Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Tuman hokimi Kalas mahallasida boʻldi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh masʼullar bilan tumanda gaz taʼminoti muammosi boʻlgan Kalas mahallasida boʻldi.

Aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida mahallaga borgan hokim tegishli masʼullar bilan mahallada gaz taʼminoti muammosini bartaraf qilish masalalarini muhokama o'tkazdi hamda aholi murojaatlarini hal qilish uchun muddat belgiladi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Qishloq xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🔹Bekobod tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Davra_suhbati

"Kambagʻallikdan-farovonlik sari
"

Aynan shu dastur doirasida bugun,Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumandagi oʻquv markazlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tadbir davomida tuman hokimi "Zukko" oʻquv markazidagi shart-sharoitlar bilan tanishib markazdagi oʻquvchi yoshlar bilan suhbatlashdi.

Tuman hududida joylashgan 7 ta oʻquv markazi rahbarlari bilan oʻtkazilgan uchrashuv davomida markazlarni bugun qiynayotgan masalalar haqida suhbat yuritildi hamda "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokamalar oʻtkazildi.

Tadbir soʻngida "Zukko", “HOGWARTS EDUCATION”, “Mamura ilm kurslari” “Premium work time”, "Elevatye", “HOGWARTS EDU” va "Ibrat" oʻquv markazlari rahbarlari bilan 2025-yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini xorijiy til va kasb-hunarga oʻqitishni Toshkent tumani Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirish reja qilib olindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Bozordagi narx-navo oʻrganildi


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev "Keles dehqon bozori"da boʻlib, arzonlashtirilgan yarmarkadagi mahsulotlarning narx-navosini oʻrgandi.

Xususan, tuman hokimi bozor maʼmuriyati bilan narx-navoni sunʼiy oshirilishini oldini olish, aholiga sifatli va arzon mahsulot yetkazish haqida suhbatlashgan boʻlsa, bozorda savdo-sotiq bilan shugʻullanadigan savdogarlar va dehqonlar bilan savdodagi muammolar haqida suhbatlashdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Koʻrik_tanlov

"Eng yaxshi didaktik oʻyin muallifi" aniqlandi


Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-pedagoglari oʻrtasida  "Eng yaxshi didaktik oʻyin muallifi" koʻrik tanlovi tuman bosqichi 39-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻtkazildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad maktabgacha taʼlim tashkilotida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning mahorati, ijodiy salohiyatini oshirish va taʼlim tarbiya jarayonini yangi, zamonaviy innovatsion yondashuv asosida tayyorlangan didaktik oʻyinlarni yaratish va fikr almashish, ijodiy faolligini oshirish hamda koʻrik tanlovni viloyat bosqichiga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan.

Tadbir asnosida tarbiyachi-pedagoglar oʻzlari uchun kerakli boʻlgan bilimlar va fikr almashinuviga ega boʻldilar bu esa yosh avlodni maʼnaviy aqliy va axloqiy tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.

Ko'rik tanlovda tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan tarbiyachi-pedagoglar o‘zlari yasagan didaktik o‘yinlarni olib kelib ,ularga ta’rif berishdi. Tanlov natijasiga ko'ra 1-orinni 7-DMTT tarbiyachi-pedagogi, 2-o‘rinni 9-DMTT, 3-o‘rinni 29-DMTT tarbiyachilari olib g‘olib bo‘lishdi. 1-o‘rin olgan 7-DMTT vakiliga tanlovning viloyat bosqichiga qatnashish uchun yo‘llanma berildi.

G'oliblar tuman MMTB boshlig'ining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi


“Yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-443-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.

🗓 2025/2026-o'quv yilidan:

🔹sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;

🔹sport maktablarida ommaviy sport bo'yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;

🔹har bir ommaviy sport bo'yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta'lim muassasalari biriktiriladi;

🔹ommaviy sport bo'yicha trener-seleksioner o'ziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o'tkazib borishga mas'ul hisoblanadi.

2025/2026-o'quv yilidan hududlardagi olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati quyidagi yangicha tartibda tashkil qilinadi:

sport turlari bo'yicha mahorat maktablari tashkil qilinadi;

mahorat maktablari faoliyati sport turlari bo'yicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yo'naltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslashtiriladi;

mahorat maktablari o'quvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan ko'p bo'lmagan miqdorda 7–11-sinf o'quvchilaridan iborat bo'ladi;

mahorat maktablari o'quv dasturini o'zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o'tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma beriladi;

mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan ta'minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to'lovi undirilmaydi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM