ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.08K subscribers
7.05K photos
870 videos
4 files
6.66K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Yana bir qog‘ozbozlik endi o‘tmishda.

❗️Endilikda, bog‘chaga shakllangan yo‘llanmani olishga Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas!

📝Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yana bir byurokratiyaga chek qo‘yishdi.

🗓Xabaringiz bor, bugungi kunga qadar farzandingizni bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanmani Davlat xizmatlari markazidan (agar markaz orqali yuborilgan bo‘lsa) olishingiz lozim edi va buning uchun Siz vaqt va mablag‘ kabi omillarga duch kelgansiz.

📄Yangi tartib bilan bunday ovoragarchiliklar endi bo‘lmaydi!

Qanday deysizmi?

👉Endilikda, yo‘llanma shakllanishi bilan Sizga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘chaga borishingiz va mudiraga aytishingiz kifoya.

📌Asosiysi, Sizga shakllangan yo‘llanmani tasdiqlovchi maxfiy kodi MTM mudirasiga aytilmaguncha u yo‘llanmani ko‘ra olmaydi va bu bilan korrupsiya holatlari oldi olinadi.

📊Yana bir ahamiyatli jihati, birgina 2022 yilning ozida bog‘chaga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023 yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yo‘llanma shakllangan. Bu degani, ushbu qulaylik orqali fuqarolarning nafaqat vaqti balki har yili 1.2 milliondan ortiq (6 tonna) qog‘oz tejalishiga erishiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_reglament

Ko'chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish tartibi

⚠️ Xizmat
: Ko'chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Ko'chmas mulk egalari bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni ko'rsatish tartibi:

1️⃣ Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o'zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro'yxatdan o'tadi hamda so'rovnoma to'ldiradi.

2️⃣ Vakolatli organ (Kadastr agentligining tuman (shahar) filiallari) joylardagi o'lchovlarni amalga oshiradi.

3️⃣ Ariza beruvchi tomonidan hisob-fakturada ko'rsatilgan to'lov amalga oshirilgach, kadastr pasporti shaklantiriladi.

🗓 Xizmatni ko'rsatish muddati

Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

● ko'p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
● yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha.

➡️ Xizmat narxlari bu yerda.

🖥 YIDXP orqali murojaat etilganda, to'lov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🔹 ko'chmas mulk obyekti bo'yicha birlamchi kadastr yig'majildi (pasporti) mavjud bo'lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o'zgarishlar (rekonstruksiya, qo'shimcha va aloxida qurilish) mavjud bo'lmaganda;
🔹 ko'chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o'zgarganda;
🔹 kadastr yig'majildi (pasporti) yo'qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

☑️ Qog'oz shaklidagi kadastr pasporti Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

Huquqiy asos: Hukumat qarori (535-son, 02.09.2020-y.)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

💻Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun online buyurtma bering!

🏠Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

📄Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani
uydan turib YIDXP (my.gov.uz) olish mumkin. Avalgidek, FHDY organlariga bormaysiz, navbat kutib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.

⌨️Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma berasiz.

📝Buyurtmada:

Farzandingizga tegishli ma'lumotlar to'ldiriladi;
Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;

💬Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 15 foizi (44 500 so'm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.

👨‍💻FHDY xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani pochta xizmatiga taqdim etadi.

🚗Guvohnoma pochta xizmati tomonidan yetkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Davlat_xizmatlari

✔️ Qonunchilikka ko'ra, davlat xizmatlari markazlari, "Lisenziya" axborot tizimi (license.gov.uz) hamda YIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to'langan davlat bojlari, yig'imlar va boshqa har qanday to'lovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytarilishi belgilangan.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Davlat_xizmatlari

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish (new.birdarcha.uz) tizimida yangi “Mening biznesim” moduli joriy etildi.

🔰Ushbu modul orqali tadbirkorlar o'z bizneslariga doir bir qator muhim ma'lumotlarni bir joyda olishlari mumkin:

tadbirkorlik subyektlarining umumiy ma'lumotlari;
soliq hisobotlari va ma'lumotlari;
lisenziya va intellektual mulk ma'lumotlari;
ko'chmas mulk ma'lumotlari;
bandlik va YHXX ma'lumotlari;
taqiqlar va IT park ma'lumotlari;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma'lumotlari;
qimmatli qog'ozlarning markaziy depozitariysi ma'lumotlari.

❗️Yangi imkoniyatlar yordamida biznesingizni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarga tezda ega bo'ling!

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda.

❗️Maʼlumot oʻrnida, davlat xizmatlari markazi xodimlari toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega emas.

Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq.

📎Buning uchun ommabop toʻlov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, toʻlovni osongina amalga oshiring.

🖥 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” toʻlov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya