Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
277 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.02K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Хизматлардан_онлайн_фойдаланинг

ДХА: license.gov.uz тизими орқали лицензия олиш ва хабардор қилиш давлат хизматларидан фойдаланишингиз мумкин.


Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/hudud24official
______________________________
#Маҳаллий
⚡️
Мактабгача таълим вазирлигининг ахборот тизимида давлат мактабгача таълим ташкилотларига қабул қилиш ва навбатга қўйиш бўйича давлат хизматларини кўрсатишда узилишлар кузатилмоқда.

Ҳозирда муаммони бартараф этиш бўйича Мактабгача таълим вазирлигининг мутахассислари билан ҳамкорликда зарур чоралар кўрилмоқда.

Келтирилган ноқулайлик учун узр сўраймиз.

🔗Алоқада қолинг:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Kun_hikmati

Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.

Abu Ali ibn Sino

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_хабари

“Жамиятда аёл: муаммо ва ечимлар” танлови ғолиблари аниқланди

⚠️ Адлия вазирлиги томонидан “Хотин-қизлар ҳуқуқлари бўйича долзарб икки ой” доирасида ўтказилган “Жамиятда аёл: муаммо ва ечимлар” танлови ниҳоясига етди.

🔰 Учта номинация бўйича ташкил этилган танловнинг якуний босқичида овоз бериш натижаларига кўра қуйидаги иштирокчилар ғолиб деб топилди ҳамда сертификат ва тегишлича соврин билан тақдирланади:

Наргиза Юнусова. “Энг яхши журналистик материал учун” – телевизор;
Ҳамида Мирсултанова. “Энг яхши блогпост учун” – блендер тўплами;
Мухлиса Азизова. “Адлия эътирофи” – мультиварка.

✍️ Адлия вазирлиги фуқароларимизни жамият ҳаётида ижтимоий фаол бўлишга, хотин-қизларнинг ҳуқуқий саводхонлигини ошириш орқали жамият тараққиётига ўз ҳиссасини қўшишга чорлаб қолади. Зеро, ҳуқуқни билиш фойдали.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from my.gov.uz
​​🗓 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

✍️ 2022-yil 1-apreldan O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Quyida ularning ayrimlarini eslatib o‘tamiz.

👨🏻‍🦽Nogironlik nafaqasi va pensiyasining eng kam miqdori oshiriladi

▪️Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 440 ming so‘mdan 622 ming so‘mgacha oshiriladi.

👬 Ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi

▪️To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.

▪️Xususiy bog‘cha va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalar daromad solig‘idan ozod qilinadi.

🌳 Daraxtlarni noqonuniy kesganlarni foto va videoga olib yuborganlar mukofotlanadi

▪️Daraxtlarni noqonuniy tarzda kesish holatlari tasvirlangan foto va videolarni birinchi bo‘lib yuborgan shaxslarga BHMning bir baravari — 270 ming so‘m miqdorida pul mukofoti to‘lab beriladi. Huquqbuzarlik haqida xabar berganlarning ma’lumotlari oshkor qilinmaydi.

🔖 Toshkentda o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinadi

▪️Tibbiyot muassasasi xodimi o‘lim holati tasdiqlangandan so‘ng, vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni FHDYo bo‘limiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi. FHDYo axborot tizimi orqali avtomatik ravishda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ma’lumotni tibbiyot muassasasi va Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda yuboradi.

💳 IT-Visa joriy etiladi

▪️ IT-Visa jismoniy shaxslarga 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi. IT-Visa egalari vizaning amal qilish muddati davomida O‘zbekistonga erkin kirib-chiqishlari, O‘zbekistonning istalgan hududida qayta ro‘yxatdan o‘tish majburiyatisiz qolishlari, O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

@MyGovUz | @eGovUz
#Hushxabar

Bo‘kada tug‘ilgan uch egizakka Fotima, Hasan va Husan ismlari berildi

Bo‘ka tumanining “Kuldoshtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Mirjalol Elmonov va Yulduz Janonova oilasida bir yo‘la uch farzand dunyoga keldi.
Toshkent viloyat perinatal markazida tug‘ilgan chaqaloqlar ayni kunda tajribali mutaxassislar nazoratida bo‘lib, onaning sog‘ligi ham qoniqarli holatda.
Dunyoga kelgan farzandlarga Fotima, Hasan va Husan deb ism qo‘yishdi. Bu baxtli oilada egizaklarning dunyoga kelishi bilan farzandlari 5 nafar bo‘ldi. Ularning ikki nafar qiz farzandlari bor edi.
1 aprel kuni Bo‘ka tuman fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan chaqaloqlarning tug‘ilganligi qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar egizaklarning otasi Mirjalol Elmonovga topshirildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Xizmatlardan_onlayn_foydalaning

license.gov.uz (https://license.gov.uz/) tizimi orqali litsenziya olish va xabardor qilish davlat xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
Forwarded from Sevara Urinbayeva
⚡️ДИҚҚАТ ТАЙИНЛОВ!!!

Адлия органлари ва муассасаларида ахборот коммуникация технологияларини ривожлантириш марказига янги директор тайинланди

Адлия вазирининг тегишли буйруғи билан Хўжаев Камолиддин Улуғбек ўғли – Адлия вазирлиги ҳузуридаги АКТРМ директори лавозимига тайинланди.

К. Хўжаев 1990 йилда Навоий вилоятида туғилган, маълумоти олий, 2013 йилда Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетининг бакалавриат босқичини, 2016 йилда ушбу университет ҳамда академик алмашинув асосида Япониянинг Цукуба университетида магистратура босқичини тамомлаган, халқаро муносабатлар ва ташқи сиёсат бўйича мутахассис.

У ўз меҳнат фаолиятини 2014 йилда Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетида бошлаган.
Янги лавозимга тайинлангунга қадар Давлат хизматлари агентлигида Давлат хизматларини рақамлаштириш бошқармаси бошлиғи лавозимида фаолият юритиб келаётган эди.

Адлия вазирлиги жамоаси Камолиддин Хўжаевни ушбу тайинлов билан чин дилдан табриклайди. Келгуси ишларида муваффақият тилайди!
#Adliya_munosabat

Adliyacha ixchamlashuv: qonuniylik va adolat asosiy mezonimiz!

Shu kunlarda adliya tizimida olib borilayotgan ixchamlashuv jarayonlarida mehnat munosabatlariga oid turli savollar, ayrim noto‘g‘ri talqinlar uchramoqda. Vaziyatni oydinlashtirish maqsadida quyidagilar ma'lum qilinadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Qaysi holatlarda Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat bojini to’lashdan ozod qilinadi?

“Davlat boji to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasiga ko'ra, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji to’lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) xalq taъlimi organlari, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha idoralararo komissiyalar — etim bolalarni va ota-onalar qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni bolalar muassasalariga va o’quv yurtlariga yuborish uchun tug’ilganlik to’g’risida takroriy guvohnomalar berganlik uchun;

2) jismoniy shaxslar — tug’ilish, o’lim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi o’zgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog’ida yo’l qo’yilgan xatolar munosabati bilan tug’ilganlik to’g’risidagi hujjatlar yozuvlari o’zgartirilgan, to’ldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun;

3) jismoniy shaxslar — ularga belgilangan tartibda bedarak yo’qolgan deb yoki ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish to’g’risida sudning hal qiluv qarori asosida guvohnomalar berganlik uchun;

4) jismoniy shaxslar — ularga reabilitatsiya qilingan qarindoshlarining vafot etganligi to’g’risidagi takroriy guvohnomalar berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun;

5) O’zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylar yoki yashash uchun mo’ljallanmagan joylar yong’ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun.
#Qulaylik

Endilikda arxiv ma’lumotlarini onlayn tarzda olish mumkin

Yagona portalda (my.gov.uz) va uning mobil ilovasida “Mavzuli so‘rovlarni ijro etish” nomli xizmat joriy etildi.
Yagona portalda ushbu xizmat orqali yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hokimlik qarorlari, turarjoy, meros, vorislik hamda 1941-1945 yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqida ma’lumotlar olish va boshqalar qamrab olingan.

Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash, turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash, mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish, evakuatsiyani aniqlash kabi xizmatlarning narxlari belgilangan bo’lib, ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanilganda 10 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz.
Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Xizmatdan quydagi havola orqali foydalanish mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/517
#Bilasizmi

Subsidiya ajratish uchun qaysi vaqtda arizalar qabul qilinadi?

🔰 Subsidiya olish uchun arizani tegishli parametrlar belgilanganidan so‘ng yil davomida topshirish mumkin:

⌛️ Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.

☝️ Uy-joy uchun davlat subsidiyasini olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza yuborishingiz mumkin.

❗️ E’tibor bering! Subsidiya olish jarayonida Davlat xizmatlari markazlari faqatgina Sizning arizangizni vakolatli organga yuborish va tayyor natijani sizga taqdim etishga vakolatli. Qolgan masalalar, ya’ni subsidiya ajratish yoki ajratmaslik hamda qancha miqdorda subsidiyalar ajratish masalalari maxsus tashkil etilgan KOMISSIYA tomonidan hal qilinadi. Bu ishga Davlat xizmatlari markazi aralashmaydi.

👉 Subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) FAQAT 1 marta beriladi.
#bilasizmi

MTTga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilish tartibi belgilandi

Ilk rivojlanish guruhlarida bolalarning soni 20 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

👉🏻👉🏻👉🏻Batafsil👈🏻👈🏻👈🏻
#Savol_bormi_Javob_beramiz

"Davlat xizmatlaridan foaydalanishda kimlarga chegirma bor?"

— Nikohdan o'tgan yoki o'tmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kerak. II-guruh nogironiman, ushbu xizmatdan foydalanishda chegirma bormi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi "Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6269-sonli farmoniga asosan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal(my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lov bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatdan tashqari)
#Bilasizmi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibi belgilandi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Халқ таълими соҳасидаги ислоҳотлар натижадорлигининг таҳлили юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Мактаб ўқитувчиларини янги методика асосида қайта тайёрлаш бўйича умуммиллий лойиҳа бошланиши эълон қилинди. Мактабларда маънавий муҳитни тубдан яхшилаш бўйича янги концепция ишлаб чиқиш вазифаси қўйилди. Ўқувчи сони кўп бўлган мактабларда шароитни кенгайтириш, директорларни сертификатлаш тизимини жорий этиш бўйича кўрсатмалар берилди.

Состоялось видеоселекторное совещание, посвященное анализу результативности реформ в народном образовании.
Объявлено о старте общенационального проекта по переподготовке школьных учителей на основе новых методик. Поставлена задача разработать новую концепцию кардинального улучшения духовной обстановки в школах. Дано указание расширить условия в школах с большим количеством учащихся, ввести систему сертификации директоров.

#Mirziyoyev #videoselektor #xalqtalimi #islohotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter