ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.09K subscribers
6.97K photos
854 videos
4 files
6.6K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
#Jarayon

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borilmoqda.

Joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etilib, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilib, muvofiqlashtirib borilmoqda.

Ohangaron tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori G‘ayrat Ahmedov o‘ziga biriktirilgan G‘allaquduq, Shodmalik, Yangihayot, Gulobod va Ubayd mahallalarida  “mahalla yettiligi” aʼzolari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazib, aniqlangan murojaatlar mahalla.adliya.uz orqali ijroga qaratilishi taʼminlandi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini va ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o'zgartirish huquqiga ega emas.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#huquqiy mahalla

Aholi muammolari o'rganilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Qibray tumanidagi "Beruniy" mahallasi hududida uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari adliya organidan iborat ishchi guruhlar tomonidan o'rganilmoqda.

Shuningdek, hozirda adliya organi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, "mahalla yettiligi" ishtirokida hamda uyma-uy yurgan holda fuqarolarga 700 dan ortiq targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

Bundan tashqari mahalla hududida yashovchi fuqarolarga huquqiy yordam berish maqsadida davlat xizmatlari, FHDY va notariuslardan iborat ishchi guruhi tomonidan joylarda 100 dan ortiq sayyor xizmatlar ko'rsatilmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

O‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini puxta o‘rgatish, uning insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini yozma ishlarda, tasviriy asarlarda, ko‘rgazmali vositalarda ifodalash borasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. 


Ohangaron tuman adliya bo‘limi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida tuman Yoshlar markazida tinglovchilar va harbiy yoshlar ishtirokida, shuningdek 4 va 29-sonli umumtaʼlim maktablari  bitiruvchilari ishtirokida 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

 Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quvchilarga Bosh Qomusimizning mamlakatimiz va xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, har bir fuqaro taqdiridagi ahamiyati haqidagi huquqiy tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Konstitutsiya mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy poydevori, inson huquq va erkinliklarining kafolati, birdamlik zanjiri, tenglik mezonidir. Davlatning erkin va adolatli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlat bo‘lishida Konstitutsiyaning ahamiyati cheksiz. 

Viloyat hokimining farmoyishi bilan, korrupsiya holatlarining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida 2024 yilning 13 noyabr kunidan 13 dekabr kuniga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” profilaktik tadbiri o‘tkazish belgilangan.

Yangiyo‘l shahar hokimligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida seminar o‘tkazildi. Seminarda “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va mexanizmlari” mavzusida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Umarov maʼriza o‘qidi. Тadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya