Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.28K videos
48 files
21.2K links
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Boʻstonliq tumani hamda Chirchiq shahar kommunal soha xodimlari nimadan norozi boʻlmoqda?

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim elektron ommaviy axborot vositalari va virtual makon foydalanuvchilari orasida “tanishlariga oddiy diniy qoʻshiq, nashida tarqatgan talaba qamaldi” mazmunidagi noxolis maʼlumotlar tarqalayotgani yuzasidan

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

OʻZ PULIMGA YER OLOLMAYAPMAN...

Parkentlik yosh tadbirkorning ushbu mazmundagi murojaati oʻrganildi.

Tadbirkorlik maqsadida yer olmoqchi boʻlib muammolarga duch kelayotgan Parkentlik boʻlajak yosh tadbirkor murojaati boshqarma masʼullari tomonidan oʻrganib chiqildi.

Unga koʻra, murojaatda qayd etilgan va auksionga qoʻyilishi soʻralayotgan “Oydin” MFY hududidagi 0,015 gektar yer maydoni taklifi 2023-yil 15-fevral kuni MG1727249049/1 unikal raqami bilan “YEREELEKTRON” avtomatlashgan axborot tizimiga kiritilgan.

Yuqorida izoh berganimizdek, mazkur vaziyatda yaʼni, yer uchastkasini auksionga qoʻyilishi jarayonida kadastr idorasi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar bajarilgan.

Ayni paytda taklifi kiritilgan mazkur yer maydoni “YEREELEKTRON” avtomatlashgan axborot tizimi bazasida “Loyihalash” jarayonida turganligini maʼlum qilamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Kun.uz saytida chop etilgan "Beqarorlik namunasi – toshbaqa tezligida qurilayotgan Nurafshon" sarlavhali maqola yuzasidan

Mazkur maqolada keltirilgan faktlar bir yoqlama va mavzuni oʻrganmay turib yozilganini qayd etgan holda, shahar loyihasi hokimlar tomonidan peshma-pesh oʻzgartirilmaganini ta’kidlaymiz. Bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Shuningdek, maqolada keltirilgan suratlar qurilayotgan shaharning hozirgi manzarasiga mos emas. Muallif oʻz farazlarini goʻyoki isboti sifatida, eski suratlardan foydalangan.

Ta’kidlash lozimki, "Nurafshon siti" loyihasi boʻyicha tanlov va muzokaralar oʻtkazish bilan undagi ob’yektlarni quruvchi investorlar mavzusi – boshqa-boshqadir. Muallif qurilish hamda iqtisod sohasini chuqurroq oʻrganmay, aslida jarayon qanday boʻlishiga oid qonunchilikni oʻrganmay bir yoqlama fikr bildirgan.

Ayni paytda "Nurafshon Biznes City" direksiyasi tomonidan mazkur holat boʻyicha sud tartibida da’vo arizasi kiritish boʻyicha hujjatlar toʻplami tayyorlanayotganini ma’lum qilamiz.

"Nurafshon Biznes City" direksiyasi matbuot xizmati.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Nurafshonda ishdan tashqari vaqtda oʻtkaziladigan yigʻilish haqidagi material yuzasidan

2023-yil 24-iyun kuni bunday mazmundagi yigʻilish oʻtkazish viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning kunlik ish jadvaliga kiritilmaganini, bu xabar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini bildiramiz.

Asoslanmagan va yolgʻon axborot qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab boʻlishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar ma’murlarini ogohlantiramiz.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Chirchiq shahrida ommaviy ravishda uysiz hayvonlarni oʻldirish boshlangani haqidagi xabarlar tarqaldi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

"Toshkent viloyati hokimining 2 oʻrinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga xizmat mashinalari olishga 1,3 milliard soʻm ajratildi" mazmunda tarqalgan material yuzasidan

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Oltintepadagi yong‘in tafsilotlari:

Joriy yilning 1-yanvar kuni soat 18:18dа Toshkent tumani, “Oltintepa” mahallasi Zabardast-5 ko‘chasida joylashgan 11-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Ekipajlar soat 18:21да yetib borgan. Yong‘in 70 kv.m maydonga tarqalgan.

Qutqaruvchilarning saʼy- harakatlari natijasida yong‘in soat 18:45dа o‘rab olinib, soat 19:25dа o‘chirilgan. Xonadonning 150 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatidan halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q, uyning tom qismi va romlari butun qolgan.

Hozirgi vaqtda yong‘in oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida mahalla aholisi, qo‘ni-qo‘shnilar tomonidan hashar ishlari o‘tkazilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod tumanida Hajga borish korrupsiya boʻlib ketganligi toʻgʻrisida joylangan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

Mazkur xabarni joylagan fuqaro 2016-yil Bekobod tumaniga Haj ziyoratiga borish uchun ariza bergan va “Haj-2022” mavsumida karantin sababli 65 yosh chegarasi belgilangani uchun bora olmagani aniqlandi. Biroq, uning turmush oʻrtogʻini yoshi 65 dan kichik boʻlgani uchun 2022-yil Haj ziyoratiga borib kelgan.

Shuningdek, fuqaro oʻzidan keyin ariza bergan 2 nafar shaxsning Hajga borib kelgani toʻgʻrisida qilgan vaʼjiga asosan, hozirda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Bekobod tumani mutaxassisiga nisbatan tuman prokuratura va tegishli tashkilotlar tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Xizmat tekshiruvi natijalari yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora koʻriladi.

Bekobod tumanida 2014-yil 115 nafar, 2015-yil 161 nafar, 2016-yil 96 nafar fuqaro Haj safari uchun navbatda turgani sabab, “Haj-2024” yil navbati hali kelmagan.

Shu oʻrinda taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 364-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, Haj va Umra tadbirlariga boradigan fuqarolar roʻyxatini navbat hamda ijtimoiy adolat meʼzonlari asosida shakllantirilishi, muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilishini taʼminlanishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

"Olmaliq-Telov-Obliq" yoʻnalishidagi avtomobil yoʻlining taʼmirtalabligi toʻgʻrisida eʼlon qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chavandozlar maktabi uchun zarur bo‘lgan yer maydoni Nurafshon shahridagi “Navro‘z” MFY hududidan ajratilgani, biroq u yerda 2021-2022-yillarda qurilishi kerak bo‘lgan bino ikki yildan buyon paysalga solib kelinayotgani yuzasidan tarqalgan materialga rasmiy munosabat

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani markaziga olib boradigan markaziy yoʻl taʼmirtalab ahvolda ekani xususida murojaat tarqaldi.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onaning Beshariq tumanidan Toshkent viloyatiga kelib dehqonchilik qilayotgan dehqonlarning vaqtinchalik yashash uchun qilingan chaylalari hokimiyat vakillari tomonidan buzilishi talab qilinayotgani toʻgʻrisidagi murojaat tarqaldi.

Mazkur holat shaxsan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan nazoratga olindi va muammo bartaraf etildi.

Viloyat hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi B.Kabulov murojaat egalari bilan qayta aloqaga chiqqanida, Beshariq tumanidan Toshkent viloyatiga kelib dehqonchilik qilayotgan dehqonlar hozirda hech qanday eʼtirozli holat mavjud emasligi, hokimiyat vakillari faoliyatiga nisbatan shikoyati yoʻqligini maʼlum qilishgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani So'qoq qishlog'ida 13-aprel kuni kuchli sel kelgani haqida video xabar tarqaldi.

✔️Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

13-aprel kuni qisqa muddatda yog‘ib o‘tgan ko‘p miqdordagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Parkent tumani So'qoq qishlog'ining Chashma mahallasida sel oqimlari yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida Parkent tumani So'qoq qishlog'ining Chashma mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi suv yo'liga  kuchli yog‘ingarchilik oqibatida oqib kelgan suv sig‘may, mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqgan.

Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli xizmatlar tomonidan mazkur holat yuzasidan hududda o'rganish ishlari olib borildi va o'rganish natijasida hech qanday talofatlar yuzaga kelmaganligi aniqlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Zakovat yoki ta’mirtalab yo‘l” nomli video murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat mutasaddilar tomonidan oʻrganib chiqildi va bu boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan, davlat ahamiyatidagi 4 R 17 a “A 373-a avtoyo‘lidan Bektemir shahriga shoxobcha” avtomobil yo‘li qoplamasida hozirgi kunda yuqori yuk ko‘taruvchi transport vositalari qatnovi hamda yog‘ingarchiliklar sababli, chuqurcha va buzilishlar yuzaga kelgan edi.

Joriy yilning 13-16-aprel kunlari xizmat ko‘rsatuvchi "Bordonko‘l" YFDM tomonidan yo‘l qoplamasida vujudga kelgan chuqurchalar joriy ta’mirlangan hamda harakat xavfsizligi ta’minlanganini maʼlum qilamiz.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi imzosi bilan viloyatdagi barcha tashkilotlar rahbarlari va tuman hokimlari nomiga yoʻllagan xatda shanba – dam olish kunida videoselektor yigʻilishi oʻtkazilishi belgilangani tanqid ostiga olingan.

Mazkur yigʻilish bekor qilinganini maʼlum qilamiz.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

“Oʻzbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan Qibray tumani “Yangiyoʻl” MFY da joylashgan “Boʻri ota” (Sotiq Bugʻroxon) ziyoratgohi atrofidagi ichki yoʻllar taʼmirtalab ekanligi haqidagi materialga rasmiy munosabat

Mazkur material muallifi masalaga bir tomonlama yondashib, masʼullar fikrini inoabatga olmagan, “Boʻri ota” ziyoratgohi va unga eltuvchi yoʻl abgor holatda emas.

Xalq tilida “Boʻri ota” deb nomlangan mazkur ziyoratgoh 2022-yilda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan toʻliq taʼmirlanib, oʻsha yili avgust oyida foydalanishga topshirilgan. Ziyoratgohga tutash asosiy koʻchalarda toʻliq asfaltlashtirish ishlari bajarilgan.

“Yangiyoʻl” MFYdagi Farovon koʻchasi va dala hovlilar joylashgan “Orom-3” koʻchasi bilan tutash 130 metr masofa loyiha rejasiga kiritilmaganligi sababli taʼmirlanmagan.

Maʼlumot oʻrnida, “Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil birinchi bosqichida gʻolib boʻlgan “Orom-3” koʻchasi toʻliq asfalt qilinadi. Yoʻlning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va ekspertiza xulosasini olish uchun hujjatlar taqdim qilingan. Mazkur xulosa asosida kelasi oydan ish boshlanishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlaymizki, videolavha tasvirga olinayotganda, Qibray tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan jurnalist Q.Abduxoliqovga yoʻlni taʼmirlash ishlari, kelgusi rejalar haqida aniq maʼlumotlar taqdim etilgan. Biroq, jurnalist masalaga bir yoqlama yondashib, masʼullarning bu boradagi fikrini lavhaga qoʻshmagan va jurnalistik kasb etikasini buzgan, deb hisoblaymiz.

Behzod Kabulov
,
viloyat hokimining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi


Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari Nizom Abdullayev deontologiya va tibbiy etika qoidalariga zid ravishda tibbiyot xodimini kurakdan turmaydigan soʻzlar bilan haqorat qilayotgani aytilgan videolavha tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Aniqlanishicha, ushbu voqea joriy yilning 7-iyun kuni Chirchiq shahrida joylashgan viloyat Koʻp tarmoqli tibbiyot markazining ertalabki hisobot yigʻilishi vaqtida kuzatilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat atroflicha oʻrganilmoqda.

Uning natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Zoir Mirzayev xodimlarini ragʻbatlantirish uchun viloyat byudjetidan 3 mlrd. soʻmga yaqin pul ajratdi” mazmunidagi tanqidiy xabarlar eʼlon qilinmoqda.

Mazkur mablagʻlar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati hamda “Yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi” xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan ragʻbatlantirish mablagʻlaridir.

Xodimlarni ragʻbatlantirish mezonlari mavjud boʻlib,  har oyda xodimlarning faoliyat samaradorligi 7 ta yoʻnalishda baholanadi, bunda ijro va mehnat intizomi inobatga olinadi. 

Ajratilgan mablagʻlar davlat Rahbarining tegishli topshiriqlariga asoslanib, respublikamizda davlat boshqaruv organi xodimlarining ish haqlari muvofiqlashtirilguniga qadar toʻlanishi nazarda tutilgan.

Behzod Qobulov,
Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - matbuot kotibi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Boʻstonliq tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot


Kecha, 26-sentyabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida 2 ta uyning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.

Yongʻinni bartaraf etishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.

Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM