Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.5K photos
5.31K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Rasmiy

Ijtimoiy himoya tizimida erishilgan natijalar tanqidiy tahlil qilindi

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev raisligida viloyatimizda ijtimoiy himoya borasida qilinayotgan ishlar sarhisobiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda kambagʻallikka qarshi kurashish, kambagʻal oilalarni aniqlash va ularga xizmatlar koʻrsatish, kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha qilingan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Bu borada respublika ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganish yakunlari boʻyicha xulosa oʻqib eshittirildi.

Qayd etilganidek, joylarda kambagʻal oilalarni aniqlash, ularni reyestrga kiritib, faol ish olib borish boʻyicha amaldagi tartib ishga alohida masʼuliyat bilan yondashishni taqozo qiladi. Xususan, xatlov natijalariga koʻra, kambagʻal deb hisoblanayotgan oilalarni oʻrganib, elektron platformaga kiritish, oilaning shart-sharoitiga baho berishda tezkorlik yetishmayapti.

– Davlatimiz rahbarining bu boradagi yuksak insonparvarlik siyosatini tatbiq etishda bir daqiqa ham sustkashlikka yoʻl qoʻymaslik, yordamga muhtoj oilani tezlik bilan reyestrga kiritib, amaliy yordam berishni boshlash zarur. Bu masalada sustkashlikka yoʻl qoʻyganlarning sohada ishlashga haqi yoʻq, – dedi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev.

Yigʻilishda, shuningdek, faol hayotga qaytish istagida boʻlgan nogironligi boʻlgan fuqarolar bilan ishlash, ularning orzu-maqsadlaridan kelib chiqib, sharoit yaratish borasidagi ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi. Jumladan, 2025-yilda viloyatda ularning 530 nafari adaptiv sport turlariga jalb qilinadi, 765 nafari kasb-hunarga oʻqitiladi, mehnatga layoqatli 2 412 nafar fuqaro esa jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga moslashtirilgan ish bilan taʼminlanadi.

Majlisda kun tartibidagi masala yuzasidan masʼullarning axboroti eshitildi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilishda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Oфициально

Mansurbek Olloyorov “Kambag‘allikdan – farovonlik sari” dasturi doirasida viloyatimizda qilinayotgan ishlar bilan
tanishmoqda.
________

Mansurbek Olloyorov is getting
acquainted with the work being done in our region within the framework of the "Kambag'allikdan - farovonlik sari (From Poverty to Prosperity)" program
________

Мансурбек Аллаяров
знакомится с работой, которая ведётся в Ташкентской области в рамках Государственной программы «От бедности – к процветанию»

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Oфициально

Zoyir Mirzaevning navbatdagi ommaviy
sayyor qabulі bo'lib o'tdi
________

The Next
public reception of Zoir Mirzaev is held
________

Состоялся очередной
массовый выездной приём Зойира Мирзаева

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Oфициально

Zaxira kadrlari uchun maxsus oʻquv seminar
tashkil etildi
________

A special training seminar for reserve personnel
is organized
________

Oрганизован специальный учебный семинар для
кадрового резерва

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official

Konstitutsiya — erkin va farovon
hayot garovi
________

The Constitution –
A Guarantee of Freedom and Prosperity

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Официально #Official

Oʻzbekiston Respublika Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Nurafshonda tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va viloyat aholisiga bayram tabrigini yoʻlladi.
________

A ceremonial event was held in Nurafshan on the occasion of the 32nd anniversary of the Constitution of the Republic of Uzbekistan.

The event was attended by the regional governor, Zoyir Mirzaev, who conveyed a congratulatory message to the people of the region.
________

В городе Нурафшан состоялось торжество по случаю 32-годовщины Конституции Республики Узбекистан.

На торжественном мероприятии принял участие и направил поздравление жителям области хоким Ташкентской области Зойир Мирзаев.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Ijro intizomi boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi

Viloyat hokimligida ijro intizomiga bagʻishlangan tanqidiy yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda viloyat hokimligi ijro nazorati guruhi rahbari Farrux Rahmatullayevning axboroti eshitildi.

Ijro intizomini buzgan yoki kechiktirib bajargan masʼul mutasaddilar, xususan, viloyat hokimligi kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, shahar va tumanlardan masʼul xodimlarning holatga izohi eshitildi.

Xususan, ijrosi kechikkan topshiriqlarning asosiy qismi iqtisod va qurilish sohasiga toʻgʻri kelishi qayd etildi, tegishli masʼul xodimlarga intizomiy jazo berildi.

Yigʻilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Официально

Zoyir Mirzayev Laplandiya gubernatorini
qabul qildi
________

Zoyir Mirzaev
meets with the Governor of Lapland
________

Зойир Мирзаев
принял губернатора Лапландии

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Piskent tuman hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent tumani Qirqqizobod hududida och bo‘rilar sang‘ib yuribdi mazmunidagi videomurojaat tarqaldi. Holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Qirqqizobod hududi tog‘li hududda joylashganligi sababli, har yili qish mavsumida qor yog‘ishi oqibatida yovvoyi hayvonlar, jumladan bo‘rilar ham qishloqlarga kelishi kabi holatlar kuzatiladi.

Bugun erta tongdan boshlab yovvoyi hayvonlarni tutuvchi maxsus guruh hududga jalb etildi. Hozirda bo‘rilarni qidirish va ularni zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda.

Tutilgan bo‘rilarni tabiiy muhitiga yaqin sharoit yaratish maqsadida hayvonot bog‘iga yuborish rejalashtirilgan. Qayd etish joizki, hozirgacha aholiga hech qanday zarar yetmagan.

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM