Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

📄Mavzuli so‘rovlarni ijro etishda turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

📌Turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun bitta ma’lumotnomaga bazaviy hisoblash miqdorining 0.5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qarori.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

💠O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi:

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga — xorijiy davlat fuqarosining pasporti;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — harakatlanish hujjati;
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — yashash guvohnomalari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan ishonchnoma, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ishonchnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va xalqaro standartlarga (ICAO) mos raqamli fotosurati, vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Inson va qonun" gazetasida Toshkent viloyati Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlarining maqolalari chop etildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Siz kelmang, o‘zimiz boramiz

 Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarimizga yengillik yaratish, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida “Iclohot” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

 Sayyor xizmat davomida aholiga sanatoriylarga yo‘llanma olish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun navbatga qo‘yish, kadastr hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish,  ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish   kabi davlat xizmatlari bo‘yicha   sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#2023_yil_1_dekabrdan

📋 Qonunchilikka ko'ra, “GSP+” tizimi imtiyozlari qo'llanilishiga doir ma'lumotlar olish, sinov laboratoriyalarini (shu jumladan, veterinariya, o'simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya sohalarda) erkin tanlash, sinov bayonnomalarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradigan hamda bojxona organlari "yagona darcha" tizimiga integratsiya qilingan "E-sertifikat" axborot tizimi ishga tushiriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo'ysunishi tushuniladi.

📝 Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

📋 Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Mahalla yoshlari bilan uchrashuv

Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, mahalla uchastka noziri hamda yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida hududda yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda mahallabay va xonadonbay ishlarni olib borish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli to‘garaklarga, shu jumladan, sport maktablariga qamrab olish, xotin-qizlar va kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, adliya bo‘limi xodimlari tomonidan, sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati borasida huquqiy tushunchalar ham berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.

78-modda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
FHDY organlari yozuvlarni tuzish orqali qanday fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi?

Javob:
FHDY organlari yozuvlarni tuzish orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:

🔹tug‘ilganlik;
🔹nikoh tuzish;
🔹nikohdan ajralish;
🔹o‘lim.

📄Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

📝Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish hamda boshqa voqea va faktlar yuqorida sanab o‘tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

“Targ‘ibot poyezdi” Toshkent viloyatida

  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorlikda hududlarda  “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi o‘tkazilmoqda. “Targ‘ibot poyezdi”ning navbatdagi manzili Toshkent viloyati bo‘ldi.

Batafsil:👉https://telegra.ph/Tar%D2%93ibot-poezdi-Toshkent-viloyatida-12-01

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube