirasidagi yer maydoni Toshkent viloyati Sport boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Mazkur yer maydonida ixtisoslashtirilgan taekvondo markazini barpo etish belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Toshkent viloyati Harbiy maʼmuriy sektorining 2024-yilgi tasdiqlangan "Yoʻl xaritasi"ga asosan qurilish, taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

"Yoʻl xaritasi"da koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 9 milliard 31 milliondan ortiq mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV_nigoh

Endilikda, Chinozning “Tomorqadan 2-3-martagacha hosil olish” tajribasi respublikada keng qoʻllaniladi.

Bunda Koreya texnologiyalari asosida issiqxonalar barpo etish koʻzda tutilmoqda.

Batafsil maʼlumolar bilan “Oʻzbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan lavhada tanishishingiz mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Parkent tumani potensiali va “oʻsish nuqtalari” aniqlandi. Kelgusida hududda qanday oʻzgarishlar boʻladi

Turkiyaning kichik aviatsiya sohasidagi tajribasi asosida Parkent-Kapadokiyasiga aylantiriladi, shuningdek, Fransiya va Italiya tajribasi asosida vinochilik uylari, degustatsiya va eko-sayl turistik xizmatlari tashkil etiladi.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio 13.03.2024
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba – investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Yangiyo’l shahri. Shaharda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi ortmoqda.

🔘Bo’ka tumani. Xorijlik investorlar bilan muzokaralar o'tkazildi.

🔘Bekobod tumani. Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan investorlar delegatsiyasi bilan qo'shimcha loyihalar bo'yicha muhokamalar boʻlib oʻtdi.

🔘Ohangaron tumani. "Toshkent conch cement" xorijiy korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorga realizatsiya qilinmoqda.

🔘Chinoz tumani. Tuman hokimining o‘rinbosari "Gulzorobod" mahallasida "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zona"sidagi loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔘Ohangaron shahri. Investitsiyalar, sanoat va savdo bo’limi xodimlari tomonidan "Mega Ceramic Group" MChJ korxonasida eksport masalasi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔘Bo’stonliq tumani. Tuman hokimi kam quvvatda ishlayotgan sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi masʼullari tomonidan tumanda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirilishi bo‘yicha korxonalar faoliyati o‘rganildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa vazifada ish boshlashi kutilmoqda

Chirchiq shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev uning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.

Davron Hidoyatovga viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i topshirildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

"Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron va Piskent tumanlarida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish" investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorlarni imzoladi.

Shuningdek, mazkur qarorda nomlari keltirib oʻtilgan tumanlar hududida elektr energiyasini saqlash tizimi, elektr uzatish tarmoqlari va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olish hamda ularning chegaralariga aniqlik kiritish vazifasi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Qibray tumanining bir qator mahallalari elektr taʼminotidan uzildi

Tuman elektr taʼminotiga qarashli X.l 6 va X.l 10 kvlarda nosozlik (avariya) yuzaga kelganligi sababli, Jomiy, Sharq, Mustaqillik, Oʻtkir, Turkiston, ilgʻor, Xoʻjaqoʻrgʻon, Poʻlat qadam, Yoshlik, Uzumzor va Oq-oltin mahallalarida elektr taʼminotida vaqtinchalik uzilish boʻldi.

Hozirda nosozlikni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda

Noqulayliklar uchun Qibray tuman elektr taʼminoti isyemolchilardan uzr soʻraydi.

Dispetcherlik xizmati: ☎️70/202-07-15; 95/014-11-54

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш мақсадида Сирдарё вилоятига йўл олди. Сафар асносида давлатимиз раҳбари Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Нуриддин Холиқназаров билан самимий суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с условиями жизни населения отбыл в Сырдарьинскую область. По пути глава государства провел искреннюю беседу с председателем Управления мусульман Узбекистана, муфтием Нуриддином Холикназаровым.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Ramazon #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Toshkent viloyati hududidan 1720 ta tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!

🔹
Angren shaharida 207 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 103 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 237 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 22 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Quyichirchiq tumanida 213 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 38 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 71 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 40 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 347 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 75 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 130 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 28 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 22 ta (Ko'rish)

Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting!!!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kengash_qarori

Toshkent viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʻp farzandli, nogironligi boʻlgan shaxslar va yolgʻiz qariyalar, oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz boʻlgan shaxslar moddiy qoʻllab-quvvatlanadi.

Jami 56 nafar fuqaroga "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 480 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM