ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.09K subscribers
6.97K photos
858 videos
4 files
6.61K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Xorazmda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Xorazmga xizmat safarini “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi. Xiva tumanining “Istiqlol” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida hududdagi jami 635 ta xonadonlar qamrab olingan.

Birinchi bosqichda muammolar oʻrganilgan boʻlsa, keyingi jarayonlarda ularni hal etish, birlamchi huquqiy koʻmak koʻrsatish, metodik yordam berish, manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish borasida uyushqoqlik bilan amaliy ishlar olib borildi. Natijada 540 ta huquqiy muammolar aniqlanib, shundan 235 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi.

Vazir shuningdek, Urganch shahrida faoliyat olib boruvchi “Tillo domor” xususiy kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorning faoliyatida vujudga kelayotgan huquqiy muammolari oʻrganildi, faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

Navbatdagi manzil Shovot tumanidagi “K.Otaniyozov” mahallasi boʻldi. Akbar Toshqulov “mahalla yettiligi” bilan oʻtkazgan muloqotda adliya xodimlari “yettilik” bilan hamkorlikda fuqarolarni kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarini oʻrganish, ularga yaqindan koʻmaklashish, mavjud huquqiy muammolarni bartaraf etish choralari koʻrish masalalarini muhokama etdi. Ishtirokchilarning faoliyatni yanada yaxshilash yuzasidan takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_mahalla

Qibray tumanidagi Beruniy mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi  doirasida ishchi guruh aʼzolari uyma-uy yurgan holda fuqarolarning  murojaatlari o‘rganilmoqda.

Xususan, murojaatlarni o‘rganish doirasida fuqarolarning yo‘l taʼmiri va boshqa huquqiy masalalar  ijobiy hal etildi.

 Viloyat adliya boshqarmasi, adliya bo‘limi hamkorligida mahallada  aholining ijtimoiy va huquqiy masalalarini uyma-uy yurgan holda o‘rganish jarayoni davom etmoqda.  Fuqarolarni qiynayotgan qator masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya olish, taʼlim krediti, uy-joy taʼmiri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar ekanligi aniqlanmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya