Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
278 subscribers
14.1K photos
1.01K videos
6 files
7.97K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Munosabat #Rasmiy

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlik subyektlarining firma nomi bilan bogʻliq xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi vakolatli organ sifatida mazkur masalaga oydinlik kiritadi.

Birinchidan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”
gi Qonunining 33-moddasiga asosan, yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega, bu nomni uning oʻzi mustaqil ravishda belgilaydi va oʻz taʼsis hujjatlarida koʻrsatadi.

Ikkinchidan, 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali (oʻzi kelgan holda yoki onlayn usulda) davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:
davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki toʻliq nomi;
tarixiy yoki Oʻzbekiston Respublikasida mashhur boʻlgan shaxsning toʻliq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;
jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid boʻlgan belgilar koʻrsatilmasligi kerak.

Toʻrtinchidan, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan firma nomlarida ishlatilishi mumkin boʻlmagan soʻzlardan foydalanish boʻyicha cheklovlar qoʻyildi. Ushbu roʻyxat mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda yangilanib boriladi.

Muhokamalarga sabab boʻlayotgan tadbirkor aslida boshqa nom ostida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, joriy yilning 22-dekabr kuni Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi orqali qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan va nomini oʻzgartirgan. Muhokamaga sabab boʻlgan tadbirkorlik subyektining firma nomi, tadbirkor bilan olib borilgan tushuntirishlardan soʻng, belgilangan tartibda oʻzgartirildi.

❗️Oʻz navbatida, tadbirkorlardan firmalariga nom tanlashda, uni oʻzgartirishda yuqoridagi qonun talablariga qatʼiy rioya etishlarini soʻrab qolamiz.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube