ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.09K subscribers
6.97K photos
858 videos
4 files
6.61K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash, muqobil joylashtirishning shakllariga yo'naltirish va ularning hisobini yuritish tartibiga muvofiq hisobga olingan quyidagilar farzandlikka olinadi:

🔹ota-onasi vafot etgan;

🔹ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;

🔹ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;

🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlagan;

🔹ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;

🔹ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;

🔹ota-onasi bedarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bolalar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

⚡️ Prokuror o'z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib:

▪️fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to'g'risidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqadi va tekshiradi;

▪️arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi;

▪️fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko'radi;

▪️shuningdek belgilangan vakolatlardan foydalanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖 Ish beruvchining aybi bilan mehnatda mayib bo'lgan yoki kasb kasalligiga chalingan nogironligi bo'lgan shaxslar tibbiy ko'rsatmalarga binoan ish beruvchining (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar) mablag'lari hisobidan reabilitasiya qilishning texnik va maxsus transport vositalari bilan ta'minlanishi belgilangan.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Bilasizmi

⚠️Qonunchilikka ko'ra, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O'zbekistonda ro'yxatdan o'tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, ro'yxatdan o'tkazilgan dori vositalarining g'ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog'lig'iga zararli ta'sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, muomaladan chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, yo'q qilib tashlanishi kerak.

📦 Bunda ular boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlardan alohida maxsus izolyasiya qilingan joyda saqlanishi kerak.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Bilasizmi

🔰O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

📝 Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.

✔️O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖O'zbekiston Respublikasini himoya qilish O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.

🌐 Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o'tashga majburdirlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to'lash asosida amalga oshirililadi.

To'lovlar yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko'rsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun kiritiladi. To'lovlar mazkur ruxsatnomalar berilayotganda kiritiladi.

📝 Yovvoyi hayvonlar to'lovga muvofiq miqdorda tutiladi. YOvvoyi hayvonlarni tutish uchun to'lovlar miqdorlari belgilangan.

⚠️ Agar biron-bir hayvon ovchilik xo'jaligiga yoki insonning xo'jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi hayvon sifatida tutiladigan bo'lsa, uning uchun to'lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, yo'lovchi tashish poezdida (shaharlararolardan tashqari) yo'lovchiga sotib olingan chiptaga binoan joy taqdim qilinmaganda, yo'lovchi talabiga binoan jo'nash stansiyasi tomonidan dalolatnoma tuziladi va bu dalolatnoma asosida unga zudlik bilan chipta uchun pullar to'liq qaytariladi.

📋 Shuningdek, yo'lovchiga o'sha yo'lovchi tashish poezdining o'zida quyi toifa vagonida joy taqdim qilinganda, poezdda yurish uchun olingan summa va o'sha vagonda taqdim etilgan joyning haqiqiy qiymati orasidagi farq qaytariladi.

🖥 Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan chiptalar bo'yicha to'lov qaytarish, ular qaysi stansiyada rasmiylashtirilganligidan qat'i nazar, har qanday stansiyada amalga oshiriladi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya