Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
287 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Эътироф

Халқаро эътироф: Адлия вазирлиги давлат бошқаруви соҳасида энг намунали вазирлик


Бугун 22 ноябрь куни Ўзбекистон Республикасида илк маротаба Бирлашган Араб Амирликлари ҳукумати билан ҳамкорликда ўтказилган “Ўзбекистон давлат органлари фаолияти самарадорлигини баҳолаш” дастури ғолибларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.

Маълvмот учyн: БАА ҳукумати томонидан миллий ривожланиш дастури, соҳавий стратегияларнинг ижросини таъминлашда юқори кўрсаткичларни қайд этган давлат органлари ва давлат хизматчиларини муносиб тақдирлаш мақсадида 2009 йилдан буён “Давлат органлари фаолияти самарадорлигини баҳолаш” дастури ҳар икки йилда бир марта амалга ошириб келинмоқда.
Мамлакатимизда ҳам БАА Бош вазири офиси билан ҳамкорликда жорий йилда биринчи марта “Ўзбекистон давлат органлари фаолияти самарадорлигини баҳолаш” дастури амалга оширилди.


Дастyрда 17 та вазирлик ва 70 нафардан ортиқ вазирлик ходимлари 8 та номинация (3 та институционал ва 5 та индивидуал) бўйича иштирок этди.

Баҳолаш натижаларига кўра Адлия вазирлиги:

"Намунали вазирлик" номинациясида 1-ўринни;
"Функция, хизмат ва инновацияларни амалга ошириш"номинациясида 1-ўринни;
"Интеграциялашган механизмлар соҳасидаги намунали вазирлик" номинациясида 1- ўринни эгаллади.

Шунингдек, "намунали вазир ўринбосари" номинациясида адлия вазири ўринбосари Шерзод Рабиев 1-ўринга муносиб кўрилди.

Бундан ташқари, Адлия вазирлигининг бўлим бошлиғи Отабек Ҳақбердиев "намунали ихтисослашган ходим" номинациясининг совриндори бўлди.

Ушбу юксак ва шарафли халқаро эътироф Адлия вазирлигининг 10 мингга яқин ходимлари фаолият юритувчи жамоасининг машаққатли ва шарафли меҳнати натижаси ҳисобланади. Адлия органлари халқ хизматида сидқидилдан фаолият юритишда давом этади.

Адлия вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Davlat xizmati va elektron davlat xizmati tushunchasini bering?

👉avob
: Davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonunchilikka muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin.

📝Elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-395-son Qonuni.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Har kim uy-joyli bo'lish huquqiga ega.

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko'rgan zararlarning o'rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta'minlanadi.

Davlat uy-joy qurilishini rag'batlantiradi va uy-joyga bo'lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta'minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

47-modda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
— Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.

📌Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

⚡️Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi qanday?

“Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizom qabul qilingan.

🔸Murojaatlar:

▫️"Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
▫️ YIDXPmy.gov.uz orqali qabul qilinadi;

💠 Xabarnoma yuborganlik uchun 165 000 s'om (BHMning 50 foizi) miqdorigacha yigʻim undiriladi (alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotishni boshlaganlik haqidagi xabarnomalar bundan mustasno).

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

💰 Yoshlarning tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so'm miqdorida, jami 10 mlrd so'mgacha grantlar ajratililishi belgilangan.

🔰 Bunda grant mablag'lari:

▫️onlayn to'lovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm ko'rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo'naltiriladi;
▫️grant mablag'lari xorijdan O'zbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Sportchilarga qanday sport unvonlari va sport razryadlari beriladi?

👉Javob: Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq ariza beruvchiga:

📝 sport unvonlari:
🔹Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi;
🔹O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri;

📝 sport razryadlari:
🔹O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod;
🔹birinchi sport razryadi;
🔹ikkinchi sport razryadi;
🔹uchinchi sport razryadi;
🔹o‘smirlar uchun birinchi sport razryadi;
🔹o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadi;
🔹o‘smirlar uchun uchinchi sport razryadi beriladi.

📌Xalqaro grossmeyster sport unvoni tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi. Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan sportchilar Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi sport unvonini olgan sportchilarga tenglashtiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrdagi 588-son qarori.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda

 Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarimizga yengillik yaratish, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida “Ibrat” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

 Sayyor xizmat davomida aholiga sanatoriylarga yo‘llanma olish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun navbatga qo‘yish, kadastr hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish,  Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish   kabi davlat xizmatlari bo‘yicha 30 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, id.gov.uz va my.gov.uz portallari va Mobile-ID tizimidan foydalanish, davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda olish borasida huquqiy maslahatlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish" mumkin.

🔸Murojaatlar:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

🔹yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi, telefon raqami ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;

🔹konchilik ishlarining yillik loyihasi;

🔹grafik materiallar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil

Izoh:
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib o‘rganiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#2023_yil_1_dekabrdan

🔰Qonunchilikka ko'ra, quyidagi ma'muriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlari ko'rsatish boshlanadi:

🔹Davlat sport-ta'lim muassasalariga o'quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o'qishini ko'chirish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti;

🔹O'zbekiston futbol assosiasiyasi futbol akademiyalariga o'quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o'qishini ko'chirish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish qanday amalga oshiriladi?

👉Javob: Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.

📌Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi ma’muriyati bola topilganidan keyin yetti ish kunidan kechikmagan muddatda FHDY organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.

📝Topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilganligini qayd etish haqidagi arizada bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati, yoshi, jinsi, vazni va bo‘yi haqidagi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilishi zarur.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Umummilliy Konstitutsiya imtihoni bo'lib o'tmoqda

📝 Eslatib o'tamiz, tanlov 2-bosqichda o'tkazilib, 1-bosqich test sinovlari hisoblanadi.

⚠️ Test sinovlari 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi. Shunga ko'ra, bugun – 28-noyabrda o'tkaziladigan test sinovlarida imtihonda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tgan huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan talabalar ishtirok etadi.

Ro'yxatdan o'tganlar test sinovlarini 14:00 ga qadar ishlashi mumkin.

Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube