Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Davra_suhbati

Jaholatga qarshi maʼrifat

📌 Diniy qo‘mitaning bosh mutaxassisi, tuman imom xatibi, ishchi guruh aʼzosi ishtirokida Toshkent tumani Aloqa bo‘limi xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi - maʼrifat" shiori - "Islom tinchlik dini" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔰Suhbat davomida soha mutaxassislari so‘zga chiqib, jaholat so‘zini maʼnosi, jahonda ro‘y berayotgan notinchliklar to‘g‘risida gapirib, bizning yurtimizda eng katta boylik bu tinchlik ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdilar.

📸Jarayon fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

🇺🇿 Konstitutsiyaviy islohotlar-kelajak poydevori

🇺🇿Joriy yilning 30-mart kuni Toshkent tumani Madaniyat markazi katta majlislar zalida Adliya vazirligi va tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi rahbar hamda ishchi xodimlari uchun konstitutsiyaviy islohotlar hamda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilishi belgilangan referendum yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.

🇺🇿Davra suhbati davomida Obodonlashtirish boshqarmasi rahbar hamda ishchi xodimlariga Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotganligi taʼkidlandi. Xususan, konstitutsiyaviy huquqlar doirasi taʼlim, ekologik huquqlar, sog‘liqni saqlash, gender tenglik, erkin harakatlanish kabi huquqlar bilan to‘ldirilayotganligi aytib o‘tildi.

Davra suhbati yakunida rahbar va ishchi xodimlar konstitutsiyaviy islohotlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📹Tafsilotlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

Tuman sudi raisi sayyor uchrashuvda

Toshkent viloyat jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent tuman sudi raisi M.Mirraximov tomonidan tumandagi Gultepa mahalla fuqarolar yigʻini idorasida mahalla faollari hamda fuqarolari bilan davra suhbat oʻtkazildi.

👍Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuv davomida fuqarolar bilan qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgartirishlar, nizolarni maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari, manfaatdor shaxs tushunchasi, maʼmuriy sudga murojaat qilish muddatlari va tartibi, kelib tushgan shikoyatlarni birinchi instansiyada koʻrib chiqish va hal qiluv qarorining ijrosi toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

🦅Shuningdek, davra suhbati soʻngida mahalla fuqarolar yigʻinidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan, xususan ehtiyojmand va ijtimoiy muhofazaga muhtoj boʻlgan, shuningdek nogironligi boʻlgan ayollarning sud-huquq masalalariga va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, huquqiy yordam va maslahatlar berildi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

💫Bitiruvchi yoshlar kasb-hunarga yoʻnaltirilmoqda


🇺🇿Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Nilufar Ubaydullayeva hamda Tatariston Respublikasining "Alabuga" taʼlim muassasasi xodimi Ayrat Kaviyev va Yevgeniy Belovlar boshchiligida tumandagi barcha umumtaʼlim maktablari bitiruvchi yoshlari, taʼlim muassasalarining oʻquvchilari va maʼnaviyatchi psixologlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Davra suhbat jarayonida mehmonlar tomonidan Tatariston Respublikasi kasb-hunarga oʻqitishdagi taʼlim muassasalari faoliyati toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berildi.

✍️ Suhbat yakunida maktab oʻquvchilar hamda psixologlar savollariga tadbir tashkilotchilari tomonidan batafsil javob berdilar.

⭐️ Tadbir yakunida "Alabuga" taʼlim muassasasi xodimlariga Respublikamiz milliy anʼanalarini oʻzida aks etgan esdalik sovgʻasi taqdim etildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

Yoshlar va tadbirkorlar


Joriy yil 9-fevral kuni Toshkent tumanidagi Madaniyat markazida bitiruvchi yoshlarni kasb tanlashdagi zamonaviylik bilan bog‘liq masalalari yuzasidan ”Yoshlar va tadbirkorlar" bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi


Toshkent tumani 2-sektor hududidagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2-sektor hududidagi mahallalar hamkorligida "Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi" mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boʻlimi boshligʻi Mashhura Hamroyeva, Xalqaro "Oltin Meros" xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati boshqarma boshligʻi Zarifa Eshmurzayeva va aktrisa, "Sogʻlom avlod" ordeni sohibasi Shukurjon Safoyeva qatnashdilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Davra_suhbati

Ilmli ayol-jamiyat koʻzgusi


Toshkent tumani 3-sektor hududidagi 17-umumiy urta taʼlim maktabida " Ilmli ayol-jamiyat koʻzgusi" mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Toshkent tumani hokimining o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari L.Qoraboyeva Xalqaro islom Akademiyasi professori, sotsiologiya fanlari doktori Shoxida Sodiqova qatnashdilar.

📹Batafsil fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Davra_suhbati

Oilalar mustahkamligi uchun barchamiz masʼulmiz


Toshkent tumani Chigʻatoy mahallasi hududida joylashgan "Dilbar" marosimlar saroyida "Oilalar mustahkamligi uchun barchamiz masʼulmiz" mavzusida tadbir davra suhbati oʻtdi.

Tadbirda bugungi kunda Toshkent tumanida oilalar mustahkamligi yoʻlida olib borilayotgan ishlar, ajrimlar sabablari va oqibatlari, fuqarolar va yeshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar, kelgusida ajrimlar boʻlmasligi uchun, milliy qadriyatlar, anʼanalar davomchilari boʻlgan yoshlarimizni oilaviy hayotga tayyorlashda kattalarning oʻrni haqida mulohazalar yuritildi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Davra_suhbati
#Onlayn

"Istiqbolli avlod" loyihasi Toshkent tumanida


Ayni damda, Toshkent tumani hokimligida "Chegara oʻtish punktlarida zaif guruhlar vakillarining yuridik xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash" mavzusida davra suhbati oʻtkazilmoqda.

Davra suhbatini Toshkent tumani hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin – qizlar boʻlimi rahbari L. Karabayeva, Respublika «Istiqbolli Avlod» ijtimoiy-axborot markazi boshqaruvi raisi N.Karimovalar oʻtkazmoqda.

Unda "Ijtimoiy zaif guruhga mansub aholini ijtimoiy-huquqiy qoʻllab- quvvatlashda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi", "Ijtimoiy zaif guruhga mansub aholini ehtiyojlarini aniqlash, baholash va zarur yordam turlarini koʻrsatishda NNTlar bilan hamkorlik" singari mavzular yuzasidan suhbat oʻtkazilmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

Mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida...


Toshkent tumani Yoshlar markazida "Harbiy Vatanparvarlik va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari, tuman Yoshlar ishlari agentligi hamda tuman diniy qoʻmita vakili ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishga tumandagi 1-va 4-sektor hududida yashovchi mafkuraviy immuniteti mustahkamlanishiga muhtoj yoshlar ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida zoʻravonlikka tayangan ekstremizm hamda terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashishning dolzarb muammolari, yosh avlodni buzgʻunchi gʻoyalar, ekstremizm hamda terrorizm taʼsirlaridan himoyalash boʻyicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy-profilaktik vositalarni yanada takomillashtirish haqida soʻz yuritildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

"Jaholatga qarshi maʼrifat"


Aynan shu mavzuda,bugun, Toshkent tumanidagi kasb-hunar maktablarida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbati davomida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash hamda buzgʻunchi yot gʻoyalaridan ogoh boʻlish, axborot makonida, jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda  yoshlar ongiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan gʻoyalarga qarshi maʼnaviy immunitetni shakllantirish toʻgʻrisida fikr yuritildi.

📸Jarayonlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

"Kambagʻallikdan-farovonlik sari
"

Aynan shu dastur doirasida bugun,Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumandagi oʻquv markazlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tadbir davomida tuman hokimi "Zukko" oʻquv markazidagi shart-sharoitlar bilan tanishib markazdagi oʻquvchi yoshlar bilan suhbatlashdi.

Tuman hududida joylashgan 7 ta oʻquv markazi rahbarlari bilan oʻtkazilgan uchrashuv davomida markazlarni bugun qiynayotgan masalalar haqida suhbat yuritildi hamda "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokamalar oʻtkazildi.

Tadbir soʻngida "Zukko", “HOGWARTS EDUCATION”, “Mamura ilm kurslari” “Premium work time”, "Elevatye", “HOGWARTS EDU” va "Ibrat" oʻquv markazlari rahbarlari bilan 2025-yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini xorijiy til va kasb-hunarga oʻqitishni Toshkent tumani Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirish reja qilib olindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

"Kambagʻallikdan-farovonlik sari
"

Aynan shu dastur doirasida kecha,Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumandagi oʻquv markazlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tadbir davomida tuman hokimi "Zukko" oʻquv markazidagi shart-sharoitlar bilan tanishib markazdagi oʻquvchi yoshlar bilan suhbatlashdi.

Tuman hududida joylashgan 7 ta oʻquv markazi rahbarlari bilan oʻtkazilgan uchrashuv davomida markazlarni bugun qiynayotgan masalalar haqida suhbat yuritildi hamda "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokamalar oʻtkazildi.

Tadbir soʻngida "Zukko", “HOGWARTS EDUCATION”, “Mamura ilm kurslari” “Premium work time”, "Elevatye", “HOGWARTS EDU” va "Ibrat" oʻquv markazlari rahbarlari bilan 2025-yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini xorijiy til va kasb-hunarga oʻqitishni Toshkent tumani Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirish reja qilib olindi.

📸Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM