ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.11K subscribers
6.77K photos
816 videos
4 files
6.48K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
#Jamoatchilik_muhokamasi

❗️Davlat dasturi loyihasidagi eng muhim choralarni oʻzida aks ettirgan infografik toʻplam taqdim qilindi

▫️Bu sizga tezkor tarzda kerakli maʼlumotlarga ega boʻlish imkonini beradi. Infografik maʼlumotlar beshta ustuvor yoʻnalish kesimida 👉tayyorlangan.

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni 📎uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda 📎regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.

Fursat oz qoldi, tanishib, oʻz takliflaringizni qoldiring!

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#bir_raqam_sharhi

⚔️Toshkent viloyati adliya boshqarmasi davlat xizmatlari markazlariga joriy yil 20-yanvar soat 8:00 dan 17:00 ga qadar 8125 nafar fuqaro tashrif buyurdi.

Fuqarolarga oson, tezkor va qulay davlat xizmatlari taqdim etildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Parkent tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda Yangiobod mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari ko‘rib chiqildi va “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan choralar belgilanib, ish yurituviga olindi.

Shuningdek, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun mohiyati  yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Oqqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi tomonidan Hamid Olimjon nomli mahallada “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.

Adliya bo‘limi tashabbusi bilan mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilinib, tibbiyot birlashmasidan malakali mutaxassis va shifokorlar jalb etildi.Tibbiy ko‘rikda 100 nafarga yaqin aholi qatnashdi. Ayrim toifadagi bemorlarga imtiyozli asosda dori vositalari tarqatildi. Ko‘rik davomida kasalligi aniqlangan fuqarolarga tuman va viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim qilindi.  

Shuningdek, shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#bir_raqam_sharhi

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi davlat xizmatlari markazlariga joriy yil 21-yanvar soat 8:00 dan 17:00 ga qadar 6754 nafar fuqaro tashrif buyurdi.

Fuqarolarga oson, tezkor va qulay davlat xizmatlari taqdim etildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya