Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Sayyor_qabul

 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 Angren shahar Mustaqillik mahallasida adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Artikov tomonidan aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning muammoli masalalariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda davomida 30 nafardan ortiq furaqolar qatnashgan bo‘lsa, 5 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilindi. 10 dan ortiq murojaatlar joyida hal qilindi va qolgan qatnashchilarning murojaatlari yuzaisdan joyida huquqiy tushintirish berildi. Shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 15 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.  

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman markazidan 15 kilometr  uzoqlikda joylashgan Ilg‘or mahallasida “Adliya kuni” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etgan tadbirda aholi bilan bevosita ochiq muloqot qilinib, mavjud muammolarni aniqlandi hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratildi. 15 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.

Shuningdek, huquqiy muammosi mavjud bo‘lgan fuqarolarning huquqiy muammolari adliya.mahalla.uz platformasi orqali murojaati kirim qilinib, bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Parkent tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazga xizmat olish uchun kelgan aholi bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etilmoqda.

Fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16- apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, flayer va bukletlar tarqatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya