Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3577, 20.11.2024-y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Ushbu Nizomda ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi belgilangan.

Xususan ish beruvchilar fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga pensiya badallarini byudjetga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash bilan birgalikda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda ajratadi.

Bunda, ish beruvchi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar jamgʻarib boriladigan pensiya badallari oʻtkazilgan har bir toʻlov hujjati summasiga alohida, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraq raqamlari, har bir xodimning familiyasi, hisoblangan ish haqi va jamgʻarib boriladigan pensiya badallari summasi koʻrsatilgan holda xodimlar reyestrlarini elektron hujjat sifatida shakllantirib, tegishli Xalq banki filialiga taqdim etishi yoki uni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron bazasiga yuborishi shart.

Maʼlumot uchun: “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasida, jismoniy shaxslarning qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad soligʻining tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish beruvchi har oyda toʻlab borishi nazarda tutilgan.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

 2024 yil 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni eʼlon qilindi.

Mazkur qonun ijrosi yuzasidan Toshkent viloti adliya boshqarmasi va Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvida batafsil hikoya qilinadi.


Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l mahallasida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. 

Tuman adliya bo‘limi mutasaddilari tomonidan aholiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy maʼlumotlar berildi. Aholiga 7 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Fuqarolardan 12 ta huquqiy masaladagi murojaatlar tinglandi. Yuridik masalalarning 8 tasiga joyida  huquqiy tushunchalar berildi. 1 murojaat vaqt talab qilganligi bois adliya ish yurituviga olindi.

Shuningdek, davlat xizmatlari binosiga tashrif buyurgan fuqarolarga   Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16-apreldagi 204-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, flayer va bukletlar tarqatilmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport shartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqi berilishi belgilangan.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Navbatdagi manzil Parkent tumanining Qirg‘izovul mahallasi bo‘ldi. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Mirzaxmetov aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning muammoli masalalariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida 20 nafardan ortiq furaqolarning kadastr, soliq, nogrionlikni belgilash kabi murojaatlari tinglandi. 8 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilingan bo‘lsa, 6 ta  murojaat joyida hal qilindi va huquqiy tushintirish berildi.  

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

📎Huquq maktabi — yuridik bilimlarni egallash uchun zamonaviy va qulay mobil ilova

Ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o'quv materiallaridan foydalaning!

Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?

Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

💡Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!

Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Qibray tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan yoshlarning huquqiy bilimlarini yana-da oshirish maqsadida “Islohotlarga dahldorman” huquqiy aksiyasi doirasida Toshkent davlat agrar universitetining “Huquq va turizm” fakulteti talabalari ishtirokida  davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi  PF-80-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning ayrim normalari tahlil qilinib, yoshlarga oid davlat siyosati talabalarga tushuntirib o‘tildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya