Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Munosabat #Rasmiy

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlik subyektlarining firma nomi bilan bogʻliq xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi vakolatli organ sifatida mazkur masalaga oydinlik kiritadi.

Birinchidan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”
gi Qonunining 33-moddasiga asosan, yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega, bu nomni uning oʻzi mustaqil ravishda belgilaydi va oʻz taʼsis hujjatlarida koʻrsatadi.

Ikkinchidan, 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali (oʻzi kelgan holda yoki onlayn usulda) davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:
davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki toʻliq nomi;
tarixiy yoki Oʻzbekiston Respublikasida mashhur boʻlgan shaxsning toʻliq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;
jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid boʻlgan belgilar koʻrsatilmasligi kerak.

Toʻrtinchidan, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan firma nomlarida ishlatilishi mumkin boʻlmagan soʻzlardan foydalanish boʻyicha cheklovlar qoʻyildi. Ushbu roʻyxat mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda yangilanib boriladi.

Muhokamalarga sabab boʻlayotgan tadbirkor aslida boshqa nom ostida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, joriy yilning 22-dekabr kuni Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi orqali qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan va nomini oʻzgartirgan. Muhokamaga sabab boʻlgan tadbirkorlik subyektining firma nomi, tadbirkor bilan olib borilgan tushuntirishlardan soʻng, belgilangan tartibda oʻzgartirildi.

❗️Oʻz navbatida, tadbirkorlardan firmalariga nom tanlashda, uni oʻzgartirishda yuqoridagi qonun talablariga qatʼiy rioya etishlarini soʻrab qolamiz.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Munosabat

Lozim bo‘lganda sayyor notarial harakatlar amalga oshirish choralari ko‘riladi

@yuristkadr” telegram kanalida joriy yilning 8 avgust kuni eʼlon qilingan “Nurafshonda bor yo‘g‘i 1 dona notarial idora bor xolos” nomli maqolasi yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Maʼlumki, hududdagi notariuslarning eng kam soni Hukumatning 2020 yil 16 martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosida tartibga solingan.

Batafsil:👉https://telegra.ph/Lozim-b%D1%9Elganda-sajyor-notarial-%D2%B3arakatlar-amalga-oshirish-choralari-k%D1%9Eriladi-08-09

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Forwarded from Sevara Urinbayeva
#Munosabat

‼️МАЪМУРИЙ ИСЛОҲОТЛАРНИ ЁРИТИШДА ПРОФЕССИОНАЛ ЁНДОШУВ ЗАРУР

Мамлакатимизда эълон қилинган маъмурий ислоҳотлар юзасидан айрим ОАВлари ва ижтимоий тармоқларда турлича қарашлар баён этилмоқда...

...Шуни таъкидлаш лозимки, бундай масалада у ёки бу фикр, баҳони беришда зарур билим, малака ва тажрибага эга бўлиш, чуқур таҳлилга асосланиш мақсадга мувофиқ.

Шу муносабат билан мазкур интервьюларда айтилган фикрлар юзасидан қуйидагилар маълум қилинади...

📌Маъмурий ислоҳотлар доирасидаги ўзгаришлар бир кун, бир ойда шаклланмаган...

.
..Фармонда айрим функцияларни хусусий секторга ўтказиш орқали тегишли соҳаларни ривожлантиришга алоҳида эътибор берилади. Натижада, тугатилган функцияни амалга оширувчи мавжуд лавозимлар қисқартирилади.

Ушбу жараён босқичма-босқич амалга оширилади. Бирданига ходимларни 30 фоизгача қисқартириш деган тушунча нотўғри. Шу билан бирга, мазкур оптималлаштириш барча давлат ташкилотларига бирдек тадбиқ қилинмайди. Уларнинг бажараётган вазифа ва функциялари таҳлил қилиниб, айрим давлат ташкилотларида 5-10 фоизгача, айримларида эса 30 фоизгача қисқариши мумкин.

Шунингдек, кадрлар соҳасида энди сон эмас, сифат алоҳида роль ўйнади. Бунинг ҳисобига айрим бир неча ҳудудлар учун ягона ҳудудлараро бўлимларни ташкил қилган ҳолда аҳолига профессионал кадрлар томонидан ҳизмат қилинишини таъминлаш мумкин...

Ҳозирда бошланган маъмурий ислоҳотлар тегишли Фармон ва қарор билан чекланмайди – бу давомли жараёндир.

☝🏻Айни дамда, ушбу тизимли ислоҳотлар давлатчилигимиз ривожининг муҳим босқичи эканлигини инобатга олиб, соғлом фикрлар, асосли таклифлар ва танқидларга доим очиқ эканлигимизни билдирамиз.

Батафсил👈🏻