Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Live

Ayni damda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridagi bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuvi boshlandi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Yoshlar ijodiyot saroyida yaratilgan sharoitlar, "Kreativ park" hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Mutolaa", "Ibrat farzandlari", "Ustoz AI" kulolchilik akademiyasi, volontyorlik faoliyati va boshqa loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur loyihalarni Toshkent viloyatida ham tadbiq etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Mazkur uchrashuvni tashkil qilishdan asosiy maqsad – Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash tizimida malakali mutaxassislarni ko‘paytirish, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda aholini sifatli tibbiyot bilan qamrab olishdir.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda viloyatimiz sog‘liqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarida 8 873 nafar shifokor shtat
birligi mavjud bo‘lib, shundan 7 832 shtat birligida 4 732 nafar shifokor faoliyat yuritib kelmoqda. Vakant o‘rinlar soni esa 1 041 tani tashkil qiladi.

Muloqotda Zoyir Mirzayev viloyatdagi mavjud vakant lavozimlarga bitiruvchi bakalavriat talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni shartnoma asosida ishga qabul qilish taklifini ilgari surmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning migrantlar bilan muloqoti boshlandi.

Muloqot zoom orqali toʻgʻridan-toʻgʻri jonli tarzda olib borilmoqda va unda xorijda ishlab yurgan viloyatimiz fuqarolari oʻz murojaatlarini yoʻllaydilar.

👉 Jonli efirni kuzatish

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya
#LIVE

Ayni damda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining
navbatdagi toʻqson toʻrtinchi sessiyasi boshlandi.


Viloyatda aholi bandligini taʼminlash, kam taʼminlangan oilalarni kambagʻallik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning masʼuliyatini oshirish, shuningdek, viloyatda “Sayhunobod tajribasi”ni samarali joriy etish boʻyicha 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida sektor rahbarlari oʻzlarining hisobotlari bilan qatnashmoqda.

Shuningdek, sessiya davomida kun tartibidagi  viloyat mahalliy budjetining joriy 1-chorakdagi ijrosi, Bekobod shahrida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash hamda olib chiqib ketish xizmati uchun toʻlov tarifini belgilash, shuningdek, hududlardagi aholi muammolarini bartaraf etishda koʻrilayotgan choralar, viloyat hokimining kadrlar masalalariga oid qarorlarini tasdiqlash borasidagi bir qator masalalar koʻrib chiqiladi.

Sessiyani quyidagi havola orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin. 👇

👉 You Tube

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
 
Muloqot davomida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan yoshlar bandligini taʼminlash va ularni ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishida qilinayotgan ishlar, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash masalalariga toʻxtaldi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, viloyat aholisining 50,7 foizi (1 million 542 ming 922 nafar) yoshlardir.

Yil boshidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida 33 mlrd. 406 million soʻm mablagʻlar shakllantirilib, 10 ming 543 nafarining turli ijtimoiy-maishiy muammolari hal etilishiga erishildi.

Misol uchun, 1524 nafar yoshlarga kontarkt toʻlovi mablagʻlarining 50 foizigacha boʻlgan miqdorida qoplab berildi. 500 nafardan ziyodiga davolanish hamda sogʻliqlarini tiklashi uchun mablagʻlar ajratildi. 6 ming 118 gektar sugʻoriladigan unumdor yer maydonlari yoshlarga ajratilib, 9 ming 484 nafarining bandligi taʼminlandi.

Viloyatda 7 ta toifadagi jami  296 ming 542 nafar yoshlarga 1862 nafar huquq tartibot va mudofaa organlari ofitserlariga biriktirildi.

📹 Muloqot davom etmoqda, ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn kuzatib boring.

Jonli efir: Facebook

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Xabaringiz bor, bugun Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida Nurafshon shahrida “Ommaviy axborot vositalarida milliy kontent yaratish masʼuliyati” mavzusida tashkil etilayotgan respublika mediaforumi doirasida bir qator uchrashuvlar, seminar-treninglar davom etmoqda.

Jurnalist va blogerlarning navbatdagi muloqoti viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bilan oʻtmoqda. Samimiy boʻlayotgan urashuvda ular viloyat hayotiga oid turli maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashmoqda.
____

As you know, today in Nurafshon city, a series of meetings and seminar-trainings are taking place as part of the national media forum organized by the Uzbekistan Journalists Union in collaboration with the Tashkent region government, on the topic of "The responsibility of creating national content in Mass Media."

The next discussion with journalists and bloggers is taking place with the regional governor, Zoyir Mirzaev. In this sincere conversation, they are sharing various pieces of information about the region’s life.
____

Как сообщалось ранее, Союз журналистов Узбекистана в сотрудничестве с хокимиятом Ташкентской области в рамках республиканского медиафорума на тему «Ответственность создания национального контента в средствах массовой информации» в городе Нурафшан организуются и проводится ряд встреч, семинаров-тренингов. 

В настоящее время очередное общение с журналистами и блогерами проводит хоким области Зойир Мирзаев. В ходе этой встрече, проходящей в атмосфере открытости, представители СМИ и представители хокимията делятся различными сведениями, касающихся всех сфер области.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#sessiya

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 96-sessiyasi oʻzi ishini boshladi

Dastlab, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha Toshkent viloyati hududida bir mandatli saylov okruglarini tuzish toʻgʻrisida Markaziy saylov komissiyasiga taqdimnoma kiritish borasidagi masala koʻrib chiqilmoqda.

Shundan soʻng, 2025–2027-yillarda Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq va Yangiyoʻl tumalarini barqaror rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash, 2024–2025-yillarda Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha qilinadigan ishlar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, mablagʻ taqsimlash, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish, shuningdek, joriy yilning 6 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi.

Jarayonlarni toʻgʻridan toʻgʻri quyidagi havolalar orqali kuzatib borish imkoniga egasiz.

🎥 📹 Live 🎥Live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#hashar

“Obod yurt yoshlari” chellenjiga start berildi

Ayni damda barcha hududlarda yoshlar ishtirokida hashar boshlandi. jomoat joylari, taʼlimi va tibbiyot muassasalarida, korxona va tashkilotlarda hasharlar tashkil etilib, mahallalar, koʻchalar, qabristonlar va aholi turar joylari obodonlashtirilmoqda. Ehtiyojmand aholi xonadonlarida ham taʼmirlash, koʻkalamzorlashtirish, tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Barcha yoshlarni mazkur aksiyada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
___

The "Obod Yurt Yoshlari (Prosperous Homeland Youth)"challenge is launched

Currently, *hashar* (community clean-up efforts) has begun across all regions with the participation of youth. These activities are being organized in public spaces, educational and medical institutions, enterprises, and organizations. Neighborhoods, streets, cemeteries, and residential areas are being beautified. In addition, repair, landscaping, and cleaning work are being conducted in the homes of those in need.

We invite all the youth to take an active part in this campaign!
___

Дан старт челленджу "Obod yurt yoshlari" («Молодёжь процветающей страны»)

В настоящее время во всех регионах начался хашар с участием молодёжи. Организованы работы по уборке, благоустройству общественных мест, образовательных и медицинских учреждений, территорий махаллей, предприятий и организаций. В квартирах и домовладениях нуждающихся семей также ведутся работы по помощи в уборке, благоустройству, озеленению и очистке.

Призываем всех молодых узбекистанцев принять активное участие в этой акции!

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir #Live #Прямой_эфир

«Uzum sayli» xalqaro festivali jarayonlari to'g'ridan tog'ri "O'zbekiston 24" telekanali efirga uzatildi.
_________________

The processes of the international festival "Uzum Sayli" were broadcast live on the "Uzbekistan 24" TV channel.
__________________

Телекадры с Международного фестиваля «Uzum sayli» смотрите в прямом эфире на телеканале "O'zbekiston 24".

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Ayni damda saylning konsert dasturi namoyish etilmoqda. Unda estrada xonandalarning estrada sanʼatkorlari chiqishlari,  keng koʻlamli madaniy dastur tashkil etilgan.

Jarayonlarni toʻgʻridan toʻgʻri quyidagi havolalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🎥 📹 Youtube  Facebook

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Muazzam maydon uzra chinakam bayramona kayfiyat xukmron. Bu kayfiyat bayram dasturining  tarixiy-blokida ayniqsa, yaqqol namoyon boʻlayapti.

Folklor jamoalarning chiqishlari, sportchilar, quvnoq bolajonlar, tinchligimiz posbonlarining koʻrgazmali chiqishlari barchaga oʻzgacha zavq bagʻishlamoqda.

Bizni kuzatishda davom eting.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Ayni damda Misr va Toshkent viloyati biznes vakillari oʻrtasida oʻtkazilayotgan forum jarayonlari “Oʻzbekiston 24” telekanali orqali rus va oʻzbek tillarida jonli efirlarda uzatilmoqda. Unda Misr delegatsiyasi vakillarining fikrlari, yaʼni, bugungi forum va muzokralarda kutilayotgan natijalar xususida soʻz yuritilmoqda.
__________

Currently, the ongoing forum between business representatives from Egypt and Tashkent region is being broadcast live in Russian and Uzbek languages on the "Uzbekistan 24" TV channel. The broadcast features the opinions of the Egyptian delegation representatives and discusses the expected outcomes of today’s forum and negotiations.
___________

В настоящее время процесс переговоров между представителями из Арабской Республики Египет и Ташкентской области на проходящем бизнес-форуме транслируется в прямом эфире по телеканалу "Ўзбекистон 24" на узбекском и русском языках. В частности, члены египетской делегации делятся своими мыслями об этом мероприятии, о ходе бизнес-форума и переговоров.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#Rasmiy

Ayni paytda Xalq deputatlari Yangiyo`l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda hududdan saylangan deputatlar, shahar huquq-tartibot organlari, hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari, faollar qatnashmoqda.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda. Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi tanqidiy-tahliliy nutq so‘zlamoqda.

Xususan, viloyat hokimining Sultanov Dilshod Shuxratovichni shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi. So`zga chiqqanlar bu borada o`z fikr-mulohazalarini bildirib o`tmoqda.

Sessiya ishi davom etmoqda

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM