ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.1K subscribers
6.92K photos
837 videos
4 files
6.56K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
#Adliya_xabari

📣 “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovi oʻtkaziladi

Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga kirishni istaysizmi? Unda “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovida oʻzingizni sinab koʻring!

Tanlovda kim ishtirok etishi mumkin?

Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan, umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi oldingi oʻquv semestri davomida 86 va undan yuqori foizni tashkil etgan hamda adliya tizimida faoliyat olib borish istagi boʻlgan 4-kurs talabalari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:
▫️ saralash bosqichi (har bir fakultet doirasida);
▫️yakuniy bosqich (TDYU doirasida).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 1—10-noyabr kunlari qabul qilinadi.

📎Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar tomonidan har bir fakultet doirasida tashkil etilgan Tanlov komissiyalariga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
▫️ariza;
▫️talabgorning shaxsiy varaqasi;
▫️talabgorning tanlov oʻtkazilishidan oldingi oʻquv semestri (6-semestr) oʻzlashtirish koʻrsatkichlari (transkript).

❗️Saralash bosqichi test va taqdimot shartlari asosida amalga oshiriladi. Yakuniy bosqich test, kazus (muammoli vaziyatga yechim) va blits savol-javob shartlari asosida oʻtkaziladi.

Tanlov natijalariga koʻra, I, II va III oʻrinlarni egallagan hamda tegishli nominatsiyalarga ega boʻlgan ishtirokchilar Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga qabul qilinadi.

🖥 Roʻyxatdan oʻtish

👉Tanlov nizomi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 30-oktabr kuni adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Yoonas Xeyskanen boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov delegatsiya vakillariga soʻngi yillarda adliya va huquq sohasida Oʻzbekiston — Finlyandiya munosabatlarini yanada mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻzlab berdi.

Jumladan, uchrashuvda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi koʻmagi bilan Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 2023—2025-yillarga moʻljallangan “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlari himoyasini kuchaytirish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar alohida taʼkidlandi.

Y. Xeyskanen, oʻz navbatida Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlari himoya qilish sohasidagi islohotlarni yuqori baholadi. Shu oʻrinda, aholini bepul yuridik yordam bilan taʼminlanganligi hamda ushbu sohasida faoliyat olib boradigan NNTlar faoliyatiga koʻmaklashish fuqarolarni odil sudlovga erishishda muhim rol egallashini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlashda ijobiy natija berayotganligi va kelgusida ushbu hamkorlikni davom ettirishdan mamnun ekanliklari bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Gʻozgʻon shahar adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, YXKM, FHDY faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot mobaynida Gʻazgʻon shahrida huquqiy xizmatlar sifati, “mahalla yettiligi” bilan ishni tashkil etish, huquqiy targʻibot targʻibot masalalari eʼtibor markazida boʻldi. Shuningdek, davlat xizmatlari, FHDY, YXKM faoliyati ham tahlil etildi.

Shuningdek, adliya vaziri Navoiy shahrida boʻlib, “Chinor” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Bunda “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar hamda masalalarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Adliya vaziri tomonidan huquqiy muammolarni tizimli oʻrganish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng, adliya vaziri shahar hududidagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishib, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida qatnashdi.

Muloqot davomida, yoshlarda vatanga sadoqat, ilm olishga intilish, mamlakatdagi islohotlarga daxldorlik hissini oshirib borish xususida soʻz yuritilib, huquqshunoslik kasbining jozibadorligi tushuntirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishni jadallashtirmoqda: Tojikistondagi forumda adliya vaziri o‘rinbosari sohadagi ustuvorliklar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinmoqda.

Yigʻilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish, murojaatlar bilan ishlash, ochiqlik siyosati va boshqa sohalar kesimida tahliliy maʼlumotlar keltirildi.

Xususan, 1 569 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, tashabbus bilan 187 ta loyiha ishlab chiqildi. Joylarda 420 mingdan ziyod huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Kelib tushgan 123 007 ta murojaatdan 78 foizi qonuniy hal etilib, fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan taʼsir choralari natijasida pul mablagʻi undirib berildi.

Hay'at majlisi davom etmoqda.

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi davom etmoqda.

Unda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sohalar kesimida tahlil qilinmoqda.

Taʼkidlanishcha, davlat organlarining 44 mingdan ziyod noqonuniy hujjatlari bekor qilinib, qoʻpol qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan 2 686 nafar aybdor shaxslar intizomiy hamda 8 093 nafar aybdor mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 8,4 milliondan ortiq xizmatlar koʻrsatilib, xizmat koʻrsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqti 5 daqiqani tashkil etmoqda.

Yuridik xizmat markazlari tomonidan davlat tashkilotlarining 6,3 milliondan ziyod hujjat loyihalari boʻyicha huquqiy xulosalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 4—7 noyabr kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahardagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Xorazmda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Xorazmga xizmat safarini “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi. Xiva tumanining “Istiqlol” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida hududdagi jami 635 ta xonadonlar qamrab olingan.

Birinchi bosqichda muammolar oʻrganilgan boʻlsa, keyingi jarayonlarda ularni hal etish, birlamchi huquqiy koʻmak koʻrsatish, metodik yordam berish, manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish borasida uyushqoqlik bilan amaliy ishlar olib borildi. Natijada 540 ta huquqiy muammolar aniqlanib, shundan 235 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi.

Vazir shuningdek, Urganch shahrida faoliyat olib boruvchi “Tillo domor” xususiy kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorning faoliyatida vujudga kelayotgan huquqiy muammolari oʻrganildi, faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

Navbatdagi manzil Shovot tumanidagi “K.Otaniyozov” mahallasi boʻldi. Akbar Toshqulov “mahalla yettiligi” bilan oʻtkazgan muloqotda adliya xodimlari “yettilik” bilan hamkorlikda fuqarolarni kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarini oʻrganish, ularga yaqindan koʻmaklashish, mavjud huquqiy muammolarni bartaraf etish choralari koʻrish masalalarini muhokama etdi. Ishtirokchilarning faoliyatni yanada yaxshilash yuzasidan takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Online mahalla” platformasi orqali yuborilayotgan murojaatlarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qoraqalpogʻistonga amalga oshirgan xizmat safari davomida Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli farmonida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi, adliya boʻlimlari tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan amaliyotini oʻrganib, sohaga oid ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Bunda “Huquqiy mahalla” loyihasini amalga oshirish va “online mahalla” platformasi orqali adliya boʻlimlariga yuborilayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, mavjud tizimli huquqiy muammolarni hal etish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 2-dekabr kuni Toshkent shahrida Fuqarolik jamiyati haftaligiga start berildi.

“Yuksalish” harakati, Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari va boshqa bir qator hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirlar istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish, shuningdek, shaffoflik va inklyuzivlikni oshirish boʻyicha muloqot va keyingi qadamlarni belgilab olish uchun ochiq platforma boʻlib xizmat qiladi.

Ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov nutq soʻzlab, Oʻzbekistonda davlat va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtalib oʻtdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Fuqarolik jamiyati haftaligining ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov nutq soʻzlab, Oʻzbekistonda davlat va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtalib oʻtdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqiy targ‘ibot aʼlochilari aniqlandi

Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlarning bir guruh xodimlari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targ‘ibot ishlari aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida hamkasbimiz, Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Umarov Aziz Olimovich ham bor. Toshkent viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati va jamoasi hamkasbimizni eʼtirof bilan qizg‘in tabriklaydi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur koʻkrak nishoni “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan.

Koʻkrak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda oʻz egalariga topshiriladi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Adliya_xabari

Insholar tanlovi o‘tkazildi

 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori  ijrosi yuzasidan, Ohangaron shahar umumtaʼlim maktablari o‘quvchilar o‘rtasida   korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi o‘tkazildi.

 Tanlov g‘oliblariga adliya bo‘limi va hamkor tashkilotlar  tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Forwarded from Эркин Дорипов
#Adliya_xabari

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024 yil 6 dekabrdagi yig‘ilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2024 yil 6 dekabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan Qibray tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Matlyuba Abduraximovaga 2020 yil 27 aprelda berilgan TS 0085 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024 yil 7 dekabrdan 1 (bir) oy muddatga, Chirchiq shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Baxtiyor Raxmanovga 2020 yil 22 aprelda berilgan TS 0061 raqamli litsenziyaning amal qilishi 2024 yil 7 dekabrdan 2 (ikki) oy muddatga, Chirchiq shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Dilshod Usmonovga 2020 yil 23 aprelda berilgan TS 0079 raqamli litsenziyaning amal qilishi 2024 yil 7 dekabrdan 1 (bir) oy muddatga to‘xtatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Adliya_xabari

Navbatdagi manzil Gʻuzor tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida boʻldi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov ushbu mahallada “yettilik”ning amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi.

Uchrashuvda tuman adliya boʻlimi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berdi.

Shuningdek, vazir “Adliya mahalla” va “Onlayn mahalla” platformalari bilan ishlash boʻyicha faoliyat bilan tanishib, ishlarni toʻgʻri tashkil etish, xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda belgilangan talablarga qatʼiy amal qilish boʻyicha oʻzining koʻrsatmalarini berdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda 1208 ta huquqiy muammo aniqlanib, 741 tasi qanoatlantirilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tomonidan Chinoz tumanining “Qozi” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov ishtirokida Toshkent viloyati Chinoz tumanida sayyor qabul oʻtkazildi. Unda fuqarolarni qiziqtirayotgan asosiy masalalar — ishga joylashish, ijtimoiy himoya, kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanma olish hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq masalalarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabullar davomida 53 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 27 tasi joyida hal etildi, 16 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 10 ta murojaatlar ish yurituviga olindi.

Shu joyning oʻzida markaz xodimlari tomonidan 20 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Kontrafakt mahsulot tadbirkorlik huquqlarining buzilishi va insofsiz raqobatning ko'rinishidir.

📣 Hurmatli iste’molchilar! Oilangiz va yaqinlaringizga faqat haqiqiy mahsulotni ravo koʻring. Kontrafaktga aldanib qolmang !

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Toshkent viloyatida tadbirkorlarning huquqiy muammolarini oʻrgandi

Xususan, vazir o‘rinbosari Chinoz tumanida joylashgan “Right Pak” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib korxona mas'ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga qaratilgan qonunchilikdagi mavjud imkoniyat va preferensiyalar, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar haqida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, korxona faoliyatidagi mavjud huquqiy muammolar muhokama qilindi. Muloqot davomida bildirilgan qonunchilikka takliflar kelgusida batafsil oʻrganilib, tadbirkorlik faoliyatida vujudga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar koʻrilishi bildirib oʻtildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Adliya_xabari

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 9-yanvardagi 1/2025-son, 2/2025-son yig‘ilish qarorlariga asosan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 13-yanvardagi tegishli buyrug‘lari bilan:

Angren shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius U.Niyazovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2025-yil
15-yanvardan 1 (bir) oy muddatga
to‘xtatildi.

Qibray tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius G.Abdusalyamovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2025-yil 15-yanvardan 1 (bir) oy muddatga to‘xtatildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya