Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.7K subscribers
21.3K photos
4.81K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari vaucher asosida qoplab beriladi


🔰 Qarorga ko'ra, vaucher quyidagilarga beriladi:

🔹 uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko'rsatish hamda kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati uchun:

Kambag'al oilalar reestri, O'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashovchi hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar reestriga kiritilgan shaxslarga;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga;

🔹 shaxsiy yordamchi xizmati uchun:

I guruh nogironlik belgilangan shaxsga;

ko'zi ojizlik bo'yicha birlamchi nogironlik belgilangan shaxsga;

birinchi marta nogironlar aravachasidan foydalanish belgilangan shaxsga.

🏚 2025-yil 1-dekabrgacha Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazlari huzurida o'zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etiladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to'lanadi


🪙 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a'lo” baholarga o'qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to'lanadi.

✔️ 2025-yil 1-sentabrdan umumiy o'rta ta'lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag'al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to'lovidan ozod etiladi.

📝 2026-yil 1-yanvardan kambag'al oilalarning “a'lo” baholarga o'qiydigan farzandlarining O'zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog'lomlashtirilishi xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

🏛 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag'al oilalar reestri va Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko'rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ijtimoiy himoya yagona reestridagi oilalar uchun belgilangan imtiyozlar Kambag'al oilalar reestridagi oilalarga ham tatbiq etiladi


🔰 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan:

🔹 Ijtimoiy himoya yagona reestridagi oilalar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar Kambag'al oilalar reestridagi oilalarga ham tatbiq etiladi, 2026-yil 1-yanvardan esa faqat Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan oilalarga ko'rsatiladi:

🔹 davlat xizmatlaridan foydalanish uchun boj, yig'im va boshqa to'lovlarni to'lashda “sariq” toifaga kiritilgan oilalarga 50 foiz, “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga esa 75 foiz miqdorida chegirmalar qo'llaniladi;

🔹 kambag'al oilalar “qizil” yoki “sariq” toifadan “yashil” toifaga o'tganda ular uchun qonunchilikda nazarda tutilgan davlat ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralari keyingi 12 oy muddatga saqlab qolinadi;

🔹 “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga belgilangan passiv daromad keltiruvchi qo'llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi.

📝 Ushbu reestriga kiritilgan oilalar a'zolariga ijtimoiy xizmat va yordamlar oilalar kambag'al deb e'tirof etilgani to'g'risidagi ma'lumotlar yoki shaxsning kambag'al deb e'tirof etilgan oilaning a'zosi ekani haqidagi ma'lumotnoma asosida ko'rsatiladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi


Qonun (O'RQ-1063-son, 16.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

📝 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imlar yig'im turlari jumlasiga kiritildi.

✔️ Bunda pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani to'g'risida tasdiqnomaga ega bo'lgan yuridik shaxs hamda YATTlar ushbu yig'imlarning soliq to'lovchilari deb e'tirof etiladi.

SHuningdek, 2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lashdan ozod etilishi belgilandi.

❇️ Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvargacha Kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimidagi stasionar bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etiladi:

🔹 bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo'yicha – foyda solig'ini;

🔹 ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo'yicha – mol-mulk solig'i hamda yer solig'ini.

📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Yil o'qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o'tkaziladi


Manba: VMQ-264-son, 28.04.2025-yil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yoshga doir pensiya “proaktiv shaklda” fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi


Qonun (O'RQ-1066-son, 19.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

🔰 Qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunga yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yoshga to'lgan fuqarolarga ularning murojaatisiz (proaktiv shaklda) pensiya tayinlanishini hamda fuqarolarning shunday tartibda tayinlangan pensiyani rad etish huquqini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

✔️ Kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, fukaroning yoshga doir pensiyaga bo'lgan huquqi belgilangan axborot tizimlaridan olingan ma'lumotlarga asosan aniqlanadi.

📝 Agar fuqaro uning murojaatisiz (proaktiv shaklda) tayinlangan pensiya miqdoridan norozi bo'lsa yoki mehnat faoliyatini davom ettirish va keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirsa, u tayinlangan yoshga doir pensiyani rad etish huquqiga ega.

📃 Bunda fuqaro xabarnomani olgan kundan e'tiboran 10 kun ichida Pensiya jamg'armasi bo'limiga ariza bilan yoxud davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali so'rovnoma to'ldirgan holda murojaat qilishi kerak.

☑️ Pensiya tayinlash to'g'risidagi ariza va so'rovnoma 10 kundan kechiktirmay ko'rib chiqiladi.

❗️ Pensiyani fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlash to'g'risidagi masala fuqaro pensiya yoshiga to'lgan kunning o'zida ko'rib chiqiladi.


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq ma'muriy hujjatlar bo'yicha nizolarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-188-son, 19.05.2025-y.) qabul qilindi


🔰 Qarorga ko'ra, davlat xizmatlarini ko'rsatishdagi qonunchilikka muvofiq bo'lmagan ma'muriy hujjatlarini sudgacha bo'lgan bosqichda apellyatsiya kengashlari tomonidan ko'rib chiqish tartibi joriy etilmoqda.

📌 Quyidagilar tasdiqlandi:

🔹Davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha ko'rib chiqish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizom;

🔹O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashlarining namunaviy tarkibi.

✔️ Apellyatsiya kengashlari Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan 20 dan ortiq davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilingan ma'muriy hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini sudgacha ko'rib chiquvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan kollegial organlar hisoblanadi.

📝 Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tegishliligiga ko'ra apellyatsiya kengashlarining ishchi organlari hisoblanadi.

Apellyasiya kengashlari ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqish orqali ularni qisman yoki to'liq bekor qilish, shuningdek, ma'muriy hujjatlarga o'zgartirish kiritish bo'yicha ma'muriy organga majburiyat yuklash haqida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega.

🔍 Apellyatsiya kengashlari o'z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Maxsus ko'nikmalarni talab qiladigan davolash choralarini ko'rgan shifokorlarga qo'shimcha ustamalar to'lanadi


🔰 Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-iyuldan respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida maxsus ko'nikmalarni talab qiladigan davolash choralarini ko'rgan hamda yuqori xavf darajasiga ega bo'lgan amaliyotlarni samarali amalga oshirgan shifokorlarning oylik maoshlariga 25 foizdan 100 foizgacha ustama to'lanadi.

✔️ 2025-yil 15-iyungacha Tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda, 2025-yil yakunigacha qolgan hududlarda aholi “Elektron sog'liqni saqlash” axborot tizimida ro'yxatdan o'tkaziladi hamda tibbiyot brigadalariga biriktiriladi.

📝 Shuningdek, “Tibbiyotda 90 kunlik o'zgarishlar” dasturi ishlab chiqilgan bo'lib, 2025-yil 1-iyundan Dastur doirasida qisqa muddatda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar maqsadida quyidagilar yo'lga qo'yiladi, jumladan:

🔹 tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinib, o'rindiqlar bilan ta'minlanadi;

🔹 aholi, bemorlar, nogironlar harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi;

🔹 “Ona va bola” xonalari tashkil qilinadi, xonalar va yo'laklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mebel va yog'ochsozlik sanoati rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi


“Mebel va yog'ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-193-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, 2025–2028-yillarda mebel va yog'ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 mebel va yog'ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;

🔹 eksport hajmini 100 mln AQSH dollariga yetkazish;

🔹 sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan ta'minlash.

✔️ 2029-yil 1-yanvargacha Qarorda belgilangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qo'llaniladi.

❇️ 2025-yil 1-iyuldan o'z xonadonida faoliyat yuritadigan
YTTlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanish huquqi beriladi.

💸 2025-yil 1-avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo'lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi


“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni PF-91-son, 02.06.2025-y) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari 10 foizga oshiriladi.

❇️ Bunda:

🔹 yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so'm;

🔹 nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so'm;

🔹 kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

▪️ 3 yoshgacha bo'lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so'm, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so'm;
▪️ oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha – 165 000 so'm;
▪️ oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo'shimcha – 110 000 so'm;

🔹 kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so'm etib belgilandi.

📝 2025-yil 1-avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

📌 2025-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so'm etib belgilandi.

2025-yil 1-avgustdan:

🔸 mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so'm;

🔸 bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so'm etib belgilandi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi


👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilar qo'shimcha ta'limga jalb qilinadi


Hukumat qarori (365-son, 14.06.2025 y.) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni maktabdan tashqari ta'limga jalb qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni qo'shimcha ta'limga jalb qilish hamda o'qitish xarajatlarining 80 foizini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.

✔️ Ayrim toifadagi o'quvchilar Kambag'al oilalar reestridagi oilalarning umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ta'lim olayotgan farzandlari hisoblanadi.

📙 O'quvchilar to'garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.

📋 O'quvchilarning ota-onalari hamda ta'lim tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

💸 Ta'lim tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar bo'yicha 1 nafar o'quvchiga har bir to'garak uchun 1 oylik to'lov quyidagi miqdorlardan oshmaydi:

🔹 7-11 yoshdagi o'quvchilar uchun darsdan keyingi qo'shimcha ta'lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun BHMning 1 baravaridan;

🔹 12-18 yoshdagi o'quvchilar uchun umumta'lim fanlari, 15-18 yoshdagi o'quvchilar uchun xorijiy til yo'nalishlaridagi to'garaklar uchun BHMning 2 baravaridan;

🔹 15-18 yoshdagi o'quvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yo'nalishlaridagi to'garaklar uchun BHMning 4 baravaridan.

💰 To'garak to'lovining 80 foizi Davlat budjetidan, 20 foizi o'quvchining ota-onasi tomonidan to'lanadi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Madaniyat va san'at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag'batlantiriladi


Manba: VMQ-329-son, 27.05.2025-yil.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi


Manba: O'RQ-1067-son, 09.06.2025-yil.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Davlat fuqarolik xizmati yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi


Manba: PF-95-son, 23.06.2025-yil.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantirilad
i

Manba: PF-98-son, 23.06.2025-yil.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mustaqilligimizning 34 yilligi yuksak saviyada nishonlanadi


“O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz to'rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O'zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro'-e'tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.

📙 Mustaqillikning 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan holda o'tkaziladi.

✔️ Mustaqillik bayrami Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta'minlanadi.

📜 “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug', eng aziz” kabi an'anaviy ko'rik-tanlovlar yuqori darajada o'tkaziladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi takomillashtiriladi


Hukumat qarori (446-son, 16.07.2025-y.) bilan “2025–2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.

🔰 Konsepsiya respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari, vazifalari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilaydi.

📙 Konsepsiyaga ko'ra, ichki nazorat tizimini rivojlantirish quyidagi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi:
nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish;
xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish;
axborot va kommunikasiya tizimini takomillashtirish;
ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash.

📜 Ushbu ustuvor yo'nalishlarini quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshirish lozim:

🔹 ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;

🔹 ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish;

🔹 xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo'yicha davlat granti tasdiqlandi


“Davlat oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmoyish bilan 2025/2026-o'quv yili va kelgusi 3 o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o'qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:

🔹 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha:

▪️ 2025/2026-o'quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o'quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o'quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o'quv yili uchun – 36 761 ta.

🔹 magistratura bosqichiga kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha:

▪️ 2025/2026-o'quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o'quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o'quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o'quv yili uchun – 10 784 ta.

📝 Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi quyidagilar bo'yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat oliy ta'lim tashkilotlarida o'qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta'lim yo'nalishlari kesimidagi taqsimoti bo'yicha;

🔸 Oila va xotin-qizlar qo'mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1