Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
252 subscribers
15.3K photos
1.17K videos
6 files
8.63K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

📣 Yoshlar, zo‘r imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan 15-avgust kuni “Huquqiy bilimlar” tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovda umumiy o‘rta ta'lim va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o‘quvchi-yoshlari qatnashishi mumkin.

🖥 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak (ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 13-avgust soat 23:59 gacha).

Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilarga elektron platformada 30ta test va bitta huquqiy savol beriladi.

G‘oliblar planshet, poverbank, kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

📎 Eslatib o‘tamiz, tanlovda faqat bitta akkauntdan qatnashish mumkin.

Bilimingizni sinang va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting.

Barcha ishtirokchi yoshlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

Aholi bilan muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va hal etish maqsadida Parkent tuman adliya bo‘limi va tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida tumandagi 44-maktabda Qo‘rg‘on mahalla aholisi uchun “Adliya kuni” loyihasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi.   

  Tadbirda adliya xodimlari tomonidan yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini borasida huquqiy tushuntirishlar berilib, mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

Bo‘ka tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi va FHDYO bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbek mahallasida “Adliya kuni” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylov to‘g‘risida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan  saylov jarayoni majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilishi hamda saylov qonunchiligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Tadbir davomida fuqarolarning meros, uy-joy, subsidiya, fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha savollariga batafsil javob berildi hamda 7 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli farmonida mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish belgilab qo‘yilgan edi.

Olmaliq shahar Hamza mahallasida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabulda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari I.Latipov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Artikov ishtirok etdi. Fuqarolarning mehnat qonunchiligi, xotin-qizlarning huquqlari va ularga berilgan imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatni boshlash, kadastr pasportini shakllantirish, ID -karta rasmiylashtirish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Shu yerning o‘zida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
📣 Yoshlar, tanlovga tayyormisiz?

Birozdan so‘ng — 10:00 da Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Huquqiy bilimlar" tanlovi start oldi.

8-dekabr.adliya.uz sayti orqali 30 ta test va 1 ta huquqiy savollarga javob berish orqali bilimingizni sinang va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting.

Eng tezkor va topqir ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.

G‘oliblar planshet, poverbank, kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

📎 Eslatib o‘tamiz, tanlovda faqat bitta akkauntdan qatnashish mumkin.

Barcha ishtirokchi yoshlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Bilasizmi

📃 Veterinariya faoliyatini litsenziyalash


Litsenziya nomi: Veterinariya faoliyati uchun litsenziya

Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

Litsenziyalovchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

Yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), filiallari (mavjud bo‘lsa, har birining manzili alohida ko‘rsatilishi shart), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

Yakka tartibdagi tadbirkor uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlar (pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR), yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) arizaga yakka tartibdagi tadbirkorlar veterinariya mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplomidan yoki uning ko‘chirmasidan nusxa ham ilova qiladi.

Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 ish kuni

Litsenziyaning amal qilish muddati:
cheklanmagan.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram