Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.67K subscribers
21.3K photos
4.8K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Oʻrganish

Aholi tomorqasi qay ahvolda?

Tomorqa-daromad manbai ekanligi hech kimga sir emas. Biroq bugungi kunda tomorqasidan unumli foydalanmasdan, uni oʻz holiga tashlab qoʻyayotgan aholi vakillari ham yoʻq emas.

Fuqarolarning tomorqadan unumli foydalanishi nazorat qilish ham hokimlikning qolaversa hokim yordamchilarining vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, kuni kecha Gultepa mahallasida joylashgan xonadonlarning birida boʻlgan Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tomorqasi achinarli ahvolda boʻlgan xonadon egalari bilan suhbatlashib, shu hududga masʼul boʻlgan hokim yordamchisiga nisbatan qatʼiy ogohlantirish berdi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, fuqarolardan oʻz tomorqalarini daromad manbaiga aylantirishni va undan unumli foydalanishni soʻrab qolgan boʻlar edik.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#Oʻrganish

Vaʼdaga muvofiq hokim Qoraboʻrik mahallasida boʻldi


Xabaringiz bor, kecha Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Qoraboʻrik mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, yigʻilib qolgan masalalarni birma-bir eshitish va mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobotni eshitish maqsadida hududdagi 3-umumtaʼlim maktabida yigʻilish oʻtkazgan edi.

Kechagi yigʻilishda aholi tomonidan hokimga mahallaga kelib, muammolarni shaxsan oʻrganish boʻyicha taklif berilgan edi. Bugun, vaʼdaga muvofiq hokim Qoraboʻrik mahallasida boʻldi va Chinor 7-berk, Chinor 6-berk va Chinor shoh koʻchalarini mahalla yettiligi va aholi hamkorligida oʻrganib, tegishli muammolarni bartaraf qilish maqsadida zudlik bilan taklif kiritish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi.

Shuningdek, tuman hokimi mahalla yettiligiga aholi tomorqasidan unumli foydalanishini yoʻlga qoʻyish, boʻsh dala chetlariga toʻqsonbosti ekinlarini ekish, kam taʼminlangan oilalarning daromadini oshirish uchun ularga nafaqat yerdan foydalanishni oʻrgatish, balki oʻrdakchilik bilan shugʻullanishlariga sharoit yaratish, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Oʻrganish

Qoraboʻrikda yashovchi yolgʻiz ayollar oʻrganildi


Ikki kun ilgari Qoraboʻrik mahallasida boʻlgan yigʻilishda tuman xokimi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan Oila va xotin qizlar boʻlim boshligʻi L.Qoraboyeva mahallada yashovchi muammosi bor oilalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda U.Sattarova bandligini taʼminlash, uyda oʻtirib daromad topishga yoʻnaltirish tushuntirdi.

Boquvchisi boʻlmagan M.Azimovaning xonadoniga kirib oilaviy masalasi oʻrganildi.

Boquvchisi boʻlmagan O. Sadikova ham xonadoni oʻrganilib daromad topishi va kambagʻallikdan farovonlik sari dasturiga asosan oilalarda daromadlarni oshirish ishlari tushuntirildi.

Mahalla yettiligiga "Ayollar daftari"ga kiritiladigan ayollarni roʻyxatini shakllantirish va ehtiyojmand xotin-qizlarni qamrab olish topshirigʻi berildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Oʻrganish

Hokim hududda


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh masʼullar bilan sayyor qabuldan soʻng, Zaxariq mahallasi sharoitini oʻrgandi.

Xususan, mahalladagi "Qizgʻaldoq" oilaviy shifokorlik punktida aholiga xizmat koʻrsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Shifokorlar koʻchasining asfalt masalasini hal qilish yuzasidan masʼullarga bir qator topshiriqlar berdi.

Oʻrganish davomida Mahalla uyushmasi raisi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi boshliqlariga koʻcha chetlarini tozalash, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish, aholi tomorqalarini tartibga keltirish boʻyicha vazifalar yukladi.

📸O'rganish jarayoni fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112👏2
#Oʻrganish

Ishchi guruh Toshkent tumanida oʻz ish faoliyatini davom ettirmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Jamoat Xavfsizligi Universiteti professor-oʻqituvchilaridan iborat ishchi guruh Toshkent tumanining Bog'bon mahallasida bo'lib ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida maqsadli oʻrganishlar oʻtkazdi.

Xususan, huquqbuzarliklarga sabab boʻlayotgan asl omillarni aniqlash va barham berish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan manzilli takliflar berdi.

Oʻrganishlar davomida har bir “Mahalla yettiligi”ga ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish orqali mahallada xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha tavsiyalar berilmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
#Oʻrganish

Biriktirilgan oilalar holidan xabar olindi


Kuni kecha, Toshkent tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi L. Karabayeva, oʻziga biriktirilgan oila xonadonlarida boʻlib, ularning yashash sharoitini oʻrgandi.

Xususan, Toshkent tumani Qizgʻaldoq mahallasida istiqomat qiluvchi 5ta oila vakillari bilan suhbat davomida har bir ayol bilan individual dastur doirasida suhbat oʻtkazilib, SH.N ning turmush oʻrtogʻiga fuqarolik pasporti olishga koʻmaklashish, X.G ga uyining tomini yopish uchun tunuka olib berish, yana ikkita oilaga mevali daraxtlar ekishga koʻmaklashish hamda B.G ga doimiy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordamlashib turishga kelishib olindi hamda shu yoʻnalishda dastur tuzildi.

Biriktirilgan oilalar holidan xabar olish ishlari davom etmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Oʻrganish

Aholi xonadonlarida oʻrganishlar davom etmoqda


Kuni kecha, Toshkent tumani IIB JHH HQMB katta inspektori, kapitan N.Dehkanova A.Navoiy va Ibrat mahallalarida boʻlib, xotin-qizlar faoli bilan birgalikda xonadonlardagi oilaviy sharoitni oʻrgandi.

Oʻrganishdan asosiy maqsad, sharʼiy nikohda yashovchi fuqarolarni nikohlarini qonuniylashtirish boʻyicha ogohlantirish oʻtkazish hamda uzoq muddatga ishlash maqsadida chet el davlatiga chiqib ketgan fuqarolarning oila aʼzolari bilan suhbatlashishdan iborat boʻldi.

Xususan, katta inspektor N. Dehqanova har bir xonadonda boʻlar ekan, sharʼiy nikohda yashashning salbiy oqibatlari va nikohni qonuniylashtirish tartibi haqida batafsil tushuntirishlar oʻtkazdi hamda migratsiyada yurgan fuqarolarning bandligini Toshkent tumani hududida taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan oila vakillarini tanishtirdi.

📸 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
#Oʻrganish

Hayit oldi oilalar holidan xabar olindi

Kuni kecha, Toshkent tumani XALQ banki rahbari N.Jurayev o'ziga biriktirilgan Uchsada, Obodlik mahallalarida boʻlib, mahalla raisi bilan birgalikda xonadonlardagi oilaviy sharoitni oʻrgandi. O'rganish davomida biriktirilgan oilalarga oziq ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Shuningdek, Obodlik mahallasida yashovchi alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan oila farzandlariga e'tibor qaratildi.

📸 Jarayon fotolavhalarda.

💬Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91
#Oʻrganish

Korrupsiya xavfi yuqori sohalar ishchi guruh nazarida


Bugun, Toshkent tumani hokimligi kichik majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A.Komilov, Bosh prokuratura va agentlik xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Toshkent tumani hokimi S.Ergashev, tegishli oʻrinbosarlar, korxona-tashkilot rahbarlari va boshqa masʼul shaxslar ishtirok etdilar.

Ishchi guruhning asosiy maqsadi Toshkent tumani misolida korrupsiya yuqori boʻlgan sohalarni oʻrganish va mavjud muammolarni bartaraf qilishdan iborat.

Oʻrganishlarda tibbiyot muassasalarida pullik va bepul xizmatlar koʻrsatish, dori-darmonlar bilan taʼminlash, ishga qabul qilish va davlat xaridlarida korrupsiyaga imkon berayotgan omillar, maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida holat tahlil qilinib, yigʻilishdan soʻng, kun davomida har bir muassasani oʻrganishga kelishib olindi.

Oʻrganish tafsilotlari haqida keyingi xabarlarda batafsil maʼlumot beriladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Topshiriq va ijro


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Davlat rahbari raisligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan joriy yil 15-may kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida taʼlim muassasalarida boʻldi.

Oʻrganish davomida tuman hokimi tegishli masʼullar bilan Prezident taʼbiri bilan aytganda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida sogʻlom bilimli, teran fikrli, Vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratishni koʻzlab, Toshkent tumanidagi 11-va 6-umumtaʼlim maktablarida oʻrganish ishlarini oʻtkazdi.

Tuman hokimi taʼlim muassasalarida boʻlar ekan, nafaqat oʻquvchilarning taʼlim olishi uchun mavjud sharoitlarni koʻzdan kechirdi, balki oʻquvchilar bilan suhbatlashib, ularni kelajakda katta yutuqlarga erishishlari yoʻlda zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni olishdagi saʼy-harakatlarini baholadi hamda ushbu yoʻnalishda oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, hududga taʼlim sohasini oʻrganish uchun chiqqan hokim, mahalla yettiligi bilan suhbatlashib, koʻchalarni aylandi, mavjud muammo va oʻz yechimini kutayotgan masalalar bilan qiziqdi, tutash mahallalarni aylanib, aholini qiynayotgan masalalarni oʻrgandi hamda mahalla yettiligiga topshiriqlar berdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍123
#Oʻrganish

Oʻrganish obyekti taʼlim muassasasi

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bugungi sayyor qabuldan oldin bir guruh masʼullar bilan Koʻksaroy hududidagi 2-umumtaʼlim maktabida boʻldi.

Davlat rahbari topshirigʻiga asosan taʼlim maskanida oʻquvchilar-bitiruvchilar bilan suhbatlashdi. Soʻngi qoʻngʻiroq tadbirlarida tartibli boʻlish, bayram tadbirlari yakunidan soʻng hayotlarini xavf ostiga qoʻyadigan xatti-harakatlar qilmaslik boʻyicha ogohlantirdi.

Soʻng, maktabga oʻquvchilarning taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirib, oʻz taklif va tavsiyalarini bildirdi hamda mavjud muammolarni yechish choralarini izlash muhimligini maʼlum qildi.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112
#Oʻrganish

Oʻrganish obyekti taʼlim muassasasi

Bugun, Davlat rahbarining topshirig'iga asosan Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, Xalq qabulxonasi tuman boʻlimi mudiri Nigʻmat Muhamedov, tuman prokurori Sanjar Salixov,  tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi Sanjar Abduvaliyev hamda Respublika ishchi guruhi aʼzolari - Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi Furqat Xudoyberdiyev va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi masʼul xodimi Akbar Joʻrayevlar ishtirokida Toshkent tumani Oqtom mahallasidagi 30-umumtaʼlim maktabida boʻldilar.

Ta'ʼlim maskanida oʻquvchilar-bitiruvchilar bilan suhbatlashdi. Soʻngi qoʻngʻiroq tadbirlarida tartibli boʻlish, bayram tadbirlari yakunidan soʻng hayotlarini xavf ostiga qoʻyadigan xatti-harakatlar qilmaslik boʻyicha ogohlantirdi.

Soʻng, maktabga oʻquvchilarning taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirib, oʻz taklif va tavsiyalarini bildirdi hamda mavjud muammolarni yechish choralarini izlash muhimligini maʼlum qildi.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10💯21👏1
#Oʻrganish

Tozalik, ozodalik-salomatlik garovi


Bugun,Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida bir guruh masʼullar Uchchinor mahallasi hududini oʻrgandilar.

Maqsad, hududning ozoda va obodligini taʼminlash, ochiq maydonlarga daraxt koʻchatlarini ekishga chaqirish, dala chetlarini tartibga keltirishni nazorat qilishdan iborat boʻldi.

Zero, atrof-muhitning tozaligi, musaffo va xushmanzaraligi, eng avvalo kishining kayfiyati va salomatligiga foydali. Qolaversa, madaniyatli kishilar yashaydigan hudud hamisha toza, orasta va keraksiz chiqindilardan xoli boʻladi.

Tuman hokimi hududni koʻzdan kechirar ekan, koʻchalarni obodligini taʼminlash boʻyicha tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berdi hamda dala madaniyati-fermer majburiyati ekanligini , dala chetlari tartibsiz va qarovsiz qolishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼkidladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82👏1
#Oʻrganish

Oʻrganish obyekti maktabgacha taʼlim muassasasi

Bugun, Davlat rahbarining topshirig'iga asosan Ishchi guruhi rahbari - Prezident maslahatchisi o'rinbosari Ulugʻbek Muhamaddiyev, O'zbekiston mahallalari uyushmasi mas'ul xodimi Akbar Jo'rayev va Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh mas'ullar bilan foydalanishga topshirish arafasida turgan 25 -Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida boʻldilar.

Maktabgacha ta'lim maskanida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni o'rganib, ularni yanada yaxshilash bo'ycha oʻz taklif va tavsiyalarini bildirdilar, mavjud muammolarni yechish choralarini izladilar.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
#Oʻrganish

Ishchi guruh Toshkent tumanida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi J.Muradov boshchiligidagi Ishchi guruh Toshkent tumanida oʻrganishlar oʻtkazdi. Ishchi guruhi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari S.Samadov tumandagi qurilish obʼektlarini oʻrgandi.

Xususan unda, tumandagi qurilish boshlangan koʻp qavatli obʼektlarning qurilish jarayoni, shaharsozlik normalari qoidalariga hamda seysmik xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda ishlar bajarilayotganligi koʻzdan kechirilib - Toshkent viloyati ishchi guruhi aʼzolari bilan davra suhbati oʻtkazildi.

Jarayonda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev ishtirok etdi hamda oʻrganish natijalariga koʻra masʼullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

📹Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Qabuldan soʻng: Hokim mahallada

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Koʻksaroy mahallasida oʻtkazgan qabuldan soʻng mahalla hududini aylandi va fuqarolar bilan yaqindan muloqot qildi.

Mahalla faollari hamrohligida u hududdagi sanitar holat, obodonlashtirish ishlari, tomorqalardan foydalanish holati va aholining yashash sharoitini oʻrgandi. Shuningdek, hokim bir nechta xonadonlarga kirib, fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat uyushtirdi.

Tashrif davomida hokim mahalla yettiligiga va masʼul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi. Jumladan, hududda gul koʻchatlari ekish, tomorqalardan samarali foydalanish, koʻcha va hovlilarni obod saqlash, yoshlarni band qilish, ehtiyojmandlarga koʻmak berish kabi vazifalar belgilab berildi.

Bunday tashriflar hokimiyat va xalq oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash, muammolarni joyida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75👏2🔥1
#Oʻrganish

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Sagʻbon mahallasida yuz bergan yongʻin boʻyicha aholi holidan xabar oldi


2025-yil 4-iyul kuni Toshkent tumani Sagʻbon mahallasi, Fitrat koʻchasida joylashgan uylardan birida yongʻin sodir boʻldi. Hodisa oqibatida xonadonda yonib ketgan jihozlarga, qurilishiga zarar yetdi. Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari oʻz vaqtida yetib kelib, yongʻinni kengroq tarqalishidan saqlab qolishdi.

Ushbu noxush holatdan xabar topgan Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh masʼullar bilan mahallaga tashrif buyurib, jabr koʻrgan oila va mahalla aholisi bilan uchrashdi. Hokim jabrlanuvchilar ahvolidan shaxsan xabardor boʻlib, ularga zarur yordamlar koʻrsatilishini taʼminlash boʻyicha mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berdi.

Hokim oʻz soʻzida mahallalarda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

Shuningdek, aholi bilan uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari ham eshitildi.

Toshkent tumani hokimligi bu kabi holatlarda aholi manfaatlarini himoya qilish, zarur yordam koʻrsatish va xavfsizlikni taʼminlashni oʻzining ustuvor vazifasi sifatida koʻradi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🎉1
#Oʻrganish

Toshkent tumanidagi suv koʻtarish inshootlari oʻrganildi


Bugun, Toshkent tumanida Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Toʻxtaboyev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan “Oʻzsuvtaʼminot” AJ masʼulligida xalqaro moliya institutlari mablagʻlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.


Xususan, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalar doirasida pudratchi “China Geo Engineering Corporation” tomonidan Toshkent tumanidagi “URV-Umarov”, “URV-5 Zarbdor”, hamda “URV Oltintepa” suv qabul qilish va tarqatish inshootlarini qurish va suv tarmogʻini tortish ishlari tegishli masʼullar tomonidan koʻzdan kechirildi.

Oʻrganishda, amalga oshirilgan ish hajmlari va moliyalashtirilgan pul mablagʻlarini oʻzlashtirishdagi qoloqliklar hamda boshqa kamchiliklar tanqid qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, tumanidagi «URV-Umarov» va «URV-Oltintepa» suv taqsimlash inshootini qurish obʼektida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida masʼullarga suv inshootini sinovdan oʻtkazish, elektr taʼminotiga ulash choralarini koʻrish, hudud va atrofini obodonlashtirish hamda sifatsiz bajarilgan sifatsiz ishlarni zudlik bilan bartaraf qilish choralarini koʻrgan holda obʼektni belgilangan muddatda aholiga foydalanishga topshirish choralarini koʻrish vazifalari yuklatildi.

Shu bilan birga, tumanidagi “URV-5 Zarbdor” suv taqsimlash inshootlarida bosh pudratchi “China Geo Engineering Corporation” tomonidan amalga oshirish lozim boʻlgan qurilish-montaj ishlariga jalb qilingan ishchilar va maxsus texnikalar sonini oshirish va boshqa turdagi zarur mahsulotlarni obʼektlarga olib kelish va foydalanishga topshirish choralarni koʻrish vazifasi yuklatildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
#Oʻrganish

🤩 Toshkent tumanidagi bogʻchalarda “Dolzarb 90 kunlik” ishlar jarayoni oʻrganildi

♻️ Joriy yil 10-iyul kuni Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Nilufar Ubaydullayeva 6-, 12-, 16-, 37-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, “Dolzarb 90 kunlik” rejasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Hozirda Toshkent tumanidagi barcha 38 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mazkur reja asosida faoliyat yoʻlga qoʻyilgan.

💫 Tashrif davomida N.Ubaydullayeva bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumini mazmunli tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning salomatligini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🎨 6-, 12-, 16-, 37-sonli bogʻchalarda bolalar uchun yozgi oʻyingohlar tashkil etilgan, intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi mashgʻulotlar olib borilmoqda. Nilufar Ubaydullayeva ushbu muassasalardagi qulayliklarni yuqori baholab, pedagog xodimlarga foydali tavsiyalarini berdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
#Oʻrganish
#Qurilish

🌆 Qurilish va taʼmirlash ishlari — doimiy nazoratda!


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev hududda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari va taʼmirlash ishlari bilan tanishish maqsadida bir qator mahallalarda boʻldi.

🏞 Qoraboʻrik mahallasida yoʻllarni asfaltlash ishlari koʻzdan kechirilib, tez va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

🏥Taʼmirdan chiqqan A.Umarov nomidagi oilaviy shifokorlik punktida aholi uchun yaratilgan sharoitlar baholandi.

🏫 Iftixor mahallasidagi 11-umumtaʼlim maktabi investitsiya dasturi asosida kapital taʼmirlanmoqda. Hokim qurilish jarayonini koʻzdan kechirib, loyiha sifati va muddatiga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

‼️ Bunday o'rganishlar hududda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini taʼminlash, aholiga qulay hayot sharoiti yaratishga xizmat qilmoqda.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1