Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
252 subscribers
15.1K photos
1.15K videos
6 files
8.51K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, “Mo'tabar ayol” ko'krak nishoni ta'sis etilgan bo'lib, mazkur ko'krak nishoni bilan quyidagi xotin-qizlar taqdirlanishi belgilangan:

🔹jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan;

🔹o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shgan;

🔹sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ'ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🏢 Qonunchilikka ko'ra, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to'lovi quyidagicha miqdorda qoplanishi belgilangan:

🔹10 foizi Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang'ich badal sifatida);

🔹90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ayollarga ayrim jazolarni qo'llash bo'yicha quyidagi cheklovlar mavjud:

❗️Xususan, jinoiy jazo tariqasida majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari homilador ayollarga, uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan qo'llanmaydi.

📝 Bundan tashqari, homilador ayollarga va uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollar ehtiyotsizlik oqibatida yoki qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etsa ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

🗓 Ayolga nisbatan uzoq muddatga (20 yildan ortiq 25 yildan ko'p bo'lmagan) yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin emas.

⚠️ Shuningdek, homilador ayolning jinoyat sodir etishi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🚫Qonunchilikka ko'ra, ayollarning pensiya yoshiga to'lganligi yoki yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to'lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilish taqiqlanadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Xotin_qizlar_huquqi

🚫Qonunchilikka ko'ra, homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq to'lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.

🔍 Bunda, ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g'ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo'shatish, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 25 baravarigacha miqdorda (9 mln 375 ming so'mgacha) jarima;
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Xotin_qizlar_huquqi

❗️"Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak" aksiyasi o'tkaziladi

🔰 Aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

▪️Birlamchi bepul yuridik yordam ko'rsatish;

▪️ Huquqiy muammolarni bartaraf qilish;

▪️ "Adliya kuni", "Huquqiy targ'ibot kuni" loyihalari;

▪️ Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha ma'lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

▪️ kurslar.huquqiyportal.uz elektron tizimida ayollar huquqiga oid bepul onlayn o'quv kurslarini tashkil etish;

▪️ “Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish;

▪️ Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtube
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Davlat xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirish chog'ida teng huquqlilikni kafolatlaydi.

✔️ Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni, sog'liqni saqlash, ta'lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta'minlanishi kafolatlanadi.

📢 Xotin-qizlar va erkaklar o'rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo'yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta'minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko'riladi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram
#Xotin_qizlar_huquqi

⚡️Qonunchilikka ko'ra, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar o'zlariga yetkazilgan ma'naviy va moddiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi da'vo ariza bilan sudga murojaat qilganda, davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtube
#Xotin_qizlar_huquqi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, “Mo'tabar ayol” ko'krak nishoni ta'sis etilgan bo'lib, mazkur ko'krak nishoni bilan quyidagi xotin-qizlar taqdirlanishi belgilangan:

🔸jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan;

🔸o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shgan;

🔸sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ'ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtube
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat ta'tili, ularning xohishiga ko'ra, homiladorlik va tug'ish ta'tilidan oldin yoki undan keyin beriladi.

🚫 Homilador ayollarni yillik mehnat ta'tilidan chaqirib olishga yo'l qo'yilmaydi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtube
#Xotin_qizlar_huquqi

Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko'rsatish normalari avvalgi ishlaridagi o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi yoki ular yengilroq ishga yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkaziladi.

Bunda, ishlab chiqarish normalarini kamaytirish, shuningdek vaqtincha boshqa ishga o'tkazish muddatlari tibbiy xulosaga muvofiq belgilanadi.

📜 Homilador ayolga yengilroq ish yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta'siridan xoli bo'lgan ish berish masalasi hal etilguniga qadar, u buning oqibatida qoldirilgan barcha ish kunlari uchun o'rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtube
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰Qonunchilikka ko'ra, xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so'mgacha kreditlar ajratiladi.

Kreditlar quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlarga beriladi:

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ma'qullangan dasturlar asosidagi o'quv kurslari;

“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o'qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o'qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta'lim muassasalarining kasbga o'rgatish o'quv kurslarining maxsus o'qitish dasturlari.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtube
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, uch yoshga to'lmagan bolaning byudjet tashkilotlarda ishlaydigan onasiga haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanadi va bunda ish haqi kamaytirilmaydi.

Ish beruvchi homilador ayolning, 14 yoshga to'lmagan bolaning (16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning) onasining iltimosiga ko'ra tibbiy xulosa asosida to'liqsiz ish vaqtini belgilashi shart.

💰16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolani tarbiyalayotgan onaga oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug'urta mablag'lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to'lanadi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰Qonunchilikka ko'ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube