Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
276 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.02K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

📌Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❇️Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Биласизми

⚡️38 турдаги давлат хизматларини ЯИДХПда электрон рақамли имзо билан тасдиқлаш талаб этилмайди

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#2022_йил_1_октябрдан

💰 Ахборот-коммуникация технологиялари соҳасида IT-таълим хизматларини кўрсатиш, дастурий маҳсулотлар ишлаб чиқиш ҳамда экспортга йўналтириш бўйича стартап лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш учун Инновацион ривожланиш вазирлиги томонидан ўтказиладиган танлов асосида 1 миллиард сўмгача грантлар ажратиш тартиби жорий қилинади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🧾 Фермер хўжаликлари ўз вилоятидаги исталган пахта-тўқимачилик кластерлари билан пахта хомашёсини етказиб бериш бўйича ихтиёрий равишда фьючерс шартномаларини тузиши мумкин.

⚠️ Фьючерс шартномаси – товарни олдиндан белгиланган нарх асосида келгусида сотиб олишга оид келишув.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
📌Тошкентда ШҲТ Самарқанд саммити якунлари бўйича халқаро конференция бўлиб ўтади

Жорий йил 29 сентябрь куни Тошкент шаҳрида гибрид форматда «ШҲТ Самарқанд саммити: Минтақавий ва халқаро хавфсизлик, барқарор ривожланишга қўшилган ҳисса» мавзусида халқаро конференция бўлиб ўтади.

Тадбир Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти (СМТИ) томонидан Ташқи ишлар вазирлиги ва Марказий Осиё халқаро институти (МОХИ) билан ҳамкорликда ШҲТ Минтақавий аксилтеррор тузилмаси Ижроия қўмитаси кўмагида ташкил этилмоқда.

Анжуманда ШҲТга аъзо, шунингдек, АҚШ, Бельгия, Буюк Британия, Германия, Франция, Венгрия сингари бир қатор узоқ хориж давлатлари эксперт ва таҳлилий доираларининг 30 дан ортиқ таниқли вакилини жамлаш режалаштирилган.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

💻Davlat xizmatlari markazlarida oʻz oʻziga xizmat koʻrsatish imkoniyati borligidan xabardormisiz?

🏢Bugungi kunda barcha zamonaviy Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

📌Shu oʻrinda Fargʻona viloyatida mavjud Davlat xizmatlari markazlarida ham murojaatchilarga bir vaqtning oʻzida 170dan ortiq turdagi xizmatlarni koʻrsatish imkoni yaratilgan. DXMlarda elektron navbat tizimi, salomatlik burchaklari, bolalar maydonchasi hamda elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish uchun oʻz oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari tashkil qilingan. Shu oʻrinda, eng ahamiyatlisi — oʻz oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari orqali fuqarolarimiz elektron xizmatlardan mustaqil foydalanishlari va oʻz vaqtlarini tejashlari mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali maʼlumotlarni boʻlishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔅Mobil-ID tizimidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

🔹OneID
tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);

🔹Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);

🔹elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʼyicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;

🔹foydalanuvchi oʼzining shaxsiga doir maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;

🔹foydalanuvchi oʼzining shaxsiga doir maʼlumotlarini davlat organlari va tashkilotlari, xoʼjalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;

🔹qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.

📌Batafsil 👉🏻https://minjust.uz/uz/press-center/news/104218/

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yer uchastkasi tushunchasiga ta’rif bersangiz.

📌Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir.

❗️Ma’lumot uchun: Yer uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning o‘zida) belgilanadi. Yer uchastkasining maydoni naturada (joyning o‘zida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 10-moddasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

📋 Шошилинч тиббий ёрдам кўрсатиш учун транспорт воситасининг салонида бўлиши шарт бўлган зарур тиббий ашёларни биласизми?

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik shaxs, Yakka tartibdagi tadbirkor

💠
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 750 000 so'm (BHMning 2,5 baravari)

💠To‘lanadigan davlat boji miqdori:

🔸
“Ichki turizm”yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati uchun — 600 000 so'm (BHMning 2 baravari)
🔸“chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm uchun — 1 500 000 so'm (BHMning 5 baravari)

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

📌Amal qilish muddati — Cheklanmagan.

🔅Faoliyat turlari:

🔹Turoperatorlik faoliyati. Ichki turizm yo‘nalishi

🔹Turoperatorlik faoliyati. Chiqish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turizm faoliyatini (shu jumladan tibbiy va ta’lim turizmi) amalga oshirish)

🔹Turoperatorlik faoliyati. Kirish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarni jalb qilishga oid turizm faoliyatini amalga oshirish)

🔹Turagentlik faoliyati. Ichki turizm yo‘nalishi (O‘zbekiston Respublikasi ichida turizm faoliyatini amalga oshirish)

🔹Turagentlik faoliyati. Chiqish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turizm faoliyatini (shu jumladan tibbiy va ta’lim turizmi) amalga oshirish)

🔹Turagentlik faoliyati. Kirish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarni jalb qilishga oid turizm faoliyatini amalga oshirish)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📱Mobil-ID tizimi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini bilasizmi?

Tez, oson, qulay va ishonchli onlayn xizmat

💠Batafsil👉
https://youtu.be/I9vzEepEKa0

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Channel photo updated
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Экспорт улуши умумий товар айланмасининг 60 фоизидан ортиғини ташкил этадиган экспорт қилувчи, шунингдек, қишлоқ хўжалиги ва ҳунармандчилик соҳасида фаолият юритувчи тадбиркорлар учун товар белгиларини 2022 йилда миллий рўйхатдан ўтказиш бепул амалга оширилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Hukumatning 341-sonli qaroriga asosan, nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

📌Endilikda 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan nogironligi boʻlgan — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshirishlari yoki YIDXP (my,gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Ветеринария ва чорвачилик соҳасида кўкрак нишонларини бериш тартиби белгиланди

Ҳукумат қарори (526-сон, 27.09.2022 й.) билан “Ўзбекистон Республикаси ветеринария фидойиси” ва “Ўзбекистон Республикаси чорвачилик фидокори” кўкрак нишонлари тўғрисидаги низомлар тасдиқланди

🔰 Кўкрак нишонлари билан қуйидагилар тақдирланади:

▫️ “Ўзбекистон Республикаси ветеринария фидойиси” кўкрак нишони билан – ветеринария соҳасини ривожлантириш, соҳада назоратни кучайтириш ва хизматлар сифатини ошириш, эпизоотик осойишталик, озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлигини таъминлашга муносиб ҳисса қўшган фуқаролар;

▫️“Ўзбекистон Республикаси чорвачилик фидокори” кўкрак нишони билан – чорвачиликни ривожлантириш, чорва моллари наслини яхшилаш, озуқа базасини мустаҳкамлашга муносиб ҳисса қўшган шахслар.

📝 Номзодлар бўйича таклифлар ҳар йили 1 июлгача Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш давлат қўмитасига берилади.

📁 Қўмита раиси томонидан номзодларни кўриб чиқиш учун 5 кишилик комиссиялар тузилади.

☑️ Комиссиялар номзодлар бўйича таклифларни ўрганиб 1 августгача якуний хулосаларни қабул қилади.

📋 Хулосалар асосида Қўмита раисининг кўкрак нишони билан тақдирлаш тўғрисидаги буйруқлари қабул қилинади.

🗓 Кўкрак нишонлари ҳар йили 1 сентябрь – Мустақиллик байрами арафасида тантанали топширилади.

💰Кўкрак нишонлари билан тақдирланганларга БҲМнинг 4 баравари (1,2 млн сўм) миқдорида бирйўла тўланадиган пул мукофоти ва эсдалик совғалар берилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Situatsion_markaz #Maxsus_reportaj

🔊Adliya vazirligining Situatsion markazi haqida eshitganmisiz?

💠Batafsil👉
https://youtu.be/fUg9ugmspHg

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🏠Ko'chmas mulk sotib olish arafasida bo'lsangiz hamda turli xil noqulay va noxo'sh vaziyatlarga tushmaslikni oldini olishni istasangiz, unda ushbu obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish foydadan holi bo'lmaydi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Juda oddiy, siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.

🔢Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi

👥Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin

💰Xizmat narxi - 15 000 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida

Xizmat ko'rsatish muddati – 3 ish kuni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Forwarded from Huquqiy axborot
#Совринли_викторина

🤩 Адлия вазирлиги томонидан аҳолининг ҳуқуқий онги ва маданиятини оширишга қаратилган ҳуқуқий тест саволларини ўз ичига олган “Совринли викторина” ўтказилади.

Викторина 2022 йил 29 сентябрь куни соат 09:00 да бошланиб, 13:00 га қадар давом этади!

🖥 Иштирокчилар ҳуқуқ соҳасига оид жами 10 та тест саволига (ҳар бир саволга 15 сония) тўғри жавоб топиши керак.

Белгиланган муддатда тест саволларининг барчасига тўғри жавоб берган иштирокчилар орасидан ғолиб Youtube-каналида тасодифий ғолибни аниқлаш (Рандомус рандомайзери) ёрдамида аниқланади.

🎁 Ғолиб иштирокчи 10 та энг муҳим ҳуқуқий китоб билан тақдирланади.

Барча саволларга тўғри жавоб беринг ва ғолиб бўлиш имкониятини қўлга киритинг!

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Bilasizmi

Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish xizmatidan kimlar foydalanishi mumkin?

🔹veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi mutaxassislar;
🔹tasarrufida veterinariya xizmati mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislari;
🔹ishlab chiqarishda veterinariya xizmatlari tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mutaxassislari;
🔹xususiy veterinariya xizmatlari mutaxassislari.

📌Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (Malaka oshirish markazi).

📝Xizmat uchun BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (YIDXP orqali foydalanilganida 10 foiz miqdorida chegirma mavjud).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat